Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 5(1), Jan., 2025
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
SAMARQAND ARXITEKTURA VA SHAHARSOZLIGIDAGI MADANIY O'ZGARISHLAR (1868-1917 YILLAR MISOLIDA)
Nosirov Jamoliddin
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo'nalishi 2-bosqich magistranti +998 93 003 32 23
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola 1868-1917 yillar davomida Samarqand viloyatidagi me'morchilik va shaharsozlik sohasida yuz bergan madaniy о 'zgarishlarni tadqiq qilishga bag'ishlangan. Ushbu davrda Rus imperiyasining ma'muriy boshqaruv tizimi o'rnatilishi natijasida shahar infratuzilmasiga zamonaviy arxitektura va shaharsozlik usullari kirib keldi. Maqolada Samarqandning tarixiy va diniy me'moriy obidalarini saqlash hamda rus arxitekturasi ta'sirida yaratilgan yangi inshootlar tahlil qilinadi.
Kalit so'z. Samarqand arxitekturasi, "eski shahar", shaharsozlik, madaniy о 'zgarishlar, gippodam rejasi, "yangi shahar ".
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена исследованию культурных изменений, произошедших в области архитектуры и градостроительства Самаркандской области в 1868-1917 годах. В этот период в результате внедрения административной системы управления Российской империи в городскую инфраструктуру были привнесены современные методы архитектуры и градостроительства. В статье анализируются сохранение исторических и религиозных архитектурных памятников Самарканда, а также новые сооружения, созданные под влиянием русской архитектуры.
Ключевые слова. Архитектура Самарканда, «старый город», градостроительство, культурные изменения, гипподамова планировка, «новый город».
ABSTRACT
This article is dedicated to studying the cultural transformations in the architecture and urban planning of the Samarkand region during the years 1868-1917. During this period, the administrative system of the Russian Empire introduced modern architectural and urban planning methods into the city's infrastructure. The article analyzes the preservation of Samarkand's historical and religious architectural monuments as well as new structures created under the influence of Russian architecture.
Research BIB / Index Copernicus
Keywords. Samarkand architecture, "old city", urban planning, cultural transformations, hippodamianplan, "new city".
Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlarida Samarqandda jamlangan ilm-fan, madaniyat va san'at namunalari qo'shni davlatlar va butun Sharq taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Shu jihatdan, bugungi kunda xorijning ko'pgina yetakchi ilmiy markazlarida Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixiga qaratilgan ko'pgina ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib borilayotgani e'tiborga molikdir. Ayniqsa, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Samarqand madaniy hayoti, ta'lim tizimida yuz bergan transformatsiya jarayonlari tarixiga doir maxsus ilmiy izlanishlar olib borilishi mavzuning xalqaro miqyosdagi ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Xususan, 1868-1917 yillar oralig'ida Samarqand viloyatining madaniy hayoti Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoda amalga oshirgan siyosatlari ta'sirida shakllandi. Bu davrda Samarqandning madaniy jarayonlari katta o'zgarishlarga uchradi: rus madaniyatining kirib kelishi, mahalliy an'anaviy ta'lim tizimi va madaniyatning rivojlanishi, yangi ilmiy va adabiy yo'nalishlarning paydo bo'lishi, shuningdek, madaniy almashuvlar va ijodiy yangiliklar samarqandliklarni yangi fikrlar bilan tanishtirdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Samarqand shahri azal-azaldan o'zining go'zal tabiati, bog'-rog'larining ko'pligi va fayzi bilan ajralib turgan. XIX asr ikkinchi yarmiga oid shahar tarixiga doir barcha manbalarda shaharning go'yoki ulkan bir bog'dan iborat ekanligi alohida ta'kidlanadi.
1868 yilda Samarqand Buxoro amirligidan Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilganidan so'ng, bu hududda katta siyosiy va madaniy o'zgarishlar boshlandi. Samarqandning Rossiya tarkibiga kirishi bilan birga, imperiya ta'sirida yangi ilmiy, ta'limiy va madaniy jarayonlar jadal ravishda rivojlana boshladi. 1886 yil 12 iyulda «Turkiston o'lkasini boshqarish haqidagi Nizom»i qabul qilinishi munosabati bilan Zarafshon okrugi 4 ta uyezddan iborat Samarqand viloyati etib o'zgartiriladi. Samarqand shahri esa Samarqand viloyati va Samarqand uyezdining markazi bo'lib qoladi.1 Endilikda, viloyat ma'muriy jihatdan Samarqand, Kattaqo'rg'on, Xo'jand va Jizzax uyezdlaridan iborat tarzda kengaydi.2
Samarqandning «eski shahar» qismidagi hayot ma'muriy jihatdan katta o'zgarishlarga duch kelgan emas. Avvalgidek shahar mahallalarga bo'lingan va
1 Д.А. Алимова, Ю.Ф. Буряков, Ш.М. Рахматуллаев. Самарканд тарихи (кадимги даврлардан бугунги кунгача). Т.: «ART FLEX», 2009. 44-бет
2 O'zbekiston tarixi. IX jild. Samarqand tarixi. Mas'ul muharrir B.S. G'oyibov. Toshkent: «O'zbekiston», 2023. 472 b.
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
mahallalar guzarlarga bo'lingan holda an'anaviy idora etish usuli bilan boshqarib kelinar edi. Ixtiyorimizdagi ma'lumotlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Samarqand shahrining 4 ta yirik mahallaga (qismga) bo'linganligini ko'rsatadi. Bu mahallalar quyidagilar edi: Poyqoboq; Qalandarxona; Xo'ja Ahror; So'zangaron. O'z navbatida, Poyqoboq 22 ta, Qalandarxona 20 ta, Xo'ja Ahror 22 ta, So'zangaron 27 ta guzardan (kvartal) iborat bo'lgan.
Imperiya boshqaruvi o'rnatilgach, Samarqandga Yevropa shaharsozligining kirib kelishi va shaharning yangicha qiyofasi mahalliy va rus me'morchiligining o'zaro ta'siri natijasida yuzaga kelgan yangi muhandislik qurilishi yechimlari asosida taraqqiy etdi.
Bunda asosan Yevropa shaharsozligida ikki xil uslub keng qo'llanilgan. Birinchisi, bu Hindiston va Xitoyda ma'lum bo'lgan hamda Yevropa shaharsozligida Milet shahrining qurilish loyihasini tuzgan arxitektor Gippodam nomi bilan bog'liq «Gippodam rejasi» deb ataladigan muttasil katakli loyiha tuzish va shu asosda shahar bunyod etish hisoblangan. Turkistonda muttasil katakli shahar rejasi asosida Bishkek, Olma-ota kabi shaharlar qurilgan. Yevropa shaharsozligining ikkinchi ko'rinishi - bu uch nurli kompozitsiyadir.3
Toshkent, Samarqand, Andijon kabi shaharlarning "yangi qism" lari shu usulda kengaytirilgan. Bunday holat ko'pincha o'rta asrlarda bunyod etilgan ark, o'rda yoki qal'a o'rnida o'sha shaharlarda harbiy gubernator qarorgohi qurilib, undan kengayib boruvchi ko'chalar bunyod etilgan. Hatto shunday holatlarda ham yangi ma'muriyat binosi oldida keng xiyobon tarzidagi maydon tashkil qilinganini ko'rish mumkin?
1871 yil shaharning janubiy-g'arbiy Buxoro darvozasi tomonda Kattaqo'rg'on yo'lidagi uchastkalar ajratib olingan. Shu yerning o'zida harbiy qal'a bunyod etilgan. 1872-yilda topograf Sexonovich bo'lajak shahar ko'chalarini tasvirga tushirib, «yangi shahar» qurilishini tezlashtirishga harakat qildi. 1875-yilga kelib loyiha asosidagi binolar qurilishi tugallandi, lekin qo'rg'onning ichki qurilishi nihoyasiga yetmadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Yangi Samarqand shahrining xarakterli kompozitsiyasi ishlab chiqilib, 1875-yil 1-yanvarda shaharning bosh rejasi tasdiqlandi. Unga ko'ra, Samarqand shahri ham O'rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi ikki qismdan: eski va yangi shahardan iborat bo'lgan. Shahar asosiy kompozitsiyasi bo'lgan qo'rg'on atrofi 31,2 gektar edi. Shaharning keng atrofini o'rab turgan o'rta asrlarga oid mudofaa devorlarining g'arb tomonidagi qismi tugatildi. Shimol, sharq va janub tomondagi qismlari saqlandi. Yangi shahar qo'rg'on devorining janubiy-g'arbida joylashgan bo'lib, uning maydoni
3 O'zbekiston tarixi. IX jild. Samarqand tarixi. Mas'ul muharrir B.S. G'oyibov. Toshkent: «O'zbekiston», 2023. 472 b.
Research BIB / Index Copernicus
121 gektarga teng bo'lgan. «Yangi» shahar ko'rinishi aylana - yoy shakliga o'xshagan.
1883-yilda Qutbu-Chahorduhum maqbarasi buzilishi natijasida, ba'zi harbiy qal'alar shaharga ko'chirildi. Harbiy qal'alarning ko'chirilishi natijasida shahar qal'a tomonga qarab kengaytirilib, yangi Eksplanadnaya (hozirgi Bo'stonsaroy) ko'chasi qad rostladi. 1903-yilda yangi shahardan shimolga qarab kichik hududiy chegara ajratildi. Petrovskaya, Nikolayevskaya, Kaufman ko'chalari shimol tomon, ya'ni Kladbishinskaya ko'chasi hisobiga kengaytirildi. 1906-yilga kelib 1883-yilda tuzilgan shahar rejasini bajarishga kirishildi. Topograf Nillening loyihasiga binoan har-bir kasalxona Chernyayevskaya xiyobonidan Urgut ko'chasiga ko'chirildi. Xuddi shu yerning o'zida Rostovsev (hozirgi Bobur Mirzo), Karshinskaya (hozirgi Firdavsiy), Vereshchaginskaya (hozirgi Amir Temur) ko'chalari davom ettirilib, Bazarnaya, Nekrasova Novogospitalnaya ko'chalari maydonini egalladi. Shaharning bu qismidagi qurilishlar 1916-yilgacha davom etgan.
XX asr boshlarida ruslar yashaydigan maydon 4629 desyatinani (1.09 gektar) tashkil etgan. Samarqandda Ofitserlar uyi 1882-yilda qurilgan (hozirgi viloyat savdo-sanoat palatasi binosi). Bu bino klassitsizm uslubiga xos bo'lgan ko'rinishda qurilgan.
«Xalq yig'ini» binosi (hozirgi Yoshlar markazi binosi o'rnida bo'lgan) Kaufman va Urgut ko'chalarining kesishgan qismida joylashgan bo'lib, o'zining texnik va badiiy go'zalligi jihatidan boshqa binolardan farq qilmaydi. Binoning tomosha zali Svarichevskiy loyihasi bo'yicha kengaytirilgan. 1880-yilning boshlariga kelib Nikolayevskaya va Urgut ko'chalarining kesishgan joyida birinchi yozgi teatr binosi qurilishi boshlangan.
Savdogar A.Kalontarovning uyi (hozir bu bino o'rnida viloyat O'lkashunoslik muzeyi joylashgan) an'anaviy va yevropacha uslubda 1911-1916 yillarda muhandis G.O. Nille loyihasi asosida qurilgan.
1892-yil noyabrdagi ma'lumotlarga ko'ra, «yangi shaharda 829 ta turar joy va 986 ta noturar joy binolari mavjud bo'lgan. «Yangi shahar»da 442 ta xonadon bo'lib, har bir uyga 1,8 turar joy, 2,2 noturar joy binosi to'g'ri kelgan. Har bir turar joy va noturar joy binosiga to'g'ri keladigan maydonning o'rtacha o'lchami hovli va ko'chani hisobga olganda 303 sajenni (645,39 m) tashkil etgan. Har bir pishgan g'ishtdan qurilgan turar joy va noturar joy binolari 1792 ta, toshdan qurilganlari 12 ta (shundan 8 ta uy va 4 ta hammom), aralash qurilganlari 7 tani tashkil qiladi. 829 ta turar joy binolarining tom qismi mavjud bo'lib, 175 tasi strapilali, 654 tasi tekis holatda, 49 tasi tunuka bilan, 126 tasi karton, 654 tasi loy va qamish bilan yopilgan.
Research BIB / Index Copernicus
Turar joy binolarining deraza peshtoqlari ham mavjud bo'lib, ularning 246 tasi toshdan, 583 tasi pishgan g'ishtdan qurilgan.4
Eski shaharning hududi esa 364 desyatina (396,76 gektar), 2100 kv sajenni (4473 kv.m) tashkil qilib, past-balandliklardan iborat. Eski shaharda ko'chalar va tor ko'chalar soni 166 ta bo'lib, ulardan 11 tasi qayroqtosh bilan qoplangan hamda ularning uzunligi 15,5 verstni tashkil etgan. Ushbu 11 ta ko'chadan tashqari, 12-ko'chaga toshli quvur va ko'prik qurilgan. Mazkur ko'priklar rus hukumati tomonidan to'g'ri shaklda atrofiga daraxtlar ekilib, aholi yurishi uchun qulay etib qurilgan. Boshqa barcha ko'chalar: tor, egri- bugri eski uslubda, chang-to'zonli, suv yurishi uchun ariqlarga ega bo'lmagan, ularning eng muhimlari 55 ta kerosin fo nar yordamida yoritilgan.
Eski shaharda 4 ta yirik markaziy maydon bo'lib, bular: 1. Registon maydoni, unda toshlar yotqizilgan hamda bu bozor hayotining markazi vazifasini o'tagan; 2. Bibixonim maydonida tosh yotqizilmagan, bozor va 3 ta non rastalariga ega bo'lgan; 3. Bibixonim maydoni qarshisida mol bozori maydoni bo'lib, unga ham tosh yotqizilmagan. Unda yirik shoxli hayvonlar, tuyalar va qo'ylar sotilgan; 4. Shuningdek, shaharda somon bozor maydoni ham mavjud bo'lib, u mustamlaka ma'muriyati qurdirgan qal'aning janubiy qismida joylashgan.
Eski shaharda, Go'ri Amir maqbarasi yonida xiyobon mavjud bo'lib, unga turli xil daraxtlar ekilgan. Shohizinda masjidining ro'parasida ham rus hukumati tomonidan xiyobon tashkil qilingan. Ikkita xiyobon ham chiroyli manzarasi bilan ajralib turgan, ko'chalarida tosh yotqizilgan va yaxshi holatda saqlangan. Bu xiyobonlar mahalliy aholi sayr qilishi uchun eng qulay joy bo'lgan.
Xulosa qilib aytganda, 1868-1917 yillar Samarqandning madaniy va me'moriy rivojlanishida muhim bosqich bo'lib, bu jarayon shaharni nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy markazlaridan biri, balki zamonaviy shaharsozlikning namunaviy makoniga aylantirdi.
Bu davrda Samarqandda sharqona va rus-yevropa arxitekturasi uyg'unlashib, shaharning infratuzilmasi qayta shakllandi. Yangi ma'muriy binolar, maktablar, temir yo'l stansiyalari va ijtimoiy obyektlar qurildi. Shahar eski va yangi qismlarga bo'lingan holda rivojlanib, zamonaviy shaharsozlik meyorlari joriy etildi.
Turli millat vakillari, jumladan, rus me'morlari hissasi bilan Samarqandda tarixiy va zamonaviy qiymatlar uyg'unlashgan betakror me'moriy qiyofa yaratildi. Bu o'zgarishlar shaharni madaniy markaz va zamonaviy shaharga aylantirishda muhim rol o'ynadi.
4 O'zbekiston tarixi. IX jild. Samarqand tarixi. Mas'ul muharrir B.S. G'oyibov. Toshkent: «O'zbekiston», 2023. 472 b.
XULOSA
Research BIB / Index Copernicus
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Д.А. Алимова, Ю.Ф. Буряков, Ш.М. Рахматуллаев. Самарканд тарихи (кадимги даврлардан бугунги кунгача). Т.: «ART FLEX», 2009. 44-бет
2. O'zbekiston tarixi. IX jild. Samarqand tarixi. Mas'ul muharrir B.S. G'oyibov. Toshkent: «O'zbekiston», 2023. 472 b.