Научная статья на тему 'NOK VA UNING ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH'

NOK VA UNING ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
621
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalmaraz / parsha / askomitset / konidiofora / xlorotik / kleystotetsiy / dxotomik / fungitsid.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Hosilova Nilufar, Mirzahamdamova Shohsanam

Ushbu maqolani yozishdan maqsad nok o’simligining qishloq xo’jaligidagi va tabobatdagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda, uning kalmaraz (qo’tir, parsha) kasalligi va unga qarshi agrotexnik va sanitariya tadbirlari va kimyoviy kurash choralarini tadbiq qilishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOK VA UNING ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES | (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. NOK VA UNING ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH.

Hosilova Nilufar

ToshDAU "O'simliklar himoyasi, agrakimyo va tuproqshunoshlik fakulteti

3-bosqich talabasi Mirzahamdamova Shohsanam ToshDAU "O'simliklar himoyasi, agrakimyo va tuproqshunoshlik fakulteti

1-bosqich talabasi ANNOTASIYA

Ushbu maqolani yozishdan maqsad nok o'simligining qishloq xo'jaligidagi va tabobatdagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda, uning kalmaraz (qo'tir, parsha) kasalligi va unga qarshi agrotexnik va sanitariya tadbirlari va kimyoviy kurash choralarini tadbiq qilishdan iborat.

Kalit so'zlar: Kalmaraz, parsha, askomitset, konidiofora, xlorotik, kleystotetsiy, dxotomik, fungitsid.

FIGHT AGAINST PEARS AND ITS PEST.

Hosilova Nilufar

Tashkent State Agrarian University, Faculty of Plant Protection, Agrochemistry and Soil Science 3rd year student Mirzahamdamova Shohsanam Tashkent State Agrarian University, Faculty of Plant Protection, Agrochemistry and Soil Science 1st year student

ANNOTATION

The purpose of writing this article is to apply agro-technical and sanitary measures and chemical control measures against pear disease (scabies, scab) due to its importance in agriculture and medicine.

Keywords: Squid, parsley, ascomycetes, conidiophora, chlorotic, cleistotic, dchotomic, fungicide.

БОРЬБА С ГРУШЕЙ И ЕЕ ВРЕДИТЕЛЯМИ. Хосилова Нилуфар Ташкентский государственный аграрный университет, факультет защиты растений, агрохимии и почвоведения Студентка 3 курса Мирзахамдамова Шохсанам Ташкентский государственный аграрный университет, факультет защиты растений, агрохимии и почвоведения Студентка 1 курса

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

АННОТАЦИЯ

Целью написания данной статьи является применение агротехнических и санитарно-гигиенических мероприятий и химических средств борьбы с болезнями груши (чесоткой, паршой) в связи с ее важностью в сельском хозяйстве и медицине.

Ключевые слова: Кальмары, петрушка, аскомицеты, конидиофоры, хлоротичные, клейстотические, хотомические, фунгицидные.

Nok o'simligiga botanik tavsif: Nok daraxti o'simliklar olamining, yopiq urug'lilar bo'limi, ikki pallalilar sinfi, airguldoshlar turkumi, atirgullar oilasi, spireylar kenja oilasi, Pyrea tribasi, Pyrinae kenja tribasi, nok urug'iga mansub. Mevasi dumaloq yoki noksimon cho'ziq. Erkin o'suvchi shoxlari shakli piramidaviy yoki dumaloq quyuqlashishga moyil. Yillik o'sish 30-40 sm ni tashkil qiladi. Qulay sharoitlarda nok yirik o'lchamlarga yetadi. Balandligi 5-25 m gacha va shoxlari diametri 5 m gacha yetadi. Barglari to'kiluvchi, joylashuvi 5 qatorlik spiral. Barglari keng tuxumsimon shaklda, 2. 5-10sm uzunlikga ega, qisqa uchli, rangi to'q yashil yaltiroq, bargining pastki qismi ko'k yashil, kuzda to'q sariq. Gullash vaqti arel-may oylari, gullari oq, diametric 3 sm, 5 gulbargli , 3-9 tadan soyabon ko'rinishli panjali to'pgulda joylashgan. Ginetsiyda urug'chilar 2 tadan 5 tagacha joylashgan. Ularning urug'donlari o'zaro va krujka shaklini oluvchi gulli qo'ndog'I bilan qo'shilib o'sadi, kurtakda gulbarglari cherepitsa shaklida joylashadi. Meva qalin po'stloq bilan qoplangan. nok kurtaklari boshqa daraxt oilalari singari 2 xilda bo'ladi:vegetativ va generative. Vegetativ kurtaklar kichikroq va o'tkirroq, generaytivlari kattaroq va to'mtoqroq. Ikki xil kurtakning o'rtasidagi tashqi farqlari ulardan novda chiqishi chog'idagi ushbu kurtaklarning shakllanish vaqtiga qarab kuchayadi. Mevasi pastki qismi kengaygan cho'zinchoq shaklda, sharsimon mevali navlari ham bor. O'zbekistonda qadimdan ekib kelinadi. Madaniy nok navlari ko'chatlari yovvoyi nok urug'laridan yetishtiriladi. 4-6 yilda hosilga kiradi. Nokning vatani aniq o'rnatilmagan. Yetishtirilgan nok qadimgi Yunonistondan kelib chiqqan (er. old. 1000 yil oldin). Noklarning har xil navlari manzara sifatida yoki mevali daraxtlar sifatida foydalaniladi. Noklar qadimgi Yunoniston va Rim imperiyasida yetishtirilgan. Nokning qattiq va pishiq , og'ir va egiluvchan yog'ochi mayda buyumlar uchun keng qo'llaniladi. U faqat bino ichkarisida qo'llaniladigan buyumlar uchun. Quritilganda yorilish va qiyshayishga moyil. Bu daraxt qariganda boshqalaridan farqli ravishda to'q jigarrang qaxrabo rangga kiradi. Qora tezab bilan qayta ishlangandan keyin ushbu yog'och juda qimmatbaho obnus o'rnini bosuvchi sifatida ham ishlatiladi. Nok mevasi 100 g da 15, 46 g uglevod, 83, 71 g suv 0, 38 g oqsillar bo'ladi, 58 kkal energiyaviy qiymatga ega. Nok olma kabi mo'tadil iqlim o'simliga bo'lsada, issiqlikni ko'b talab qiladi, sovuqqa kam chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi. 100-150 yil bazan esa 200 yilgacha umr ko'radi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin navlari o'stiriladi. Hozirgi kunda noklarning 1000

ta navi bor. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi nurklari uchrab, mevachilikda :Jaydari nok,

O'rta Osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok Regel noki

ahamiyatga ega.

Nok mevlari yangiligacha iste'mol qilinadi, qoqi, konserva, sukat, pavidlo, murabbo, sharbat, vino, bekmes(nok asali)tayyorlanadi. O'zbekistonda yetishtiriladigan nok tarkibida 10, 8-12, 71% gacha shaker, 0. 13-0, 30%kislotalar, 0, 35%ga yaqin pectin va 0, 31%gacha kul bor. Nok ayrim mahalliy navlari 1 tup daraxtdan 1000-1400 kg gacha hosil berishi mumkin. 2005-yilda noklarning jahondagi ishlab chiqarish 15 mln tonnani tashkil etdi(AQSH qihloq xo'jaligi vazirligining baholashiga ko'ra). Noklarni yirik ishlab chiqaruvchi davlat Xitoy hisoblanadi. Bundan tashqari nok tarkibida quyidagi umumiy oziqa moddalarini ko'rishimiz mumkin:

1. 1- rasm Nok va uning navlari

Umumiy ma'lumotlar:

energetik qiymati — 58 kilokaloriya (3 foiz); uglevodlar — 13, 81 gramm (11 foiz); oqsil — 0, 38 gramm (1 foiz); yog'lar — 0, 12 gramm (0, 5 foiz);

oziq-ovqat tarkibidagi kletchatka (ozuqa tolasi) — 3, 10 gramm (8 foiz). Vitaminlar:

foliy kislotasi (vitamin B9) — 7 mikrogramm (2 foiz); nikotin kislotasi (vitamin B3) — 0, 157 milligramm (1 foiz); pantoten kislotasi — 0, 048 milligramm (1 foiz); piridoksin (vitamin B6) — 0, 028 milligramm (2 foiz); riboflavin (vitamin B2) — 0, 025 milligramm (2 foiz); tiamin (vitamin B1) — 0, 012 milligramm (1 foiz); vitamin A — 23 xalqaro birlik (ME, IU) — 1 foiz; vitamin C — 4, 2 milligramm (7 foiz); vitamin E — 0, 12 milligramm (1 foiz); vitamin K — 4, 5 mikrogramm (4 foiz). Elektrolitlar:

natriy — 1 milligramm ( 0 foiz);

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. kaliy — 119 milligramm (2, 5 foiz). Minerallar:

kalsiy — 9 milligramm (1 foiz); mis — 0, 082 milligramm (9 foiz); temir — 0, 17 milligramm (2 foiz); magniy — 7 milligramm (2 foiz); fosfor — 11 milligramm (2 foiz); rux — 0, 10 milligramm (1 foiz). Fitonutriyentlar:

beta-karotin (ß-karotin) — 12 mikrogramm; beta-kriptoksantin (ß-kriptoksantin) — 2 mikrogramm; lyutein-zeaksantin — 45 mikrogramm.

Nok o'zida fruktozani saqlashi sabab ham uni oshqozon osti bezi kasalliklarida iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Kaliy moddasini saqlashi sabab yurakka ham yaxshi ta'sir o'tkazadi, yurak ritmini me'yirlashtiradi . Undagi aminokislotalar stressga qarshi kurashishda yordam berib, organizmni mutahkamlaydi, viruslardan himoya qiladi. Nok ovqat hazm bo'lishi va maddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Inson tanasiga kuch-quvvat bag'ishlab, charchoq va zo'riqishlardan xolos bo'lishga yordam beradi. Foliy kislotasini saqlashi tufayli ham homilador ayollarga juda foydali.

Tadqiqot natijalari: Nok daraxtlarini zararkunandalardan himoya qilishnng o'ziga xos nozik tomonlari bor, chunki mevalarning, ayniqsa ertapishar navlarida zararkunandalariga qarshi uzluksiz insektisidlarni qo'llab bo'lmaydi. O'zbekison sharoitida nokzorlarga nok kanasi van nok shira bitlari katta zarar keltiradi. Nokning kalmaraz (qo'tir, parsha) kasalligi nokda dunyoning barcha mamlakatlarida, jumlada Markaziy Osiyo davlatlarida ham tarqalgan, O'zbekistonda barcha viloyatlarda uchraydi. Kasallik nok daraxtlarining barg, gulkosachabarglari va mevalarini, barg va meva bandlarini, novda va kurtak tangachalarini (qobiqlarini) zararlaydi. Nok mevalari kuchli shikastlanadi, ularning ustida (oldin gul bo'lgan tomonda, keyin yonlarida ham) dog'lar paydo bo'ladi, ular o'sib kattalashadi va qo'shilib, to'q-qo'ng'ir yoki qora tusli yaralar hosil qiladi, meva xunuk shakl oladi, chatnab ketadi. Barglarda dog'lar har ikki tomonida paydo bo'ladi, ular qo'ng'ir tusli, dumaloq, eni 5-10 mm. Barg va mevadagi dog'lar ustida konidiyalar faqat yoz oxirlarida, nam ob-havo kuzatilganida kam iqdorda hosil bo'ladi. Barg tomirlari bo'ylab, barg va meva bandlarida hamda yosh novdalarda dog'lar qo'ng'ir, uzunchoq shaklli. Novdalarning zararlangan joylari probkalashadi, chatnaydi, ularda konidiyalar hosil bo'lmaydi yoki kam miqdorda kuzatiladi. Bu kasallik bilan madaniy (Pyrus communis, P. serotina, P. ussuriensis) va boshqa nok turlari zararlanadi. Kasallinkni Venturia pirina askomitset (pirenomitset) zamburug'i qo'zg'atadi; anamorfasi Fusicladium pyrorum. Yerga to'kilgan barg va mevalarda zamburug'ning psevdotetsiylari stroma ichida rivojlanadi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Psevdotetsiylar ko'pincha baglarning ostki tomonida, dumaloq shaklli, diametri 100240 mkm, to'q-qo'ng'ir yoki qora tusli, bargdan tashqariga o'rtasi teshik uchi bilan chiquvchi, uchi atrofida qillari mavjud yoki mavjud emas. Xaltachalari silindr shaklli. Har bir xaltacha ichida 8 ta askospora mavjud. Askosporalar och-yashil tusli, 2 hujayrali , septadan biroz tortilgan, odatda ustki spora pastkisidan uzunroq.

Konidioforalari silindr shaklli, qo'ng'ir yoki zaytun-qo'ng'ir tusli, uzunligi 16, 50 mkm, eni 4-9mkm. Konidiyalari (keng)urchuq shaklli, ustida silliq yoki juda mayda bo'rtmachalari bor, 1 kam hollatda 2 hujayrali, pastki qismi kesilgan. Kasallik rivojlanishi, qo'zg'atuvchining qishlashi, nok daraxtini birlamchi va keying zararlashlari va bog'da tarqalish yo'llari olmadagi bilan bir xil. Askosporalar yetilishi va tarqalishi 6-8 hafta davom etadi. O'zbekison sharoitida zamburug' 1 mavsumda bir necha avlod beradi. Agrotexnik va sanitariya tadbirlari va kimyoviy kurash choralari olmadagi kalmarazga qarshi ishlatiladiganlari bilan bir xil. Chidamli navlar ekish choralari ko'riladi. Kasallik qo'zg'atuvchisining fiziologik irqlari mavjud bo'lib (hozirgacha Isroilda 5 ta, Angliyada 4 ta irq ajratilgan), nok navlarining ularga chidamliligi har xil. Bartlett, Bere Bosk, Komis, Danjuy, Paxams Triumf, Spadana Estiva, Vinter Nelis, Lesnaya krasavitsa, Talgarskaya krasavitsa, Lyubimitsa Krappa va ko'p boshqa navlar qattiq shikastlanadi. Nisbatan chidamli navlar qatoriga Kongress, Maslovka Klappa, Bessemyanka, Bergamot, Vassa, Bere Ligelya, Bere Klerjo, Bere Bosk va Bere Bor navlari kiradi. Koskiya navi yuqori chidamlilikga ega.

Un-shudring kasalligi nok o'simligida uchrab, daraxtlarning barg, gulkosachabarglari va mevalarini, barg va meva bandlarini, novda va kurtaklarini zararlaydi. Oldin barglarning oldingi tomonida oq yoki och-kulrang, unsimon g'ubor paydo bo'ladi. Keyinchalik bargning ustki tmonida, g'ubor paydo bo'lganjoylarning qarshisida xlorotik (oqish) dog'lar rivojlanadi. Vaqt o'tishi bilan g'ubor bargning har ikki tarafiga tarqaladi va barglarni butunlay qoplab olish mumkin. Barglar buralib, qayiqsimon, usti g'adir-budur shakl oladi, kichik bo'lib qoladi(kattaligi sog'lom barglarning1/3 qismiga teng bo'lishi mumkin). Ular yerga tuhib ketadi:avgust oyining o'rtalarida daraxtdagi barglarning yarmi to'kilishi mumkin. Zararlangan novdalar o'sishdan orqada qoladi, usti kumushsimon oqish-kulang g'ubor bilan qoplanadi, bo'g'in oralari kalta bo'lib qoladi. Yoz o'rtalarida barg va novdadagi g'uborlar qo'ng'ir tus oladi, ularning ichia va ustida zamburug' jinsiy bosqichining meva tanachalari-kleystotesiylar rivojlanadi. Zararlangan nok mevalari ustida oq g'ubor paydo bo'ladi, iyun oyida g'ubor yo'qoladi, unug o'rnida to'rsimon dog'lar va nobud bo'lgan hujayralari qoladi. Meva o'sishi bilan bu dog'lar ham kattalashadi. Yosh o'simliklar ayniqsa kuchli zararlanadi, ko'chatzorlarda kasallik nihollarga katta zarar yetkazad, ularning barcha barglarini zararlaydi va novda o'sishini susaytiradi, novdalar qo'ng'ir tus olib, qurib qoladi, nihollar butunlay qurib qolishi mumkin. Kasallikni Podosphaera ieucotricha askomitset zamburug'i qo'zg'atadi;anamorfasi Oidium

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. farinosum. Kleyatotetsiylar dumaloq yoni biroz noksimon shaklli, diametri 75-96

mkm, to'q-qo'ng'ir tusli, guruhlarda yoki yakka-yakka joylashgan, ustki qismida dasta

bo'lib joylashan 3-12 ta o'simtalarri bor;ular jigarrang tusli, uchi rangsiz, to'mtoq yoki

1-2 marta diotomik hoxlangan. Xaltachalari dumaloq yoki ellips shaklli, 8 ta sporali.

Askosporalari tuxum yoki ellipsoid shaklli. Konidiyalari ellipsoid shaklli, rangsiz,

pastki qismi kesilgan, uzun zanjirlar hosil qiladi. Zamburug' asosan tinim davini

o'tayotgan zararlangan kurtaklarda mitseliy shaklida qishlaydi. Infektsiyaning

bahorgacha saqlanadigan miqdori qish qanchalik sovuq kelgani bilan bog'liq.

Qishlagan mitseliy ustida konidiyalar paydo bo'ladi, uar yosh barg, gul va mevalarni

zararlashda birlamchi infektsiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Zararlangan oganlarda

rivojlangan mitseliy va konidiyalar barg, yosh novda va mevalar ikkilamchi va keying

zararlanishini va kasallik bog'da tarqalishini ta'minlaydi. Tomchi namlik ichida va

yuqori haroratda konidiyalar deyarli o'smaydi. O'agan konidiyaning murtagida

fermentlar paydo bo'ladi, ular o'simlik qobig'ini eritadi va u yerdan murtak o'simlik

to'qimasi ichiga kiradi;konidiya murtagi o'simlik epidermis ichida gaustoriylar hosil

qiladi. Gaustoriylar to'qimadan ozuqa moddalarni so'radi va ulani barg ustida

joylashgan (ekzogen)mitseliyga yetkazadi. O'zbekiston sharoitida un-shudring

rivojlanishi bahorda va yozning 1- yarmida kuzatiladi, so'ngra issiq boshlanishi bilan,

kasallik rivojlanishi to'xtaydi yoki kamayadi. Un-shudringga qarshi fungitsid

(Bayleton 25%n. kuk. , 0, 4kg/ga, Vektra 10% sus. k. , 0, 3 l/ga, Impakt 25%sus. k. ,

0, 1 l/ga, OOQ, 0, 5-1, 0%, Saprol 20%em. k. , 1, 0 i/ga, tuyilgan oltingugurt, 15-30

kg/ga va b. )purkashni erta bahorda boshlab, gulkosachabarglar to'kilishigacha har 7

kunda, so'ngra va yoz o'rtasigacha har 12-14 kunda takrorlash lozim. Nokka un-

shudring faqat olmadan o'tishi taxmin qilinadi. Noknng Danjuy, Lui Bonne navlari

un-shudringga juda chidamsiz, Barlett, Flemish Byuti va Uinter Nelis navlari

chidamli. Umuman bargi tuk bilan qalin qoplangan va usti yaltiroq bargli nok navlari

un-shudringga chidamlilikni namoyon etadi.

Shish qo'zg'atuvchi nok kanasi:Erophyespyri Pogst. Nok kanasi yetuk zot shaklida kurtaklar yonida yki po'stlog'i ostida to'planib-qishlab chiqdi. Mart-aprel oylarida havo harorati 10 dan oshganda chiqib oziqlana boshlaydi. Yangi una boshlagan kurtak barglarini to'kish natijasida barglarning yuqori tomoni qavarib, ostki tomonida 2-3 mm li gall(shish) hosil bo'ladi. Shishlarning ichi kovak bo'lib, bargning ichki tomonidagi kichkina yumaloq teshik yordamida tashqariga tutashadi. Kanalar gallning ichida oziqlanib ko'payadi. Kelgusida mayda galllar qo'shilib, o'ziga xos qora dog'lar hosil qiladi. Nok kanasi mavsumda 4-5 ta bo'g'in berib ko'payadi. Shish hosil qiluvchi nok kanasi tufayli daraxt barglari va mevalarning ko'p qismiyetilmasdan to'kilib ketadi. hosildorlik ba'zan 50% gacha kamayib ketishi mumkin.

Nok kanasi Osiyo, Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Nok kanasi juda mayda bo'lib, oddiy ko'zga ko'rinmaydi. Kana tanasi cho'ziq, chuvalchangsimon,

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. qornida ko'ndalang egatlar, orqa tomonida do'mboqchalar bor. Rostrum (tumshug'i) katta, oyoqlari faqat 2 juft, kattaligi 230 mikronga boradi. Kanalar (Acorina)-o'rgimchaksimonlar sinfiga mansub. Tanasi 2 qism:og'iz apparati joylashgan oldingi-giotosoma va oyoqlar joylashgan oqa qismi-diosomadan iborat. Barchasi ayrim jinsli, ko'ochiligi tuxum qo'yib ko'payadi. Oziqlanishiga ko'ra: o'simlikxo'r, yirtqich, parazit guruhlarga bo'linadi.

Nok shira burgasiga qarshi erta bahorda sepimetrin 25% em. h(10 lsuvga 20 g) purkaladi. Ushbu preparatlar bo'maganda tamaki qaynatmasidan foydalanish mumkin. Meva kanasiga qarshi Perfekta 17, 5% sus. k (10 sotixga 15-20ml) purkaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Bog', tokzor va dala ekinlarining zararkunanda ksalliklari, hamda, ularga qarshi kurash usullari.

2. uz. wikipedia. org/wiki/Nok.

3. zira. uz/uz/2018/09/19/nok to 'g'risida qiziqarli ma'lumotlar.

4. moluch. ru/archive/328/73612

5. navagro. uz

6. uz. wikipedia. org/wiki/Kanalar.

7. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021 -9-886-889

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

9. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

10. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.