УДК 355/359
Ф.Ш. Жумаев
ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ВНЕДРЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМУ ВОЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В данной статье рассматриваются наиболее перспективные направления внедрения современных информационных технологий в систему военного образования.
Ключевые слова: информационные технологии, технические и дидактические возможности, теоретические знания, единая информационно-образовательная среда, информатизация, проект, электронное учебное пособие, интернет-форумы, чат и конференции.
Chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'quv fanlarini zamon talablari darajasida sifatli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalarining texnik-didaktik imkoniyatlariga tayanish yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga intellektual jihatdan tayyorlashda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Bu esa, qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor vazifa sanalgan bo'lsa, ayni paytda, jamiyatning axborotlashuvi davridagi ustuvorlik ta'lim oluvchilarni o'qishga o'rgatishdan iboratdir. Ta'limning «o'qituvchi -darslik - talaba» shakli «talaba — darslik» shakli bilan o'rni almashishi zarurdir. Ana shu jihatdan olganda pedagoglar o'z zimmalariga, eng avvalo, talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo'llash malakalarini shakllantirishdek muhim vazifalarni olishlari hamda ularni muvaffaqiyatli hal qilishlari lozim. Talabalarning mustaqil ta'lim olishga ko'nikma va malakalarini shakllantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarimuhim vosita hisoblanadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini chaqiriqqacha harbiy ta'lim tizimiga joriy etishning istiqbolli yo'nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
- zamonaviy axborot texnologiyalarining usul va vositalarini o'quv jarayoniga joriy etish;
- ta'lim jarayonlarinida barcha harbiy pedagoglarini axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish;
- o'quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishni tizimli ravishda integratsiyalash;
- chaqiriqqacha harbiy ta'limning yagona axborot-ta'lim muhitini yaratish va rivojlantirish.
Texnologiyalashtirishning yangidan-yangi usul va yo'llari ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarish
sohasi bilanginacheklanib qolmay, balki ta'lim tizimining barcha jabhalarida keng va samarali tarzda foydalanilib kelinmoqda. Respublikamiz Qurolli Kuchlari tizimiga harbiy kadrlarni tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida, harbiy kadrlarni o'qitish jarayonida, zamonaviy axborot texnologiyalarini chaqiriqqacha harbiy ta'lim jarayoniga tatbiq etilishiga ham kundan-kun ehtiyoj oshib bormoqda.
Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida «Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni tashkil qilish va uning metodikasi» fanining «Otish tayyorgarligi» bo'limi bo'yicha tashkil etiladigan amaliy mashg'ulotlarni takomillashtirish, o'quv materiallarini uzamonaviy axborot texnologiyalariishda axborot texnologiyalari xizmatiga tayanish bo'lajak mutaxassislarda kelgusi harbiy-pedagogik hamda ilmiy faoliyatni o'zaro muvofiqlashtirish ko'nikmalarini samarali shakllantirishga yordam beradi. Zero, o'sib kelayotgan yosh avlodni Vatan mudofaasiga muvaffaqiyatli tayyorlash ko'p jihatdan chaqiriqqacha harbiy ta'lim fani o'qituvchilarining harbiy-pedagogik mahorati hamda intellektual salohiyatiga bog'liq.
«Chaqiriqqacha harbiy ta'lim» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Bo'lajak chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarining chuqur bilimli va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo'lishi ma'lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy va amaliy bilimlarning, chaqiriqqacha harbiy ta'lim
© Ф.Ш. Жумаев, 2020.
ISSN 2223-4047
BecmnuK Maeucmpamypu. 2020. № 3-1 (102)
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasini nechog'lik shakllanganiga bog'liqdir.
Talabalarda chaqiriqqacha harbiy ta'lim bo'yicha nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirilishini ta'minlovchi: «Harbiy tarix», «Harbiy topografiya», «Otish tayyorgarligi», «Taktik tayyorgarlik», «Texnik tayyorgarlik» hamda «Fuqaro muhofazasi» kabi mutaxassislik o'quv fanlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Chaqiriqqacha harbiy ta'lim jarayonida ko'rgazmalilik tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etadi. Har bir mashg'ulotda o'rganilayotgan mavzuga oid harbiy texnika (jangovar mashina, tank va boshqalar qurol aslahalar)ning tuzilishi, ulardan foydalanish usullari, shuningdek, harbiy xizmatni o'tash shartlari (safda yurish qoidalari) to'g'risidagi nazariy bilimlarning talabalar ongiga tasviriy lavhalar yoki o'qotar qurollarni bevosita namoyish etish orqali singdirilishi o'zlashtirish darajasining yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Mavjud manbalarni o'rganish va ta'lim amaliyotini kuzamonaviy axborot texnologiyalariish talabalarda harbiy texnika hamda o'qotar qurollarga oid tasavvurlarni to'g'ri shakllantirishda kompyuter texnologiyasi xizmatidan foydalanish metodik jihatdan samarali ekanligi aniqlangan.
Chaqiriqqacha harbiy ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi mavjud muammolarni quyidagi ikki yo'l bilan bartaraf etish mumkin:
1) mutaxassislik fanlari o'qituvchilarida ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirish;
2) o'quv jarayonini yuqori sifatli va mazmunli dasturiy ta'minotini kafolatlash.
Chaqiriqqacha harbiy ta'limni o'qitishda samaradorlikka erishish nafaqat o'qituvchilar, balki talabalar tomonidan ham ta'lim jarayoniga nisbatan zamonaviy hamda texnologik yondashuvni talab etadi. O'quv jarayoni subyektlarida bunday yondashuvni qaror toptirish bir necha shartlar asosida kechadi. Chunonchi:
- barcha o'qituvchilar hamda talabalarning ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarning mohiyati va afzalliklari borasidagi nazariy bilimlardan xabardor bo'lishlariga erishish;
- fan o'qituvchilarida ta'limni yangicha yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ehtiyojning yuzaga kelishini ta'minlash;
- chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchilarida mashg'ulotlarni tashkil etishda noan'anaviy shakl, metod va vositalardan foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish;
- fan o'qituvchilari tomonidan axborot texnologiyalari xizmatidan samarali foydalanishga imkon beruvchi shart-sharoitlarning mavjudligi;
- mashg'ulotlarni (har bir mavzu bo'yicha) muayyan loyiha asosida tashkil etilishiga erishish;
- talabalar tomonidan mavzularning mustaqil ravishda o'qib-o'rganilishi uchun ma'lum imkoniyatlarni yaratish;
- mashg'ulotlar davomida talabalar faoliyatining samaradorlik darajasini doimiy ravishda o'rganib borish, natijalarni tahlil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.
Dars-mashg'ulotlarni olib borishda boshqa fanlardagi kabi ta'lim jarayoni (o'qituvchi faoliyati) va o'zlashtirish jarayoni (talaba faoliyati)dan iborat bo'ladi. Bo'lajak harbiy ta'lim o'qituvchisi o'zining kasbiy vazifalarini bajarish va didaktik materiallarni tayyorlashda kompyuterning imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi lozim. Masalan, «Harbiy topografiya» fanida jang maydonining xaritasini (didaktik materiallar) tayyorlash jarayonini kuzamonaviy axborot texnologiyalariaylik. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim o'qituvchisi talabalar uchun avvaldan elektron xarita andozalarini tayyorlaydi, bunda talabalar taktik mashg'ulotlar davomida olgan harbiy bilimlarini, jumladan, dushmanning joylashuviga qarab qarshi hujum taktikasini xaritaga kiritadilar va ma'lumotlarni qayta ishlaydilar. Bu kabi mashg'ulotlar orqali talabalar kompyuter texnologiyalaridan qulay vosita sifatida foydalanishga o'rganadilar.
Elektron xaritaning muhim xususiyati - ko'rsatkichlarning o'zgarishida mashg'ulotlarga tegishli ma'lumotlarni kiritib, mos ravishda amalga oshirishni ta'minlashi bilan belgilanadi. Bu esa an'anaviy o'qitish metod va usullaridan farqli ravishda mashg'ulot vaqtini tejashdan tashqari moddiy ta'minotlar (qog'oz, qalam, rangli flomaster va hokazolar)ning tejalishiga olib keladi.
Ta'lim jarayonida elektron o'quv qo'llanmalardan ko'rgazmali material sifatida foydalanish pelektron darslikagogga keng imkoniyat yaratib beradi. Ayniqsa, o'quv materialining animatsiyalar shaklida berilishi o'tilayotgan mavzuni o'zlashtirishni engillashtiradi va ko'rgazmalilikni oshirib, talabalarda eslab qolish xususiyatlarini ortadi.
Ma'lumotlar bilan ishlashda talabalar quyidagi malakalarga ega bo'ladilar:
- grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha, nazariy fikrlarni grafik tarzda bayon etish;
- muhokama etilayotgan mavzu bo 'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;
- o'zining o'quv - bilish faoliyatini rejalashtirish. Shunday qilib, harbiy ta'lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari - masofadan turib o'qitishni tashkil etish, internet forum, chat va anjumanlar o'tkazish hamda elektron o'quv qo'llanmalarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron o'quv
qo'llanmalar talabalarning o'quv faolliklarini yuzaga keltiradi. Talabalarda harbiy bilim va ko'nikmalarining shakllanishi o'z navbatida ularni vatanparvarlik ruhida kamolga etishlarini ta'minlaydi.
Библиографический список
1. Листопад Н. И., Воротницкий Ю. И. Электронные средства обучения: состояние, проблемы и перспективы//Высшая школа. — 2008. —№ 6. — 6-14.1 betlar.
ЖУМАЕВ ФУРКАТ ШОДМОНОВИЧ - преподаватель, военный факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.