Научная статья на тему 'RASTOROPSHA – SILYBUM MARIANUM L. NING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI TARKIBI'

RASTOROPSHA – SILYBUM MARIANUM L. NING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

312
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rastoropsha / morfobiologiya / kimyoviy tarkibi / Milk thistle / morphobiology / chemical composition

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Ma’mura Niyozmatjonovna Sodullayeva

Rastaropsha Silybum marianum L. O‘zbekiston sharoitida bir yillik o‘simlik, Asteraceae oilasiga mansub. Rastaropsha vatani Janubiy Yevropa. Rastaropsha yorug‘likka juda sezgir. Yorug‘likning yetishmasligi yoki uning spektral tarkibining keskin o‘zgarishi bilan sut qushqo‘nmas o‘simligi o‘sishni kechiktira boshlaydi, rivojlanishning generativ bosqichiga kirmaydi, buning natijasida urug‘larning mahsuldorligi keskin pasayadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Milk thistle Silybum marianum L. an annual plant in the conditions of Uzbekistan, belongs to the Asteraceae family. Milk thistle is native to Southern Europe. Milk thistle is very sensitive to light. With a lack of light or with a sharp change in its spectral composition, the milk thistle plant begins to retard growth, does not enter the generative phase of development, as a result of which seed productivity sharply decreases.

Текст научной работы на тему «RASTOROPSHA – SILYBUM MARIANUM L. NING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI TARKIBI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

RASTOROPSHA - SILYBUM MARIANUM L. NING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FOYDALI TARKIBI

Ma'mura Niyozmatjonovna Sodullayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Rastaropsha - Silybum marianum L. - O'zbekiston sharoitida bir yillik o'simlik, Asteraceae oilasiga mansub. Rastaropsha vatani Janubiy Yevropa. Rastaropsha yorug'likka juda sezgir. Yorug'likning yetishmasligi yoki uning spektral tarkibining keskin o'zgarishi bilan sut qushqo'nmas o'simligi o'sishni kechiktira boshlaydi, rivojlanishning generativ bosqichiga kirmaydi, buning natijasida urug'larning mahsuldorligi keskin pasayadi

Kalit so'zlar: Rastoropsha, morfobiologiya, kimyoviy tarkibi

ABSTRACT

Milk thistle - Silybum marianum L. - an annual plant in the conditions of Uzbekistan, belongs to the Asteraceae family. Milk thistle is native to Southern Europe. Milk thistle is very sensitive to light. With a lack of light or with a sharp change in its spectral composition, the milk thistle plant begins to retard growth, does not enter the generative phase of development, as a result of which seed productivity sharply decreases.

Keywords: Milk thistle, morphobiology, chemical composition.

Kirish. Hozirgi vaqtda rastoropsha o'simligi Rossiyaning Krasnodar o'lkasida, Povolje va Moskva viloyatlarida yetishtiriladi. Ozarbayjon tuproq-iqlim sharoitlarida ham muvaffaqiyatli sinalgan. Mahsulotning ayrim qismi eksport qilinadi. Farmatsevtik nuqtai nazardan rastoropshaning dorivorlik xom ashyosi uning to'la pishish davrida yig'ilgan mevalari hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham ushbu o'simlik dorivor ekin sifatida yetishtiriladi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Farmatsevtik nuqtai nazardan rastoropshaning dorivorlik hom ashyosi uning to'la pishish davrida yig'ilgan mevalari hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham ushbu o'simlik dorivor ekin sifatida yetishtiriladi.

Poyasi - to'g'ri yoki shoxlangan, burushiq, silindrsimon, yalang'och yoki yuzasi unsimon qoplama bilan qoplangan kuchsiz

October 5-6

294

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

to'rsimon-tukli, balandligi 1-1,5 m. Uning faol o'sishi shonalash fazasiga to'g'ri keladi.

Barglari - o'tkir tishli parraklarga ega, parsimon-parraknamo yoki parsimon-ajralgan ko'rinishda, yashil, yaltiroq, katta oq dog'larga ega; barglarining rozetkasi -bandli, yotiq-poyasimon, asosiy poyani o'rab turadi. Pastdagi barglar yirik, uzunligi 80 sm gacha, eni 30 sm gacha, rozetkalarga yig'ilgan, to'lqinsimon, o'simlik katta meduzani eslatadi Barglari ildiz bo'g'zida joylashgan yoki ostki poya barglari barg bandi bilan o'ralgan, qolganlari bandsiz, poyani o'rab turadi, uzunlashgan yoki uzun-ovalsimon, eng yuqoridagilari lansetsimon, keng-patsimon yoki keng-patsimon qirqilgan, chekkalari o'yiq tishsimon, tishli, u ustki tomondan tikonlar bilan qoplangan, tikonlari atrofi oq dog'lar bilan qoplangan, yorqin rangda.

To'pguli - diametri 3-6 sm bo'lgan savatcha, cho'zinchoq, ko'pincha sharsimon, novda va shoxchalarning uchida bir donali. O'rami cherepitsali, ignali yoki o'tkir yashil bargchalardan iborat. Gulo'rni yassi, etli. To'pgulda 80 dan 100 tagacha gullar shakllanadi. Bu gulchalarning hayoti 2 kun. Gul savatchalari o'rtacha kattalikda yoki yirik, uzunligi 3-6 sm, uzunchoq, ko'proq sharsimon, ingichka gulpoyada yakka joylashgan; savatcha bargchalari kuchsiz tuklangan yoki silliq, ustma-ust joylashgan; chetki va o'rta bargchalari savatcha asosiga birikkan, ustki bargchalari uzunlashgan, uchki qismi uzun tikon bilan qoplangan, chetlari qattiq va ular 4-6 tikonchalar bilan ta'minlangan; gullari ko'p sonli, pushti, siyohrang yoki oq rangda.

Gullari - naysimon, binafsharang, pushti rang, kamdan-kam xolatda oq. Bitta to'pgulning gullashi o'rtacha 2-6 kun davom etadi. To'pgulda gullarning joylashuvi -markazdan tarqalishi kuzatiladi. Uning xushbo'yi xidi asal-yasminli, muattar. Rastoropsha uchun gulchangi shamol yordamida tarqalishi xos emas. Germaniyada maxsus o'tkazilgan tajribalarga muvofiq, changlanishdan 2 soat o'tgach, to'pguldagi gullarning 25% da meva tuguladi va 90-100 % mevalarni o'z-o'zidan changlanish ta'minlaydi. Urug'lari uzunligi 7 mm gacha, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, to'q-jigarrang yoki qora, uzun chiziqli yoki oqmarmar-dog'li. Hidsiz. Ta'mi bir oz achchiqroq .

Mevasi - urug'chalari kokilli, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina yapaloq, tuksiz, yaltiroq, to'q jigarrang yoki qora, uzun-uzun cho'zinchoq qo'ng'irsimon dog'larga ega. Urug'chalarda gulkosaning qo'shimchalaridan shakllangan uchar kokilchalar ularni shamol yordamida ko'chishiga yordam beradi. Aniqlanishicha, bir to'pguldagi urug'chalarning og'irligi

October 5-6

295

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

o'zlarining qobiq massasi bilan deyarli tengdir (r = +0,998) 1,8 - 2,0 mm bo'lgan mevalarda qobiqning massasiga umumiy og'irlikning 47,94%; 2,0 - 2,2 mm bo'lgan urug'chalarnikiga esa - 45,67%. Urug'chalarning qobiqlari 95% ga flavolignanlarga boydir. Generativ davr o'rtacha kunlik harorat yuqori bo'lgan iyul-avgust oylarida o'tadi. Shonalashdan gullashgacha bo'lgan davr eng qisqasidir (4-8 kun). Qoidaga ko'ra, bu hodisa kun davomiyligi 17 soat bo'lganida, havo harorati yuqori va yog'inlar miqdori kam bo'lganda sodir bo'ladi. Gullashning boshlanishidan mevalarni yoppasiga yetilishigacha 20-40 kun o'tadi. Rastoropshaning urug'lari +810 0C haroratda unib chiqadi, optimal harorat +20 0C, minimal harorat -10 0C hisoblanadi.

Xulosalar. Yetilgan urug'larning laboratoriya unuvchanligi 90% dan oshadi, dala unuvchanligi - 70-80%. Qurg'oqchilik va issiq bo'lgan yillarda rastoropsha urug'larining unib chiqishi, sovuq va nam bo'lgan yillarga qaraganda, ikki barobar tezrok va bir vaqtning o'zida sodir bo'ladi. Maysalar, -5 0C gacha bo'lgan qisqa muddatli havo haroratining pasayishini yaxshi o'tkazadilar. Rastoropshani sovuq davri 150 kundan ko'p bo'lmagan, barcha hududlarda yetishtirish mumkin. Biologik o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra, rastoropsha joy tanlamaydigan mo'tadil iqlimga mos o'simlikdir.

REFERENCES

1. Биологические особенности и распространение перспективных лекарственных растений //Под редакцией Т.А.Адылова. - Ташкент: Фан, 1981.

2. Растительные ресурсы России: Дикорастущие цветковые растения, их компонентный состав и биологическая активность. Под редакцией А.Л.Буданцева. Т.5. М.: Товарищество научных изданий КМК, 2013. - 312 с.

3. Хожиматов К.Х., Хожиматов О.К. Собиров У.А. Сборник правил пользования объектами лекарственных, пищевых и технических растений. Ташкент: «Янги аср авлоди», 2009. - 171 с.

158 с.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.