SHAHAR KO'CHALARI VA YO'LLARI FANIDAN SHAHAR KO'CHALARIDA
HARAKAT JADALLIGINI AMALGA OSHIRISH JARAYONI Jalolov Zafar Muhammadi o'g'li, Yusupjonov Muxriddinjon Odiljon o'g'li, Amanova
Nozima Shavkatovna
O'qituvchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz shahri.
E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14836121 Annotatsiya: Iqtisodiyotining rivojlanishi va taraqqiy etishi avvalambor yo'llar va ko'chalar tarmog'ining holatiga bog'liqdir. Respublikamiz bo'yicha tashilayotgan yuklarining asosiy qismini transport vositalaridan foydalanib, shahar ko'chalari va avtomobil yo'llari orqali o'z manzillariga yetkazilishi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda yo'l qurilishi tabiiy faktorlarning va bu yo'l bo'yicha avtomobillar oqimining kelajakdagi harakat oqimi xususiyatlarini e'tibor bilan hisobga olishning uddasidan chiqa bilishni talab etadi.
Kalit so'zlar: avtomobil yo'li, shahar, ko'chalar, hisobiy tezlik, transport, piyoda, harakat, hudud, qoidabuzarlik, svetafor.
THE PROCESS OF IMPLEMENTING TRAFFIC INTENSITY ON CITY STREETS IN THE SCIENCE OF CITY STREETS AND ROADS Abstract: The development and progress of the economy primarily depends on the condition of the road and street network. It is important that the bulk of the cargo transported in our republic is delivered to its destination using city streets and highways. Today, road construction requires the ability to carefully take into account natural factors and the future characteristics of the flow of vehicles on this road.
Keywords: highway, city, streets, estimated speed, transport, pedestrian, movement, area, violation, traffic light.
ИЗ НАУКИ ГОРОДСКИХ УЛИЦ И ДОРОГ ПРОЦЕСС РЕАЛИЗАЦИИ СКОРОСТИ
ДВИЖЕНИЯ ПО ГОРОДСКИМ УЛИЦАМ Аннотация: Развитие и прогресс экономики зависят прежде всего от состояния дорог и уличной сети. Важно, что основная часть грузов, перевозимых по нашей республике, доставляется к месту назначения с помощью автотранспорта, по улицам города и автомагистралям. Сегодня дорожное строительство требует умения учитывать природные факторы и будущие характеристики транспортного потока на дороге.
Ключевые слова: шоссе, город, улицы, расчетная скорость, транспорт, пешеход, движение, площадь, нарушение, светофор.
KIRISH
Bugun mustaqil O'zbekiston uchun xalqaro va mahalliy yo'llarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki davlatimizning jahon iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashish jarayoni bevosita yo'l tizimining samarali ishlashi bilan bog'liqdir. BMT Taraqqiyot dasturi O'zbekistondagi ekspertlarining fikricha, bugungi kunda yuk va yo'lovchi tashishning asosiy qismi aynan avtomobil yo'llariga to'g'ri kelmoqda. Xususan, avtomobil yo'llari orqali yuklarning qariyb 85 foizi, yo'lovchilarning 95 foizdan ortig'i tashilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, avtoyo'llar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutadi.
^ 4P <$>
Shahar ahofisi
1-rasm.O'zbekiston aholisini tarqalish dinamikasi (2000-2030 yil prognoz)
Kunning pik va pik bo'lmagan vaqtlarida zamonaviy kamera video kuzatuvdagi chorrahadagi holatni batafsil o'rganishdan iborat. Mazkur chorraha Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Beshariq-Aviasozlar ko'chalari kesishmasidagi chorrahada bir guruh jamoa bilan kelishilgan holda harakat jadalligini aniqlash jarayoni olib borildi. Dastlab, jamoada quyidagi ishlar reja asosida olib borildi:
Chorrahada harakat jadalligi (transport vositalari uchun); Chorraha rejasi (piyodalar o'tish yo'lagi va svetaforlar uchun); Piyodalarning harakat jadalligi (piyodalar o'tish yo'lagida); Svetaforlar siklini o'rganish (avtomobil yo'li va piyodalar o'tish yo'lagidagi); Qoidabuzarliklarni aniqlash;
Chorrahada harakat jadalligi (transport vositalari uchun) quyidagicha hisoblandi:
1-jadval
Vant Y en eil ■vwwwjfrw aj^omoHllar Yuk giVtomoJbiUaH yuk koHara olishi bo^yicha Mi "si oj 31 si 4 IZÏ PÏ si ®î 3 «i - 1—1 i M a, mf Hf xf t; □ a. Vj g CO Qj "Si □j "ïîl >1 Jami
2t saclia ■BWAA/W^ 2-5t 5-&t St dan ko~p
10». Il® 2615 11 6 3 - 22 4 1 2 2664
13«L 14<» 2833 9 7 2 - 24 5 2 3 2885
Jami 5448 20 13 5 - 46 9 3 5 5549
Beshariq-Aviasozlar ko'chalari kesishmasidagi chorraha.(2-jadval)
2-jadval
Vaqt A B V D Jami
800^00 218 512 550 230 1510
Hoodoo 212 531 529 225 1497
Jami 430 1043 1079 455 3007
Beshariq-Aviasozlar ko'chalarining kesishmasi quyidagicha hisoblandi; Soat 800-900 Piyodalar harakat jadalligi Beshariq-780ta, Aviasozlar-730ta, Jami:1510ta va soat 1000-1100 oraliqda Beshariq-Aviasozlar chorrahasida transport vositalari harakat jadalligi Beshariq-1408 ta, Aviasozlar-1256 ta, Jami:2664ta(2-rasm).
2-rasm.Beshariq-Aviasozlar ko'chalari kesishmasi
Shaharlarning ko'chalarida harakatlanish jadalligi katta bo'lganida, avtomobillarning svetofor yonida to'xtab qolishlari tufayli, uzoq vaqt to'xtab qolishlari va tirbandlik yuzaga keladi. Ko'chalarda harakat tezligi keskin pasayadi va shaharning markaziy ko'chalaridan shahar atrofidagi avtomobil yo'llariga chiqib ketish uchun ko'p vaqt sarflanadi. Svetafor siklini o'rganish jarayonlari avtomobil yo'li piyodalar o'tish yo'lagida maxsus olib borildi(3-rasm).
3-rasm. Svetafor siklini o'rganish jarayoni
Shuni aytishimiz joizki, qoida buzarliklarni aniqlash jarayonida soat 800-900 oralig'ida Beshariq-Aviasozlar chorrahasidagi piyodalar o'tish yo'lagi (peshexod)dan piyodalar 1510 ta harakatlanishdi. Shulardan jami 113 tasi qoidani buzib harakatlandi (110 ta piyoda va velosapedni piyoda yetaklab o'tganlar, 3 ta velosapedchi peshexoddan velosapedni haydab o'tdi, yo'ldan o'tayotganda xohlagan radiuslarida kesib o'tdilar, belgilanmagan joydan kesib o'tdilar va hokazo 4-rasm).
4-rasm. Qoida buzarlik jarayoni
Avtomobillarning chorrahada turib qolishlarini kuzatishimiz mumkin(5-rasm).
5-rasm. Avtomobillarning chorrahada turib qolishi
XULOSA
Endilikda tezkor harakatlanish ko'chlarini estakadalarda o'tkazish ma'qul ko'rilmoqda. Bunda qurilish ishlari soddalashadi, yer osti kommunkag'iyalarini qayta qurishga bo'lgan ehtiyoj qisqaradi, qurilish qiymati kamayadi. Shahar general rejasini tuzishda Shahar ko'chalari va yo'llari oldindan aniqlangan bo'ladi. Magistral ko'chalar va Shahar yo'llarini yo'nalishini tanlashda kutilayotgan transport va yo'lovchilarning oqimini ko'rilayotgan yo'nalishdagi jadalligi, tabiiy sharoit, yer osti va yer usti inshootlarini qurish hajmini e'tiborga olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.X. Khabibullayev, M.O. Yusupjonov, Sh.O. Azimjonov, "Ensuring construction quality in the construction of asphalt concrete pavements" Euro Asia Conferences. Euro Science: International Conference on Social and Humanitarian Research, Hosted from Cologne, Germany. 119-122, 2021 https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=G3kROEUAAAAJ&citation_for_ view=G3kROEUAAAAJ:Y0pCki6q_DkC.
2. A.R. Normirzayev, M.O. Yusupjonov "Establishment of intercity passenger transportation system" ООО «Институт управления и социально-экономического развития» 362-364, 5-1 (84) Экономика и социум, 2021. https://cyberleninka.ru/article/n/establishment-of-intercity-passenger-transportation-system-1.
3. M.O. Yusupjonov, Amanov Z.Ch, "Reasons for the origin of cracks in the asphalt concrete coating and technologies for their repair" .
4. З.Ч. Амонов, М.О Юсупжонов, "Повышение качества строительства за счет использования зарубежных технологий при устройстве асфальтобетонных покрытий, с использованием местного сырья" ООО «Институт управления и социально-экономического развития» 12-2 (103), Экономика и социум, 247-250, 2022.
5. O'G'Li G. U. B. et al. Noorganik va organik bog'lovchi materiallar bilan mustaxkamlangan yirik toshli, qumli, gilli gruntlardan va sanoat chiqindilardan yo'l to'shamasining asosi va qoplamalarini qurishni tadqiqotlash //Research Focus. - 2024. - Т. 3. - №. 5. - С. 27-29.
6. Жалолов З. М. У., Хуррамов А. Ч. Особая значимость изучения зарубежного опыта развития дорожного строительства //Academic research in educational sciences. - 2024. - Т. 5. - №. 5. - С. 64-73.
7. Самадов З. О. и др. Примеры государственных целей в отношении безопасности дорожного движения //Интернаука. - 2021. - №. 5-1. - С. 98-99.
8. Suyunov O., Sherboyev A. Ptv vissim dasturi yordamida avtomobil yo 'llari va shahar ko'chalarining harakat oqimini modellashtirish //Евразийский журнал академических исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 13. -С. 261-266.
9. Valiyevich D. S., Do'stmurodovich S. O., Jo'raqulovich D. B. Modeling and evaluation of intersections in termez using modern software //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. - 2023. - Т. 11. - №. 6. - С. 856-862.