TO
International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2022 Issue: 2 Volume: 2 Published: 28.02.2022
http://alferganus.uz
Citation:
Ilyosov, A.A. (2022). Prospects for industrial export cluster development. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (2), 23-30.
Ilyosov, A.A. (2022). Sanoat eksporti klasterlarini rivojlantirish istiqbollari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (2), 23-30.
Doi:
https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6466280
DOI 10.5281/zenodo .6466280
SJIF 2022:5.962 QR-Article
Ilyosov, Asrorjon Akhrorjon ugli
doctoral student, Department of Economics Fergana Polytechnic Institute E-mail: i. asror@ferpi. uz
UDC 338.242.2
PROSPECTS FOR INDUSTRIAL EXPORT CLUSTER DEVELOPMENT
Abstract: Today, the cluster enters all spheres as an important mechanism for the country's economic development. The development of export potential based on the organization of industrial export clusters and the production of competitive industrial products has become an urgent issue. This article discusses the advantages, disadvantages and prospects of industrial export clusters.
Key words: innovative efficiency, clusters, advantages and disadvantages of clusters, export of industrial products, industrial export cluster.
Ilyosov Asrorjon Axrorjon o'g'li
Farg'ona politexnika instituti, tayanch doktorant
SANOAT EKSPORTI KLASTERLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Bugungi kunda klaster mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim mexanizm sifatida barcha sohalarga kirib bormoqda. Sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish asosida eksport salohiyatini rivojlantirish hamda raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish dolzarb masalaga aylandi. Ushbu maqolada sanoat eksporti klasterlarining afzalligi, kamchiliklari va istiqbollari o'rganilgan. Kalit so'zlar: innovatsion samara, klasterlar, klasterlarining afzallik va kamchiliklari, sanoat mahsulotlari eksporti, sanoat eksporti klasteri.
© ©
23
ЭЛР 2022:5.962
ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННОГО ЭКСПОРТНОГО
КЛАСТЕРА Илёсов Асроржон Ахроржон угли
Ферганский политехнический институт, докторант
Аннотация. Сегодня кластер входит во все сферы как важный механизм экономического развития страны. Актуальным вопросом стало развитие экспортного потенциала на основе организации промышленных экспортных кластеров и производства конкурентоспособной промышленной продукции. В данной статье рассматриваются преимущества, недостатки и перспективы промышленных экспортных кластеров.
Ключевые слова: инновационная эффективность, кластеры, преимущества и недостатки кластеров, экспорт промышленной продукции, промышленный экспортный кластер.
Kirish
Jahon mamlakatlarining rivojlanish tajribasi ko'rsatishicha, klasterlar korxonalar darajasidagi raqobatbardoshlikdan tortib to jahon bozorida raqobatbardosh bo'lgan milliy iqtisodiyot darajasigacha erishishning muhim kaliti hisoblanadi [11-27]. Rivojlangan mamlakatlar misolida klasterlarni tahlil qilinadigan bo'lsa, AQSHda mavjud korxonalarning yarmi klasterlarga birlashgan bo'lib, YalMning 60 %i ularning hissasiga to'g'ri keladi. Norvegiya, Daniya va SHvetsiya mamlakatlarining iqtisodiyoti deyarli to'laligicha klasterlar bilan qamrab olingan. Finlyandiya esa klasterlar evaziga dunyoning eng raqobatbardosh iqtisodiyotlaridan biriga aylangan bo'lib, «jahon bo'yicha 0,5 % o'rmon resurslariga ega bo'lsada, unga dunyo qog'oz mahsulotlari eksportining 25 %i va yog'ochdan qayta ishlangan mahsulotlar eksportining 10 %i to'g'ri keladi». Yuqoridagi ma'lumotlarga asosan aytish mumkinki, sanoat eksporti klasterlarini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Ilyosov A. (2020) raqamli iqtisodiyotda raqamli ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlarini eksport qilishdagi ayrim muammolarga e'tibor qaratilgan [1]. Kurpayanidi K., Ilyosov A. (2020) mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish kontekstida raqamli texnologiyalardan sanoatda foydalanish muammolarini o'rgandilar [2]. Kurpayanidi K. va boshqalar. (2020) O'zbekistonda raqobatbardosh milliy innovatsion tizimni shakllantirish masalasi tahlil qilingan [3]. Kurpayanidi K., Ilyosov A. (2020) raqamli iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari eksportining rivojlanish istiqbollari o'rganilgan [4]. Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv metodoligiyasi va mexanizmlari tadqiq qilingan [5]. Ilyosov, A. (2021). etc. (2021). Sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishda klasterli yondashuvga asoslangan mexanizmlardan foydalanish istiqbollari o'rganilgan [6]. Ilyosov, A. А. (2020). Sanoat mahsulotlari eksportining mamlakat va hududiy darajadagi tahlili asosida ayrim amaliy takliflar ishlab chiqilgan [7]. Ilyosov, A. (2022) Sanoat mahsulotlari eksporti hududiy tahlil qilingan, omillar va eksportdagi tendentsiyalar o'rganilgan [8]. Kurpayanidi, K. I.,
© ®
24
SJIF 2022:5.962
& Ilyosov, A. A. (2020). Pandemiya davrida jahon va hududiy sanoat mahsulotlari eksportiga ta'sir qiluvchi omillar tadqiq qilingan [9]. Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotda tizimli tahlil, sintez, statistik guruhlash, ekspert baholari va boshqa usullardan foydalanilgan. Tahlil va natijalar
Klasterlashtirishning to'laqonli rivojlanishi jahonda XX asrning 80-yillariga to'g'ri kelsada, mamlakatimizda bu boradagi ilmiy izlanishlar 2000 yillarda» boshlangan bo'lib, ushbu tizimga o'tish borasidagi amaliy islohotlar Xarakatlar strategiyasi asosida amalga oshirila boshlandi.
Hududiy raqobatbardoshlikni rivojlantirishda klasterlar quyidagilarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
- Xalqaro munosabatlarni yaxshilash. Klasterlar mamlakat darajasida hamda hududiy tashqi hamkorlik aloqalarini o'rnatish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Yangi korxonalarni klasterga jalb qilish, hududiy brendni yaratish va targ'ib qilish, turli tadbirlarni tashkil qilish hamda marketing faoliyatini rivojlantirish asosiy masalalar sifatida e'tirof etiladi;
Klasterlar innovatsion faoliyatni rag'batlantirish orqali o'z faoliyati istiqbolini
belgilaydi. Chunki globallashuv jarayonlarining kuchayishi hududiy, milliy va xalqaro raqobatbardoshlikni rivojlantirmoqda;
- Ilmiy-tadqiqot va ilmiy doiralar bilan hamkorlik aloqalarini qo'lga qo'yish orqali tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
- Klaster a'zolari hodimlari ishtirokida seminar va workshoplarni tashkil qilish orqali malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish.
Klasterlar hududiy raqobatbardoshlikni ta'minlash bilan birga bir qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar:
- ishlab chiqarish masshtab samarasi, ya'ni klaster ichidagi firmalardan birining innovatsion faoliyat yadrosi sifatida xizmat qilishi;
- qamrov samarasi. Bunda klaster ko'plab korxonalarning resurslariga birgalikda egalik qilishi natijasida tranzaktsiya xarajatlarining qisqarishi orqali erishishi mumkin;
- mahsulotlarni umumiy standartlashtirish bilan bog'liq sinergiya samarasi. Ushbu uch xil samara orqali klasterlarning zarar ko'rib ishlayotgan korxonalari past rentabellikni yengib o'tishlari mumkin, bu esa mehnat unumdorligini oshishiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Umuman olganda klaster orqali korxonalar qo'shimcha raqobat imkoniyatiga ega bo'ladilar;
- innovatsion samara. Klasterga birlashish orqali katta mablag' talab etadigan innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyati ortadi. Innovatsion samara nafaqat korxona, balki soha, tarmoq, hudud pirovardida mamlakat raqobat ustunligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Klasterlar rivojlanishining asosi bu hududdagi tarixiy ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanadi. Yirik korxonalar kichik korxonalar bilan ta'minot aloqalarini o'rnatishga moyil bo'lib, bu ularga iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadigan yangi texnologiyalarni tezda joriy etish imkoniyatini yaratadi.
- innovatsion va ishlab chiqarish faoliyatini rag'batlantiradigan klasterlar
gorizontal usulda tashkil etiladi. Bu o'z navbatida moslashuvchan ixtisoslashuv
25
ta'minlaydi, shartnomalar tuzishni tezlashtiradi va innovatsiyalar tarqalishini jadallashtiradi;
- resurslarni birlashtirishda klaster a'zolari pul mablag'lari, texnologiyalar, patentlar, savdo markalari, nou-xau va malakali kadrlar shaklida o'z hissalarini qo'shadilar. SHu bilan birga, ular qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun qanday resurslar kerakligi, loyiha samarasi uchun nimalar zarurligi, xarajatlar va foyda qanday taqsimlanishini aniqlash uchun o'zaro maslahatlashish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Lekin tadqiqot va ishlab chiqarishning bashqa sohalarida mustaqil bo'lib qoladilar. Bunday hamkorlik ishtirokchilar riskini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilib, hamkor tajribasi va malakasidan foydalanish orqali ilmiy-tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi va boshqalar [20-27].
Klasterlarning sanab o'tilgan afzalliklar bilan birga ayrim kamchiliklari ham ko'zga tashlanadi:
- klasterlar ta'kidlab o'tganimizdek hududiy va xalqaro raqobatni oshirish shakli hisoblanadi. Xalqaro raqobatning kuchayishi ishchi kuchiga bo'lgan talabning elastikligiga ta'sir ko'rsatadi, bu esa o'z navbatida ish haqining turg'unligi va ishsizlikning ortishiga olib kelishi mumkin;
- tarmoq klasterlari amaliyotida haddan tashqari yaqinlashuv, davlat muassasalari bilan keng ko'lamli hamkorlik va klasterlarning davlat tomonidan nazorat qilinishi korruptsiyaga olib kelishi kuzatiladi;
- klasterlarni rivojlantirishga tayanib, ayrim yakka undan ham raqobatbardosh korxonalarni rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatish mumkin;
- klaster atamasini haddan tashqari raqobat bilan bog'lanishi natijasidagi ishonch ayrim ziddiyatlarga va yo'qotishlarga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda har bir innovatsiya o'zining afzalliklari bilan birga kamchilik yoki ayrim ziddiyatlari tomonlari bilan ham namoyon bo'ladi [12-20]. Bu uning vujudga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarini oldindan aniqlash va zarur choralar ko'rish zaruratini taqozo qiladi. Har bir mamlakat yoki hudud klaster siyosatida mana shu masalalarga e'tibor qaratmog'i lozim.
Fikrimizcha xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda milliy xususiyatlarimizga uyg'un holda Sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish orqali sanoat mahsulotlari eksportini yanada oshirish hamda raqobat ustunligiga erishish mumkin. Mamlakatimiz hududlarida sanoat eksporti klasterlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu dasturlar quyidagi bo'limdan iborat bo'lishi lozim.
1. Umumiy qoidalar.
2. Sanoat eksporti klasterlarining joriy holati, mavjud kamchiliklar.
3. Dasturning maqsadi va ustuvor yo'nalishlari.
4. Sanoat eksporti klasterlarini rivojlantirishdan kutilayotgan natijalar.
5. Sanoat eksporti klaster ishtirokchilarining qo'shma loyihalari.
6. Dasturni moliyaviy ta'minoti va dasturni amalga oshirish samaradorligining asosiy ko'rsatkichlari.
CC
®
26
TO
Eksportga tayyorlovchi infratuzilma
Infratuzilma Eksportga ko'maklashish markazi
Klaster ishlab chiqarish infratuzilmasi
r Sotuv bozori
1-rasm. Sanoat klasteri va sanoat eksport klasterining integratsiyalashgan
ko'rinishi
Klasterlarni shakllantirish metodologiyasi:
• tashkiliy va instituttsional strukturani shakllantirish;
• klaster turini aniqlab olish;
• klaster ishtirokchilari tarkibini aniqlash;
@ ©
27
• klaster ishtirokchilari o'rtasidagi hamkorlik va strukturani aniqlash hamda miqdoriy tahlil qilish;
• klasterning raqobat muhiti va innovatsion tuzilmalarini tahlil qilish;
• klasterning muvaffaqiyat darajasini aniqlash. Xulosa va takliflar
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda klasterlashtirish bo'yicha ortirilgan amaliy tajriba va erishilgan ijobiy natijalar o'laroq, mamlakatimizda ham sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning eksportini ko'paytirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Yuqoridagilar asosida mamlakatimizda sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
- Sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish asosida, mamlakatimiz hududlari hususiyatlaridan kelib chiqib sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish;
- sanoat eksporti klasterlar faoliyatini tartibga solish borasida me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;
- sanoat eksporti klasterlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- sanoat eksporti klasterlari faoliyatini tashkil etish, boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi tashkiliy tuzilmalarni yaratish;
- sanoat eksporti klasterlariga oid ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
- sanoat eksporti klasterlarini tashkil etish bo'yicha uslubiy materiallar ishlab chiqish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Ilyosov, A. (2020). Some problems in digital production and export of industrial products in the digital economy// Economics and finance. 2020. №3. 175-182 p. ISSN 2010-9997
2. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical
6 Applied Science, 10 (90), 113-117. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS
3. Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national innovative system formation in Uzbekistan. E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2020. - T. 159. - C. 04024. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024
4. Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country// International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. p. 113-117.
5. Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) Analysis of industrial enterprise management systems: essence, methodology and problems. Journal of Critical Reviews,
7 (14), 1254-1260. https://dx.doi.org/10.17605/OSF.IO/E6JFS.
6. Ilyosov, A. (2021). etc.(2021). Prospects for the use of mechanisms based on the cluster approach in the development of exports of industrial products.
7. Ilyosov, A. A. (2020). Industrial and regional analysis of industrial production and export in Uzbekistan. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 5(10), 173-179.
cc
®
28
8. Ilyosov, A. A. (2022). Sanoat mahsulotlari eksporti: hududiy tahlil, omillar va eksportdagi tendentsiyalar (Farg'ona viloyati misolida). Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (1), 31-40. doi: 10.5281/zenodo.6089956.
9. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Koronavirus pandemiyasining jahon va hududiy sanoat mahsulotlari eksportiga ta'siri: muammo va takliflar. "Yangi O'zbekiston iqtisodiyotining makroiqtisodiy barqarorligini taminlash: muammolar, tahlillar va natijalar" mavzusida Respublika miqyosida onlayn, ilmiy masofaviy konferentsiya materiallari.
10. Kurpayanidi, K. (2021). Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана. Общество и инновации, 2(4/S), 201-212. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp201 -212
11. Kurpayanidi, K. I. (2019). Theoretical basis of management of innovative activity of industrial corporation. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (69), 7-14. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2019.01.69.3
12. Kurpayanidi, K. I. (2020). Actual problems of implementation of investment industrial entrepreneurial potential. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 301-307. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.01.81.54
13. Kurpayanidi, K. I. (2020). Corporate industry analysis of the effectiveness of entrepreneurship subjects in the conditions of innovative activity. Экономика и бизнес: теория и практика, (2-1).
14. Kurpayanidi, K. I. (2020). On the problem of macroeconomic analysis and forecasting of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 03 (83), 1-6. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.03.83.1
15. Kurpayanidi, K. I. (2020). To the problem of doing business in the conditions of the digital economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 9(89), 1-7.
16. Kurpayanidi, K. I. (2020). To the problem of doing business in the conditions of the digital economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 09 (89), 1-7. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.09.89.1
17. Курпаяниди К. Актуальные вопросы цифровизации в индустриальном секторе экономики Узбекистана // ОИИ. 2021. №4/S. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-tsifrovizatsii-v-industrialnom-sektore-ekonomiki-uzbekistana (дата обращения: 12.09.2021).
18. Курпаяниди, К. И. (2021). Современные концепции и модели развития предпринимательства. Бюллетень науки и практики, 7(9).
19. Курпаяниди, К. И. Актуальные вопросы инновационной стратегии развития территорий Узбекистана / К. И. Курпаяниди, А. М. Абдуллаев // Финансово-правовые и инновационные аспекты инвестирования экономики региона: Сборник материалов международной научно-практической конференции, Москва-Фергана, 27 мая 2020 года. - Москва-Фергана: Общество с ограниченной ответственностью "Русайнс", 2020. - С. 166-171.
20. Курпаяниди, К.И. (2021). Создание малых предприятий: саморазвитие или интеграционное развитие, какой путь выбирают страны мира. Проблемы современной экономики, 3.
сс
®
29
SJIF 2022:5.962
21. Курпаяниди, К.И. (2022). Теоретические аспекты развития предпринимательства. Экономика и бизнес: теория и практика, 3 (85).
22. Kurpayanidi, K.I. (2022). Issues of regulation of small business development in the region. Proceedings of the XV International Multidisciplinary Conference «Prospects and Key Tendencies of Science in Contemporary World». Bubok Publishing S.L., Madrid, Spain. Doi: https://doi.org/10.32743/SpainConf.2022.1.15.331624
23. Kurpayanidi K.I., Mamurov D.E. Management of innovative activity of business entities in industry: monograph / Kurpayanidi K.I., Mamurov D.E.; edited by M.A.Ikramov. - Fergana polytechnic institute. AL-FERGANUS, 2022. - 200 p.
24. Мамуров, Д. (2021). Инновационная система предприятия как основа модернизации современной промышленной корпорации. Общество и инновации, 2(4/S), 322-328. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp322-328
25. Муминова, Э.А. (2020). Икгисодиётни ракамлаштиришда fintex технологиялар ва уларни жорий этишнинг хорижий тажрибаси. Ицтисодиёт ва инновацион технологиялар, 5, 303-310 p.
26. Нишонов, Ф. М. (2019). Конкуренция - ключевая категория рыночных отношений. Научный журнал. 7(41). - С. 74-76.
27. Толибов, И. Ш. (2019). К вопросу оценки состояния и эффективности инфраструктуры предпринимательства в регионах Узбекистана. Экономика и бизнес: теория и практика, (1).
© ©
30