Научная статья на тему 'SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA’SIRINI ANIQLASH'

SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA’SIRINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

455
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fosfogips / sanoat chiqindisi / bog‘lovchi / neytrallash / mustahkamlik / dolomit / tejamkorlik / ekologik muammolar / atrof-muhit / gips / samaradorlik / qo‘shimcha / phosphogypsum / industrial waste / binder / neutralization / strength / dolomite / thrift / environmental issues / environment / gypsum / efficiency / additive

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Sanjarbek Ilhamovich Nurmuxamedov

Ushbu maqolada sanoat chiqindisi Olmaliq fosfogipsining kimyoviy tarkibi o‘rganilgan. Mineral qo‘shimcha har xil konlar dolomit unining dispers tarkibi, kimyoviy tarkibi va fizik-mexanik tavsifi tahlil qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF THE EFFECT OF MINERAL ADDITION ON GYPSE BOUND FROM INDUSTRIAL WASTE PHOSPHOGYPSUM

This article examines the chemical composition of industrial waste Almalyk phosphogypsum. The disperse composition, chemical composition and physicomechanical characteristics of dolomite flour of various mineral deposits were analyzed

Текст научной работы на тему «SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA’SIRINI ANIQLASH»

SANOAT CHIQINDISI FOSFOGIPSDAN OLINGAN GIPS BOG'LOVCHISIGA MINERAL QO'SHIMCHANING TA'SIRINI ANIQLASH

Sanjarbek Ilhamovich Nurmuxamedov

Toshkent-Arxitektura Qurilish Instituti magistranti Ilmiy rahbar: D. SH. Qodirova Toshkent-Arxitektura Qurilish Instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sanoat chiqindisi Olmaliq fosfogipsining kimyoviy tarkibi o'rganilgan. Mineral qo'shimcha har xil konlar dolomit unining dispers tarkibi, kimyoviy tarkibi va fizik-mexanik tavsifi tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: fosfogips, sanoat chiqindisi, bog'lovchi, neytrallash, mustahkamlik, dolomit, tejamkorlik, ekologik muammolar, atrof-muhit, gips, samaradorlik, qo'shimcha.

DETERMINATION OF THE EFFECT OF MINERAL ADDITION ON GYPSE BOUND FROM INDUSTRIAL WASTE PHOSPHOGYPSUM.

Sanjarbek Ilhamovich Nurmukhamedov

Master student, Tashkent-Institute of Architecture and Construction

Supervisor: D. Sh. Kadyrova

Associate Professor of Tashkent-Institute of Architecture and Construction

ABSTRACT

This article examines the chemical composition of industrial waste Almalyk phosphogypsum. The disperse composition, chemical composition and physico-mechanical characteristics of dolomite flour of various mineral deposits were analyzed

Keywords: phosphogypsum, industrial waste, binder, neutralization, strength, dolomite, thrift, environmental issues, environment, gypsum, efficiency, additive.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 - yil 23- maydagi PQ-4335-sonli qarorida Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga

qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlarining muvozanatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish, shuningdek regional va lokal darajalarda tabiatning qayta tiklanish xususiyatini tiklash, hamda tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini, landshaftning xilma -xilligini saqlash kabi bir qator chora-tadbirlardan iboratdir. Bu borada sanoat chiqindilaridan foydalangan holda, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni tannarxini kamaytirish hamda ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish asosiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz sanoatida ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, issiqlik energiyasining 70 % ini tashkil qiladi. Shu vaqtning o'zida 10% dan 99% gacha sarflangan xom ashyo atrof-muhitni ifloslaydigan, suv havzalariga, havoga va yer sathiga chiqarib tashlanadigan chiqindilarga aylanadi. Sanoat chiqindi mahsulotlaridan zamonaviy qurilish materiallarini tayyorlashda foydalanish xom-ashyoga bo'lgan talabni 40% gacha qondiradi. Qurilish materiallarini tabiiy xom-ashyodan tayyorlashga nisbatan sanoat chiqindilaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sarf-xarajatning 1030% ga kamaytirish imkonini beradi, shuningdek kapital mablag'ning 35-50% ini iqtisod qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Dunyoda kimyo, metallurgiya va boshqa ishlab chiqarishlarda hosil bo'ladigan chiqindi moddalar ortib borishi yirik ekologik muammolarga olib keladi. Bizga ma'lumki hozirgi kunda respublikamizda va butun dunyo bo'yicha chiqindi mahsulotlarni qayta ishlash, undan yaroqli moddalar olish ustida bir qancha yuzlab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

NATIJALAR

Shu o'rinda Olmaliqda joylashgan "Ammofos maksam" korxonasi tomonidan chiqarilayotgan chiqindi mahsulot "Fosfogips" ning kimyoviy tarkibi o'rganilib chiqildi. (1-jadvalda).

"Olmaliq fosfogipsining kimyoviy tarkibi"

(1- jadval)

Modda K2O AI2O3 SiO2 SO3 CaO SrO MnO ZrO2 Fe2O3 U3O8 HgO Y2O3

Massa ulushi,% 0,107 0,716 2,95 41,6 53 0,3 0,07 0,56 0,437 0,0066 0,102 0,03

1-rasm.Olmaliq fosfogipsining spektral tahlil natijasi ko'rinishi.

Sanoat chiqindisi Fosfogipsdan to'g'ridan-to'g'ri qurilish materiali sifatida foydalanishni imkoni yo'qligi sababli uni ayrim dolomitlar orqali neytrallab pH=6,0 , pH=6,5 , pH=7,0 ga keltirib keyin qurilish materiali uchun ishlatishimiz mumkin. Men quyidagi dolomitlar bilan ishlab tahlil natijalarini o'rganib chiqdim . «O'zbekiston ayrim dolomitlarining tavsifi va tadqiqotning fizik-kimyoviy usullari» dan Navbahor, Qarnob, konlari DUning dispers va kimyoviy tarkibi hamda fizik-mexanik xossalari keltirilgan (2-4 jadvallar). 3-jadval ma'lumotlariga ko'ra, Navbahor dolomitida 28%

CaO va 25% MgO mavjud. Qarnob dolomitida bu ko'rsatkich mos ravishda 19,63% DU tarkibida CaO va MgO dan tashqari makro va mikroelementlar uchraydi.

(2-jadval)

Har xil konlar dolomit unining dispers tarkibi

Yiriklik Fraksiyalar chiqimi, og'ir. %

sinfi, mm Navbahor Qarnob

0,5 13,67 18,68

- 0,5 + 0,315 10,98 24,57

- 0,315 + 0,25 5,60 5,08

- 0,25 + 0,16 3,12 16,50

- 0,16 + 0,063 11,73 11,13

- 0,063 + 0,05 54,90 24,04

Dastlabki og'irlik 100 100

(3-jadval)

Har xil konlar dolomit unining kimyoviy tarkibi

Konlar Komponentlar miqdori, og'ir. %

CaO MgO SiO2 MnO AI2O3 Na2O K2O P2O5 SO3 SO2

Navbahor 28,0 24,60 2,14 0,03 0,38 0,17 0,12 0,02 0,20 44,24

Qarnob 30,02 19,63 2,74 0,01 0,39 0,27 0,10 0,15 0,39 45,40

(4-jadval)

Har xil konlar dolomit unining fizik-mexanik tavsifi

Xossa Ko'rsatkichlar

Navbahor Qarnob

Namlik, % 1,0 1,23

Erkin uyma zichlik,g/sm3 1,26 1,27

Zichlashgan zichlik, g/sm3 2,82 2,80

Qiyalik burchagi, grad. 40°02' 41°10'

Sochiluvchanlik, soniya 18,0 17,76

Gigroskopik nuqta, % 42,10 41,65

Namlik sig'imi, % 9,22 8,04

10 %-li suspenziya rN 9,07 8,79

MUHOKAMA

4-jadval ma'lumotlari ko'rsatadaki, 1-1,5% namlikda DU uyma og'irligi Navbahor dolomiti uchun - 1,26 g/sm3; Qarnob dolomiti uchun 1,27 g/sm3 ga teng. DU namunalarining tabiiy qiyalik burchagi qiymati 38-42 graduslarni tashkil etadi. Ularning sochiluvchanligi tekis, hech qiyinchiliksiz tarqaladi. Namlik sig'imi chegarasi - 7,5-9,22%, undan yuqori namlikda ushbu xom ashyo o'zining sochiluvchanligini yo'qotadi.

2-rasm. Navbahor koni dolomitining rentgenogrammasi. XULOSA

Ushbu maqolamdan umumiy xulosalar shuni ko'rsatdiki men o'zimning magistrlik dissertatsiya ishimda Olmaliq fosfogipsni mineral qo'shimcha Navbahor koni dolomiti orqali neytrallab undan qurilish materiali sifatida foydalanmoqchiman. Birinchi navbatda asosiy maqsadim O'zbekistonda gipsga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi va uni tejash bo'lsa, ikkinchidan unumdor yerlarni egallab turgan sanoat chiqindisi Olmaliq fosfogipsini kamaytirishdan iborat. Ko'zlangan maqsadim Qurilish materiali sifatida quruq qorishma sifatida ishlatish imkoniyatini berishi mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli qarori.

2. D.Qodirova, X.Nuriddinov. Bog'lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. (1-qism - "Bog'lovchi moddalar") O'quv qo'llanma. Toshkent-2011y.

3. Ataqo'ziev T.A., Ataqo'ziev E.T. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi./Toshkent, "Cho'lpon", 2005 y.

4. Maxmudova N.A., Nuritdinov X.N. , O'quv qo'llanma. Bog'lovchi moddalar. TAQI, Toshkent -2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.