SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI
BILAN ALOQADORLIGI Boboyeva Zulfiya, o'qituvchi, Soxibov Raxmonali, o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7329288
Annotatsiya: Ushbu maqolada san'at tarixida xalqchillik muammasi va uning ko'p qirraliligi va murakkabligi muhim omil sifatida qaralishi haqida ma 'lumotlar berilgan.
Kalit so 'zlar: San 'at tushunchasi, dastlabki san 'at asarlari, san 'atning ijtimoiy mazmuni, san'atning xalqchilligi, san'atda xalqchillik muammosi, xalqchillik murakkab va ko'pqirrali tushuncha, san 'at muhim omil.
СВЯЗЬ ИСКУССТВА СО СЛОЖНЫМИ ОТНОШЕНИЯМИ ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ
Аннотация: В данной статье представлена информация о проблеме национализма и ее многогранности и сложности как важного фактора истории искусства.
Ключевые слова: Понятие искусства, ранние произведения искусства, социальное содержание искусства, национализм искусства, проблема национализма в искусстве, национализм понятие сложное и многогранное, важным фактором является искусство.
THE RELATIONSHIP OF ART WITH THE COMPLEX RELATIONSHIPS OF
SOCIAL LIFE
Abstract: This article provides information about the problem of nationalism and its versatility and complexity as an important factor in the history of art.
Key words: The concept of art, early works of art, the social content of art, nationalism of art, the problem of nationalism in art, nationalism is a complex and multifaceted concept, art is an important factor.
KIRISH
Mustaqillik yillarida ma'naviyat va san'atga munosabat tubdan o'zgardi. Ma'naviyat va san'at tushunchalarining o'zaro aloqadorlik xususiyatlarni ilmiy asoslarda tadqiq etishda O'zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari jumladan, "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch" asari muhim ahamiyat kasb etadi.
San'at keng ma'noli tushunchadir. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa, raqs, nazmni san'at deb bilishgan. O'rta asrlarga kelib esa uning tarkibiga tasviriy san'at, kasallarni davolash va dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda "san'at" so'zi voqelikni badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirish, "ishning ko'zini bilish" va "mahorat ko'rsatish jarayoni", "har qanday ishning o'zi va u talab qiladigan mahorat darajasi" ma'nolarida qo'llaniladi.
San'at inson ko'z o'ngida jamiyat ma'naviy hayotiniing barcha murakkabliklarini, ehtiroslarini, qarashlar jozibasini, ziddiyatli kayfiyatlarni o'ziga xos tarzda gavdalantiradi.
San'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San'at ijtimoiy hayotning murakkab munosabatlari bilan aloqador bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o'ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko'rinishi sanaladi.
San'at tushunchasining bunday keng ma'noda talqin etilishi bejiz emas, zero, san'at insonning ijodiy mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, ijod qilingan narsalar majmuidir. San'at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san'at asarida shaxsning
o'ziga xos iste'dodi namoyon bo'ladi. San'at, albatta, insonning mahorati bilan chambarchas bog'liqdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Insoniyat tarixidagi dastlabki san'at asarlari murabbiylik-tarbiyachilik vazifasini ham bajargan. Tasvirlar, naqshlar, raqslar, ertak-afsonalarda avloddan avlodga o'tib turgan amaliy, axloqiy, estetik tajriba mujassamlashgan edi. Badiiy faoliyatning ilk shakllari uyushtiruvchilik, birlashtiruvchilik vazifalarini ham bajargan. Yashash uchun kurash maqsadida jipslashgan, birlashgan butun jamoa xatti-harakatlari, urinishlari vositasida qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan g'alaba-ovda hayvon ustidan g'olib bo'lish manzarasi aks ettirilgan. Bu tasvirlar ham qadimgi odamlarning jamoa bo'lib birlashishida eng muhim omillardan biri bo'lgan.
San'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San'at ijtimoiy hayotning murakkab munosabatlari bilan aloqador bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o'ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko'rinishi sanaladi.
San'at avvalo ijtimoiy ong shaklidir. Uning boshqa barcha tavsiflari ana shu sifatdan kelib chiqadi va shu tahlilga asoslanadi. San'at ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog'liq. Bu qadimgi odamlarning moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda, ya'ni o'zlariga ma'qul, ko'ngillariga xush keladigan narsalar yaratishga bo'lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ijtimoiy turmush san'atning rivojlanishiga bevosita ta'sir o'tkaza borgan. Keyinchalik esa ijtimoiy tuzilmalar, falsafiy-diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma'naviy qadriyatlar orqali ham ta'sir o'tkazgan.
San'atning ijtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi orqali namoyon bo'ladi. Bu tushuncha hozirgi sharoitda muhim ahamiyatga ega. Umuminsoniy va milliy manfaatlar hamda qadriyatlarga amal qilish san'at xalqchilligini ta'minlaydi.
San'atda xalqchillik muammosi muhim o'rin tutadi. Xalqchillik tushunchasi vorisiylik, tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik tushun-chalari bilan nazariy va amaliy jihatdan uzviy bog'lanib ketgan. San'atda xalqchillik asarning estetik qiymatini belgilab beradi. Ayni paytda u tarixiy taraqqiyot ehtiyojlari ko'rsatkichi sanaladi. Xalqning orzu-umidlarini qaror topdirishga xizmat qiladigan asarlar xalqchil asarlardir.
TADQIQOT NATIJALARI
San'atning xalqchilligi deganda xalq tushunchasining o'ziga alohida to'xtalmoq zarur. Xalq, eng avvalo, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda faol qatnashadigan odamlar guruhi bo'lib, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ta'riflanadi.
Xalqchillik tushunchasi san'at ravnaqining yo'nalishlarini tavsiflashga yordam beradi. Mazkur yo'nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib chiqqan. Xalqning o'zi yaratgan va idrok qiladigan badiiy faoliyat turlari va ko'rinishlari majmuiga xalq ijodi deyiladi. Xalq og'zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq raqslari, xalq amaliy san'ati, xalq badiiy hunarmandchiligi, xalq me'morchiligi va boshqalar uning xillari va ko'rinishlaridir. Odatda, bu xil san'at asarlarining muallifi kim ekanligi aniq bo'lmaydi. Ularda an'analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar katta ahamiyat kasb etadi. Xalq ij odi-ijtimoiy taraqqiyotning boshlang'ich bosqichlarida san'atning birdan bir shakli bo'lgan. Unda san'atning xalqchillik tabiati nisbatan sodda tarzda namoyon bo'lib, u xalq turmush tarzining xilma-xil qirralarini qamrab olgan.
San'atning xalq bilan aloqasi uning ulkan ta'siri bilan chegaralanib qolmaydi. Xalq faqat ishlab chiqarishda emas, balki badiiy madaniyatning ravnaq topishida ham hal qiluvchi o'rin egallaydi. Badiiy qadriyatlarni xalq orasidan chiqqan iste'dod sohiblari yaratadilar. Xalq hayotini,
uning orzu-umidlarini, maqsad-intilishlarini haqqoniy tarzda aks ettirgan san'atgina xalqchil bo'ladi.
MUHOKAMA
San'atdagi xalqchillik haqqoniylik ruhi bilan hamohangdir. Chunki haqqoniylik xalqning maqsad-intilishlariga mos keladi, uning ma'naviy ravnaqi va ahloqiy barqarorligiga xizmat qiladi. San'at xalqning muayyan tarixiy rivojlanish bosqichida ijobiy ma'naviy kuch sifatida el manfaatiga xizmat qilishi bilan katta ijtimoiy funktsiyani bajaradi.
San'at xalqchilligining yana bir jihati muayyan asarning xalq orasida qanchalik keng tarqalganligi - "ommalashganligi" bilan ham izohlanadi. San'atkor doim ommadan sal oldinroqda yurgandagina o'zining yuksak yaratuvchilik burchini bajara oladi. Masalan, Chingiz Aytmatov asarlari ana shunday xususiyatga ega.
Xalqchillik murakkab va ko'pqirrali tushuncha bo'lib, u xalq amaliy san'atini, mehnatini, turmush tarzini, intilishlari va orzu-umidlarini haqqoniy tarzda aks ettirish omillaridan biridir. San'at bizda insoning o'zini tasvirlash orqali ham, uning atrofidagi hodisalarni aks ettirish orqali ham muayyan tuyg'ular uyg'otadi. San'at insonni bevosita aks ettirmasa-da, baribir uning biror narsaga munosabatini,unga nisbatan insoniylik mezonini ifodalaydi. Binobarin,baholashda inson mohiyatini anglashga qaratilgan bilish holati hamisha mavjuddir. San'at narsalardan, tabiat hodisalaridan inson uchun ahamiyatli bo'lgan ma'no izlaydi, qidirib topadi va ko'rsatadi. San'at voqelikning har qanday ko'rinishlaridan ijtimoiy ma'no paydo qiladi.
XULOSA
San'at va ma'naviyat axloqning bosh mavzusi - insondir. San'at yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib ko'rsatish asosida axloqiy poklikka, raxm shafqatga, dardkashlikka ayni vaqtda axloqiy kamolotga da'vat etadi. Shunday qilib, yosh avlod ma'naviy tarbiyasida o'zbek xalqining boy ma'naviy merosidan keng foydalanish uning ta'sirchanligi, samaradorligini oshirishda san'at muhim omil bo'la oladi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, "Ma'naviyat", 2008.
2. Abdullayev N. San'at tarixi,-T.,2001y.
3. Umarov E. San'atning ma'naviy asoslari,-T. 2008 y.
4. Soliyev, O. R. (2022). SHARQ MUMTOZ SAN'ATIGA XOS MA'NAVIYLIKNI ZAMONAVIY IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 251-255.
5. Soliyev, O. R. (2022). TASVIRNING ASARGA AYLANISHIDAGI MUHIM OMILLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 61-64.
6. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
7. AxMegoBa, H. Э. (2022). MYWA3 CAHLATHHHr EETAKPOP HAOOCAT O^AMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.
8. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.
9. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.
10. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.
11. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
12. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
13. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.
14. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204208.
15. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.
16. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАХЛИЛ КИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 4145.
17. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 302-308.
18. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.
19. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.
20. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.
21. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.
22. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.
23. Eo6oeBa, 3. (2022). H^THMOHH OAOH^HKHH PHBO^AHTHPHfflAA TACBHPHH CAHLATHHHT YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.
24. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.
25. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI O'QUVCHILARIDA BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA AMALIY SAN'ATNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 65-70.
26. Qurbonova, B. M. (2022). ME'MORIY OBIDALARNING BADIIY, ESTETIK QIYMATIDAN SAMARALI FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 106-109.
27. Qurbonova, B. M. (2022). DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS HAMDA BEQIYOS O'RNI Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 239-242.
28. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.
29. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.
30. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.
31. Arzimatova, I. M. (2020). Spiritual Culture Of Personality And Artistic And Aesthetic Changes. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 160-165.
32. Arzimatova, I. M. (2022). Relationship Of Aesthetic Culture And Spirituality Of Personality. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 100-104.
33. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.
34. Ax,Meg6eKOBa, M. K., & flafla^OHOBa, M. Ë. (2022). MYTAXACCHCHH KACEHH TAHËPnAffl ^APAEHHHH MOAEmAfflTHPHffl. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 183-194.
35. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.