ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
KARTOSHKA VIRUSLARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH
CHORALARI
Nasiba Ibragimovna Shonazarova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, o'qituvchi nasiba. shonazarova@mail.ru
Voxid Baxramovich Fayziyev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, b.f.d.
fvaxid@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kartoshka viruslari turlari, ularning biologik xarakteristikasi, xo'jayin o'simliklardagi kasallik alomatlari va ularning o'ziga xos tomonlari, mamalakatimizda bu viruslarning o'rganilish darajasi, tarqalishi va ularga qarshi ilmiy asoslangan samarali kurash chora-tadbirlari aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: Kartoshkaning sariq pakanaligi virusi, kartoshka X virusi, kartoshka Y virusi, kartoshka S virusi, kartoshka T virusi.
POTATO VIRUSES AND EFFECTIVE MEASURES AGAINST THEM
ABSTRACT
This article describes the types of potato viruses, their biological characteristics, symptoms of host plants and their specific features, the level of study of these viruses in our country, their spread and scientifically based effective control measures against them.
Keywords: Potato yellow fever virus, potato X virus, potato Y virus, potato C virus, potato T virus.
KIRISH
Hozirgi vaqtda butun dunyo oldida turgan ko'plab global muammolardan biri har bir davlatning o„z aholisini oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishi hisoblanadi. Bu muammolarga oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgan yillardan boshlab o'simliklarni turli kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish chora-tadbirlariga katta e'tibor
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
berilgan va bu borada qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan, jumladan, O'zbekiston Respublikasining «O'simliklar karantini to'g'risida»gi va boshqa qator Qonunlarni sanab o'tish mumkin [1].
Qishloq xo'jaligi landshaftidagi o'zgarishlar, ekinlarni yetishtirishni boshqarish, intensivlashtirish va iqlim o'zgarishi orqali begona o'simlik turlarini (materiallarini) kiritish o'simliklarning yuqumli kasalliklari paydo bo'lishiga olib keladi. Ana shunday kasallik qo'zgatuvchilarga o'simlik viruslari agenti sifatida jiddiy va halokatli ta'sir ko'rsatadi [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Rus olimi D. I. Ivanovskiy tamaki o'simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining o'ziga xos xususiyatlarini 1892-yida aniqladi [3]. 1893- yilda nemis bakteriologlari F. Leffler va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur) kasalligini, 1901- yilda amerikalik Rid va boshqalar sariq isitmani paydo qiladigan mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan o'tib ketishini aniqlashdi. "Virus" tushunchasi birinchi marta golland M. Beyerink (1898) va nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchraydi. 1911- yilda amerikalik F. T. Rous tovuqlarda xavfli o'sma paydo qiluvchi virusni topadi [4]. Bakteriya viruslari (bakteriofaglar)ning topilishi, vaksina virusini to'qimalar kulturasida undirish, virus zarralarini kumush bilan bo'yash metodlarining ishlab chiqilishi, tamaki mozaikasi virusini kristall holida ajratib olib, uning oqsil tabiatini, virus tarkibiga nuklein kislota kirishini aniqlanishi virusologiyaning rivojlanishida katta rol o'ynadi. 20-asr o'rtalarida viruslarning tuzilishi elektron mikroskop yordamida va rentgenstruktura analizi metodi bilan tekshirila boshlandi.
Virusologiya tekshirish obyektiga ko'ra qishloq xo'jaligi, veterinariya va tibbiyot virusologiyasiga bo'linadi. Virusologiyaning rivojlanishi molekulyar genetika bilan uzviy bog'liq. 1952- yil virus DNKsi, 1956- yil virus RNKsi, 1955- yil virus zarralarining RNK va oqsildan o'z-o'zidan to'planishi hodisasi aniqlandi, 1957-yil viruslar interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi [5].
O'zbekistonda Virusologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-asr o'rtalarida boshlangan. D. X. Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K. Tursumetova, M. Z. Isamuhamedov, Mirzahmedov va boshqalarning ishlari g'alla, g'o'za, sabzavot va boshqa ekinlar viruslarini ajratib olish, virus kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. So'nggi yillarda viruslarni interferon hosil qilish faolligini oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi shtammlari va oqsillarining struktura hamda funksiyalarini o'rganish va virusli kasalliklarning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
zamonaviy tashxisini ishlab chiqish (A. M. Ivanova) borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. O'simlik viruslarini o'rganish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari O'zbekiston fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida, O'zMUning biologiya, tuproqshunoslik fakultetida, tibbiyot virusologiyasi sohasidagi ishlar Virusologiya instituti va tibbiyot oliy o'quv yurtlari kafedralarida olib boriladi [6].
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib ushbu ilmiy tadqiqot ishida kartoshka o'simligida uchraydigan virusli kasalliklarning umumiy xususiyatlari o'rganildi.
So'nggi yillarda o'simliklarni kasallantiradigan 1000 dan ortiq fitoviruslar aniqlangan bo'lib, bu viruslar yovvoyi o'simliklar bilan bir qatorda muhim qishloq xo'jalik o'simliklarini kasallantirib, hosildorlikni va mahsulot sifatini pasaytirib, xalq xo'jaligiga katta zarar yetkazmoqda. Bunday o'simliklar qatoriga pomidor, bodring, g'o'za, bug'doy, kartoshka, bulg'or qalampiri, baqlajon, beda va loviya kabilarni keltirib o'tish mumkin [7]. Jumladan kartoshka o'simligini kasallantiruvchi viruslarning ham 50 dan ortiq turi aniqlangan bo'lib, ular o'simlikni turli darajada kasallantirib, qishloq xo'jaligiga katta zarar keltiradi [8].
Bularga kartoshkaning sariq pakanaligi virusi (Potato yellow dwart nukleorhabdovirus), kartoshkaning kichik And xol-xolligi virusi (Andean potato mottle virus) - (APMoV), kartoshkaning T virusi - PTV, kartoshkaning sarg'ayish virusi (PYV), kartoshka bargining buralishi virusi (PLRV), kartoshkanig Y virusi -YVK (Kartoshka virusi Y, PVY), kartoshkaning X virusi - PVX (Kartoshka virusi X, PVX), kartoshka S virusi - SBK (Kartoshka virusi S, PVS) kabilarni misol qilish mumkin va bu viruslar kartoshka yetishtiriladigan barcha mamlakatlarda uchraydi
[9].
Kartoshkaning sariq pakanaligi virusi (KSPV) AQShda, Kanadada keng tarqalgan bo'lib, boshqa mintaqalarda esa tor doirada tarqalgan. Bu virus bilan kasallangan o'simlikning o'sishi sekinlashadi, nekrotik dog'lar paydo bo'ladi, bo'g'imlar orasining qisqarishi, o'sish nuqtasining qorayishi, gullarning to'kilishi, bargning kuchli sarg'ayishi, tugunakning deformatsiyalanishi, yorilishi, ichki dog'lanish kabi kasallik alomatlari paydo bo'ladi (1-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
1-rasm. KSPVning osimlik bargidagi va tugunakdagi alomatlari
Kartoshkaning X-virusi (KXV) kartoshka yetishtiriladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo'lib, birinchi marta Angliyada (1938) Salamon tomonidan aniqlangan, keyinchalik esa Germaniyada (1964) kengroq o'rganilgan. Bu virus o'simlik bargida xol-xol mozaika (krapchatost) va oddiy mozaika kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi (2-rasm).
KXVning "X-suvoriy" (Xs), "X-kiyevskiy" (Xk), "X-polskiy" (Xp), "X-xersonskiy" (Xx), "X-razmetiy" (Xr) kabi bir qator shtammlari ajratib olingan va ulardan Xr va Xs shtammlari eng yuqumlilari hisoblanadi.
Boudenning fikricha bu virus hosildorlikni 10%, Ambrosov va bir qator mualliflar olib borgan tajribalari asosida bu virus hosildorlikni 29,7-59% gacha, tugunak tarkibidagi kraxmalni 2,1% pasaytirishi aniqlangan.
KXV - eng keng tarqalgan kartoshka viruslaridan biri. Ko„p navlarda virus ko'rinadigan simptomlarni keltirib chiqarmaydi va shuning uchun e'tiborga olinmaydi. Biroq, bu hosilning pasayishiga olib keladi, bu 15% gacha bo'lishi mumkin. Virusni faqat laboratoriya usullari yordamida aniqlash mumkin. Virus asosan zararlangan o'simliklar bilan mexanik aloqa qilish, kartoshkani kesish, qishloq xo'jaligi ishlarida qishloq xo'jaligi asboblari va mexanizmlari orqali (purkash, hilling va boshqalar) tarqaladi. KYV va KAV viruslari bilan birgalikda zararlanganda hosil yo'qotilishi ortadi. KXV tamaki, qalampir va pomidorga ham hujum qiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
2-rasm. KXVning osimlik bargidagi va tugunakdagi alomatlari
Kartoshkaning Y-virusi (KYV) kartoshka yetishtiriladigan ko'pgina mintaqalarda keng tarqalgan bo'lib, o'simlikda chiziqli (poloschataya) mozaika va mozaikali burishish (morshinistaya) kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi (3-rasm). KYV mexanik usulda yuqib kartoshka tugunagida saqlanadi, tabiiy sharoitda esa o'simlik organlarining bir-biriga tegishi natijasida va bir qator o'simlik bitlari yordamida tarqaladi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
3-rasm. KYVning osimlik bargidagi va tugunakdagi alomatlari.
123457*
Virusning Y , Y , Y , Y , Y , Y kabi shtammlari ajratilgan bo'lib, ular har xil
1 3 5
virulentlikga ega. Ularning ichida Y shtammi kuchsiz, Y va Y -shtammlari esa juda kuchli yuqumlilik xususiyatiga ega. Keyingi paytlarda ko'pgina mualliflar ishlarida virusning juda kuchli yuqumlilikka ega bo'lgan, kartoshkada nekrotik dog'larni keltirib chiqaradigan YN-shtammi ajratib olinganligi haqida ma'lumotlar mavjud [9].
Kartoshka Y- virusi kartoshkaga zarar yetkazadigan eng xavfli viruslardan biri bo'lib, nav va yetishtirish sharoitiga qarab, hosildorlikning jiddiy yo'qotilishiga (30% va undan ham yuqori bo'lishi mumkin) olib keladi. Kartoshkaning turiga qarab kasallikning belgilari turlicha bo'ladi.
Virusli kasalliklarga qarshi kurashish uchun ko'chatlarni diqqat bilan ko'rib chiqish va kasal o'simliklarni olib tashlash kerak. Bundan tashqari, hasharotlar vektorlari va qishlangan ildiz mevalaridan o'sgan o'simliklarni ekish va yo'q qilish uchun sog'lom urug' ildiz mevalaridan foydalanish kerak. Chidamli navlarni yetishtirish yaxshi natijalar beradi. Bu qoidalarga amal qilib kartoshka kasalliklarini
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
oldini olish va kamaytirish, yuqori hosil olish hamda ildiz mevalarini saqlash sifatini oshirish mumkin.
Virusli kasalliklarning zararini pasaytirish bo'yicha ishlab chiqiladigan chora tadbirlar har bir hududning agroiqlim sharoitiga bog'liq ravishda ishlab chiqilishi zarur va vuruslarni o'rganish hamda identifikatsiya qilishning zamonaviy usullariga tayangan bo'lishi lozim.
Profilaktik choralar dastlab chidamli navlarni seleksiya qilishni talab etadi. Bu virusli kasalliklardan o'simliklarni himoya qilishning radikal (lotincha radix -«ildiz») usullaridan biri sifatida juda muhim hisoblanadi. O'simliklarning viruslarga chidamliligi maxsus genlar yordamida boshqariladi, shuning uchun o'simliklarning viruslardan himoyalanish reaksiyalarining bir nechta tipi uchraydi. Birinchidan, ma'lum bir virusga nisbatan chidamli bo'lgan navlar. Viruslar bunday o'simlikda ko'paya olmaydi va bunday o'simliklar immun navlar deb yuritiladi. Immun namunalar chidamli navlar orasida juda kam hollarda uchraydi [10]. Viruslarga chidamli navlar seleksiyasida yuqori sezgirlikka ega bo'lgan, kasallangan hujayralarda nekrotik kasallik alomatlarini namoyon qiluvchi navlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda markazdagi kasallangan hujayralar nobud bo'ladi va virus zarralari qo'shni hujayralarga o'tish imkoniyatini yo'qotadi. Tashqaridan bu lokal nekroz sifatida paydo bo'ladi va bu xo'jayin o'simlik navi, virus shtammi va tashqi muhit sharoitiga bog'liq bo'ladi. Viruslarga yuqori sezgirlikka ega bo'lgan xususiyati mavjud o'simliklar juda ko'pgina nav va namunalar ichida uchraydi va bu seleksiyada keng qo'llaniladi, masalan, yuqori sezgirlikka ega bo'lgan navlar kartoshka va poliz ekinlari ichida juda ko'p uchraydi. Chidamlilikning bunday turida shtammga xos bo'lgan spetsifiklikni e'tiborga olishni talab etadi, chunki bunday chidamlilik reaksiyasi virulent shtammlarda yo'qolishi mumkin [11].
O'simlikning virusga nisbatan tolerantligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tolerant o'simlik virusli kasallikga nisbatan kuchli kasallik alomatini namoyon qilmaydi va shu bilan bir qatorda hosildorlikni ham kuchli darajada pasayishiga olib kelmaydi. Chidamlilikning bunday turi seleksiyada keng masshtabda qo'llaniladi.
Bundan tashqari, seleksiyada chidamlilikning kasallanishga yoki infeksiyaga chidamliligidan foydalaniladi. Bunday holatda, bir xil himoya vositalari qo'llanilganda, turli shtammlar bilan kasallanishning eng past darajasi belgilab olinadi. Seleksiyaning asosiy vazifalaridan biri shuki, yetishtirilayotgan navlar ichidan yuqori immun va mahsuldorlikka ega bo'lgan o'simliklarni aniqlashdan iborat. O'simliklarni viruslarga chidamliligini aniqlashda tabiiy sharoitda ularning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
viruslar bilan kasallanish darajasini aniqlash muhim hisoblanadi, seleksiya ishlarini olib borishda esa o'simliklarni sun'iy kasallantirishdan foydalaniladi [12].
Qishloq xo'jaligi ekinlarini virusli kasalliklardan himoya qilishning eng samarali usullaridan biri bu sog'lom urug' va ekish mahsulotlaridan foydalanish hisoblanadi. Buning uchun dastlab, urug', ekish materiallari, ko'chatlarni vizual nazoratdan o'tkazish juda muhim bo'lib, ammo latent infeksiayalarda bu yaxshi samara bermasligi mumkin. Aniq natijalarni nazoratning zamonaviy diagnostika metodlari, elektron-mikroskopik, serologik, indikator o'simliklar, PZR va boshqa usullarni qo'llash orqali olish mumkin.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Virusli kasalliklarni oldini olishda, virusga qarshi tozalash, jumladan, infeksiya manbalaridan madaniy o'simlikni izolyatsiyalash, yovvoyi rezervator-o'simliklarni yo'q qilish, virus tashuvchi hasharotlar va boshqa tashuvchilardan kimyoviy vositalar yordamida himoyalash, o'simliklarni kontakt usulida infeksiya yuqishidan himoyalash, o'simliklarni yetishtirishning optimal sharoitini yaratish kabilarni qo'llash muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqiladigan virusga qarshi kurash chora-tadbirlari u yoki bu patogenning tabiiy sirkulyatsiyasini va ularning tabiiy-o'choqlari bilan aloqadorligini bilgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi, aks holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ahamiyat kasb etmay qoladi [13].
Kartoshka o'simligini viruslar va viroid kasalliklardan himoya qilishning eng samarali usullari quyidagilar hisoblanadi:
• virusdan xoli bo'lgan sog'lom urug'ni ekish;
• urug'lik super elita ekilgan uchastkalar orasidagi oraliq masofani 1,5-2 km masofada hamda imkoni boricha o'simlik shira bitlarining qishlash makonlaridan yiroqda ekish;
• ekiladigan tugunaklarni ekish oldidan turli kimyoviy moddalar bilan ishlov berish;
• ekishni barvaqt amalga oshirish;
• o'simlik shira bitlariga qarshi turli insektitsidlar bilan ishlov berish;
• issiqxonalar va oranjireyalar atrofidagi yovvoyi o'simliklarni bartaraf etish, urug'chilik xo'jaliklari va kartoshka ekiladigan maydonlar hamda ularning atroflarida bangidevona (D. stramonium L.), mingdevona (D. metel L.), ituzum (S. nigrum L.), yalpiz (M. asiatica Boriss.), xartol karam (Brassica juncea Czern.), pechak (C.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
arvensis L.) kabi bir va ayniqsa ko'p yillik virus saqlovchi yovvoyi o'simliklarni o'sishiga yo'l qo'ymaslik;
• ekilayotgan kartoshka urug'lari va kartoshka o'simliklarini IFА singari sezgir immunologik usullar yordamida nazorat qilish;
• urug'lik kartoshka ekilgan maydonlarda tez-tez va o'z vaqtida fitosanitar tozalash ishlarini olib borish;
• hosil yig'ish oldi kartoshka yer ustki poya va barglarini olib tashlanishi;
• hosil terib olingandan so'ng, qolgan tugunaklardan yerni tozalash;
• ekish materialini sog'aytirish;
• ekishda chidamli navlarni ekish.
Kartoshkani turli viruslar tashuvchilaridan himoya qilish uchun o'simlik rivojlanishining barvaqt fenofazalarida kasallik alomatlarini aniqlash imkonini beruvchi bir qator kompleks agrotexnik usullari qo'llaniladi. Bunday kompleks usullarga ekish oldidan tugunakni nurlar yordamida va harorat ta'sirida ishlov berish, barvaqt va yuza ekish, shu bilan bir qatorda kartoshka o'simligi yer ustki qismlarini barvaqt yoki kimyoviy moddalar yordamida yo'qotish kabilarni o'z ichiga oladi.
Kartoshkani kontak usulida viruslar bilan kasallanishini oldini olish uchun, o'simliklarning bir - biriga tegishini hamda ish qurollari va ishlov texnikalari tegib tarqalishining oldini olish zarur. Bu o'simliklarga mexanik ishlov berishni kamaytiradi. Gerbitsidlarni qo'llash orqali mexanik ishlov berishning kamayishi natijasida kartoshka o'simligining X, S, M, Y-viruslar bilan kamayishini odatiy agrotexnologiyaga nisbatan 2-2,5 baravar kamayishiga olib keladi. Agar tugunaklarni ekish oldidan kesish zarur bo'lsa, har bir kesishdan so'ng ishlatilgan pichoq lizol yoki trinatriyfosfat eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi talab etiladi, bu kartoshka X va S viruslarining tarqalishini oldini olishga sabab bo'ladi.
XULOSA
Bugungi kungacha tadqiqotchilar tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan kartoshka viruslari to'liq o'rganilmaganligi tufayli har yili dunyo bo'yicha oziq-ovqat yetishtirishda ko'pgina sohalar qatorida kartoshkachilik sohasida juda katta iqtisodiy tanazzulga uchramoqda. Shuning uchun bugungi kun talabidan kelib chiqib aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarining ortishini inobatga olib, xalqaro metodlar yordamida kartoshka viruslari va ularning zararli ta'sirini chuqur o'rganish hamda unga qarshi kurash choralari va yangi chidamli navlarini yaratish dolzarb sanaladi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
REFERENCES
1. Fayziyev V.B. Kartoshka X-virusining O'zbekistonda tarqalgan izolyatini ajratish, xususiyatlarini o'rganish va uning diagnostikasi. Biol. fan. dok. diss. -Toshkent, 2020. - 9-10 bb.
2. Christophe Lacomme. Laurent Glais Dirk U. Bellstedt. Brice Dupuis Alexander V. Karasev Emmanuel Jacquot Editors. Potato virus Y: biodiversity, pathogenicity, epidemiology and management. 2017. DOI 10.1007/978-3-319-58860-5.
3. Sylvia Mader, Michael Windelspecht. Human Biology. -2015. - 14th Edition. - P u blisher: M c G ra w - Hill Education. - 672 p.
4. Мейхи Е. Вирусология. Метод. Москва. Изд-во "Мир"1988.
5. Vahobov A.H. //Virusologiya asoslari. Toshkent: Universitet, 2017. B 289-297.
6. Мухдмедов И., Эшбоев Э., Зокиров Н., Зокиров М. Микробиология. Иммунология. Вирусология. "Узбекистон миллий энциклопедияси". 2002.
7. Eshboyev F.B. Ba'zi fitopatogen viruslarning xususiyatlarini o'rganish va identifikatsiya qilish. Bitiruv malakaviy ishi. - Toshkent, 2015. - 3 b.
8. Tog'ayev S.A. Kartoshka X-virusini ajratish va uning zamonaviy diagnostikasi. Magistr akademik diss. olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. -Toshkent, 2020. - 5 b.
9. Fayziyev V.B., Baxtiyorova M.S., Botirova N.T., Sulaymonov O.A., Vaxobov A.X. Kartoshka viruslarini IFA yordamida aniqlash va qarshi kurash choralari (tavsiyanoma), -Toshkent, 2019. - 4-5 bb.
10. Вах,обов А.Х,. Усимлик вирусларини аниклашда иммунология усулларини куллаш. -Тошкент: ТошДД, 1991. - 36 б.
11. Анисимов, Б.В. Вирусные болезни и их контроль в семеноводстве картофе -ля / Б.В. Анисимов // Защита и карантин растений. - №5. - 2010. - С. 12-16.
12. Бабоша, А.В., Ладыгина, М.Е. Антивирусное действие интерферона в растениях картофеля / А. В. Бобоша, М.Е. Ладыгина // Селекционногенетические, физиолого - биохимические и технологические аспекты производства картофеля: Тез. докл. науч.- произв. конф. Уфа, 1989. - С. 85-86.
13. Эргашев И.Т. Роль биологических факторов в безвирусном семеноводстве картофеля // Узбекский биологическый журнал. - Ташкент, 1998. № 6. - С. 1416.
14. El-Dougdoug, N. K., & Balabel, N. M. Annals of Agric. Sci., Moshtohor ISSN 1110-0419 Vol. 58 (4)(2020), xxx-xxx https://assjm. journals. ekb. eg.
15. Fayziev, V. B. (2021). KARTOSHKA X VIRUSI ANTIGENI ASOSIDA TURLI IMMUNOLOGIK USULLAR VA IFA VARIANTLARI SEZGIRLIGINI ANIQLASH. Academic research in educational sciences, 2(1).
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-955-965
16. Abdikarimov, B. Q., Abbosov, U. K., & Fayziyev, V. B. (2021). GILOS O'SIMLIGINI (PRUNUS AVIUM) KASALLANTRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 2(4), 1459-1464.
17. Abdikarimov, B. Q., Abbosov, U. K., & Fayziyev, V. B. (2021). GILOS O'SIMLIGINI (PRUNUS AVIUM) KASALLANTRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 2(4), 1459-1464.
18. ВОХИД Ф., ДИЛЬФУЗА Дж., ФАРХОД Э. и САТТОРОВ М. (2021). СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АМИНОКИСЛОТНЫЙ АНАЛИЗ БЕЛКА ОБЛОЖКИ НЕКРОТИЧЕСКОГО ИЗОЛЯТА ВИРУСА X КАРТОФЕЛЬНЫХ РАСТЕНИЙ. БИОТЕХНОЛОГИЯ РАСТИТЕЛЬНЫХ КЛЕТОК И МОЛЕКУЛЯРНАЯ БИОЛОГИЯ , 197-203.
19. Jumabayeva, C. B. Q., Fayziev, V. B., & Rahmonova, X. A. Q. (2021). O'SIMLIK PEROKSIDAZA FERMENTINING BIOLOGIK AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).
20. Собирова, З. Ш., & Файзиев, В. Б. (2021). СИМПТОМАЛНЫЙ АНАЛИЗ ВИРУСНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ РАЗЛИЧНЫХ СОРТОВ КУКУРУЗЫ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).