SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA'SIRINI ANIQLASH USLUBI
Sanjarbek Ilkhamovich Nurmukhamedov
Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: UrDU t.f.n, dots. Quryoz Otaboyevich Quryozov
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sanoat chiqindisi Olmaliq fosfogipsining kimyoviy tarkibi o'rganilgan. Mineral qo'shimcha har xil konlar dolomit unining dispers tarkibi, kimyoviy tarkibi va fizik-mexanik tavsifi tahlil qilindi.
Kalit so'zlar: fosfogips, sanoat chiqindisi, bog'lovchi, neytrallash, mustahkamlik, dolomit, tejamkorlik, ekologik muammolar, atrof-muhit, gips, samaradorlik, qo'shimcha.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli qarorida Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda[1]. Sanoat chiqindisi fosfogipsga mineral qo'shimcha ta'sirini o'rganish
Sanoat chiqindisi fosfogipsdan to'g'ridan-to'g'ri qurilish materiali sifatida foydalanishni imkoni yo'qligi sababli uni ayrim karbonatli jinslar dolomitlar orqali neytrallab (pH=7,0) ga keltirib keyin qurilish materiali uchun ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Gips bog'lovchilari va ulardan quruq aralashmalar ishlab chiqarishda rentgen analizidan foydalanish gips bog'lovchilarning fazaviy tarkibini aniqlash uchun ishonchli instrumental usulga imkon beradi va ulardagi aralashmalar. Ikkala yarim suvli faol gips miqdori, uning modifikatsiyalari va aralashmalar miqdori bo'yicha xususan kalsit va dolomit miqdorlarini ko'rsatadi.3 turdagi fosfogips, gips, dolomitlarning qiyosiy tahlil qilish ularning bir-biridan farq qilishini ko'rsatadi[2].
1-rasm. Qurilish gipsini umumiy ko'rinishi
r-06
3ÎSOO Ca O " Mg 0 C OÎ CaC03 iCaS04U.3«H20 -
i
1 1
1
1 j
1
m I ll 1 M i i i j 1
/ w (I X u Il j tit
J W lit JUL !fi mm m I, 1 " Ffff
2-rasm. G-6 markali qurilish gipsining namunasining difraksiyasi naqshlari. Namuna tarkibida har xil bo'lgan gips fazalari mavjud kristallanish suvining miqdori (CaSO4 0,34H2O, CaSO4 0.5H20), ko'p miqdorda dolomit va kalsit shaklidagi aralashmalar
mavjud.
Gips bog'lovchining siqilish kuchining mos yozuvlar chizig'ining intensivligiga bog'liqligi sayyoralararo masofasi 2,99A ga teng ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ma'lumki, rentgenologik tahlil uning tarkibidagi rentgen nurlanishining difraksiyasiga asoslangan kristalli tuzilmalarning yassi to'rlarida aks etadi, shuning uchun bu usul tahlil qilish uchun ishlatiladi umuman va xususan har qanday kristall faza har xil gips bog'lovchilarni tahlil qilish uchun qo'llaniladi.
Qurilish gipsini kimyoviy tarkibi: CaO - 32,56% S03 - 46,51% H2 O- 20,93%
Olmaliq fosfogipsini pH ni 7 ga keltirishda uni pH metr yordamida sinov natijalaridan aniqlandi. Quyidagi 12-jadvalda batafsil keltirib o'tilgan. Ya'ni bu jarayonni optimal variantini tanlashda 10 % eritma yoki suspenziya tayyorlab pH metr uskunasida aniqlab oldik. Buning natijasida 1:3 nisbatdagi bizning tadqiqot ishimizda qo'l keldi va pH ni 7 ga keltirildi.
Xuddi shu tartibda Navbahor koni dolomitining pH ko'rsatkichi 9 ekanligi aniqlangan.
1-jadval
Xom ashyolar fosfogips hamda dolomitning nisbatlarda olingan ko'rsatkichlari
Xom ashyo turi 2:1 nisbatda 1:1 nisbatda 1:2 nisbatda 1:3 nisbatda
Fosfogips 10 gr 10 gr 5 gr 5 gr
Dolomit 5 gr 10 gr 10 gr 10 gr
Sanoat chiqindisi fosfogipsdan olingan gips bog'lovchisining fizik-kimyoviy
xossalarini tahlil qilish
Qurilish gipsi havoda qotadigan bog'lovchi moddadan iborat bo'lib, gipstosh, (CaSO42H2O) ni 150-1800С issiqda kuydirib tarkibida yarim molekula suv bo'lgan kalsiy sulfat (CaSO40,5H2O) ga aylantirib, tuyib maydalash yo'li bilan olinadi. Qurilish gipsidan qurilish detallari va buyumlari tayyorlash maqsadida, shuningdek, suvoq ishlarida foydalaniladi.
Birinchi navbatda tadqiqot ishimizning nazorat qismini GOST 125-79 talablariga amal qilgan holda ketma-ketlikda bajarib hamda xom ashyo sifatida Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumani Sho'rsuv shaharchasi qurilish G-6 markasidagi qurilish gipsidan foydalandim. Dastlabki ishlarni gips xamirining normal quyuqligini aniqlash ishidan boshlandi. Keyin esa gips xamirini quyuqlanish davrini aniqlash ishlari olib borildi[3].
Gips xamirining normal quyuqligini aniqlash
Ta'rif. Normal quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo'lgan, latun silindri ko'targanda ichidagi gips xamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni ko'rsatganligiga aytiladi.
Gips xamirining normal quyuqligini aniqlashda 300 g gips namunasi oldik va 150220 ml suv oralig'ida suv qo'shib sinashni boshladik. Shunda 180 ml suv qo'shganimizda kerakli natijani oldik, ya'ni gips xamirimiz 176-182 mm ga yoyildi. Bu orqali biz suv/gips nisbat 180/300=0,60 ni aniqlab oldim.
Gips xamirini quyuqlanish davrini aniqlash
Gips xamirining quyuqlanish davrini aniqlashda suvga gips solib aralashtirgandan vika ninasini to gips xamiri yuzasiga 1 mm botgan paytgacha bo'lgan vaqt, gips xamirining quyuqlanish davri deyiladi. Gips xamirining qotish muddati Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Bu asbob stanina, so'riladigan metall sterjen, uning qo'shimcha yuk qo'yiladigan maydonchasi , uchi kesik konussimon jez xalqa, shisha plastinkadan tashkil topgan[4].
2-jadval
Qotish muddatiga qarab texnikaviy talablari
Gips turi Qotish muddati indeksi Qotish muddati. min
boshlanishi. kam emas tugashi, ko'p emas
Tez qotuvchan A 2 15
O'rtacha qotuvchan B 6 30
Sekin qotuvchan V 20 44
Gips xamirining quyuqlanish davrini aniqlashda suvga gips solib aralashtirgandan vika ninasini to gips xamiri yuzasiga 1 mm botgan paytgacha bo'lgan vaqt, gips xamirining quyuqlanish davri deyiladi[5].
Gips xamirining qotish muddati Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Bu asbob stanina, so'riladigan metall sterjen, uning qo'shimcha yuk qo'yiladigan maydonchasi , uchi kesik konussimon jez xalqa, shisha plastinkadan tashkil topgan. Quyuqlanish davrini boshlanishi 6 min 30 sek. Quyuqlanish davrini tugashi 11 min 30 sek.
3-rasm. Vika asbobida gips xamirini quyuqlanish davrini aniqlash a) Egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. 720 ml suv solinadi, keyin 1200 g gips tortiladi va solinadi, 60 sekund davomida aralashtirilib moylangan qolipga solinadi. 2 soatdan so'ng 4x4x16 sm o'lchamli namuna MI-100 qurilmasiga qo'yilib yoki gidravlik zichlagichda egilishga bo'lgan mustahkamligi topiladi. 2 ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm.
4-rasm. Qoliplarga joylashtirilgan gips namunalammg umumiy ko'rinishi Hisoblash fo'rmulasi:
3 • P • l
R
eg
2 • b • h:
(1)
b) Siqilishga bo'lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. Siqilishga bo'lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun 6 ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. Yarim balkachalarning tepa va pastki qismiga o'lchamlari 40x62,5 mm keladigan yani yuzasi 25 sm bo'lgan po'lat listlar qo'yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo'lgan mustahkamlik chegarasi aniqlanadi.
P
Rsiq =— (2)
3-jadval
Namunalarni egilishga va siqilishga bo'lgan mustahkamliklarini aniqlangan
ko'rsatkichlari
Ko'rsatkichlar nomi Namunalar O'rtacha
1 2 3 qiymat
Esilishsa mustaxkamlik chegarasi. kgs sm* mPa 28.44 28,13 28.81 28.46
Ko'rsatkichlar nomi Namunalar O'rtacha
1 9 3 qivmat
Siqilishga mustaxkamlik chegarasi. kgs/sm* mPa 57.61 61,10 60,1 59.60
5-rasm. Namunalarni 2 soatdan keyingi egilishga va siqilishga bo'lgan mustahkamligi
4-jadval
Namunaning 2 soatdan keyingi mustahkamligi ko'rsatkichlari
T/r Na'muriauing o'lchamlari Gips turi Qo'shimcha turi Qo'shimcha miqdori (gips massasiga nisbatan,%) 2 soatdan keying mustahkamligi (MPa)
(sm) Egilishga Siqilisha a
1 4x4x16 G-6 Qo'shimcha siz 0 2.8 6;0
6-rasm. Tadqiqotda qo'llanilgan xomashyolarni spektral tahlil natijalarini umumiy birgalikdagi ko'rinishi piklari. (Fosfogips, gips va dolomit)
7-rasm. Fosfogips va dolomit xomashyoni birgalikda 150°C haroratda quritich pechga qo'yib vaqti bo'yicha nazorat qilib borish jarayoni Boshlanishi: 10:24 -10:26=32° 10:50-11:10=146°
10:26-10:30=46 °C 11:10 -11:20=150°
10:30-10:40=86 °C Fosfogips(1147 gr)
10:40-10:50=140 °C Dolomit(1147gr)
Quritich pechga qo'yishdan oldingi vzani Fosfogips (1200 gr), Dolomit(1200gr). Dastlab 1200 gr tortilgan fosfogips va 1200 gr tortilgan dolomit xomashyolarini sushilniy pechkadan 1147 gr da chiqarilgan, 1:3 nisbatlarda ishqoriy muhitda neytrallaymiz ya'ni yaxshilab qozonchada aralashtirib oldim, fosfogips-300 gr, dolomit-900 gr. Qolip namuna hajmiga moslab 840 gr tortib olinadi. Qo'shimcha qurilish gipsi 360 gr. Suv miqdori 720 ml ni tashkil qiladi.
5-jadval
Fosfogips hamda dolomitni 1:3 nisbatda optimal tarkibi tanlab olingan
Fosfogips Gips Dolomit
1200 gr O O
300 gr 360 gr (30%) 900 gr
6-jadval
Qurilish gipsi va fosfogipsni 2 soatdan keyingi mustahkamligi
Material nomi Normal quyuqligini aniqlash Tutib qolish muddatini aniqlash 2 soatdan keyingi mustahkamligi (MPa) Markasi Suvga chidamlilik koeffitsienti
Reg Rsiq
Qurilish gipsi 0,60 6 min 30 sek.- 11 min 30 sek. 2,8 6,0 G-6 0,72%
Fosfogips 0,65 8____10 min. - 11____14 min. 0.5 0.8 G-2 32-38%
7-jadval
Fosfogips hamda dolomitni nisbatlarda olib sinab tahlil qilish
Fosfogips Dolomit Gips
1200gr 0 0
300 gr 900 gr 360gr
300 gr 600 gr 300gr
300 gr 300gr 600 gr
8-jadval
Fosfogipsni dolomit yordamida neytrallab 2 soatdan keyingi mustahkamligini
aniqlash
N a 'mu n an in 2 o'lchamlari Oo'shimcha 2 soatdan keying
T/r Gips miqdori (gips mustahkamligi (MPa)
tu ri Oo shimcha turi
(sm) massasiga nisbatan,%) Epflishga SiqiHshsa
1 4x4x16 G-6 Qoihtocha^ 0 2,8 6,0
2 4x4x16 G-6 Fosfogips. Dolomit 1:3 2,7 6,1
3 4x4x16 G-6 Fosfogips. Dolomit 1-2 2,8 5,9
4 4x4x16 G-6 Fosfogips, Dolomit 1:1 2,8 6,0
8-rasm. Fosfogips hamda dolomitni o'zaro nisbatlarda neytrallagandan keyingi egilishga bo'lgan mustahkamlik ko'rsatkichi.
9-rasm. Fosfogips hamda dolomitni o'zaro nisbatlarda neytrallagandan keyingi siqilishga bo'lgan mustahkamlik ko'rsatkichi. Ushbu maqolamdan umumiy xulosalar shuni ko'rsatdiki men o'zimning magistrlik dissertatsiya ishimda Olmaliq fosfogipsni mineral qo'shimcha Navbahor koni dolomiti orqali neytrallab undan qurilish materiali sifatida foydalanmoqchiman. Birinchi navbatda asosiy maqsadim O'zbekistonda gipsga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi va uni tejash bo'lsa, ikkinchidan unumdor yerlarni egallab turgan sanoat chiqindisi Olmaliq fosfogipsini kamaytirishdan iborat. Ko'zlangan maqsadim Qurilish materiali sifatida quruq qorishma sifatida ishlatish imkoniyatini berishi mumkin bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli qarori.
2. Sanjarbek Ilhamovich Nurmuxamedov. SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA'SIRINI ANIQLASH. 226-230-BET. Academic research in educational sciences, 2021 (https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=CyKI4eAA AAAJ&citation for view=CyKI4eAAAAAJ:u-x6o8ySG0sC)
3. D.Qodirova, X.Nuriddinov. Bog'lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. (1-qism - "Bog'lovchi moddalar") O'quv qo'llanma. Toshkent-2011y.
4. Ataqo'ziev T.A., Ataqo'ziev E.T. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi./Toshkent, "Cho'lpon", 2005 y.
5. Maxmudova N.A., Nuritdinov X.N. , O'quv qo'llanma. Bog'lovchi moddalar. TAQI, Toshkent -2012.