INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M. Berdiyev1^_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: bugungi kunda raqamli texnologiyalarning ta'lim sohasiga keng joriy qilinishi ta'lim metodikalarini yangilash va takomillashtirishni talab qilmoqda. Raqamli pedagogika esa tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarni qiziqtirish, tushunchalarni yanada chuqur o'zlashtirish va bilimlarni mustahkamlashda samarali usullardan biri sifatida tan olinmoqda.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi - tabiiy fanlarni raqamli pedagogika yondashuvi asosida o'qitish metodikasini takomillashtirish va bu yondashuvning o'quvchilar bilim darajasini oshirishdagi ta'sirini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida raqamli pedagogika asosida tabiiy fanlarni o'qitish natijasida o'quvchilar o'zlashtirish darajasining sezilarli darajada oshganligi qayd etildi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar yordamida o'quvchilar fanlardagi murakkab jarayon va tushunchalarni aniq tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu esa ularga nazariy bilimlarni amaliy qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari raqamli pedagogika yondashuvi tabiiy fanlarni o'qitishda samarali natijalar berishini ko'rsatdi va bu yondashuv o'quvchilarni faollashtirish va o'zlashtirish darajasini oshirishda muhim o'rin tutishini tasdiqladi.
XULOSA: raqamli pedagogika asosida tabiiy fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirish, o'quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli vositalar va metodlar o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: raqamli pedagogika, tabiiy fanlar, o'qitish metodikasi, virtual laboratoriyalar, o'zlashtirish, gamifikatsiya, ta'lim texnologiyalari
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЕСТЕСТВЕННОСТИ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ_
© М. Бердиев1Н_
Iqtibos uchun: Berdiyev M. Raqamli pedagogika asosida tabiiy fanni o'qitish metodikasini takomillashtirish.// Inter education & global study. 2024. №9. B. 14—19.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 1Термезский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: сегодня широкое внедрение цифровых технологий в сфере образования требует обновления и совершенствования методов обучения. А цифровая педагогика признана одним из эффективных методов преподавания естественных наук, позволяющих заинтересовать учащихся, углубить понимание и закрепить знания.
ЦЕЛЬ: Основной целью данного исследования является совершенствование методики преподавания естественных наук на основе подхода цифровой педагогики и определение влияния этого подхода на повышение уровня знаний учащихся.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования было отмечено, что уровень мастерства студентов значительно повысился в результате обучения естественным наукам на основе цифровой педагогики. С помощью виртуальных лабораторий и моделирования студенты получили возможность наглядно визуализировать сложные процессы и концепции в науке. Это помогло им развить навыки практического применения теоретических знаний.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что подход цифровой педагогики обеспечивает эффективные результаты в преподавании естественных наук, и подтвердили, что этот подход играет важную роль в повышении вовлеченности и мастерства учащихся.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: совершенствование методики преподавания естественных наук на основе цифровой педагогики создает большие возможности сделать процесс обучения учащихся более интересным и интерактивным. Согласно результатам исследования, цифровые средства и методы служат углублению знаний и навыков студентов в области естественных наук.
Ключевые слова: цифровая педагогика, естественные науки, методика преподавания, виртуальные лаборатории, обучение, геймификация, образовательные технологии.
Для цитирования:Бердиев М. Совершенствование методики преподавания естествознания на основе цифровой педагогики.// Inter education & global study.2024. №9. С. 14-19.
IMPROVING NATURAL SCIENCE TEACHING METHODOLOGY BASED ON DIGITAL PEDAGOGY_
© M. Berdiyev1®
1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: today, the widespread introduction of digital technologies in the field of education requires updating and improving educational methods. And digital
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE9
iccl (A
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
pedagogy is being recognized as one of the effective methods in teaching natural sciences to interest students, deepen understanding and strengthen knowledge.
AIM: the main goal of this study is to improve the methodology of teaching natural sciences based on the digital pedagogy approach and to determine the effect of this approach on increasing the level of students' knowledge.
MATERIALS AND METHODS: during the research, it was noted that the level of students' mastery increased significantly as a result of teaching natural sciences based on digital pedagogy. With the help of virtual laboratories and simulations, students had the opportunity to clearly visualize complex processes and concepts in science. This helped them to develop the skills of practical application of theoretical knowledge.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study showed that the digital pedagogy approach provides effective results in teaching natural sciences and confirmed that this approach plays an important role in increasing student engagement and mastery.
CONCLUSION: Improving the methodology of teaching natural sciences based on digital pedagogy creates great opportunities to make the learning process of students more interesting and interactive. According to the results of the research, digital tools and methods serve to deepen students' knowledge and skills in natural sciences.
Keywords: digital pedagogy, natural sciences, teaching methodology, virtual laboratories, learning, gamification, educational technologies
Hozirgi kunda ta'lim tizimida axborotlashgan zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda, o'quvchi yoshlarni ilm olishga qiziqtirish, ta'lim tizimiga jalb qilish, ularni har xil ijtimoiy tarmoqlar ta'siriga tushib qolmaslik uchun dars jarayonlarini shunday qiziqarli metodlar asosida tashkil etishimiz kerakki o'quvchilar o'z-o'zidan ta'limga qiziqishi ortib borishi lozim. Buning uchun dars jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga oshirgan holda yuqori natijalarga erishish mumkin.
Hozirgi davr yoshlari, nafaqat umumta'lim maktab o'quvchilari balki maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim oluvchilariga ham zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yangilik emas. Hozirgi jadallikda rivojlanayotgan zamonda yoshlarni kompyuter texnologiyalari vositalaridan to'g'ri maqsadda foydalanishga o'rgatmas ekanmiz, u holda ham jismonan ham ma'nan noto'g'ri rivojlanishiga ya'ni voyaga yetishiga sababchi bo'lib qolishimiz mumkin. Chunki o'quvchi yoshlar maktabdan bo'sh vaqtida asosan ko'p vaqtini axborot texnologiyalari ta'sirida bo'ladi. Ota - onalarning ham ko'pchilik qismi bu holatga qarshilik ko'rsatishmaydi. Natijada bolalar har xil yoshiga mos kelmaydigan video roliklar, yangiliklar ta'sirida organizimda turli xil jarayonlar tezlashib yoshiga nisbatan organizmda sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lishi evaziga bolalar jizzaki, urushqoq va o'qish va yozishga bo'lgan qiziqishi yo'qolib boradi. Bunday holat butun dunyoda sodir
For citation: M. Berdiyev (2024) 'Improving the methodology of teaching natural science based on digital pedagogy', Inter education & global study, (9), pp. 14-19. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
bo'layotgan muommo bo'lib, bu holatdan oqilona chiqishning choralari ishlab chiqilmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan jamiyatiga o'tish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga o'tishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo'lgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, teng huquq asosida ishlatish bilan tavsiflanadi. So'nggi yillarda elektron ta'limning an'anaviy ta'limga qaraganda afzallik jihatlari ko'proq aniqlanmoqda. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar yordamida o'qitishni amalga oshirishda birinchi navbatda asosiy va zaruriy muammolardan biri-uzatiladigan bilimlarning, darsning har tomonlama ilmiy, amaliy, muammoli va nihoyat, yetarlicha ko'rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonuni yoki texnologik jarayonga bog'liq bo'lgan va uning mazmunini to'ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko'rgazmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi shartligi bilan izohlanadi.
Demak, axborot-butun borliq, undagi ro'y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma'lumotlar yig'indisidir. Axborot - lotincha information so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma'lumot ma'nosini anglatadi. Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a'zolarimiz (ko'z, quloq, burun, og'iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma'lumotni tushunamiz. Axborot texnologiyalari-ma'lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalari hisoblanadi. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni electron hisoblash mashinalari va kompyuter tarmoqlari orqali yig'ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarda tabiiy fanni o'qitishda axborot texnologiyalari vositasidan foydalanishning muhim ahamiyati, o'quvchilar dars davomida o'tilayotgan mavzuni, darsliklarda berilgan nazariy bilimlarni, virtual laboratoriya ko'rinishida amaliy tarzda bajarib ko'rish imkoniyatiga ega. Boshlangich sinflarda tabiiy fan bo'yicha dasturiy-pedagogik vositalar tahliliga asoslangan holda, bu fan bo'yicha umumta'lim maktablariga mo'ljallangan sinflar kesimida mavzulashtirilgan elektron o'quv qo'llanmasi yaratilmagan deb xulosa qilish mumkin. Bunday elektron o'quv qo'llanma yaratish uchun bir necha talablar qo'yiladi. Boshlang'ich sinflarda tabiiy fani darsida elektron o'quv qo'llanma tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda tabiatni, unda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarni tahlil qilish, jonli va jonsiz tabiat haqida turli qiziqarli ko'rgazmalar tayyorlash mumkin. Yorqin rasmlar, g'aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o'quvchilarda tabiiy faniga bo'lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi. O'yin shaklida o'quv materiali bilan tanishish, o'zini nazorat qilish va o'quv refleksiyasi hamda intellektual qobiliyatini oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Tabiiy fanlarni o'qitishda turli murakkablik darajasidagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Tabiat hamda atrof-muhitda sodir bo'layotgan turli hodisalarni kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish orqali darsning qiziqarliligini oshirish mumkin. Uning ustunlik tomonlari istalgan paytda ko'rsatilayotgan tabiiy hodisanig boshiga qaytarish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalib o'tish, o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Hozirgi zamon jadal sur'atda bilan rivojlanayotgan zamonda, darslarda bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo'lishi bilan darhol bahosini olish imkoniyatini yaratadi.
Yoshlarga tabiiy fanlardan bilim, ko'nikma va malakalar berish hamda o'qitishda o'quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e'tibor beriladi. O 'quvchilar turli xil fanga oid topshiriqlarni yakka tartibda bajarishi bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o'z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o'z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta 'lim samaradorligi ortadi. Ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o'tiladigan darslarda o'quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. Tabiiy fanlardan qo'shimcha va rivijlantiruvchi materiallari sifatida ko'plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o'lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalarda foydalangan holda Makrosoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta'lim sifati va o'quvchilarning o'zlashtirishi uchun juda samarali hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi - axborotliligi, ko'rgazmaliligi, qiziquvchanligi bilan boshqa ko'rgazmalardan farq qiladi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo'yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, animatsiya, qo'shimcha axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega.
Boshlang'ich ta'limda tabiiy fanlarni o'qitish jarayonidagi bilimlar o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashlami shakllantirishga ilmiy fikrlash metodini yaratishga imkon beradi. Ko'pchilik olimlaming ilmiy izlanishlari tufayli so 'ngi yillar ichida ilmiy nazariya tuzilishiga asoslangan fanning tarkibiy qismlarini tarkibiy tizimli ravishda aks ettirishning muhim usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning tabiiy fanlarni ta'limi mazmunini takomillashtirishga bo'lgan xizmati muxim axamiyat kasb etadi. Shuning uchun har qanday o 'quv fanini shu jumladan tabiiy fanlarni o'qitishni tashkil etish mumkin. Tizimni yaratishning muxim xusisiyati bu tizimning har bir elementini to'liq va mazmunli taqdim etish xisoblanadi. Bu dastlabki faktlar va nazariy bilimlar bilan bir qatorda yangi faktlaming majburiy ravishda taqdim etilishini anglatadi. Ularning soni o'rganilayotgan masalaning murakkabligi va amaliy ahamiyati hamdaushbu masala o'rganishga ajratolgan o'quv soatining chegarasi bilan belgilanidi. Ushbu bosqichda tabiiy bilimlar tizimining o'rnini aniqlash orqali erishilgan dastlabki faktlar, nazariy bilmlar va ma'lumotlani aniqlash orqali nazariy bilimlar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
va amaliy mashg'ulotlarning o'zaro uyg'unligining muhimligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi faqat o'qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan chegaralanib qolmay, balki turli xil qonun va qoidalarni ham ishlab chiqadi, o'qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo'yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o'qitish imkoniga ega. Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi o'qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o 'quv materialini o'zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan, maktabdan tashqari hamda tabiatdagi boshqa foydali ishlarni hisobga olishgacha barcha o'qitish jarayonlarini o'z ichiga oladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari muammolari va yechimlari. // Pedagogik ta'lim. -2000.- 3- son. - B.11.
2. Suyunov D.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda matematika fanini o'qitishda aqliy tafakkurini shakllantirishda mental arifmetikaning o'rni. "Boshlang'ich ta'lim: samarali ta'lim amaliyoti, muammolari, istiqbollari"., mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. 17-18-may 2024-yil. II qism
3. Suyunov D.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O'rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishni takomillashtirish metodikasi. //Muallim hem uzluksiz bilimlendirio'. Ilmiy-metodikaliq jurnal.-Nekis-2022 №3/2.
4. Suyunov D.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O'rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi. Uslubiy qo'llanma.-Toshkent: Innovatsiya-Ziyo , 2022. - 60 b.
5. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. - T., 2010
6. G'aybullayev N. va boshqalar. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - T., 2005
7. Suyunov D.A. Improving the use of the heritage of central asian thinkers in forming ecological thinking in primary school students. Web of Scientist: International Scientific Research Journal ISSN: 2776-0979 Impact Factor: 7.565 volume 3, issue 3, March - 2022 -Р. 159-165.
8. Suyunov D.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish vositalari // Science and innovation. International scientific journal//2022 №5.
9. Kamolxo'jayev Sh. M. Tabiatshunoslik asoslari.- T.: Moliya, 2002. - 332 b.
10. Gazibekov.O.B. Bo'lajak o'qituvchilarning ekologik-pedagogik tayyorgarligi komponentlari: pedagogik tadqiqot // Kasb-hunar ta'limi. 2008.2 - son. -B. 30-31.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Berdiyev, o'qituvchi,[Бердиев М. учитель],[М. Berdiyev, teacher]; manzil: O'zbekiston,Termiz shahar, Islom Karimov ko'chasi, 288b-uy [адре^ Узбекистан, ул. улица Ислама Каримова, 288б, город Термез], [address: Uzbekistan, Islam Karimov street, 288b, Termiz city.]