Научная статья на тему 'РОЛЬ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ'

РОЛЬ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
247
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ПОСЛОВИЦЫ / КНИГИ / ФОЛЬКЛОР / ШКОЛА / ПЕДАГОГИКА / ПСИХОЛОГИЯ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Маллабаева Н. С.

В данной статье дается обзор роли народных пословиц в развитии человеческих качеств учащихся.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РОЛЬ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ»

РОЛЬ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ

N.S. Mallabaeyva1

Аннотация

В данной статье дается обзор роли народных пословиц в развитии человеческих качеств учащихся.

Ключевые слова: пословицы, книги, фольклор, школа, педагогика, психология.

Mustaqil O'zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol intellektual salohiyatga ega bo'lgan yosh avlodni tarbiyalashga bog'liq. O'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan ko'' asrlar mobaynida yaratib kelingan ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim vazifa bo'lib qoldi. Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'z ma'ruzalarida quyidagicha fikr bildirganlar."Xalqimiz tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosning o'zi bir xazina.Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim". Zero ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarda xalqimizga xos bo'lgan insonning axloqiy ruhiy kamolot masalasi yetakchi o'rin tutadi. Insoniyat yaratgan ma'naviy boyliklar bisotida donishmandlarning 'and-nasihatlari va o'gitlari, tarbiya haqidagi fikrlari alohida o'rin egallaydi.

Yosh avlodni tarbiyalash, ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish va kamolga yetkazish muammolari doimo hukumat diqqat markazida turadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'zining "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" nomli asarida shunday deydi: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz."[1.14]

Jamiyat taraqqiy etgan sari ma'naviy madaniyatining shakli, qamrovi, ta'sir kuchi ham o'zgarib boradi. Bunday o'sishni jamiyat rivojlanishining tezlashishi, ijtimoiy munosabatlarning holati talab etadi. Jamiyat taraqqiyotining obyektiv talabiga binoan tarixiy jarayonda shaxs ma'naviy o'sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga nisbatan tezroq amalga oshishi kerak. Zotan muayyan davrning ma'naviy madaniyatda, har bir ijtimoiy xodisada bo'lgani singari, uning qoloq tomonlari va ayni vaqtda shu davrning umumiy tafakkur darajasidan o'zib ketadigan ilg'or fikrlar, qarashlar va nazariyalar ham bo'ladi. Ma'naviy madaniyatning davr talab-ehtiyojlariga bog'liqligi dialektik jarayon bo'lib, u ichki ziddiyatlariga ega bo'lgani holda, uning asosiy belgilari insonning ichki va tashqi dunyosida namoyon bo'ladi. Shaxsning ichki ma'naviy dunyosi ma'naviy ehtiyoj, ma'naviy qiziqishi, ma'naviy faoliyat va ma'naviy qadriyat kabi kabi asosiy belgilar tiz-imidan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liqdir. [2.37]

Maqollar xalq og'zaki ijodining eng ko'p tarqalgan janridir. Maqollar xalqning hayoti, aql-farosati, turmush tajribasi, kurasi, mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilgan, maqollar yengil, ravon va jonli tilda yaratilgan bo'lib, ularda xalqning turmush tajribasida tasdiqlangan chuqur ma'noli fikrlar ixcham obrazli qilib beriladi. Shuning uchun ham maqol bir aytishdayoq yodda qoladi.

Maqollar o'quvchilar og'zaki nutqini o'stiradi, so'z boyligini orttiradi. Maqollar xalqning u yoki bu masala yuzasidan chiqargan hukmini bolalar ongiga yetkazishda o'qituvchiga yordam beruvchi vositalardandir. Xalq maqollarining ma'nosi, tuzilishi va uning shakli bilan o'quvchilarni tanishtirib borish ta'lim-tarbiya samaradorligini oshiradi. Maqollarni o'rganishda og'zaki bayon etish, suhbat, og'zaki va yozma mashq ishlash metodlaridan unumli foydalaniladi.

Маллабаева Назира Солижановна - преподаватель школБ № 51 г. Наманган, Узбекистан

YneHbiH XXI BeKa • 2020 • № 1 (60)

Yusuf Xos Hojib, Amad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar bazan aynan, bazan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Tariximizda hatto maqolga maxsus, agar ta'bir joiz bo'lsa, folkloristik nuqtayi nazardan, garchi epizodik xarakterda bo'lsada, munosabatda bo'lingan hollarga ham duch kelamiz. XI asrning ulkan tilshunos olimi, folklorshunos va etnograf Mahmud Qoshg'ariyning to'plovchilik faoliyati va uning "Devoni lug' otit turk" asari bunga yorqin misol bo'la oladi. "Devon"da turli munosabatlar bilan turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan 400 ga yaqin maqol va matallar ham keltiriladiki, ularning aksariyati bugun ham ayrim o'zgarishlar bilan tilimizda muvaffaqiyatli ravishda ishlatilmoqda.

Xalq maqollari mukammal badiiy ijod namunasi sifatida adabiyotshunoslar, folklorshunoslar tomonidan o'rganilgan. Olimlar qadimgi shohlardan Abos Safoviy amri bilan maqol va matallarimiz bir joyga jamlangani haqida ma'lumot beradilar. Afsuski, bu majmua bugungi kunda yo'qolgan. O'tgan asrda o'nlab maqollar to'plami e'lon qilindi. "O'zbekcha otalar so'zi" (1924), "Maqollar va Hikmatli so'zlar" (1939), "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" (1947), "O'zbek xalq maqollari" (1978), "O'zbek xalq maqollari" (2 jildlik, 1987-1988) kabilar shular jumlasidandir. Ularni to'plash, nashrga tayyorlash, tadqiq etishda avval Xodi Zarifov, Buyuk Karimov, G'ozi Olim Yunusov, G'ulom Zafariy; keyinchalik Oxunjon Sobirov, Zubayda Xusaynova, G'ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To'ra Mirzaev, Bahodir Sarimsoqov, Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov kabi olimlar munosib Hissa qo'shdilar. [3.34]

Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xilligi, iboralarning turg'unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi.

Mahlumki, xalqimiz marhumlarga alohida hurmat ko'rsatadi. Tirikligida qanchalik yomon bo'lishmasin, ular haqida yomon so'z aytishdan, garchi to'g'ri bo'lsa ham, tiyiladi. Maqolda esa bunday kishilarning azasiga ham kishilar istar-istamas kelishi, tilida aytmasa ham, dilida ularning aslida kim bo'lganini unutmasligi o'z ifodasini topgan. Bunday qathiy hukmda o'ziga xos ogohlantirish holati tasviriangan.

Ko'pni yomonlagan ko'milar.

Bu yerda halok bo'lar, el nazaridan qolar degan mahno ifodalangan.

Hisoblashgan do'st emas.

Bahzi kishilar arzimas xizmatlarini ham do'stga minnat qilishadi. Bu yerda so'z o'sha haqda ketmoda.

Hisobli do'st ayrilmas.

Bu maqolda esa do'st kishi do'stning yaxshiliklarini unutmasligi, doimo yodda-tutishi kerak, degan mahno ifodalanmoqda.

Maqollarning jonli jarayonda, vaziyatga qarab qo'llanilishidan bahzi maqollar misralar o'rni almashgan holda mavzularda takrorlangan. Ana shu qatorlar almashuvi, hatto so'zlar, iboralarning o'rin almashuvida ham mahno o'zgachaligi yuzaga keladi. Masalan, so'z isrofgar xotin haqida ketayotgan bo'lsa, maqolni "Limcha mulla - dinning sho'ri, Yomon xotin -unningsho'ri"shaklida, so'z chalasavod din vakili haqida ketayotgan bo'lsa, uni "Yomon xotin - unning sho'ri, Limcha mulla - dinning sho'ri" shaklida qo'llaydilar. Bunday holatlarda mahno urg'usi, odatda, ikkinchi misraga tushadi.

Shuningdek, bunday maqollar tarixan turli-tuman munosabatlarni ifodalaganligini, tilimizda asrlar davomida ishlatilib kelinib, bugungi kunda esa, asosan, ko'chma mahnoda qo'llanishini ham unutmaslik kerak. [4.4-6]

Farzand dunyodagi har bir ota-ona uchunengqadrli, eng bebaho ne'mat sanaladi. Ayniqsa, bolajon xalqimiz bag'rini bolasiz tasavvur etish qiyin. Ko'rar-ko'zim, shirin so'zim, deya erkalab, uning boshini mehr bilan silab, borlig'ini baxshida etadi. Bola bir nihol bo'lsa, bog'bon ota va ona, bog'esa oiladir. Bog'dagi nihollarning o'sib, yashnashi, shirin mevalar berishibog'bonning mahoratiga, mehnatiga bog'liq bo'lgani kabi oiladagi o'g'il-qizlarning har jihatdan sog'lom rivojlanishi, unib-o'sib kamolotga yetishida ota-onaning o'rni va roli benihoya kattadir. "Qush uyasida ko'rganini qiladi", deganlaridek, oiladagi sog'lom muhit, ota-onaning bir-biriga bo'lgan munosabati, bola ongiga, uning tarbiyasiga asta-asta o'z ta'sirini ko'rsata boshlaydi.

Yuqorida xalq og'zaki ijodi namunalaridan bo'lmish maqol janridan foydalanib

barkamol avlod tarbiyasini takomillashtirish mumkin:

1.Bolalarda maqollar asosida dunyo va jamiyat to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar shakllantirish.

2. Maqollar orqali o'zini anglashni, vatani taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish.

3. O'zbek xalq maqollari o'rganishga bo'lgan qiziqtirish orqali yoshlarni umumin-soniy qadriyatlarga jalb etish, ular orasida mana shu qadriyatlarga mos bo'lgan xulqni shakllantirish.

4.O'sib kelayotgan kelajak avlodda, shaxs xususiyatlari sifatida xalq og'zaki ijodi namunalaridan o'rganish orqali "ijodkorlik"ni shakllantirish.

Insonda sog'lom ehtiyojlarning shakllanishiga, o'z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, uning asl insoniy mavjudligini ta'minlashga xizmat qiladigan aqliy va hissiy muhit, falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlar, me'yorlar, ideallar hamda ijodiy faoliyatning o'zaro mushtarakligi - bu ma'naviyatdir. Ehtiyojlar yuksalishi va ma'naviyat rivojlanishi o'zaro chambarchas bog'liq. Ehtiyojlar yuksalsa, ma'naviyat rivojlanadi, rivojlangan ma'naviyat esa yuksak ehtiyojlarni taqozo etadi. Rivojlangan ma'naviyat - bu qondirilgan ehtiyojdir va ayni paytda avvalgi ehtiyojga nisbatan yuksakroq yangi ehtiyojning tug'ilishidir[5.40].

Yuqorida bayon etilgan didaktik qarashlarning turli jihatlarida innovatsiyalar yuzaga kelishi va shakllanishi imkoniyatlarini chuqur muhokama qilish kabi, ushbu ma-salada tarbiya tizimini falsafiy va texnologik jihatlarda ko'rib chiqishda tarbiyaviy inno-vatsiyalarni qo'llash tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent.: O'zbekiston, 2016. - B.14.

2. Saifnazarov I. Tarbiya, odob va oqibat-Toshkent: O'zbekiston, 1991.-Б. 37.

3. Мадаев О., Собитова Т. Халк; огзаки поэтик ижоди. Т.: "Шар;" 2001, 34-бет.

4. Узбек хал; ма;оллари. Т.: "Шар;". 2005. 4-6-бетлар.

5. Erkayev A. Ma'naviyat va taraqqiyot.-Toshkent: Ma'naviyat, 2017. - B. 40

© N.S. Mallabaeyva, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.