INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MEVA EKINLARINI KO'PAYTIRISH USULLARI VA ULARDAN OLINADIGAN
MAHSULOTLAR Botirova Nargiza Abdumo'min qizi
Toshkent davlat agrar universiteti 3- bosqich talabasi Saydullayeva Madina Elyor qizi
Toshkent davlat agrar universiteti 4- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7194173
Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, meva ekinlarini ko'paytish usullari, qayta ishlashni yo'lga qo'yish choratadbirlari xususida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ko'paytirish, payvandlash, bog'dorchilik, qayta ishlash, qishloq xo'jalik, mahsulot.
СПОСОБЫ РАЗМНОЖЕНИЯ ПЛОДОВЫХ КУЛЬТУР И ПРОДУКТОВ,
ПОЛУЧАЕМЫХ ИЗ НИХ
Аннотация. В данной статье рассказывается о методах увеличения урожая плодов и мерах по налаживанию переработки в нашей стране исходя из потребностей населения.
Ключевые слова: размножение, прививка, садоводство, переработка, земледелие, производство.
METHODS OF REPRODUCTION OF FRUIT CROPS AND PRODUCTS OBTAINED FROM THEM
Abstract. In this article, based on the needs of the population in our country, we will talk about the methods of increasing fruit crops and the measures to establish processing.
Key words: reproduction, grafting, gardening, processing, agriculture, production.
KIRISH
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari- ko'pchilik vitaminlar, mineral moddalar, aromatik va fiziologik aktiv moddalarning asosiy ma'nbai hisoblanib, insonning to'la qimmatli oziqlanishida zarurdir. Meva ekinlarini ko'paytirish, saqlash va qayta ishlash aholini butun yil bo'yi bu mahsulotlar bilan ta'minlashning asosiy
mezonidir. Respublikamiz mustaqillika erishgach, chiqarilgan qator farmoyish va qarorlar meva sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlashning takomillashgan usullarini joriy qilish va qayta ishlab sifatli ozuqaviy mahsulotlar olishga qaratildi. Bugungi kunda dunyo bo'dorchiligida kuchsiz o'suvchi payvandtaglardan foydalanish orqali yuqori hosildor, tez hosilga kituvchi, parvarishlash va hosilni yig'ib olish bo'yicha barcha ishlarni osonlashtiruvchi intensive bog'larni barpo qilish imkoniyatlari keng miqyosida yaratilmoqda.
Respublikamizda bog'dorchilikka ajratilgan sug'oriladigan yer resurslaridan oqilona foydalanish, bog'larni hosilga kirishini tezlashtirish, ularning foydalanish davrini uzaytirish, hosildorlikni oshirish va eksportni ko'za tutuvchi jahon standartlariga mos meva yetishtirish maqsadida ularni jadal ko'paytirish va ozuqa hamda suv tartibini ishlab chiqish, shuningdek payvand qilib mevali ekinlarni ko'paytirish texnologiyalarini yaratish muhim o'rin tutadi. Ma'lumki, mevali ekinlarni ko'paytitib, yetishtirib undan aholi salomatligi uchun zarur bo'lgan vitaminlarga boy tabiiy mahsulot olib ularni qayta ishlash juda murakkab jarayon. Mevali ekinlarni ko'paytitish usullariga keladigan bo'lsak, meva o'simliklari jinsiy (urug'dan) va jinssiz (vegetativ) yo'l bilan ko'payadi. Yangi navlar yaratish va payvandtaglar yetishtirish uchun
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
jinsiy ko'payish usulidan foydalaniladi. Ko'pgina meva va rezavor- meva o'simliklari chetdan changlanb, urug' beradi va bu urug'lar ikki individ ota-ona belgilarini o'zida saqlaydi, bunday o'simliklardan o'stirilgan o'simliklar duragay bo'ladi. Amalda meva va rezavor meva o'simliklarini vegetativ usulda ko'paytirish keng miqyosida respublikamizda qo'llanilmoqda. Uning asosida o'simlikning yashash qobiliyatiga ega bo'lgan ma'lum qismi novdasi, ildizi, bargi va hatt to'qima bo'lakchasidan butun organizmni tiklash (regenratsiya) qobiliyati yotadi. Mevali o'simliklarni vegetativ usulda ko'paytirrish juda ko'p usullari bo'lib, bulardan quyidagi guruhlarni ajratish mumkin. Novda va ildizlarni qismlarga bo'lib (gajak)larine ildiz bachkisi, tuplarni bo;lish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parix qilish va boshqalardan ko'paytirish va payvand qilib ko'paytirish (transplatatsiya). Respublikamizda ko'pinch madaniy meva o'simliklarni ko'pchiligi payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi.Bunda qalamch yoki kurtak holida (payvandust) bir o'simlikni (madaniy nav) tuproqda urug'idan o'sib chiqayotgan boshqa o'simlikka (payvandtagga) payvand qilinadi.Bunday holda madaniy o'simlik boshqa o'simlik ildizi (payvandtag) da o'sadi. Meva o'simliklarini payvand qilishning bir necha usuli bor: kurtak yoki ko'zchadan payvand qilish, qo'ndirma payvand, po'stloq ichiga egarcha shaklida o'rnatish, qalamch payvand, yoma payvand va yarim yorma payvand, yon tomoni kesikli payvand, qush payvand (ablaktirovka) va boshqa usullar.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Respublikamiz bo'g'dorchiligida ayrim meva o'simlik turlarining, masalan, o'rik,
tog'olcha bilan, o'rik shaftoli, nokning ayrim navlari behi, bodom shaftoli bilan payvand qilinganda ular bir-biri bilan yaxshi tutib ketgan hollari ma'lum. Lekin bu yerda ham bir - biriga payvandlanayotgan o'simliklar yaxshi mos kelmasligi kuzatiladi, jumladan bunda
o'simlikning yer ustki qismi sekin o'sadi, uzoq yashamaydi, payvand qilingan joylarida bo'rtmalar hosil qilishi mumkin. Masalan : nok behiga payvandlanganda yaxshi tutadi, behi nokka payvandlanganda esa yaxshi tutmaydi. Biroq nokning ham ba'zi tulari behiga payvand qilinganda umuman tutmaydi. O'simliklarning bir-biriga yaxshi ulashishi tashqi ko'rinishidan ulangan joyining tekis bo'lishi, po'stloqlar qurib qolmasligi uchun ular kattaroq bo'lishi kerak. Payvand qilishdagi ish jarayonlarini tez bajarish - kozchani tez
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
o'rnatish va bog'lash, ko'chatzorda o'simliklarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish zarur.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Payvandtag payvandlangan o'simliklarning hosildorligini, vegetasiya davrining boshlanishi va oxirini, sovuqqa, qurg'oqchilikka, sho'rxokka chidamliligini va boshqa xususiyatlarini o'zgartira oladi.Shuningdek payvandtag meva daraxtlarining mahalliy tabiiy sharoitga oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Masalan, shaftoli olxo'riga payvand qilinganda nam tuproqda, bodomga payvand qilinganda esa quruq tuproqda mo'l hosil beradi. Lekin, bu o'zgarishlarni hammasi meva o'simligining naslidan nasliga o'tmaydi. Meva ekinlarini ko'chati mevachilikning holatini, viloyat, tuman, xo'jalik bog'laridagi tur va nav tarkibini belgilaydi. Meva ekinlari ko'chatidan bog' va mevazorlar barpo qilish hamda ularni ta'minlash uchun standart talablariga mos keladigan shu bilan birga aholini ho'l va quruq mevalarga,oziq-ovqat sanoatini esa xom ashyoga bo'lgan talabini qondira oladigan tut va navlardan iborat ko'chatlar yetishtirilashi zarur.Shu bilan birga yetishtirilgan navlar serhosil, mazkur hudud sharoitiga chidamli, mevalari yuqoro sifatli, shuningdek kasallik va zararkunandalarga chidamli bo'lishi zarur.
Hozirgi kunda aholining asosiy extiyojini qonidirish maqsadida asosan qishloq xo'jaligi maxsulotlari ya'ni mevali ekinlarning hosilini yig'ib qayta ishlab yil mobaynida ta'minlanib kelinmoqda. Bu ehtiyoj aholi soni oshib brogan sari ortib bormoqda. Qayta ishlash turlariga mevalarni qurutish, ulardan konserva olish sharbat, kompot, jem kabilar kiradi. Konserva yoki sharbat olishda asosan ularning tabiiy moddalarini saqlab qolish, rangi, ta'miga katta e'tibor beriladi. Mevalarga birinchi ishlov berish bosqichida yuvilgan va qadoqlangan mahsulot olinadigan yoki keying texnologik qayta ishlash bosqichlariga tayyorlanadi. Ikkinchi ishlov berish bosqichida mevalarni tozalash, kesish va qadoqlashni, jem yoki meva aralashmalarini qadoqlashni o'z ichiga oladi. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun qayta ishlash korxonalaridagi moddiy texnik bazalarni kuchaytirib borish zarur.
XULOSA
Mamlakatimizda qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish uchun yuqorida zikr etilgan muammolarni bartaraf etishga e'tiborni kuchaytirish zarur. Bu qishloq aholisining turmush darajasi va hayot farovonligi yanada oshishiga ijobiy ta'sir etadi. Turli hududlarga mos iqlim sharoitidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda yangi navlar yaratib yetishtirish orqali ko'p muammolar bartaraf etilishiga erishamiz.
REFERENCES
1. l.X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov. O'simlikshunoslik. - T.: "Fan va texnologiya",
2018.
2. I.T.Ergashev. Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligi. -T.:
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007.
3. O'zbekiston iktisodiyoti". Axborot va taxliliy sharx. 2015
y.httD://wwvv.agro.uz/uzb/iktisodivot/