Научная статья на тему 'San’at va madaniyat sohasi talabalari bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlarning afzalliklari'

San’at va madaniyat sohasi talabalari bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlarning afzalliklari Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
242
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nostandart test / iSpring / san’at / nazorat / baholash / masofaviy ta’lim. / non-standard test / iSpring / art / control / assessment / distance learning.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Tuxtasinov Maqsadjon Murodjon O‘g‘li

Mazkur maqolada san’at ava madaniyat instituti talabalari kasbiy faoliyati hamda ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda, aniq fanlar xususan, “San’at ta’limida axborot texnologiyalari”va “Kompyuter grafikasi” fanidan ularning bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlardan foydalanish haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, nostandart testlarni yaratishda iSpring dasturidan foydalanish uchun tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF NON-STANDARD TESTS IN THE CONTROL OF KNOWLEDGE OF STUDENTS IN THE FIELD OF ART AND CULTURE

This article discusses the use of non-standard tests to control the knowledge of students of the Institute of Arts and Culture, taking into account their professional activities and creative abilities, in particular subjects "Information Technology in Art Education" and "Computer Graphics". There are also recommendations for using iSpring when creating non-standard tests.

Текст научной работы на тему «San’at va madaniyat sohasi talabalari bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlarning afzalliklari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

SAN’AT VA MADANIYAT SOHASI TALABALARI BILIMLARINI NAZORAT QILISHDA NOSTANDART TESTLARNING AFZALLIKLARI

Tuxtasinov Maqsadjon Murodjon o‘g‘li Asqarova Munojatxon O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada san’at ava madaniyat instituti talabalari kasbiy faoliyati hamda ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda, aniq fanlar xususan, “San’at ta’limida axborot texnologiyalari”va “Kompyuter grafikasi” fanidan ularning bilimlarini nazorat qilishda nostandart testlardan foydalanish haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, nostandart testlarni yaratishda iSpring dasturidan foydalanish uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: nostandart test, iSpring, san’at, nazorat, baholash, masofaviy ta’lim.

ADVANTAGES OF NON-STANDARD TESTS IN THE CONTROL OF KNOWLEDGE OF STUDENTS IN THE FIELD OF ART AND CULTURE

Tukhtasinov Maqsadjon Murodjon ogli Asqarova Munojatxon

Fergana regional branch of the Uzbekistan state Institute of art and culture

Abstract: This article discusses the use of non-standard tests to control the knowledge of students of the Institute of Arts and Culture, taking into account their professional activities and creative abilities, in particular subjects ".Information Technology in Art Education" and "Computer Graphics". There are also recommendations for using iSpring when creating non-standard tests.

Keywords: non-standard test, iSpring, art, control, assessment, distance learning.

Barchamizga ma’lumki bugungi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Miziyoyev tomonidan 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingani mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish malakasini oshirish muhim vazifa ekanligini ko’rsatadi. Shu sababli ham har qaysi soha vakili, har qaysi mutaxassis axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malaksiga ega bo’lishi zamon talabidir.

320

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Hozirgi rivojlanish davrida barcha sohalar kabi san’at va madaniyat sohasi vakillari ham axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo’lishi zarur. Ammo san’at va madaniyat sohasining aniq fanlar bilan bog’liqligi kamligi sababli mazkur soha vakillari, xususan talabalarning aniq fanlarni o’zlashtirishlarida bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Buni talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalari ham tasdiqlaydi. Ular o’zlarining fikrlarini “o’zlashtirishda qiyinchiliklar bo’ladi”, “amaliy jihatdan bilgan narsalarimni nazariy ifodalashga qiynalaman”, “o’z fikrlarimni aniq fan tilida tushuntirish muammo tug’diradi”, “kitobiy(fan) tilida yozilgan savollarda tushunmovchiliklar, qiyinchiliklar bo’ladi” kabi mulohazalar bilan ifodalashadi. Mana shu kabi muammolarga yechim topish va talabalarga qulayliklar yaratish, ularning bilimlarini oqilona baholash uchun nostandart testlardan foydalanish o’z samaralarini ko’rsatmoqda.

Nostandart testlar nima va ular an’anaviy testlardan qanday farq qilishi haqida ko’plab savollar tug’ulishi tabiiy. Quyida mana shunday testlardan namunalar va ularni bajarish tartibi keltirib o’tilgan. Ushbu testlarni tayyorlashda iSpring dasturidan foydalanilgan bo’lib, bu dastur eng ommalashgan maxsus test yaratuvchi dastur hisoblanadi. iSpring dasturida nostandart testlarning bir necha xil turlari mavjud bo’lib, ko’plab qulayliklarga ham ega.

An’anaviy (standart) testlar. Bu turdagi testlar savol va bir nechta javoblardan iborat bo’lib, javoblardan biri to’g’ri hisoblanadi(l-rasm). Bunday turdagi testlarning samaradorligi nisbatan past hisoblanib, bunda foydalanuvchining tahminlari ham kamida 25% holatda to’g’ri chiqishi ehtimoli mavjud bo’ladi(4 ta javob variantidan 1 tasi baribir to’g’ri).

1-rasm.

Bu turdagi testlarni ham iSpring dasturida foydalanuvchi uchun sodda va yana ham tushunarli bo’lishi uchun rasmlar, video yoki audio orqali ifodalash ham mumkin (2-rasm).

321

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

2-rasm.

Ko‘p tanlovli testlar. Bu turdagi testlarda faqat bitta javob varianti emas, bir nechta javoblar ham to’g’ri bo’lishi mumkin (3-rasm). Bunday testlarda foydalanuvchi berilgan javoblardan faqat to’g’rilarini belgilashi lozim bo’ladi. Agar to’g’ri javoblardan birontasi qolib ketsa yoki noto’g’ri javoblardan birortasi qo’shib belgilangan bo’lsa ham test noto’g’ri bajarilgan hisoblanadi. Bu turdagi testlarda tahminiy javoblarning mos kelish nisbati ham pasayadi. Bunday turdagi testlarning

Ketma-ketlikni to’g’ri tashkil qilish. Bunda test yoki savol emas, biror harakat yoki ketma-ketlikning tartibini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi(3-rasm). Foydalanuvchi yuqoridan pastga qarab elementlarni surish orqali ketma-ketlikni tashkil qiladi. Agar ketma-ketlikning biron qadami buzilsa ham javob to’g’ri hisoblanmaydi.

322

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

3-rasm.

Bir-biriga bog’lash. Bu kabi testlarda ikkita ustunda elementlar keltirilgan bo’ladi va bir tomondagi elementga boshqa tomondagi faqat bitta element to’g’ri keladi (4-rasm). Bunday testda bir elementning noto’g’ri bog’lanishi o’z navbatida boshqa bir elementning ham noto’g’ri bog’lanishiga sababchi bo’ladi yoki aksincha bilgan elementlarni bog’lash orqali bilmagan elementga mos elementni oxirida qoldirib topishga olib kelishi mum kin.

4-rasm

Aktiv sohani belgilash. Mazkur turdagi testlarda javob o’rniga rasm, chizma yoki jadval joylashtiriladi(5-rasm). Joylangan obyektning faqat belgilanishi zarur bo’lgan qismi (faqat sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlangan sohaga nuqta qo’yiladi, bunda aktiv sohalar bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin) tanlanganda to’g’ri javob hisoblanadi. Bu turdagi testni ko’p tanlovli testga qiyoslash mumkin. Faqat bunda javob variantlari o’rniga rasmni istalgan qismidan foydalanish mumkin.

323

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Вопрос 20_ из 20

Баллы за вопрос: 1 | Набрано баллов: 0 из 20 ( ) 37:33

Quyidagi rasmdan vektorli grafika asosida ishlovchi dasturni ko’rsating.

Отправить все

Очистить

Предыдущий

Далее

5-rasm

Bundan tashqari iSpring dasturida yana boshqa test turlari ham mavjud bo’lib, bularga ro’yhatdan mos elementni tanlash, qatorga kerakli matnni kiritish(yopiq test) kabi turlarni ham misol keltirish mumkin.

iSpring dasturining bundan tashqari yana ko’plab imkoniyatlari ham mavjud. Dasturda test natijalarini onlayn tarzda elektron pochtaga yoki ko’rsatilgan saytga jo’natilishi ham mumkin. Shuningdek testlarni saralab olish, test uchun vaqtlarni belgilash, testdagi xatoliklarni xabardor qilib borish kabi imkoniyatlari ham mavjud.

Hozirgi pandemiya sharoitida barcha oliy ta’lim muassasalarida masofiy ta’lim tashkil etilgan. Bunday ta’lim platformalarida oraliq yoki yakuniy nazoratlarni tashkil etishda ham iSpring dasturi qo’l keladi. Daturning eng katta yutuqlaridan biri yaratilgan testni onlayn ta’lim platformasiga import qilish imkoniyatining mavjudligida. Import qilingan testlar ortiqcha muammo va noqulayliklarni bartaraf etadi. Bundan tashqari test natijalari platformada avtomatik tarzda aks ettiriladi. Bunda yaratilgan testning ko’rinishi avtomatik saqlab qolinadi ya’ni konvertatsiya qilinmaydi(6-rasm).

324

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

6-rasm

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi rivojlanish davrida fan va ta’lim ham rivojlanib bormoqda. Shunday ekan ta’limni ham zamonaviy talab darajasiga olib chiqish zarur bo’lmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirish barobarida talabalar bilimini nazorat qilishning ham yangi usullaridan foydalanishni taqozo qilmoqda. Nostandart testlardan foydalanish orqali talabalarning yangicha fikrlashlari va masofaviy ta’limni samarali tashkil etilishiga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M.Mirziyoyev. 2020 yil murojaatnomasi

2. R.Turgunbaev. San’at ta’limida axborot texnologiyalari: MuseScore nota muharririda ishlash. Toshkent. Innovatsiya-Ziyo. 2020

3. www.ispringsolutions.com

325

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.