INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.A. Shaymardonova1H_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada mutafakkirlarning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqidagi fikrlari tahlili, umumiy o'rta ta'lim muassasalarda o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy pedagogik tendensiyalari va yuqori sinf o'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari haqida yozilgan.
MAQSAD: yosh avlodga oilaviy hayotgani o'rgatish, ularni kelajak faoliyatga tayyorlash uchun bilim va ko'nikmalarni chuqur rivojlantirish, o'tmish avlodning hayotiy tajribalarini yoshlarga o'rgatish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: yoshlarning "psixologik munosabatlar" tizimida hayotiy pozitsiyaga ega bo'lishi, qadriyatli yondashuvning shakllanishi, o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, o'zini o'zi qadrlashi, atrofdagi voqelikni, shu jumladan oilani qanday idrok etishi va sharhlashi ustuvor omil sifatida namoyon bo'lishi dalillanganligi va qadriyatlarning ta'siri barcha ijtimoiy hodisalarda namoyon bo'lishini, insoniy qadriyatlarning kelib chiqishini madaniyat, jamiyat, uning institutlari va shaxsda kuzatilishi, ta'lim va tarbiya jarayonida ijobiy munosabat mezonlarini kiritish asosida rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
XULOSA: yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida qadriyatli yondoshuvni shakllantirish, tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan ichki ruhiy qudrat ya'ni milliy qadriyatlar, shaxs uchun ahamiyatli bo'lgan millat manfaatlariga xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma'rifat, go'zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik, dahldorlik, fidoiylik singari fazilatlarni o'zida mujassam eta olgan yoshlarni tarbiyalash bilan bog'liq jarayonlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Oila, hayot, fikr, ta'lim, o'quvchi, zamon, pedagogika.
АНАЛИЗ МНЕНИЙ МЫСЛИТЕЛЕЙ О ПОДГОТОВКЕ МОЛОДЕЖИ К СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНИ
Iqtibos uchun: Shaymardonova D. A. Mutafakkirlarning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqidagi fikrlari tahlili.// Inter education & global study. 2024. №8. B.14-21.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Д. А. ШаймарЯонова1®
1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается анализ мнений мыслителей о подготовке молодежи к семейной жизни, современные педагогические тенденции подготовки учащихся общеобразовательных школ к семейной жизни, а также научно -теоретические основы подготовки старшеклассников к семейной жизни.
ЦЕЛЬ: обучить молодое поколение основам семейной жизни, развивать знания и навыки, необходимые для их будущей деятельности, а также передать молодёжи жизненный опыт предыдущих поколений.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение. Статистическая надёжность полученных результатов была подтверждена с помощью факторного анализа.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: было доказано, что формирование у молодежи жизненной позиции в системе "психологических отношений", развитие ценностного подхода, личностное развитие учеников, их самооценка и восприятие окружающей реальности, включая семью, выступают приоритетными факторами. Также было отмечено, что влияние ценностей проявляется во всех социальных явлениях, и формирование человеческих ценностей наблюдается в культуре, обществе и его институтах. Разработаны предложения и рекомендации по развитию позитивных отношений в процессе воспитания и образования через введение критериев позитивного восприятия.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: формирование ценностного подхода в процессе подготовки молодежи к семейной жизни, развитие внутренней духовной силы, направленной против внешних угроз, такие как национальные ценности, свобода, социальная справедливость, равенство, истина, просвещение, красота, доброта, честность, верность долгу, приверженность и самоотверженность — все это способствует воспитанию молодежи, служащей интересам нации.
Ключевые слова: семья, жизнь, мысль, образование, ученик, время, педагогика.
Для цитирования: Шаймардонова Д.А. Анализ мнений мыслителей о подготовке молодежи к семейной жизни. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 14-21.
ANALYSIS OF THINKERS' VIEWS ON PREPARING YOUTH FOR FAMILY LIFE
© Dilafruz A. Shaymardonova1®
1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: this article analyzes thinkers' views on preparing youth for family life, modern pedagogical trends in preparing students in general education schools for
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
family life, and the scientific-theoretical foundations of preparing high school students for family life.
AIM: to teach the younger generation the fundamentals of family life, deeply develop the knowledge and skills necessary for their future activities, and pass on the life experiences of previous generations to the youth.
MATERIALS AND METHODS: during the research, methods such as interviews, social-psychological surveys, and observation were used, and the statistical reliability of the results was confirmed through factor analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: it was proven that the formation of a life position within the system of "psychological relations," the development of a value-based approach, personal growth of students, their self-esteem, and perception of surrounding reality, including family, act as dominant factors. The impact of values on all social phenomena was also highlighted, and the origin of human values in culture, society, and its institutions was observed. Proposals and recommendations were developed to foster positive relationships in the educational and upbringing process through the introduction of positive attitude criteria.
CONCLUSION: the process of preparing youth for family life through the formation of a value-based approach, the development of internal spiritual strength directed against external threats — such as national values, freedom, social justice, equality, truth, enlightenment, beauty, goodness, honesty, loyalty to duty, commitment, and selflessness — contributes to the development of youth who serve the interests of the nation.
Key words: family, life, thought, education, student, time, pedagogy.
For citation: Shaymardonova A. Dilafruz, (2024) 'Analysis of Thinkers' Views on Preparing Youth for Family Life', Inter education & global study, (8), pp. 14-21. (In Uzbek).
Yosh avlodning madaniy-ma'naviy va aqliy kamolotini ta'min etish uchun ularning kasbga bo'lgan qiziqish qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda dunyoni mukammal bilishning tarkib topishiga asos bo'lib xizmat qiladigan oilaviy hayot g'oyasini tarbiyalash uzluksiz ta'lim tizimining dolzarb muammolaridandir.
Bu muammolarni hal etish o'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga yo'naltirish, o'quv jarayoni mazmunini yangilash, darsliklarning yangi avlodini yaratish, o'quvchilarning o'z ona tili va chet tillarini puxta o'rganishiga erishish, pedagog kadrlarni tayyorlashga yangicha yondashish, ta'lim tizimida uning har bir bosqichini, xususan, yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi zamonaviy maktab ta'limini rivojlantirish, oliy o'quv yurtlari ta'lim sohasini xalqaro me'yorlar va andozalar asosida tashkil etish, zamon talabiga mos mutaxassislarni tayyorlash, ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va darsliklarini yaratish bilan bog'liq edi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
CC
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Uzoq yillar Isobiq Ittifoq davrida barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'muriy buyruqbozlik tizimi va mafkuraviy tazyiq uslubi ta'lim - tarbiya taraqqiyotiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti va siyosati sharoitida oilaviy hayotganing erkin raqobati sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash uchun respublikamizda ta'lim muassasalarida o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi yo'lga qo'yildi.
Ta'lim muassasalarida o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlari uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lib, umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil etiladi hamda o'rta umumta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Bu xususda "Bola huquqlari to'g'risida Konvensiya"ning 1-qismi 28-moddasi 3-bandida: "Ishtirokchi-davlatlar ta'limga taaluqli masalalar bo'yicha, jumladan, butun dunyoda johillik va savodsizlikni tugatishga yordam beradigan hamda ilmiy-texnikaviy bilimlar va o'qitishning zamonaviy usullariga yo'l ochishni yengillashtiradigan maqsadlarga qaratilgan xalqaro hamkorlikni rag'batlantiradilar va rivojlantiradilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida e'tibor berilishi zarur" deb ta'kidlanadi. [2.6.:23]
Umum o'rta ta'lim maktabi davlat ta'limi standartlari doirasida ta'lim muassasalarida o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlab ham boradi. O'quvchilarning oilaviy hayotga moyilligi, bilim va ko'nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olingan oilaviy hayot bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi». [2.3.:48]
O'tmish avlod o'zining hayotiy tajribalarini yoshlarga o'rgatish to'g'risida g'amxo'rlik qilib kelgan, o'z tajribalarini turli xil manbalarga bitganlar, yozuv paydo bo'lganidan keyin esa, turli xil asarlar yaratish orqali kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. Masalan, ibtidoiy odamlar ovga, dehqonchilikka oid tajribalarini toshlar, terilar va boshqa har xil buyumlarda aks ettirgan bo'lsalar, keyinroq esa, bu hol turli xil bitiklarda namoyon bo'lgan. Eramizdan avvalgi 4-5 asrlarda O'rta Osiyo va Markaziy Osiyo davlatlari hududida yashagan xalqlarning dini hisoblangan zardushtiylar dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto»da yirik qoidalar to'plamlari tarzida bayon etilgan. «Avesto» dastlab yozilganida 1200 betdan iborat bo'lib, Zardusht tomonidan 12 ming ho'kiz terisiga bitiladi. Qadimgi Misrliklar o'z tajribalarini papirus o'simligi barglariga, tosh-taxtalarga yozib qoldirgan bo'lsalar, Osiyolik donishmandlar, qog'oz paydo bo'lgandan so'ng, ularga turli-tuman asarlar bitganlar. [6.23.: 19]
Masalan, Kushon davlati shohi Kaykovus tomonidan o'z avlodlariga pand-nasihat qilish yuzasidan yaratilgan «Qobusnoma» asari ham nodir manbalardan hisoblanadi. Unda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotning ko'pgina sohalari to'g'risida nasihatomuz fikrlar yuritiladi. Jumladan, «Hunarning afzalligi va qadri baland, tabiatli bo'lishga bag'ishlangan 6-maqolot, «dehqonchilik» va bozor hunarlari haqida 43 - maqolatlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Jumladan, 6-maqolatda yoshlarga oilaviy ishlarga o'rgatish to'g'risida, oila ehtiyojidan kelib chiqib, shunday deyilgan: «Ey farzand, ogoh bo'lkim, hunarsiz kishi hamma vaqt foydasiz bo'lur va hech kimga foydasi tegmaydi»... [3.20.:6]
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
VII-VI11 asrlarda Arabistonda shakllangan, hozirgi davrda dunyoning to'rtdan bir qism aholisining asosiy dini hisoblangan islom dinining tabarruk kitoblaridan hisoblangan «Qur'oni karim»da ham, hadislarda ham yoshlarga turli hunarlarni o'rgatish muhim mavzulardan hisoblangan. Jumladan, mashhur muhaddislardan (hadisshunos allomalardan) hisoblangan Xo'ja Ismoil Imom al-Buxoriy (810-870) ning tarkibiga minglab hadislarni qamrab olgan kitobi «Al jomi'-as sahih» (Ishonchli to'plam)ning «Savdo-sotiq kitobidagi 14-bobda «Kishining kasbi va o'z qo'li bilan mehnat qilishi haqida» shunday deyiladi: «Oysha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abu Bakr Siddiq Xalifa bo'lganlarida mening o'z kasbim borligini qavmimiz yaxshi bilur. Men garchi musulmonlar ishlari bilan band bo'lishimda ham, shu kasbim orqali oila tebratgayman». [3.2.:29]
Tarixiy manbalardan O'rxun -Yenisey bitiklari, Qarluk - Xitoy namunalari ham diqqatga sazovordir. Masalan, Sharqning dastlabki donishmandi Zardo'sht (sariq to'n egasi) eramizdan avvalgi VI asrda Xorazm diyorida yashagan Spitamen urug'iga mansub bo'lib, otasini Paurushasna, onasini esa Dugdova deb atashgan, asosiy kasblari chorvachilik bo'lgan. Zardusht Eronga ko'chib o'tgach, uning g'oyalari otashparastlar dinining asosiy qoidalari sifatida rasman tan olinadi, rivojlanadi. Otashparastlar -zardushtiylar dinining asosiy akidalari qayd qilingan «Avesto»ning qoldiqlari 1615 yilda porfiena yozuvida ko'chirilgan bo'lib, 1771 yilda fransuz olimi Annetil Dyunperon tomonidan nashr etildi. Bu kitob taraqqiyot va hayotning barcha yo'nalishlari, to'g'risida muka mmal ma'lumot beradigan eng ko'hna manbalardan hisoblanadi. Grek filosofi Pliniy fikrlariga ko'ra (eramizdan avvalgi III asr) «Avesto» 2 mln. baytdan iborat bo'lgan turli qoidalar, rivoyatlar, hikoyatlar, qo'shiqlar, oyatlar, duolar, dostonlar, ertaklar, m iflar, pand-nasihatlar ko'rinishida yozilgan. Shu yo'l bilan insoniyat yashash tarzini qulaylashtirish, insonning umrini uzaytirish, sog'ligini saqlash va tabiat muhofazasiga e'tibor berilgan, iymon-e'tiqod mustahkamligi keng targ'ib qilingan. Jumladan, yoshlarni kelgusi hayotga tayyorlash to'g'risida shunday deyiladi: «Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko'chati o'tqazish, uy-ro'zg'or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug'ullanishga o'rgatilishi shart». [6.23.:47].
Demak, barcha yaxshilik va ezguliklar, kishilarning munosabati shakllanishi milliy xususiyatlardan kelib chiqib, o'z qo'llari bilan turli noz-ne'matlar yaratishidan paydo bo'lishi ta'kidlanmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarida dastlabki madaniy taraqqiyot belgilariga qarab, rivojlanish davrlarini shartli ravishda quyidagicha belgilash mumkin: 1. (Qadimiy so'g'd miloddan avvalgi VI-IV asrlar)
2. So'g'd-ellinistik (miloddan avvalgi III-I asrlar): 3. So'g'd-kangyuy (miloddan avvalgi va milodiy - IV asrlar);
Ana shu davrlarga oid yasab qoldirilgan buyumlarda o'sha davr madaniyati aks ettirilgan. Mazkur buyumlarning har xil oilaviy hayot egalari: kulollar, tosh yo'nuvchilar, haykaltaroshlar, kimyogarlar, alximiklar mehnati natijasida yasalganligi ko'hna tarixdan ma'lum. Turli xalqlarning madaniyatlari, oilaviy hayotgai har xil sabablar bilan bir-biriga yaqinlashib, o'zgarib, tarmoqlanib borgan. [3.27.:86]
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Bunday sabablarga o'zaro urushlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, oilalarning bir davlatdan ikkinchi bir davlatga ko'chib ishlashlarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, o'zaro urushlarda g'olib bo'lgan podsholiklar turli hunar va zakovat egalarini o'z mamlakati markaziy shaharlarga olib ketib ishlatganlar. «Buyuk ipak yo'li»ning taraqqiy etishi natijasida madaniyat va taraqqiyotning ancha rivojlanganligini ko'rsatish mumkin. Tarixiy manbalardan ma'lumki, sharq mamlakatlarida dastlabki Uyg'onish davri IX-X asrlarda yuz berib, ilm-fan, madaniy taraqqiyotda yirik o'zgarishlarga sabab bo'lgan. O'sha davrning yirik allomalari, fuzalolar Muso al Xorazmiy (780-850), Imom At-Termiziy (824-892), Imom al-Buxoriy (809-869), Ahmad Farg'oniy (iX asr) va boshqalar algebra, tibbiyot , jug'rofiya, falakiyot, trigonometriya, tarix, ilohiyot, hadis ilmi va boshqa fanlarning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shganlar, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish to'g'risida yirik risolalar bitganlar.
Yettinchi asrning birinchi yarmida nozil bo'lgan Qur'oni Karim islom dini ta'limotida bosh manba hisoblanadi.
Qur'oni Karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida farishta - Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Kur'oni Karimning oyatlari bir joyda emas, bal ki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik chog'larida aytgan so'zlari, qilgan ishlari, yo'l-yo'riqlari va ko'rsatmalari, pand-nasihatu, o'gitlari - hammasi payg'ambar hadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom ta'limotida Qur'ondan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Chunki Payg'ambar alayhissalomning o'zlari ham: "Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur'oni karim bilan o'zimning sunnatim - yo'l-yo'riqlarimni qoldirdim. Sizlar bu ikkalasidan qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to'g'ri yo'ldan aslo adashmaysiz", - deb bashorat qilganlar.
Masalan, At-Termiziyning «Sunan» nomli asarida yoshlarga mehnat qilishni o'rgatish ularning tarbiyasi to'g'risida quyidagilar qayd qilinadi: «Kimda - kim ko'chat o'tqazsa, yo bo'lmasa ekin eksa-yu, ular hosilidan odamlar, qushlar va hayvonlar bahra olsa, bu ham o'sha odam uchun sadaqa hisoblanadi» [3.40.:657].
Markaziy Osiyoning ulug' donishmandlaridan hisoblangan Yusuf Xos Hojib Balosog'uniy (1021) o'zining «Qutadg'u bilig» (Saodatga yo'llovchi bilim) asarida shaxs kamoloti, bolalar ta'limi, tarbiyasi to'g'risida dono fikrlarni aytib o'tadi. Masalan, "Kuzatib qarab turma, unga hunar, ilm o'rgating , bilim, hunar tufayli elga yo'l topsin, xulqi yoqimli bo'lsin, yo'l-yo'riqlari tuzilsin. Xizmatga yaralsin", deb, bolaning rivojlanishida ota-onaning loqayd qarab turmasligini aytib o'tadi. Ularning kelajakka to'g'ri yo'l topishlari uchun ota-onalarning faol aralashishlarini talab etadi. Jumladan, u bolalar tarbiyasi muhimligini ta'kidlab shunday yozadi: «O'g'ilga barcha san'at - hunarlarni tugal o'rgat, bu san'at-hunarlar bilan u mol-dunyo yig'a beradi» [3.55.:164]
O'rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qomusiy alloma Abu Nasr Forobiy (873-930) falsafa, mantiq, riyoziyot, tibbiyot, alkimyo, falakiyot kabi sohalar rivojlanishida katta
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ishlarni amalga oshiradi. U baxt-saodatga erishish yo'llari haqidagi asarida mustahkam oilaviy hayotgani egallashning afzalligi to'g'risida shunday deb yozadi. «Endi insonning oilaviy hayot va san'atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug'ma emasdir, ak s holda uning fikriy fazilatida mutlaqo kuch va ulug'lik bo'lmas edi. Agar oilaviy hayot fazilati tug'ma bo'lganda, poshohlar ham o'zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo'lgan, tabiat talab qilgan majburiyat bo'lib qolar edi».
Mutafakkir yana «Yoshlar yuqorida aytib o'tilgan narsalar, oilaviy hayot, ish-tajriba, qasd (orzu-havas) va g'ayratga ega bo'lganlari va shu narsalarni o'z vujudlarida singdirganlaridan so'ng, ularni asta-sekin egallashlarida yuqorilay boradilar hamda yuqorida aytib o'tilgan fazilatlarni aniqlab borib, nazariy bilimlarning hammasida mantiqiy fikrlash yo'lini ishlatishga odatlanadilar. Shu tartibda bolalarga o'rgatish yo'li bilan ular to kamolga yetguncha shu fazilatlar aniqlaniladi va tarbiya qilinadi» - deb, ta'kidlab o'tadilar. [3.55.:27]
Mashhur yunon faylasufi Aristotel (Arastu)ning inson axloqi haqidagi fikrlarini al-Forobiy quyidagicha sharhlaydi: «Arastu orzu qilinadigan bo'lib ko'ringan va vaqt nuqtai nazaridan boshqa istaklardan ustun turuvchi ezgulik deb bilinadigan va intilinadigan (odamlarning) maqsadlarni to'rtta, deb tushuntiradi. Bular: tan sog'lomligi, tuyg'ular (a'zolarning) sog'lomligi, turli narsalarni idrok etishga bo'lgan qobiliyat sog'lomligi (bu qobiliyat borligi uchun ana shu sog'lomlik ham bo'ladi), intilishga bo'lgan qobiliyat sog'lomligi (bu qobiliyat borligi uchun ana shu sog'lomlik ham bo'ladi)...Agar inson xayrixohlik, go'zallik, olijanoblik va ulug'vorlikka boshqa odamlar orqali emas, balki o'zi va o'z ruhi o'rtasidagi mavjud narsa orqali erishgan bo'lsa, ul (odam) haqiqatan ham xayrixohlik va barkamollikka erishadi» [3.55.:51].
«Insonga ikki narsa xos. Ulardan biri - tabiatdan olingan, boshqasi - niyat (xohish), - deb yozadi al - Forobiy, - agar inson yaratilishining maqsadi bo'lmish barkamollik insonga faqat tabiatan xos bo'lganida va faqat yaxshi niyat bilan amalga oshirilganid a edi, u holda barkamollikka yetishuvchi faoliyat va hayot tarzi faqat chin insoniy fazilat, ezgu ishlar va faoliyatlar, go'zal hayot tarzi bo'lur edi. Ammo insonni ushbu barkamollikdan mahrum etadigan holatlar ham bor, ular insoniy bo'lmagan faoliyatlar va hayot tarzi bo'lib, ular maraz, xunuk va yomon ishlar hamda yomon faoliyatlardir» [3.55.:60].
Qomusiy alloma Al-Farg'oniy ilm-tafakkuri orqali insoniyat tarixida borib bo'lmaydigan kengliklarni, masalan, Nil daryosining sathini o'lchab aniq yuzasining miqdorini chizishga muvaffaq bo'ladi. Bu o'lchash usuli va yasalgan asboblar asrlar bo'yi turli fan sohalari taraqqiyotiga sabab bo'ladi.
Sharq ilk Renessensi Chingizxon boshchilik qilgan mo'g'ullar armiyasining O'rta Osiyoga qilgan istilochilik hujumlari natijasida bir necha asrga to'xtab qoldi. Faqatgina sohibqiron Amir Temurning yagona davlatchilik siyosati tufayligina Movoraunnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Turon va boshqa davlatlar mo'g'ullar istibdodidan ozod bo'ldi va ulug' davlat - imperiyaga aylantirildi. Bu davlatlarda yana qaytadan madaniyat, san'at, xalq xo'jaligi, ilm-fan, taraqqiy etdi. Osiyo davlatlari taraqqiyotida muhim o'rin tutgan Amir Temur ko'pgina yaratuvchilik ishlarini ham amalga oshirdi. Uning davrida Movarounnahr va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Xurosonda harbiy ishlarda, san'atda, ilm-fanda, hunarmandchilikda juda katta ishlar amalga oshirildi. Jahonning turli mamlakatlaridan fozilu-fuzalolar, oilaviy hayot egalari, shoirlar, allomalar va boshqa ijod kishilari Movarounnahrga olib kelindi hamda ularga sharoit yaratib berildi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Dubrovina I.V. Formirovanie lichnosti v perexodnbiy period ot podrostkovogo k yunosheskomu vozrastu. - M.: Pedagogika. 1987. - 184 s.
2. Erkaboeva N.Sh. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda pedagogik fikrlarning rivojlanishi (1992-2005 y.y.) // Ped. fan. dokt. diss... - Toshkent, 2007. - 290 b.
3. Hashimov K. Pedagogika tarixi: Darslik.Q2/K.Hashimov, S.Nishonova. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. - 304 b.
4. Jo'raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o'tish. - T.: O'qituvchi, 1994. - 136 b.
5. Kaykovus. Qobusnoma. - T.: O'qituvchi. 1986. - 154 b.
6. Mirtursunov Z. O'zbek xalq pedagogikasi. - T.: Fan. 1973. - 212 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Shaymardonova Dilafruz Almatovna, Termiz davlat pedagogika institutini erkin tadqiqotchisi, [Шаймардонова Дилафруз Алматовна независимый исследователь Термезского государственного педагогического института], [Shaymardonova A. Dilafruz, independent researcher at Termez State Pedagogical Institute]; manzil: O'zbekiston, Termiz tumani, At-Termiziy ko'chasi, 1A-uy [адрес: Узбекистан, ул. Ат-Термизи, 1А, г. Термезский район], [address: Uzbekistan, Termez District, At-Termizi Street, House 1A]