ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)
УДК 355/359
М.У. Хайдаров
РЕСУРСЫ ЭЛЕКТРОННОГО ОБУЧЕНИЯ И ИХ РОЛЬ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДОПРИЗЫВНОГО ВОЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В этой статье рассматриваются ресурсы электронного обучения и их роль в повышении эффективности допризывного военного образования.
Ключевые слова: электронная информация, электронная библиотека, информационный ресурсный центр, электронные учебные ресурсы, виртуальные стенды, анимационные программы.
Elektron shakldagi axborotlarni yaratish, saqlash, qidirish va ularni iste ' molchilarga yetkazib berish kundan kunga murakkablashib bormoqda. Axborotlardan foydalanuvchilar kerakli axborotlarni tezlikda qidirib topish va o'zlariga maqbul shaklda bu axborotlarga ega bo'lishni xohlasalar, axborot yaratuvchilar esa o'zlarining mualliflik huquqlarining himoya qilinishini istaydilar. Bugungi kunda, elektron shaklda yaratilayotgan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ma'ruzalar matnlarini kataloglashtirish zarurati tug'ildi. Yaratilayotgan elektron kutubxonalar uchun elektron katalog yaratish muammosi va elektron katalog bazasiga kiritilayotgan metama'lumotlar tarkibini va formatini aniqlash dolzarb vazifalar qatorida turibdi. Axborot resurs markazlari tomonidan yaratilayotgan elektron kutubxonalarning birlashmasidan "korporativ elektron kutubxonalar" paydo bo'lmoqda. Ana shunday korporativ elektron kutubxonalar ma'lumotlar bazasini shakllantirishda ma'lum bir qoidalarga amal qilish talab qilinadi, zero turlicha tartib qoidalarga asoslanish shakllantirilgan elektron kutubxonalar bazasidan birgalikda foydalanishda ma'lum bir murakkabliklar tug'ilishi mumkin. Demak, kitoblarni, barcha turdagi qo'llanlamarni, shuningdek mamlakatimizdagi elektron hujjatlarga doir qonun resurslarini yaratishda elektron katalogi ko'rinishdagi ma'l u-motlar bazasi axborot resurs markazlarida ma'lumotlar bazasini shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan- texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o'tish talablari ta'lim strategiyasini o'zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta'lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o'qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta'lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta'lim turlarining paydo bo'lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ulaming malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta'lim tizimining yillar davomida shakllangan an'anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o'zlashtirish ko'nikmalarini hosil qilish uchun harbiy ta'lim yo'nalishi talabalarini o'qitish usullarini tubdan yangi pog'onaga qo'tarish zarurati davr talabi bo'lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur'atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta'lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o'ynashi muqarrardir.
Hozirgi kunda sinovdan o'tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo'shilgan elektron ta'lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg'ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg'ulotlarini o'zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir.
Elektron ta'lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalaming olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish, balki ko'rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g'oya va mazmunini chuqur anglab yetishlariga samarali yordam beradi. Elektron ta'lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish kerak bo'ladi:
—о quv materiallarga qo yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish; —animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25— 30 minutdan oshirmaslik; —namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o'qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;
—namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
—o'qitish nalijalarini baholash mezonlarini aniqlash.
© М.У. Хайдаров, 2020.
Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)
ISSN 2223-4047
Ma'lumki, o'quv jarayonida qo'llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo'linib, ulardan eng muhimi kompyuter texnikasi vositalari yordamida o'qitishdir. Shundan kelib chiqib, elektron darslik, virtual stendlarga qo'yilgan talablarni inobatga olgan holda, harbiy sohaga doir ma'ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlarni elektron variantda ishlab chiqib, foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois harbiy ta'lim jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish va harbiy ta'limning sifat-samaradorligini oshirish, intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari yordamida o'quv fanlarini shakllantirish chora-tadbirlari ko'rilmoqda.
Ma'lumki, chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'quv fanlarining aksariyat qismini amaliy o'quv mashg'ulotlari tashkil etadi. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fanlaridan faqatgina adabiyotlar, o'quv plakatlaridan foydalanish talabalarning qurol-aslahalar, harbiy texnika bilan ishlash ko'nikmalarini to'la o'zlashtirish imkoniyatini bermasligi ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi. Shuning uchun zamonaviy axborot texnologiyalari amaliy mashg'ulotlarining samaradorligini oshirish, chaqiriqqacha harbiy ta'lim sifat darajasini zamon talablari darajasiga ko'tarish Respublika Qurolli Kuchlari safiga harbiy bilim sirlarini mukammal egallagan, intellektual salohiyatga ega milliy kadrlarni yetkazib berishda muhim ahamiyatga kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so'ng yetarli intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan harbiy kadrlarni tarbiyalashda harbiy o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish masalasini keltirib chiqardi. Mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jihatdan eskirgan, to'liq an'anaviy (bosma) usulda nashr etilayotgan o'quv adabiyotlar, harbiy o'quv asboblar va o'quv materiallarini bayon etadigan plakatlarning ma'lum bir qismi mavjud ijtimoiy talablarni to'la qondirish imkoniga ega emas. O'quv jarayonida foydalanishga mo'ljallangan qator elektron ta'lim resurslari mavjud.
Elektron o'quv qo'llanmalar - muayyan fan, o'quv predmeti bo'yicha yaratilib, tegishli sohaga oid bilim asoslari to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron qurilmalar - kompyuter, videotexnika, televidenie orqali o'zlashtirish imkoniyatini yaratuvchi texnologik vosita.
Bu turdagi o'quv qo'llanmalari quyidagi afzalliklarga ega:
1) katta hajmdagi axborotning qulay saqlash imkoniyatining mavjudligi;
2) ma'lum talaba va o'quvchiga tezda moslashtirish tizimiga egalik;
3) o'quv qo'llanmasining oson ommalashtirish (to'ldirish va tarqatish) mumkinligi;
4) elektron qo'llanmalarni qidirishda keng imkoniyatning mavjudliga;
5) interfaol mashqlar va testlarni bajarish imkoniyatining yaratilishi;
6) o'quv qo'llanmasining ko'rsatmalilik xususiyatiga egaligi (vizual modellarni tuzish, grafik va audio yozuvli axborotlarni taqdim etishda keng imkoniyatlarning yuzaga kelishi);
7) qulay tarkibiy tuzilma (axborotlarning gipermatnli joylashuv imkoniyati) ga egalik.
Ta'lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etishda mavjud gipermatn, elektron darslik, grafika, multimedia, animatsiya vositalari va ovoz dasturlaridan foydalanish ta'lim tizimi sifat va samaradorligini oshirishda yaxshi samara bermoqda. Shu bilan birga zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligi oshirish borasida elektron ta'lim resurslari yordamida ta'minlanmoqda.
Библиографический список
1. R.Ishmuxamedov, A.Abdukadirov, A.Pardayev. "Ta'limda innivatsion texnologiyalar. Т.: Toshkent, 2014. Fan va ta'limda axborot-Kommunikatsiya texnologiyalari: respublika ilmiy-amaliy Konferensiya materiallari to'plami. Toshkent, 2017.
ХАЙДАРОВ МУЗАФФАР УРМОНОВИЧ - преподаватель, военный факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.