Научная статья на тему 'RUBOB PRIMA CHOLG‘USIDA IJRO IMKONIYATLARINI YANADA OSHIRUVCHI POZITSIYALAR'

RUBOB PRIMA CHOLG‘USIDA IJRO IMKONIYATLARINI YANADA OSHIRUVCHI POZITSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rubob prima / pozitsiya / o‘zbek xalq cholg‘ulari / o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik / orkestr / pozitsiya almashinuv / dasta bo‘ylab yuqoriga harakat / dasta bo‘ylab pastga harakat / o‘tishlar / Rubob prima / position / Uzbek folk instruments / performance on Uzbek folk instruments / orchestra / change of position / upward movement along the stack / downward movement along the stack / transitions

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ergashov Ismatxo‘ja Sunnat O‘g‘li

Ushbu tezisda rubob prima cholg‘usining shakllanish tarihi, ijro imkoniyatlarini yanada oshiruvchi pozitsiyalar,pozitsiyalarning turli almashtirish usullarimisollar orqali ko‘rib chiqilib, tahlillar qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USED IN RUBOB PRIMA INSTRUMENTTHE UNIQUENESS OF THE APPLICATIONS

In this thesis, the history of the formation of the rubob prima instrument, the positions that further increase the performance possibilities, and the different ways of replacing the positions were considered and analyzed through examples

Текст научной работы на тему «RUBOB PRIMA CHOLG‘USIDA IJRO IMKONIYATLARINI YANADA OSHIRUVCHI POZITSIYALAR»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

p y v HW^ ,1

EURASIAN JOURNAL OF

USED IN RUBOB PRIMA INSTRUMENT THE UNIQUENESS OF THE APPLICATIONS

Ergashov Ismatxo'ja Sunnat o'g'li

Graduated from Sunchon University, South Korea [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13927944

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th October 2024 Accepted: 13th October 2024 Online: 14th October 2024

KEYWORDS Rubob prima, position, Uzbek folk instruments,

performance on Uzbek folk instruments, orchestra, change of position, upward movement along the stack, downward movement along the stack, transitions.

In this thesis, the history of the formation of the rubob prima instrument, the positions that further increase the performance possibilities, and the different ways of replacing the positions were considered and analyzed through examples.

RUBOB PRIMA CHOLG'USIDA IJRO IMKONIYATLARINI YANADA

OSHIRUVCHI POZITSIYALAR

Ergashov Ismatxo'ja Sunnat o'g'li

Janubiy Koreyaning Sunchon universiteti bitiruvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13927944

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th October 2024 Accepted: 13th October 2024 Online: 14th October 2024

KEYWORDS Rubob prima, pozitsiya, o'zbek xalq cholg'ulari, o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik, orkestr, pozitsiya almashinuv, dasta bo'ylab yuqoriga harakat, dasta bo'ylab pastga harakat, o'tishlar.

Ushbu tezisda rubob prima cholg'usining shakllanish tarihi, ijro imkoniyatlarini yanada oshiruvchi pozitsiyalar, pozitsiyalarning turli almashtirish usullari misollar orqali ko'rib chiqilib, tahlillar qilindi.

0'zbek xalq cholg'ulari bugungi takomilga yetguniga qadar bir necha asrlik tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Davrlar o'tgani sayin cholg'ular turli shakl va tovush

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

o'zgarishlariga uchrab, xalq ustalari tomonidan sayqallanib kelgan. Bugungi kunda o'zbek xalq cholg'ulari guruhiga kiruvchi sozlar dunyodagi eng qadimiy musiqiy cholg'ular hisoblanishi har bir sozandaga alohida g'urur bag'ishlaydi. Markaziy Osiyo hududidan topilgan arxeologik qazilmalar orasidagi haykaltaroshlik va amaliy san'at namunalarida qadimgi va o'rta asrlarga oid musiqiy sozlar tasviri saqlanib qolganligi bu fikrimizning yaqqol dalilidir.

XIX asming ikkinchi yarmida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik rivojlana boshladi. Dastlab xalq ijrochiligi an'analari asosida shakllanib, taraqqiy eta boshlagan musiqa san'atida shakl va mazmun jihatdan yangi, nisbatan murakkab va mukammal asarlar yaratila boshlandi. Xalq cholg'ulariga ham qiziqish kuchaydi. Yakkaxon ijrochilikdan jamoaviy ijrochilikka, ya'ni ansambl ijrochiligiga, keyinroq esa orkestr ijrochiligiga qiziqish kuchaydi. Bu esa, o'z navbatida, sozlarimizni takomillashtirish va jamoaviy talablariga moslashtirishni taqozo eta boshladi. Ularni takomillashtirish yollarini ilmiy yondashuvlar asosida izlashga turtki berdi.

XX asming 30-yillari o'rtalaridan boshlab o'zbek cholg'ularini tizimli tarzda takomillahtirish ishlari boshlandi. 1940-yili San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi eksperimental-tajriba laboratoriyasida 0'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor A.I.Petrosyans rahbarligida bir guruh soz ustalari -Usta Usmon Zufarov, V.A.Romanchenko, S.Y.Didenko, A.A.Kexvoyans, X.Muhiddinov, N.Ryuxin, A.Abdug'afforov, B.B.Andreyevlaming ijodiy izlanishlari va tajribalariga tayanilgan holda dutor, tanbur singari ko'plab cholg'ular modernizatsiya qilinadi, prima rubobi yaratiladi.

Yangi musiqiy cholg'ular qatorida prima rubobi ham dastlab A.I.Petrosyans rahbarligida Toshkentdagi musiqa bilim yurtining o'quv cholg'u orkestrida sinovdan o'tkazildi. 0'sha paytdagi 0'zbekiston davlat filarmoniyasining o'zbek xalq cholg'ulari orkestri bu borada chinakam tajribaxona vazifasini o'tadi. Shunday qilib, takomillashtirilgan o'zbek xalq cholg'ulari, shu jumladan prima rubobi ham O'zbekiston davlat filarmoniyasining yangi turdagi orkestridan munosib o'rin egalladi.

Rubob prima xalq cholg'ulari orkestridagi mizrobli va chertma torli cholg'ular guruhining ijro qilish imkoniyati, mahoratini, ovozini sezilarli darajada oshiradi. Badiiy va ijrochilik jihatidan juda katta imkoniyatlarga ega boyiganligi sababli rubob prima sozida jahon musiqasining klassik namunalarini, taniqli bastakorlarning asarlarini, o'zbek xalq kuylarini, O'zbekiston bastakorlari yaratgan murakkab yirik asarlami ham yuksak mahorat bilan ijro etish mumkin. Albatta, bunday asarlarni ijro etish uchun to'g'ri pozitsiya va applikaturalardan foydalanish zarur. So'zimiz davomida pozitsiya va applikaturalarning nima ekanligi va qanday qo'llash zarur ekanligini to'liq ma'lumot beriladi.

Pozitsiya deb musiqa cholg'usi dastasida barmoqlarni to'g'ri joylashuvi holatiga aytiladi. Rubob prima cholg'usida esa chap qo'lni cholg'u dastasi bo'ylab surmasdan, ma'lum bir tovush qatorni chalish imkoniyatini beradigan holatga aytiladi. Pozitsiyaning joylanishi chap qo'lning birinchi barmog'i va yuqori xarrak (porojek) masofa bilan belgilanadi. Bu masofaning o'zgarishi o'z navbatida pozitsiyaning o'zgarishiga olib keladi. Pozitsiyaning o'rganishning yana foydali taraflari quyidagilardan iborat:

1. Nota matniga qarab ijro etishga yordam beradi;

2. Jadal tezlikdagi ijroda qulayliklar yaratadi;

3. O'ng qo'l usul va uslublaridan to'g'ri foydalanish imkonini beradi;

4. Cholg'uning hamma registridagi tovushlardan bir xilda foydalanishga yordam beradi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

O'zbek xalq cholg'ulari qashqar rubob, afg'on rubob, dutor kabi cholg'ularga nisbatan rubob prima cholg'usida pozitsiya bir muncha ahamiyatliroq. Chunki rubob prima cholg'usining ijro diapozoni kattaligi, torlarning barchasi metalldan ishlanganligi, ularning kvinta intervali bo'yicha sozlanishi cholg'u dastasining hohlagan qismida tordan - torga o'tib ijro etish imkoniyatini beradi. Bu esa avvalo, cholg'uni yaxshi bilish, uning barcha qismlari qanday imkoniyatlarga ega ekanligini puxta va mukammal o'zlashtirish sozandaning eng asosiy maqsadi bo'lishi kerak. Pozitsiyalar va ularni almashtirish usullarini yaxshi o'zlashtirishni talab etadi. Bunday ko'nikmalar esa ijrochiga torlardagi notalar joylashuvini yaxshi o'zlashtirish, nota o'qish va ijro mahoratini o'stirishga yordam beradi.

Rubob prima dastasida bajariladigan chap qo'l harakatlarining hammasini nazariy va ilrniy jihatdan aniq, to'g'ri anglagan holda o'rganish eng murakkab masalalardan biri. Albatta, bu o'rinda pozitsiyalarning ahamiyati juda muhum va ular to'g'risida kengroq ma'lumotga ega bo'lish maqsadga muvofiq. Pozitsiya chap qo'l barmoqlarining cholg'u dastasida joylashish holatlari bo'lib, ular yozuvda I, II, III va hokazo rim raqamlari bilan belgilanadi. Pozitsiyalar birinchi barmoqning qo'yilgan o'rni bilan aniqlanadi, lekin, muayyan pozitsiyada barmoqlar xar xil qo'yilishi mumkin. Rubob prima cholg'usida pozitsiya chap qol birinchi barmog'ining shayton harrakga nisbatan joylashishiga qarab aniqlanadi. Keying pozitsiyalar esa o'z navbatida o'zidan oldingi pozitsiyadan yarim yoki bir ton yuqoriga siljish natijasida hosil bo'ladi. Rubob prima cholg'usida o'n bitta pozitsiya va yarim pozitsiya mavjud asosan, rubob primada torlar bo'yicha yettita pozitsiya ishlatiladi.

«V EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,

Jk ^ PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center

IF = 8.165

www.in-academy.uz

Pozitsiyalarni o'rganishda bir pozitsiyada ijro etilishi mumkin bo'lgan kichik hajmdagi kuylardan foydalanish mumkin. O'quvchi har bir pozitsiyani alohida o'rganib bo'lganidan so'ng, pozitsiya almashinuvi bo'lgan musiqa asarlari, etyudlar, mashqlar va gammalarni o'rganishda asta sekin o'tib boriladi.

Pozitsiya almashinuvi rubob prima cholg'usida ijrochilik san'atinining eng murakkab qismlaridan biri bo'lib, bunga ta'lim jarayonida katta e'tibor bilan qarash zarur. Pozitsiya almashinuvini ko'nikmasini hosil qilish o'quvchida turlicha ketishi mumkin, lekin shuni unutmaslik kerakki, pozitsiyalarning har bir almashinuvi ko'zlangan maqsadga, ya'ni musiqiy fikrning to'g'ri va aniq yaratilishiga bo'ysundirilishi lozim.

Pozitsiya almashinuvi deb, chap qo'lning dasta bo'ylab, ma'lum bir masofaga surulishiga aytiladi. Pozitsiya almashinuvining ikki xil turi bor:

1. Dasta bo'ylab yuqoriga

2. Dasta bo'ylab pastga

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

Bu yerda "yuqori" so'zi tovushning balandligiga nisbatan ishlatilgan bo'lib, tovush qanchalik yuqori tomon harakatlansa, chap qo'l ham shu yo'nalishda dasta bo'ylab suriladi, ya'ni qo'l cholg'u xarragi tomon harakatlanadi.

Rubob prima cholg'usida ham pozitsiyalarning turli almashtirish usullari mavjud.

a) ochiq torlar qo'llanib almashtirish;

b) bir barmoq bilan boshlab shu barmoq bilan boshqa pozitsiyaga o'tish; d) bir barmoq bilan boshlab boshqa barmoq bilan o'tish;

Har bir pozitsiyada quyidagi pozitsiyalarni almashtirish usullarini ishlatish mumkin. Shunday mohir sozandalar borki ularning pozitsiya, barmoq almashtirayotganini eshitib turganingizda sezmay qolasiz. Bu mahorat ham tinimsiz mehnat talab qiladi. Albatta, pozitsiya almashtirish kuyning badiiy qismini ochib berish uchun hizmat qilmog'i darkor.

Pozitsiyalar almashinuviga I, II, III pozitsiyalari almashinuvini misol qilib olsak bo'ladi. Yuqoriga o'tishlarda (masalan, I-dan, II-dan yoki III-pozitsiyaga) quyidagi barmoqlar birikmasi hosil bo'lishi mumkin:

1) 0 - 1;

2) 1 - 1;

3) 1 - 2;

4) 2 - 1;

0 - 2; 2 - 2; 1 - 3; 3 - 2;

0 - 3

3 - 3

1 - 4

4 - 3

0 - 4; 4 - 4;

2 - 3;

3 - 1;

2 - 4; 3 - 4; 4 - 1; 4 - 2;

(Pastga o'tishlarda ketma - ketlik orqaga qaytariladi)

Ya'ni dastlabki pozitsiyadagi har bir barmoq (yoki ochiq tor) keying pozitsiyadagi har bir barmoq bilan ulanishi.

Birinchi qatordagi o'tishlardan tashqari, qolgan hamma o'tishlar tor ustida barmoqlar sirg'alishining har xil turlari orqali amalga oshiriladi.

O'tishlarning to'rt ko'rinishi 1) O'tishlarning eng oddiy ko'rinishlari ochiq tor sadolanib turgan vaqtda amalga oshiriladi. Qo'l batamom silliqlik bilan bir pozitsiyadan boshqasiga joyini o'zgartiradi. Bosh barmoq grif sheykasi (grifning orqa qismi) bo'ylab sirg'anadi.

2) Bitta va o'sha barmoqning sirg'alishi orqali amalga oshiriladigan o'tishlar. Boshlanishida sirg'alishlar silliq, lekin oxirida bir muncha tezlashgan bo'lishi kerak. O'tish vaqtida sirg'alayotgan barmoq "erkin" bo'lishi zarur, o'z bosimini bir muncha kuchsizlantirishi, shu bilan birga, torni sezishni yo'qotmasligi kerak.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

3) Pastki yotgan barmoqdan yuqoriga yotgan barmoqqa o'tishlar (va orqaga) keying pozitsiyadagi birinchi nota yuqoriga yotgan barmoqlarning bittasi bilan olinadi. Dastlabki pozitsiyadagi oxirgi notani olayotgan barmoq tor ustida yangi pozitsiyagacha sirg'aladi, yangi pozitsiyadagi notani olayotgan barmoq esa o'z o'rniga aniq tushadi. Sirg'altirish silliq bo'lishi kerak; o'tish vaqtida sirg'alayotgan barmoq tor ustida o'z bosimini kuchsizlantiradi.

4) Yuqorigi yotgan barmoqdan pastki yotgan barmoqqa o'tishda (va orqaga) - keying pozitsiyadagi birinchi nota dastlabki pozitsiyaning oxirgi notasidan ko'ra ancha pastki barmoq bilan olinadi.

12=1 21=2 23=2 32=3 34=3 43=4

Yuqorigayo'naltirishda: o'tish uchun sirg'altirish vaqtida bir barmoq boshqa barmoq bilan joy almashishi yuz beradi.

Pastgayo'naltirishda: dastlabki barmoq sirg'aladi, keying pozitsiya barmog'i esa to'g'ridan - to'g'ri o'z-o'zniga aniq tushadi. Sirg'alish vaqtida dastlabki barmoq tor ustida o'z bosimini kuchsizlantiradi.

O'tishlar butunlay qo'l orqali amalga oshiriladi. Biroq juda kop silliqlikka va tekis ulashga erishish uchun (masalan, kantilena ijrosida) o'tishlarni ohista bajarishni onsonlashtiradigan navbatdagi usulni qo'llash maqsad qilinadi: pastki yotgan pozitsiyaning ohirgi notasini (yoki notalar guruhini) ijro etilayotgan vaqtda qo'l kisti (qo'lning panja qismi) rubob priamaning bo'yin qismiga biroz yaqinlashadi va aynan shu bilan pozitsiya suriladi. Pastki yotgan pozitsiyalarga o'tishda aksi yuz beradi: kist uzoqlashadi, bosh barmoq ancha pastki pozitsiyaga o'tadi.

L. Mozart, pozitsiya o'zgartirish masalasiga katta e'tibor qaratib, shunday deb yozgan edi: "Pastga harakatda iloji bor va onson holatni kutgin, shundagina tinglovchilar bilmaslar. Agar siz ochiq tor bilan ijro qilishni kutib tursangiz bunday holat qulay va bu kuyni ijro qilganda, pastga tushish juda osondir. "

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

So'z so'ngida xulosa qilib aytsak pozitsiyalar yuqoridagi kabi o'zlashtirishga eng muhim jihatlardan biri bu torlarni yaxshi his qilish, barmoqlarni dasta bo'ylab silliq sura olish, yuqoriga yoki pastga harakatlanganda barmoqlarning ravon almashinishi kabi ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirishdir. Pozitsiyalar almashinuvining yaxshi amalga oshishi ijrochi ijro texnikasining yuqori bo'lishiga olib keladi.

References:

1. O. Akbarov "Pedagogik amaliyot" Toshkent "Istiqlol" - 2005

2. N. Sharipov "Rubob prima uslubiyoti" Toshkent 1992

3. N. Sharipov "Rubob prima " Toshkent 2003

4. A. Gachbakarov "Rubob prima cholg'u ijrochiligi" Toshkent "Musiqa" 2015

5. R. Abdullayev "Rubob prima sadolari" Toshkent "Turon zamin ziyo" 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.