UO'T. 2964
SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISH TIZIMINING TAHLILI
Norkulov Suxrob Turakulovich "Toshkent Metropoliteni" DUK boshlig'ining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari - Toshkent davlat transport univyersiteti prorektori
E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Zamonaviy jamoat transporti ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan shaharlar yoki hududlarning yagona yo'lovchi transporti tizimini tashkil etib, bir necha transport turlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, ShJT ning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to'g'risida so'z yuritganda, eng avvalo, unga yagona transport tizimi nuqtai nazaridan baho byerish o'rinli hisoblanadi.
Аннотация. Современный общественный транспорт включает в себя несколко видов транспорта, образующих с социално-экономической точки зрения единую пассажирскую транспортную систему городов или регионов. Поэтому, говоря о социално-экономической значимости системы общественного транспорта, ее уместно оценивать прежде всего с точки зрения единой транспортной системы.
Abstract. Modyern public transport, from a socio-economic point of view, constitutes a single passengyer transport system of cities or regions and includes sevyeral types of transport. Thyerefore, when talking about the socio-economic importance of the public transport system, it is appropriate to evaluate it first of all from the point of view of a unified transport system
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar jamoat transportini (ShJT) boshqarish tizimini takomillashtirishning maqsad, vazifalari va shakllari mazmuniga sifat jihatidan yangi va keng ko'lamli talablar qo'yilmoqda.
2016-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 59 km ga, bekatlar soni 29 tadan 43 taga yyetkazildi, Toshkent metropolitenida yo'lovchilar tashish quvvati 2016 yilga nisbatan 2 barobarga oshib, kunlik yo'lovchi tashish 160 ming yo'lovchidan 400-420 ming yo'lovchiga yyetkazildi.
Toshkent shahrida yyer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqich — 13 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat «Qo'yliq — Qipchoq» uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi "Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-5260-son qarori bilan «Toshkent metropoliteni» UK tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korxonasiga o'zgartirilib, Transport vazirligi tarkibiga o'tkazildi.
Mazkur qaror bilan, metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari
etib:
ilg'or xorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
infratuzilmani modyernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
metropolitenda xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yo'lovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirish;
metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yyer usti yo'lovchilar tashish transporti yo'nalishlari tarmog'ini metropoliten tarmog'i bilan integratsiyalash;
xavfsizlik, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari doirasida metropoliten hududida xizmat ko'rsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish;
zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan ta'minlash masalalari belgilandi.
Bugungi kunda Toshkent metropoliteni tomonidan kuniga 400-450 ming yo'lovchi tashilib, so'nggi 10 yil ichida yillik tashish hajmi 54,5 foizga o'sgan (1-rasm).
120000 100000
80000 65621,1 60000 40000 20000 0
101770,6
6216139136754095?173'8 52260 0 68663,4 54015,0 53496,9
68663,49233,9
38814,9
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
1-rasm. Toshkent metropoliteni tomonidan tashilgan yo'lovchilar hajmining o'zgarishi,
ming yo'lovchi
Zamonaviy jamoat transporti ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan shaharlar yoki hududlarning yagona yo'lovchi transporti tizimini tashkil etib, bir necha transport turlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, ShJT ning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati to'g'risida so'z yuritganda, eng avvalo unga yagona transport tizimi nuqtai nazaridan baho byerish o'rinli hisoblanadi.
Birinchidan, barcha transport turlarining rivojlanishi yagona qonuniyatga bo'ysunishi: yo'lovchilarni tashish sifatiga qo'yiladigan ma'lum bir me'yoriy talablar asosida minimal sarf -xarajatlar bilan aholining yo'lovchi tashishga bo'lgan talabini qondirishi lozim. Bu esa tashish hajmi va sifatiga qo'yiladigan umumiy mezonlarni shakllantirishdagi yondashuvlarning tizimliligini ta'minlaydi.
Ikkinchidan, ayrim transport turlaridan foydalanish maqsadi va usullarida o'xshashliklar mavjud bo'lib, tizimni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy masalalarini hal etishda transportning barcha turlariga taalluqli umumiy modellarini qo'llash imkonini tug'diradi.
Transport ishlab chiqarish va savdo sohasining o'zgarishiga kuchli ta'sir ko'rsatishi bilan birga, fond va mehnat sig'imi yuqori bo'lgan tarmoq hisoblanib, resurs iste'molchisi sifatida mahsulot, kapital va mehnat bozori konyunkturasining o'zgarishiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. ShJTning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, u ijtimoiy-iqtisodiy muhitning muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
1600 1400 1200 1000 800 600 400 200 0
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
1200 1400 1400 1400
1000 1200 1200
800 1000
600 700
500
-
2-rasm. Toshkent metropolitenida o'rtacha ta'rifning o'zgarishi dinamikasi, so'm
2-rasmdan ko'rinib turibdiki, so'nggi 10 yilda umumiqtisodiyotda iste'mol indeksining o'rtacha o'sish sur'ati 10-12 foizni tashkil etgan holatda, tashish tannarxi 5 baroborga o'sgan, ta'rif esa 2,8 barobarga oshirilgan.
ShJT bahoni shakllantirish yoki ta'rif siyosatini yuritish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilishi bilan ham xaraktyerlanadi. Shahar yo'lovchi transportida ijtimoiy manfaatlarni hisobga olgan holda tashish ta'riflari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi. Biroq, Qurilish va ta 'lim ilmiy jurnali Maxsus son №1 https://jurnal. qurilishtalim. uz
bunday turdagi transport xizmati ko'rsatuvchi korxonalarning harakatdagi vositalari, enyergoresurslar, yonilg'i-moylash va boshqa matyeriallarni tijorat asosida faoliyat yurituvchi xo'jalik yurituvchi subyektlardan bozor baholarida xarid qilishlari muayayan moliyaviy qiyinchiliklarni vujudga kelishiga olib keladi hamda ularni bartaraf etish davlatning aralashuvini talab etadi. Shuning uchun ham aholiga transport xizmati ko'rsatish hajmi, qo'lami va sifatini oshirish bilan bog'liq transport korxonalari strategiyasini ishlab chiqishda ushbu omillar ta'sirini baholash muhim ahamiyatga ega.
4000,0 3500,0 3000,0 2500,0 2000,0 1500,0 1000,0 500,0 0,0 3668,2
/\
2515,3
1760,7
1466,31464,31450,21450,2
1083,4 741 3 893,8 ,
499,5 598,0
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
3-rasm. Metropolitenda bir yo'lovchini tashish tannarxining o'zgarishi dinamikasi,
so'm.
So'nggi 3 yilda ta'rif o'zgarmagan. Natijada tashish tannarxining ta'rifga nisbati indeksi qariyib 2 barobarga pasaygan. Tannarx va ta'rif o'rtasidagi mutanosiblik o'zgarmagan holatda metropolitenda tashish hajmining oshishi moliyaviy natijalarning yaxshilanishiga olib keladi (3-4-rasmlar). 1,20
1,00
0,80
0,60
0,40
0,20
0,00
1,00 1,00 0
0,94 0,90 0,92
0,90 0,82 0,83 0,83 0,80
0,68
0,56
38
-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
4-rasm. Metropolitenda ta'rifning tannarxga nisbati indeksining o'zgarishi dinamikasi,
foiz.
Metroda poezdlar harakatini tashkil qilish uchun asos bo'lib harakatdagi tarkib va barcha bo'linmalarining ishini belgilaydigan ularning harakatlanish jadvali hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent metropolitenida ekapluatatsiya qilinayotgan 64 ta poezdda jamlangan 256 ta vagonlarning 156 tasi yoki 53 foizining ekspluatatsiya muddatlari 30-40 yilni, 16 tasi yoki 6 foiziki esa 40 yildan ortiqni tashkil etadi (5-rasm).
2 HHnrana; 80; 31% __HHngaH oprarç; ----- 16; 6%
20 HHngaH 30 -1 HHnrana; 24; 10% 7 HHngaH 40 HHnrana; 136; 53%
5-rasm. Harakatdagi tarkibning o'rtacha yoshi.
Poezdlar harakatlanish jadvalini to'g'ri tashkil etish:
• yo'lovchilarning transport xizmatlariga bo'lgan talablarini to'liq qondirish;
• poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash;
• harakatlanuvchi tarkib aylanmasi jadvalini hisobga olgan holda lokomotiv brigadalari uzluksiz ishlashning belgilangan muddatlariga rioya qilinishini ta'minlaydi.
Yo'lovchilar oqimiga qarab, jadvalda poezdlar harakatining tegishli int yervali sutkaning tig'iz paytlarida 2-3 daqiqani, qolgan vaqtlarda 15 daqiqagacha tashkil etadi. Bunda poezdlarning harakatlanish tezligi soatiga 80 kmgacha yyetkaziladi.
Toshkent metropoliteni yo'llarida 4 vagonli poezdlarda ish kunlarida kuniga o'rtacha 1062 ta qatnov, shanba kunlari 1058 ta, yakshanba kunlari esa 953 qatnovlar amalga oshiriladi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasining «transport to'g'risida»gi qonuni, 09.08.2021-yildagi 0'RQ-706-son.
2. O'zbekiston Respublikasining «Temir yo'llar to'g'risida»gi qonuni, O'RQ-766-I son,15.04.2020 y.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi PF-2313-sonli «2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modyernizatsiya qilish dasturi to'g'risida»gi Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-sonli farmoni