UDK 656.13:004.89 SHAHAR KO'CHALARIDA HARAKATLANAYOTGAN TRANSPORT
________VOSITALARINING HARAKATLANISH MIQDORINI TAHLIL QILISH______________________
B.K.Qurbonova’
Kalit so'zlar: yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, yo'l transport hodisasi, haydovchi, piyoda, muhit, avtomobil, yo'l, to'qnashuv.
Bugungi kunda dunyo bo'yicha shaharning markaziy magistral ko'chalarida ko'p saotlik tirbandliklarni vujudga kelishi dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Shaharning markaziy magistral ko'chalaridagi tirbandlik harakat tezligi 7 km/soatgacha tushib ketishi, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3-4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida iqtisodiy yo‘qotishlar va mamlakatimiz ekologiyasiga zarari ham ortib bormoqda. Bu muammolarni bartaraf etish maqsadida 2023-yil 14-iyundagi PQ-94 sonli “Ma'muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” to'g'risadigi prezident qarori qabul qilindi. Ushbu maqola aynan shu qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida yo'llarda xavfsiz harakatni tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo'lning geometrik o'lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo'laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o'tkazish qobiliyatini ta'minlashga qaratiladi [1].
Bunda transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Transport oqimining o'zgarishi nafaqat harakat miqdorining o'zgarish natijalariga emas, balki yo'l sharoitining holatiga ham bog'liq. Ayniqsa transport vositalari aralash harakatlanadigan katta shahar ko'chalarida transport vositalarining asosiy xususiyatlarini o'rganishda katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek uzun ko'chalarda yo'l sharoitining o'zgarishi transport oqimida harakatlanayotgan o'zaro ta'sirlashuvchi avtomobillarda og'ir kechadi. Avtomobil yo'llarida transport oqimining harakat tizimini o'rganishda eng ahamiyatli xususiyatlardan biri bu- transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat zichligi - transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat polasasiga joylashgan soni bilan o'lchanadi (q-km/dona) [3].
Bu ko'rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo'l sharoitiga nisbatan o'zgaradi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi qmak=200 avt/km, bunda tezlik v=0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi qopt=15-25 avt/kmga ega bo'ladi.
Tranport oqimining zichligi oshib borgan sari transport vositalari oraliq masofasi kamayishi, tezlikning kamayishi hamda haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo'l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to'hxtab qolish (“zator”) holatida kuzatiladi. Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin
Q = N / V (1)
Bu yerda: N- bitta polasadagi harakat miqdori, avt/km V-transport oqimining zichligi, km/soat. Bu ko'rsatkich harakat miqdori “N” va yo'l sharoiti o'zgarishiga bog'liq, chunki “N” ko'rsatkichi o'zgaruvchan. Tranport oqimining zichligini aerofotos'emka yoki yo'lning yon tarafidan baland joydan kinos'yomka qilish orqali aniqlanadi. Tranport oqimining zichligi yuqori bo'lgan paytlarda yo'lning yuklanganlik darajasi ortishiga, shu bilan birga transport oqimining tezligini kamayishiga
* Buvrajab Kankelovna Qurbonova - Jizzax politexnika instituti, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi katta o'qituvchisi.
17
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
olib keladi. Bu hollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli moddalar soni kattalashishiga olib keladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik ko'rsatkichga keltirish , buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 dan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishni ta'minlash kerak [4].
Avtomobillarning harakat miqdori va tezligini bog'lovchi qonuniyatni quyidagicha aniqlanadi:
Nmax=Dmax ’ V, (2)
Bu yerda Dmax - me 'yoriy harakat miqdori, shahar ko'chalarida o'tkazuvchanlik qobiliyatini miqdorini belgilab beradi. Yilning har xil vaqtlarida olib borgan eksperimental tadqiq ishlariga asosan, harakat zichligi va harakat tezligi orasidagi bog'liqlikni quyidagicha shaklga keltirishdi: quruq ob-havo sharoiti uchun
Dmax= 125-0,88V, (3)
yog'ingarchilik sharoiti uchun
Dmax= 125-1,10 V, (4)
Shuni aytish kerakki, yog'ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat zichligini, o'tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun transport oqimining harakatlanish xavfsizligi va uning holatini baholashda ko'proq miqdorda harakat zichligini va harakat tezligini yuqori aniqlikda aniqlash talab etiladi. Shahar ko'chalarida eksperimental kuzatishlar olib borishdan maqsad harakat tezligini o'zgarish qonuniyatini o'rganish, har xil sharoitlarda transport oqimining harakat zichligini o'zgarishini o'rganish hamda transport oqimining asosiy xususiyatlari orasidagi qonuniyatlarni o'rganishdir. Transport oqimining zichligi harakat tezligining pastligi va harakat notekisligi orqali ham xarakterlanadi.
Transport oqimining harakat zichligini o'rganish uchun harakat zichligiga yo'l sharoitining ta'sirini va “tezlik-zichlik” bog'liqligini tadqiq qilinadi. Harakat zichligi vaqt davomida yo'lning ahamiyatiga bog'liq ravishda o'zgarib turadi. Harakat zichligining yuqori qiymatini ko'proq qiyaliklarga ko'tarilishlarda, temir yo'l kesishmalari atrofida, aholi yashash joylarining qatnov qismi tor bo'lgan ko'chalarida kuzatiladi. Balandliklarga ko'tarilishlarda harakat jadalligi ortishi bilan transport oqimining zichligi ortib boradi. Kesishmalar oldida harakat zichligi ortib boradi va yuqori darajaga etadi hamda kesishmalardan so'ng to'g'ri yo'l bo'laklari boshlanishi bilan kamayib boradi. Aholi yashash joylariga kirishdan 150-200 metrdan so'ng harakat zichligi yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Harakat zichligi ortib borishi bilan xavfsizlik koeffitsienti kamayib boradi [2].
Zichlik, avt/km
1-rasm. Harakat zichligini xavfsizlik koeffitsientiga bog'liqligi
18
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
Transport oqimining zichligi bo'yicha eksperimental ilmiy izlanishlar olib borgan V.M.Trubunskiy) “tezlik - zichlik” bog'likligiga aniqlik kiritdi [1]. “Tezlik-zichlik” bog'liqligi va avtomobillar oqimining asosiy xususiyatlari bilan bog'liqlik darajasini quyidagi formula ko'rinishiga keltirdi:
N= v-q (5) V=vcb - eq + ap (6)
bu yerda: N - harakat miqdori, avt/ soat
q - harakat zichligi, avt/km
v - ko'rib chiqilayotgan jadallikdagi harakat tezligi, km/soat
vcb - erkin sharoitdagi harakat tezligi, km/soat
a - harakat tarkibiga ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsient p - harakat tarkibidagi engil avtombillar soni, %
Yo'l sharoiti har xil bo'lganda darajalanish koeffitsientini aniqlash: to'g'ri yo'l bo'lagida
N= 81v - 1.5 v2 + 0.125 p-v; (7)
radiusi 35 m bo'lgan rejadagi egrilikda
N= 96v - 3.76 v2 + 0.422 p-v; (8)
50 % burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda
N= 75v - 1.73 v2 + 0.175 p-v; (9)
Bundan V.M.Trubunskiy yo'l sharoitining yuqori darajadagi harakat zichligiga bog'liqligini quyidagicha izohladi: radiusi 35 m bo'lgan rejadagi egriliklarda 96 avt/km, 50 % burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda 75 avt/km, to'g'ri yo'l bo'laklarida 81 avt/km ni tashkil etadi. Demak, transport oqimining zichligiga to'g'ri yo'l bo'laklariga qaraganda balandliklarga ko'tarilishlarda ko'proq ta'siri hamda asosan kichik radiusli egriliklarda ta'sir etishi aniqlandi.
2023-yildda Jizzax shahrining Sh.Rashidov ko'chasida olib borgan tadqiq ishimizga asosan harakat zichligining har xil vaqtlarda o'zgarish diagrammasi keltirilgan (2-rasm). Ushbu grafikdan tahlil qilib ko'rsak, harakat zichligi harakat miqdori ortgan sari ko'payib bormoqda. Ushbu ko'chada harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 2725 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 30 avt/kmni tashkil qildi. Huddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2930, 4300 va 4600 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 38, 40 va 43 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.
Harakat miqdori, avt/soat
2-rasm. Sh.Rashidov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.
Harakat miqdori ancha jadallashgan vaqtlarda ya'ni 5200 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligining eng yuqori qiymati 48 avt/km atrofida aniqlandi. Shuningdek, 3-rasmda Mustaqillik ko'chasida olib borgan tadqiq ishimga asosan harakat zichligining o'zgarish grafigi keltirilgan.
19
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
Harakat miqdori, avt/soat
3-rasm. Mustaqillik ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.
Mustaqillik ko'chasida harakat zichligi Sh.Rashidov ko'chasiga nisbatan kam ekanligini aytish mumkin. Ushbu ko'chada harakat miqdori 1546 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligi 24 avt/kmni tashkil etishi aniqlandi. Harakat miqdori ortib borgan sari, ya'ni 2540, 2900 avt/soat bo'lgan holatlarda harakat zichligi 27, 30 avt/kmni tashkil etgan bo'lsa, harakat miqdori jadallashgan paytlarda, ya'ni, 3800 avt/soatda harakat zichligining yuqori qiymati 36 avt/km atrofida bo'lishi kuzatildi. I.Karimov ko'chasida zichlikning o'zgarishi grafigini 9-rasmda ko'rish mumkin. I.Karimov ko'chasida harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 1546 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 22 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 30, 30, 34 va 36 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 25, 35, 34 va 37 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.
4-rasm. I.Karimov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.
Demak, harakat zichligi birinchi navbatda harakat miqdori bilan uzviy bog'liq ekan. Harakat miqdori o'zgarib borgan sari harakat zichligi ham o'zgarib borar ekan. Shuningdek harakat zichligi yo'l sharoitiga ham bog'liq ekanligini aytish mumkin. Yo'llarda xavfsiz harakatni ta'minlashda va yo'l harakatini tashkil etishda transport oqimi xususiyatlarini o'rganish muhim ekan.
20
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda shaharda harakatlanayotgan transport vositalarining oqimining zichligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining o‘z manzillariga vaqtida yetib borishi, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish orqali fuqarolarning xavfsiz harakatlanishga bo‘lgan huquqi ta’minlanadi. Tirbandliklarni bartaraf etish chorasi sifatida unda harakatlanish tartibini ishlab chiqish va uni amaldagi yo‘l harakati qoidalariga kiritish, uni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash mavjud muammoning yechimi sifatida qarash mumkin.
Shuningdek shahar ko'chalarida harakat xavfsizligini ta'minlashning zamonaviy infrastrukturasini ishlab chiqish orqali jamoat transporti harakatini tirbandliklarga ta'sirini kamaytirishga erishish mumkin.
Adabiyotlar:
1. Azizov Q.X. Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari. Jizzax.: TAYI, 2009. - 119 bet.
2. Abduraxmonov R.A., Azizov S.Z. Shahar ko'chalarida transport vositalari harakat tarkibi va miqdorining jamoat transportlari harakatiga ta'siri // TAYI “Avtomobil va yo'llar kompleksini rivojlantirishda kadrlarning tutgan o'rni”. Iqtidorli yoshlarning ilmiy-amaliy anjuman materiallar to'plami. Jizzax - 2009, 341-343 bet.
3. Azizov Q.X., Rixsiboev A., Abdunazarov J. Jizzax shahar A. Temur ko'chasida transport vositalari harakat miqdori va tarkibining o'zgarishini o'rganish // TAYI “O'zbekiston Avtomobil va yo'l kompleksini modernizatsiya qilishda yosh kadrlarning o'rni”. “Barkamol avlod yili”ga bag'ishlangan iqtidorli yoshlarning Respublika ilmiy-amaliy anjumani. 14-15 may. Jizzax. 2010. 142-145 s.
4. Azizov Q.X., Abduraxmanov R.A. Avtomobillashtirish darajasining transport vositalari tirbandligiga ta'siri // TAYI. “O'zbekiston avtomobil va yo'l kompleksini rivojlantirish masalalari” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. Jizzax-2009 y., 189-191 bet.
SHAHAR KO'CHALARIDA HARAKATLANAYOTGAN TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATLANISH MIQDORINI TAHLIL QILISH
Ushbu maqolada kuzatish usuli orqali Jizzax shahrining magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko'chalarida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ushbu ko'chalarda harakat miqdori yo'lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o'xshash bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, bir-biridan farq qilishini ko'rish mumkin. Harakat miqdori va tarkibining o'zgarishi harakat tezligi va yo'l -transport hodisalarining o'zgarishiga ta'sir qilishi tahlil qilindi.
АНАЛИЗ КОЛИЧЕСТВА ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ, ПЕРЕДВИЖАЮЩИХСЯ ПО УЛИЦАМ ГОРОДА
В данной статье методом наблюдения главные улицы Джизака перемешаны с автомобилями и общественным транспортом, а результаты исследования, проведенного на главных центральных улицах города на данный момент, показали, что интенсивность движения транспорта на этих улицах зависит по значению дороги, составу транспортных средств, в зависимости от ситуации и ряда подобных факторов видно, что они отличаются друг от друга. Проанализировано, что изменение количества и структуры дорожного движения влияет на скорость движения и изменение количества дорожнотранспортных происшествий.
21
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
ANALYSIS OF THE QUANTITY OF TRANSPORTATION
VEHICLES MOVING ON THE CITY STREETS
In this article, the results of a study conducted on the main streets of Jizzakh, which are a mixture of cars and public transport on the main streets of Jizzakh, show that the intensity of traffic on these streets depends on the importance of the road, traffic it can be seen that they differ from each other depending on a number of factors such as composition, condition, and so on. The influence of changes in the volume and composition of traffic on changes in the speed of movement and the number of traffic accidents is analyzed.
22
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»