Научная статья на тему 'SАNOАT TАRMOGʼIDА KICHIK BIZNES KORXONАLАRI FАOLIYATINI RIVOJLАNTIRISH YOʼLLАRI'

SАNOАT TАRMOGʼIDА KICHIK BIZNES KORXONАLАRI FАOLIYATINI RIVOJLАNTIRISH YOʼLLАRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
195
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarmoq / tadbirkorlik / qoʼshilgan qiymat zanjiri / innovatsiyalar / eksport / daromad / aholi bandligi. / industry / entrepreneurship / value chain / innovation / export / income / employment.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Khonkeldieva, Guzal Sherovna

Mamlakatimiz qishloq xoʼjaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subʼektlar oʼrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq hoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN THE AGRICULTURAL SECTOR

To date, certain work is being carried out in the country to reform the agriculture of our country, in particular to improve the system of public administration in the industry, the widespread introduction of market relations, strengthening the legal framework of relations between entities for the cultivation, processing and sale of agricultural products, attracting investment in the industry, the introduction of resource-saving technologies and provide modern equipment to agricultural producers. The article pays special attention to such issues as diversification of production, improvement of land and water relations, creation of a favorable environment for agribusiness and a high-value-added chain, support for the development of cooperative relations, widespread introduction of market mechanisms, information and communication technologies in the industry, as well as the effective use of scientific achievements.

Текст научной работы на тему «SАNOАT TАRMOGʼIDА KICHIK BIZNES KORXONАLАRI FАOLIYATINI RIVOJLАNTIRISH YOʼLLАRI»

SJIF 2023:5.971

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 2 Volume: 3 Published: 28.02.2023

http://alferganus.uz

Citation:

Khonkeldieva, G.Sh. (2023). Features of the development of entrepreneurial activity in the agricultural sector. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (02), 38-44.

Khonkeldieva, G.Sh. (2023). Features of the development of entrepreneurial activity in the agricultural sector. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (02),38-44.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7699508

QR-Article

HhWiH

Khonkeldieva, Guzal Sherovna

doctor of economic sciences, professor Fergana State University E-mail: honkeldieva@mail.ru

UDC 338.436

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY

IN THE AGRICULTURAL SECTOR

Abstract. To date, certain work is being carried out in the country to reform the agriculture of our country, in particular to improve the system ofpublic administration in the industry, the widespread introduction of market relations, strengthening the legal framework of relations between entities for the cultivation, processing and sale of agricultural products, attracting investment in the industry, the introduction of resource-saving technologies and provide modern equipment to agricultural producers. The article pays special attention to such issues as diversification of production, improvement of land and water relations, creation of a favorable environment for agribusiness and a high-value-added chain, support for the development of cooperative relations, widespread introduction of market mechanisms, information and communication technologies in the industry, as well as the effective use of scientific achievements.

Keywords: industry, entrepreneurship, value chain, innovation, export, income, employment.

Xonkeldieva, Guzal Sherovna

i.f.d., professor Farg'ona davlat universiteti E-mail: honkeldieva@mail. ru ORCID: 0000-0001-5335-0862

38

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 3 №2 2023

ISJIF 2023:5.971

SANOAT TARMOG'IDA KICHIK BIZNES KORXONALARI FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Annotatsiya. Mamlakatimiz qishloq xojaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq hojaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarnizamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: tarmoq, tadbirkorlik,qo'shilgan qiymat zanjiri, innovatsiyalar, eksport, daromad, aholi bandligi.

Хонкелдиева, Гузал Шеровна

д.э.н, профессор Ферганский государственный университет E-mail: honkeldieva@mail. ru

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ОТРАСЛИ

Аннотация. На сегодняшний день в стране проводятся определенные работы по реформированию сельского хозяйства нашей страны, в частности по совершенствованию системы государственного управления в отрасли, широкому внедрению рыночных отношений, укреплению правовой базы отношений между субъектами по выращиванию, переработке и реализации сельскохозяйственной продукции, привлечению инвестиций в отрасль, внедрению ресурсосберегающих технологий и предоставлять современную технику производителям сельскохозяйственной продукции. В статье особое внимание уделяется таким вопросам, как диверсификация производства, улучшение земельных и водных отношений, создание благоприятной среды агробизнеса и цепочки с высокой добавленной стоимостью, поддержка развития кооперационных отношений, широкое внедрение рыночных механизмов, информационных и коммуникационных технологий в отрасли, а также эффективное использование научных достижений.

Ключевые слова: отрасль, предпринимательство, цепочка добавленной стоимости, инновации, экспорт, доход, занятость населения.

Kirish

© ®

39

T. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

Bugungi kunda sanoat tarmog'i jahon iqtisodiyotining barqaror o'sishiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Mazkur tarmoqning o'z salohiyatini namoyon etishida kichik biznes korxonalarining imkoniyatlaridan foydalanish ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Zero, kichik biznesning iqtisodiyotning harakatchanligi va moslashuvchanligini ta'minlash, undagi raqobat muhitini kuchaytirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, sanoat kooperatsiyalari orqali yirik korxonalar samaradorligini oshirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalaridan sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishda foydalanish tarmoqning faoliyat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shunga ko'ra, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda kichik sanoat korxonalarining faoliyatini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jahonda global raqobatning keskinlashuvi sharoitida qayta ishlash sanoati tarmoqlari va aholining qishloq xo'jaligi xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talablarini qondiruvchi qishloq xo'jaligi tarmog'ining ahamiyati oshib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, "bugungi kunda jahon qishloq xo'jaligi iqtisodiy faol aholining 1 mlrd. kishidan ziyodini bandligini ta'minlamoqda, shuningdek jahonda ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 5 foiziga yaqini mazkur tarmoq hissasiga to'g'ri keladi. Prognoz ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, 2050 yilga borib, jahon aholisi 9,1 mlrd. kishiga yetishi mumkin. Bu holatda jahon aholisining go'sht va sut mahsulotlariga bo'lgan talabi hozirgi kunga nisbatan 2,5-3,0 barobarga ortishi kutilmoqda".

Jahonda tovarlar bozori infratuzilmasi o'zgarishi, chakana va ulgurji savdoning zamonaviy ko'rinishlari paydo bo'lishi, korxonalarning raqobat va iste'molchi uchun kurashdagi innovatsion faolligi hamda ularning maqsad, manfaat, funksiya va jarayonlaridagi farqlar zamonaviy savdo marketingida sezilarli o'zgarishlarni talab etadi. Savdo marketingining asosiy ob'ektlari hisoblangan ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, ulgurji va chakana savdo korxonalari o'rtasidagi biznes munosabatlariga asoslangan uzoq muddatli hamda o'zaro manfaatli hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqish masalalari ustuvor vazifalar sifatida qaralmoqda.

O'zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari savdo-logistika, sotish va saqlash jarayonlarini muvofiqlashtirish, biznes yuritishda samarali marketing strategiyalaridan foydalanish asosida iqtisodiy o'sishga erishishga qaratilgan yo'nalishlarga alohida e'tibor berilmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritib kelinmoqda.

R.Kantilon tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda sotish va sotib olishdagi tavakkalchiliklarning naqadar muhim ekanligini o'z izlanishlarida asos sifatida keltirgan [1]. Unga ko'ra, tadbirkorning dastlabki va so'ngi harakatining pirovardi sotib olish va sotish o'rtasidagi tavakkalchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan jarayonlar bog'liqligidir.

A.Tyurgo tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda tadbirkorlarda yuqori boshqaruvchilik qobiliyatni shakllantirishning muhim ekanligiga urg'u beradi, chunki har qanday aqlli boshqaruvchi o'z qobiliyati orqali xodimlar o'rtasida hamjixatlik va manfaatlar xamohangligiga erisha oladi [2].

40

T. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

A.Tyurgo R.Kantilondan farqli o'laroq, kapitalist va tadbirkor tushunchalarining bir-biridan farqli jihatlarini aniq ko'rsata bildi. A.Tyurgo tadbirkor, eng avvalo, boshqaruvni to'g'ri tashkil etishligining muhim omil ekanligini o'z ilmiy izlanishlarida keltirib o'tdi.

Xususan, iqtisodchi olimlardan A.O'lmasov va M.Sharifxo'jaevlar «Tadbirkorlik faqat pul topish emas, balki yaratuvchanlik faoliyati orqali daromad olish omilidir» [3] deb ta'kidlaydi. Ya'ni, tadbirkorlik faoliyati bu daromad topishga mo'ljallangan iqtisodiy faoliyat sanaladi, agar u muntazam ravishda faollashmasa, iqtisodiy o'sish ro'y bermasligini asosladilar va ular aynan tadbirkorlikning sifat jihatiga e'tibor berish lozim deb hisoblashadi. Fikrimizcha, A.O'lmasov va M.Sharifxo'jaevlar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda boshqarishda rahbardan alohida novatorlik qobiliyatining talab qilinishi, tadbirkorning kelgusida bozorni boshqarishni eng muhim jihat sifatida qabul qilishiga sabab bo'lishini nazarda tutishgan. Hozirda bozor talabi ham insonlar ehtiyoji uchun arzon va sifatli barcha talablarga mos mahsulotlar ishlab chiqishdan iborat bo'lmoqda [4]. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mohiyatini ochishda Q.Muftaydinov «Tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida iqtisodiy maxovik bo'lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini va iste'mol talablarini e'tiborga olgan holda, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlaydi» [5] deya ta'kidlab o'tdi. Bundan tushunishimiz mumkinki, Q.Muftaydinov tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda uzluksiz ishlab chiqarish tamoyiliga alohida e'tibor qaratishni muhim sanagan. Ushbu tamoyilning dolzarblik jihati iste'mol bozorlarida tovarlarning hayotiylik davri qisqaligi bozorda uzoq vaqt o'z o'rniga ega bo'la olmayotganligi bilan tavsiflanadi.

Iqtisodchi U.V.Gafurov «Kichik biznes sub'ektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakl va vositalari kichik biznes sohasining rivojlanganlik darajasiga ko'ra o'zgarib, unga mos tushuvchi vositalar qo'llanib borishi lozim» [6] deb ta'kidlab o'tgan.

Mazkur yondoshuvning mohiyatiga to'xtaladigan bo'lsak, U.V.Gafurov tadbirkorlik sub'ektlar faoliyatini tartibga solishda bevosita davlat ishtirokining bo'lishini, tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda davlatning ma'lum bir vositalar orqali tartibga solishiga e'tibor qaratilishiga to'xtalgan.

H.Abulqosimov va A.Qulmatovlar esa tadbirkorlikni «Qonun yo'li bilan man qilinmagan iqtisodiy unumli faoliyat turi» [7] deb ta'rif berib o'tdi. Unga ko'ra, tadbirkor qonun doirasidan chetga chiqmagan xolda faoliyat olib borishini nazarda tutadi. Demak tadbirkorning qonuniy faoliyat yuritishi, qonun nuqtai nazaridan, himoyalanish darajasini kafolatlab beradi.

Yuqorida keltirilgan fikr-muloxazalardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bugungi kunda tadbirkorlarning oldiga qo'yadigan vazifalarini ham o'z-o'zidan o'zgartirishini, ya'ni innovatsion muhitga qarab egiluvchan hamda moslashuvchan qarorlar qabul qilishni talab etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Mazkur tadqiqotlarda agrar sektorni iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, aholi soni va talablari o'sishini qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan mutanosibligini ta'minlash, agrar sektorni barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini ixtisoslashtirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalar va

41

SJIF 2023:5.971

uslublarni qo'llash orqali xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish, ularning faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillarni kompleks statistik tadqiq etish, raqobatbardoshligini ta'minlash bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yo'nalishlari sifatida namoyon bo'lmoqda.

Tahlil va natijalar

O'zbekistonda agrar sektor sohasi aholining oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talabini ta'minlash bilan birga, mamlakat eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilib, o'tgan yillar davomida sohaga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari faoliyatini rag'batlantirish va rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Xususan, 2022-2026 yillarda Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "...taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalardan biri milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha qishloq xo'jaligi samaradorligini tubdan oshirish va uni diversifikatsiya qilish, ya'ni agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini klaster asosida qayta ishlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq joylarida yashayotgan aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, fermer va dehqonlar daromadini 2 barobar ko'paytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, qishloq xo'jaligining yillik o'sish sur'atini kamida 5 foizga yetkazish" [8,9] kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

1-jadval. Qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlar1, ming tonnada

Mahsulot turi 2000 y 2005 y 2010 y 2015 y 2020 y 2021 y

Don va dukkakli ekinlar 4 101,4 6 540,9 7 504,3 8 173,5 7 636,0 7 634,6

Kartoshka 731,1 924,2 1 694,8 2 586,8 3 143,8 3 285,6

Sabzavotlar - jami 2 644,7 3 517,5 6 262,4 9 390,0 10 431,4 10 850,2

Oziqbop poliz 451,4 615,3 1 182,4 1 853,6 2 134,4 2 285,3

Mevalar va rezavorlar 790,9 949,3 1 676,3 2 467,9 2 812,6 2 852,6

Uzum 624,2 641,6 979,3 1 518,2 1 606,9 1 695,3

So'yish uchun mol va parranda (tirik vaznda) 841,8 1 061,5 1 461,4 2 033,4 2 519,6 2 635,1

Sut 3 632,5 4 554,9 6 169,0 9 027,8 10 976,9 11 274,2

Olingan tuxum 1 254,4 1 966,7 3 061,2 5 535,4 7 781,2 7 788,4

Asal, tonna 2 685,0 2 115,7 3 171,9 10 157,0 13 357,8 14 066,9

Qirqib olingan jun, tonna 15 849 20 081 26 510 36 029 35 422 36 345

Olingan qorako'l terilar 747,6 688,7 934,9 1 032,0 1 152,1 1 252,4

Pilla, tonna 16 479,0 16 211,0 25 151,8 26 293,0 20 941,9 22 769,9

Mamlakatimizda o'tgan yillar davomida qishloq xo'jaligi tarmog'i asosan paxta va g'alla ekinlari uchun ixtisoslashganligi sababli, yuqorida keltirilgan jadval ma'lumotlarida don va dukkakli don ekinlari tarkibida g'alla judda katta ulushga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Keyingi o'rinlarda makkajo'xori doni, sholi va boshqa turdagi dukkakli ekin (no'xat, loviya, yasniq)larni yetakchilik qilib kelayotganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Ayni paytda jami yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarida fermer xo'jaliklarining ulushi 53,1 foizni, jami yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarida esa 5,3 foizni tashkil etmoqda.

1 Статистика агентлигининг расмий веб-сайти маълумотлари асосида тайёрланган.

42

ш

ISSN 2181-2357

Т. 3 №2 2023

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH_

SJIF 2023:5.971

Tashqi savdo aylanmasidagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Rossiya (umumiy hajmdan 30,5%), Qozog'iston (20,5%), Afg'oniston (6,6%), Xitoy (5,7%), Turkiya (4,5%) va Qirg'iziston (4,3%) hisoblanadi.

Statistik tahlillar ko'rsatishicha, meva-sabzavot mahsulotlari 2017 yilda 876 ta eksportyor tomonidan 60 ta davlatga eksport qilingan bo'lsa, 2021 yilda 1 175 ta eksportyor tomonidan 67 ta davlatga eksport qilishga erishilgan (1-rasm).

Rossiya

Qozog'iston

Qirg'iziston

Xitoy

Pokiston

Afg'oniston

Turkiya

Ukraina

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Eron

Boshqa davlatlar

1-rasm. Yirik hamkor davlatlar bo'yicha meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti ulushi2, %

Yuqorida keltirilgan rasm ma'lumotlariga qo'shimcha sifatida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti turlari va geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda. Daniya, Yamayka, Amerika samoasi va Janubiy Afrika davlatlariga birinchi marotaba 2021 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti turlari va geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda. Bolgariya, Shri-Lanka, Indoneziya, Filipin, Gresiya, Qatar, Xarvatiya va Malta davlatlariga birinchi marotaba 2021 yilda meva-sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Xulosa

Bugungi kunda qishloq xo'jaligi tarmog'ida tadbirkorlikning rolini oshirish yuzasidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- agrar sektorni rivojlantirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ko'rish, eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarni qo'llab-quvvatlash, chet el investitsiyalari hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, yangi korxonalarni tashkil etish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish [10];

- xorijiy investitsiyalarni kiritish bo'yicha xorijiy firma va agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaradigan

2 Статистика агентлигининг расмий веб-сайти маълумотлари асосида тайёрланган.

43

T. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

texnologiyalarni olib kelish, respublikada tashkil etilayotgan xalqaro yarmarkalarning imkoniyatlaridan keng foydalanish;

-fermer ho'jaliklarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularga yangi imkoniyatlar tug'dirish, xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalarni rivojlantirish;

-qishloq ho'jaligi korxonalariga o'z mahsulotlarini qayta ishlaydigan zamonaviy texnologiyalarni sotib olishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanishga ko'maklashish choralarini ko'rish;

-qishloq joylarida tashkil etiladigan sanoat korxonalarini xom ashyo, elektr energiyasi, gaz bilan uzluksiz ta'minlash hamda kommunikatsion tarmoqlarni qurishni amalga oshirish va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Cantillion R. Essay sue la nature du commerce en general (1755) Per s frans. Yu.A.Shkolenko Sotsium, 2003. s.17

2. Тюрго А. Избранные экономические приозведения - M., 1961.-С. 17

3. Muxitdinova U.S. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida meva-sabzavotchilik mahsulotlari bozorini rivojlantirish yo'nalishlari. Iqt.fan.dok.ilm.dar.olish uchun yozilgan dis.avtoref.-T.:2010.-b36.

4. O'lmasov A., Sharifxo'jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi. - T..: «Mehnat», 1995. 192-b.

5. Muftaydinov Q. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. / Dis. ... iqt. fan. d-ri. - T/, 2004. -18-b.

6. Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. / Dis. avt. ref... iqt. fan. d-ri. - T., 2017. -30-b.

7. Abulqosimov P., Qulmatov A. Tadbirkorlik sermashaqqat faoliyat. // «Iqtisod va hisobot», 1997, 9-son. - 9-b.

8. Nazarova F. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O'zbekiston agrar sektorini rivojlantirish istiqbollari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yozilgan dis.-T..-2001.-b.290.

9. Умурзаков У.П. Пути повышения эффективности использования ресурсного потенциала аграрного сектора экономики (на материалах Республики Узбекистан). Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора экономических наук. Тошкент: -2003. -43 б.

10. Muminova, E., Honkeldiyeva, G., Kurpayanidi, K., Akhunova, S., & Hamdamova, S. (2020). Features of introducing blockchain technology in digital economy developing conditions in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 159, p. 04023). EDP Sciences. Doi. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904023

11. Ashurov, M., and ets. (2023). Strategies for Improvement and Evaluation of the Quality Management System of Uzbekistan Manufacturers. In. Beskopylny, A., Shamtsyan, M., Artiukh, V. (eds) XV International Scientific Conference "INTERAGROMASH 2022". INTERAGROMASH 2022. Lecture Notes in Networks and Systems, vol 574. Springer, Cham. https.//doi.org/10.1007/978-3-031-21432-5_167

44

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.