SHAFTOLINING GARNEM VA GF - 677 PAYVANDTAGLARINI
YETISHTIRISH
S. T. Sanayev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali q.x.f.d., professori
J. G. Rasulov
Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti
M. Sh. Xudayqulova
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistri
Ushbu maqolada intensiv bog'lar barpo qilishda shaftolining madaniy navlari uchun foydalaniladigan pakana va yarim pakana payvandtaglarini yetishtirishning jadallashgan texnologiyalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Shaftoli, intensiv meva bog'lari, payvandtag, o'simlik to'qimasi, in vitro, ko'paytirish, havoning namligi, harorat, chiniqtirish.
The article presents data on accelerated technologies for growing dwarf and semi-dwarf rootstocks of cultivated peach varieties when laying intensive gardens.
Keywords: Peach, intensive garden fruits, rootstock, plant tissue, invitro, reproduction, air humidity, temperature, air conditioning.
Kirish. Hozirgi kunda dunyoda intensiv mevali bog'larni barpo qilishda madaniy meva ekinlari navlarini past bo'yli payvandtaglarga ulangan daraxtlar holida o'stirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun intensiv mevali bog'larini barpo qilishda payvandtagning ahamiyati juda katta. Mevali daraxtlarning bo'yi, hosilga kirish muddati, qisqa shoxlanishi, uzoq yashashi, tabiiy noqulay sharoitlarga chidamliligi, hosildorligi, mevalarining sifati va intensiv bog'lardan olinadigan daromad ko'p jihatdan payvandtag xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Payvandtag xar xil kasallik va zararkunandalarga hamda noqulay iqlim sharoitlariga chidamli ko'chat shakillantirishda ham muhim ahamiyat kasb
ANNOTASIYA
ABSTRACT
etadi.
October 5-6
Past bo'yli daraxtlar mevasining tannarxi kuchli o'sadigan daraxtlar mevasining tannarxidan past bo'lib, 100 kg hosil olish uchun 1,5 - 2,0 baravar kam mehnat sarflanadi, daromad keltirishi esa oddiy bog'larnikidan 1,5 - 2,0 baravar ortiqdir.
Past bo'yli bog'larning erta hosilga kirishi, yuqori hosil berishi, mevalarning sifatli bo'lishi, daraxtlarni parvarish qilishning osonligi va shu kabi bir qancha ijobiy xususiyatlari bor.
Past bo'yli payvandtaglarga ulanganda meva ko'chatlari gektariga 2000-3000 tupgacha ekiladi va gektaridan 50 - 60 tonnagacha hosil beradi. Bugungi kunda barcha sohalarda bo'lgani kabi mevachilikda ham innovatsion g'oyalar hayotimizga joriy qilinmoqda. Dunyoda bog'dorchilik bilan shug'ullanuvchi mamlakatlarda mevali ekinlarining past bo'yli, pakana va yarim pakana payvandtaglarni yetishtirish ilg'or texnologiyalarga asoslangan in-vitro laboratoriyalarida amalga oshirilmoqda.
Payvandtaglarni yetishtirish jarayoni. Bu jarayon dastlab o'simlikdan ajratib olingan sog'lom to'qimalarni maxsus tayyorlangan oziqa muhitida stirillangan sharoitda o'stirishdan boshlanadi. Maxsus oziqa muhitida o'stirilgan laboratoriyadan chiqqan o'simliklar ilk bosqichda ko'chat yetishtirish uchun mo'ljallangan kassetalarga ekiladi. So'ngra iqlimi boshqariladigan maxsus ko'chatxonada uch bosqichda o'stiriladi. Birinchi bosqich ko'chatxonada sutkasiga 14 soat yorug'lik tushishini, havoning namligi 90-100%, havoning harorati 22-260S bo'lishini ta'minlangan holda 21 kun, ikkinchi bosqichda ham 21 kun mobaynida sutkasiga 14 soat yorug'lik hamda ko'chatxonada havoning namligi 70-85 %, havoning harorati 24-320S bo'lishi ta'minlanadi, uchinchi bosqichda esa 90 kun davomida ko'chatxonada sutkasiga 14 soat yorug'lik, havoning namligi 50-55 %, havoning harorati 25-350S bo'lishi ta'minlangan holda o'stiriladi. Tajribalarimizda shaftoli, nektarin, olxo'ri va bodom kabi madaniy meva ekinlarining navlari uchun payvandtag sifatida foydalaniladigan Garnem, GF - 677 kabi istiqbolli meva payvandtaglarini ko'chatxonada o'stirilganda maqbul havo namligi va haroratini belgilashni maqsad qilingan.
Garnem meva payvandtagi - shaftoli, nektarin, olxo'ri va bodom navlari uchun payvandtag sifatida ishlatiladi. Bu ohakli va og'ir stukturali tuproqlarga moslasha oladigan va temir xloroziga chidamli payvantag hisoblanadi. U ildiz nematodalariga juda chidamli. Shaftoli bog'lari o'rnida yana shaftoli bog'i barpo etish imkoniyatini beradi. Garnem meva payvandtagi - kuchli
October 5-6
payvandtag hisoblanib, meva ekinlari hosildorligi va meva sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
GF - 677 meva payvandtagi - bu shaftoli va bodom duragayi hisoblanadi. GF - 677 meva payvandtagi shaftoli, nektarin, bodom va olxo'rining ayrim navlari uchun yaxshi payvandtag sifatida qo'llaniladi. Payvandlangan madaniy meva ekinlari hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu meva payvandtagi mo'tadil iqlimli hududlarda keng qo'llaniladigan payvandtag hisoblanadi. Ushbu payvandtakka ulangan ko'chatlarni bog'da 2 x 5 m, 2,5 x 5 m yoki 3 x 5 m, 3,5 x 5 m sxemada ekish tavsiya qilinadi.
Tajribalarimizda in-vitro laboratoriyalarida shaftolining madaniy navlari uchun payvandtaglarini yetishtirishda laboratoriya sharoitida maxsus oziqa muhitida o'stirilgan o'simliklar dastlabki bosqichda iqlimi boshqariladigan issiqxonaning birinchi bo'limida o'stirildi. So'ngra maxsus ko'chat yetishtirish uchun mo'ljallangan issiqxonaning ikkinchi va uchinchi bo'limlarida o'stirildi. Issiqxonada ko'chat yetishtirishda har bir bo'limning havo namligi va harorati belgilangan miqdorda boshqarildi. Tajribalarimizda payvandtag ko'chatlar yetishtirish uchun mo'ljallangan issiqxonaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bo'limlarida havoning harorati va havoning namligi, to'rt xil variantda ya'ni boshqarildi;
1 - variant. Havoning harorati 220C; 22 - 270C; 350C va havoning namligi 100%; 90 - 95%; 50 - 55%.
2 - variant. Havoning harorati 240C; 25 - 290C; 350C va havoning namligi 90%; 75 - 80%; 50 -55%.
3 - variant. Havoning harorati 260C; 26 - 310C; 350C va havoning namligi 100%; 75 - 85%; 35%.
4 - variant. Havoning harorati 280C; 28 - 330C; 350C va havoning namligi 90%; 70 - 75%; 50 - 55%.
Yuqorida ko'rsatilgan variantlar asosida olib borgan tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko'rsatdiki birinchi va ikkinchi bo'limlarda sutkasiga 14 soat yorug'lik tushishini ta'minlangan holda 21 kun, uchinchi bo'limda esa 90 kun mobaynida o'stirilganda eng yuqori ko'rsatkich ikkinchi variantda qayd etildi. Bunda boshqa variantlarga nisbatan eng sifati va miqdori jihatdan ko'p ko'chat olinib, ko'chat chiqimi 75 % ni tashkil etdi.
Xulosa. Shaftolining madaniy navlari uchun payvandtag ko'chatlarini in-vitro laboratoriyalari va maxsus ko'chat yetishtirishga mo'ljallangan issiqxonalarning birinchi bo'limida havoning harorati 240C;
namligi 90 %; ikkinchi bo'limida havoning harorati 25 - 29 C;
October 5-6
0
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
namligi 75 - 80 %; uchinchi bo'limida esa havoning harorati 350C va namligi 50 -55% bo'lishini ta'minlash yuqori sifatli ko'chat chiqimini va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlar ekan.
REFERENCES
1. Абдуллаев Р.М., Исроилов М.М. - Шафтоли етиштириш. Т., 2021.
2.Мирзаев М.М., М.К. Собиров - Богдорчилик., Т., 1987.
3. Мирзаев М.М., М.К. Собиров -Узбекистонда богдорчилик., Т., 1980.
4. Останакулов Т.Э., Исламов С.Я., Хонкулов Х.Х., Санаев С.Т., Холмирзаев Д.К. - Мевачилик ва сабзавотчилик. Т., 2018.
5. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). THE INTERACTION OF ROOTSTOCKS, WATER AND SOIL HUMECTANTS AND YOUNG APPLE TREE GROWTH. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.
6. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.
7. Алишер Эркинович Ботиров, Улугбек Матниёзович Бойжонов, Гулрабо Абдуллаевна Рустамова, & Норкул Муродилло Угли Куйсинбоев (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 176-182.
8. Nosirova, Z., & Xalmirzayeva, L. (2022, July). Some representatives of Pyraloidae superfamily occurring in Uzbekistan region. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012041). IOP Publishing.
9. Умурзоков, Э. У., & Халмирзаева, Л. Б. (2019). ВЛИЯНИЕ СРОКОВ СТРАТИФИКАЦИИ И ФИЗИОЛОГИЧЕСКИ АКТИВНЫХ ВЕЩЕСТВ НА КАЧЕСТВО СЕЯНЦЕВ УНАБИ (ZIZIPHUS JUJUBA MILL). In СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК (pp. 357-360).
© © О
October 5-61 Republican Scientific and Practical Conference
©
ф<
283