RAQAMLIIQTISODIYOTNING YUKSALISHI VA MILLIY IQTISODIYOTLARGA TA'SIRI: AQSH VA XITOY TAJRIBALARINING
TAHLILI
Gulov Muxtor Ochilovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti"Biznes va innovatsion menejment" kafedrasi
dotsenti
Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari bo'lgan AQSH va Xitoyning raqamlashtirish sohasidagi tajribalari hamda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi farqlari o'rganilgan. Ishda har ikki davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyalari, texnologik innovatsiyalarni joriy etish jarayoni va iqtisodiy tarkibiy tuzilmasidagi asosiy xususiyatlar tahlil qilinadi. AQSH iqtisodiyotining xizmatlar sohasi va xususiy sektor yetakchiligiga asoslangani, Xitoy esa davlat boshqaruvidagi yirik infratuzilma loyihalari va ishlab chiqarishga tayangani ko'rsatib berilgan. Iqtisodiy yondashuvlaridagi farqlar YIMning hajmi, tarkibi va xarid qobiliyati pariteti (PPP) bo'yicha ko'rsatkichlarda ham aks etgan. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda O'zbekiston uchun har ikki davlat tajribasidan foydalanish imkoniyatlari taklif etilgan. Xususan, innovatsiyalarni rag'batlantirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va ichki bozor salohiyatini oshirish yo'nalishlarida samarali strategiyalar ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: raqamlashtirish, AQSH, Xitoy, yalpi ichki mahsulot (YIM), iqtisodiy rivojlanish, innovatsiyalar, O 'zbekiston.
РОСТ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЭКОНОМИКИ: АНАЛИЗ ОПЫТА США И КИТАЯ
Гулов Мухтор Очилович
Доцент кафедры «Бизнес и инновационный менеджмент» в Каршинском инженерно-экономическом институте
Аннотация: В данной научной работе изучается опыт цифровизации крупнейших экономик мира - США и Китая, а также анализируются различия в структуре их валового внутреннего продукта (ВВП). Исследование включает анализ стратегий экономического развития, процессов внедрения
технологических инноваций и ключевых характеристик экономической структуры обеих стран. Показано, что экономика США основывается на доминировании сектора услуг и ведущей роли частного сектора, тогда как экономика Китая опирается на крупные инфраструктурные проекты и промышленное производство под руководством государства. Различия в подходах двух стран отражаются в показателях объема, структуры и паритета покупательной способности (1111С) их ВВП. Практическая значимость работы заключается в предложении рекомендаций по использованию опыта обеих стран для Узбекистана. В частности, рассматриваются возможности стимулирования инноваций, развития цифровой инфраструктуры и увеличения потенциала внутреннего рынка.
Ключевые слова: цифровизация, США, Китай, валовый внутренний продукт (ВВП), экономическое развитие, инновации, Узбекистан.
THE RISE OF THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON NATIONAL ECONOMIES: AN ANALYSIS OF US AND CHINA
EXPERIENCES
Gulov Muxtor Ochilovich
Associate professor at the Department of Business and Innovative Management at Qarshi Engineering and Economics Institute
Abstract: This research explores the experiences of digitalization in the world's largest economies, the United States and China, and examines the differences in the structure of their Gross Domestic Product (GDP). The study analyzes the economic development strategies, the processes of implementing technological innovations, and the key structural characteristics of both economies. It highlights that the U.S. economy is dominated by the service sector and led by private enterprises, while China's economy relies on large-scale infrastructure projects and industrial production under state management. The differences in their approaches are reflected in the size, composition, and purchasing power parity (PPP) of their GDPs. The practical significance of this study lies in offering recommendations for Uzbekistan to utilize the experiences of both countries. Specifically, it focuses on opportunities for fostering innovation, developing digital infrastructure, and enhancing the potential of the domestic market.
Keywords: digitalization, United States, China, gross domestic product (GDP), economic development, innovation, Uzbekistan.
KIRISH
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti jadallik bilan raqamlashtirish jarayoniga kirib bormoqda. Texnologik taraqqiyot va innovatsiyalar iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va kundalik hayotning deyarli barcha jabhalarini o'zgartirmoqda. Xususan, Xitoy va AQSH tajribalari ushbu jarayonning muvaffaqiyatli namunalaridan biri sifatida namoyon bo'lmoqda.
AQSH dunyo iqtisodiyotida texnologiya va xizmatlar sohasida yetakchilik qilayotgan bo'lsa, Xitoy ishlab chiqarish va infratuzilmani raqamlashtirish orqali iqtisodiyotning asosiy ustunliklariga ega bo'lmoqda. Ushbu ikki davlatning yondashuvlarini tahlil qilish boshqa mamlakatlar uchun samarali strategiyalarni shakllantirishda muhim o'rin tutadi.
Ushbu ishda Xitoy va AQSHning iqtisodiy raqamlashtirish yo'nalishidagi tajribalari va ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi farqlari o'rganiladi. Shuningdek, ikki davlatning iqtisodiy yondashuvlaridagi o'ziga xosliklar tahlil qilinib, ushbu tajribalarni rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston uchun amaliy qo'llash yo'nalishlari muhokama qilinadi.
Bu mavzu hozirgi shiddatli global o'zgarishlar davrida iqtisodiy rivojlanishning yangi yo'llarini belgilab olish uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, AQSH va Xitoyning raqamli iqtisodiy tajribasini tahlil qilish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonida katta qimmatga ega.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqaamlashtirish modellari kabi metodlardan foydalanildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur ishda AQSH va Xitoyning iqtisodiy raqamlashtirish bo'yicha tajribalarini tahlil qilish uchun zamonaviy ilmiy manbalar va statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Xususan, Brynjolfsson va McAfee'ning "The Second Machine Age" kitobi [1, 2] raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga ta'sirini chuqur yoritib bergan. Ushbu manbada AQSHning texnologik taraqqiyotni iqtisodiy o'sishga yo'naltirish borasidagi muvaffaqiyatlari o'rganilgan. Shu bilan birga, Xu va Wu tadqiqotlari Xitoy iqtisodiyotida ishlab chiqarish sanoatining ahamiyatini va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini tahlil qiladi.
Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (IMF) ma'lumotlari orqali Xitoy va AQSHning YIM hajmi, uning sektorlarga bo'linishi va xarid qobiliyati pariteti (PPP) bo'yicha ko'rsatkichlari o'rganildi. Ushbu ma'lumotlar ikki davlat iqtisodiy otining o'ziga xos xususiyatlarini solishtirish uchun asosiy manba bo'ldi.
Bundan tashqari, Richard Baldwin'ning "The Great Convergence " asari [3] Xitoyning global ishlab chiqarish zanjiridagi o'rnini va AQSH bilan raqobatlashish mexanizmlarini yoritib bergan.
Adabiyotlarda AQSHning xususiy sektor faoliyatini qo'llab-quvvatlash orqali iqtisodiy raqamlashtirishni rivojlantirgani, Xitoy esa davlat boshqaruvi asosida infratuzilmani modernizatsiya qilishga e'tibor qaratgani ta'kidlangan. Schwabning "The Fourth Industrial Revolution " kitobida [4] ushbu ikki mamlakatning raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali dunyo iqtisodiy tizimidagi rolini oshirishi tahlil qilingan.
Bundan tashqari, Bain & Company hisobotlari sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar texnologiyalarining AQSH va Xitoy iqtisodiyotlarida qanday qo'llanilishini ochib bergan. O'zbekiston uchun esa Mirziyoyev Sh.M. tomonidan ilgari surilgan "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturi va UNDP hisobotlari asosiy manbalar sifatida xizmat qildi. Ushbu manbalarda raqamli infratuzilma va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish bo'yicha tavsiyalar o'z aksini topgan.
Yuqoridagi adabiyotlar asosida raqamli iqtisodiyotning AQSH va Xitoydagi rivojlanish strategiyalari tahlil qilinib, ushbu tajribalarni O'zbekiston sharoitida qo'llash imkoniyatlari baholandi. Adabiyotlar iqtisodiy raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini o'rganishga va O'zbekiston uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishga asos bo'ldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sun'iy intellekt (SI) yoki Sun'iy Aqliyot, odamlarning o'z aqliyotlarini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va ularga aqliyot boshqarishni o'rganishdagi xususiyatlar to'plami hisoblanadi. SI, ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish, fikrlash, o'rganish, va har qanday yo'nalishda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan avtomatlashtirilgan algoritm va modellar to'plamidir.
Sun'iy intellektning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ma'lumotlar tahlili: Sun'iy intellekt, katta miqdorda ma'lumotlarni o'rganib, bu ma'lumotlardan tarkibiy qonuniyliklar va o'lchovlarni aniqlaydi.
Mantiqiy javob berish: SI, berilgan axborotlar va shartlarga asosan qaror qabul qilish va mantiqiy muhokamalarni amalga oshirishda yordam beradi.
Amaliyotlar bajarganlik: Sun'iy intellekt, berilgan vazifalarni bajarish, xususan, masalani hal qilish, hisobot tayyorlash, va boshqa avtomatlashtirilgan amaliyotlarni amalga oshirishda yordam beradi.
Yaratuvchi ishlar: SI, yangi fikrlar generatsiyasi, tasavvurlar yaratish va yangi ma'lumotlarni yaratishda ham yordam beradi.
Sun'iy intellektning asosiy komponentlari shu jumladan, yadrosizlar, algoritm va modelni yashash, ma'lumotlar olish va tahlil qilish, va amaliyotlar bajarishdir.
Sun'iy intellekt yaxshi natijalar olishi va amaliyotlarni bajarishda odam aqliyotini orqaga qoldirmaydi va hata ko'paytirish imkoniyatlarini taqozo etadi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish (digitizatsiya) bugungi kunda dunyoda muhim rivojlanish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish, samaradorlikni oshirish, va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Raqamlashtirishning asosiy yo'nalishlari quyidagi yo'nalishlardan iborat.
Raqamli infratuzilma yaratilishi. Mamlakat iqtisodiyoti raqamli texnologiyalarsiz yuqori darajada samarali bo'la olmaydi. Internet tarmog'i, bulutli texnologiyalar va sun'iy intellektning rivoji bu boradagi asosiy vositalar hisoblanadi.
Raqamli moliyaviy xizmatlar. Elektron to'lov tizimlari, kriptovalyutalar va blockchain texnologiyalari [6] iqtisodiy operatsiyalarni tezlashtiradi va shaffofligini ta'minlaydi.
Elektron tijorat va onlayn biznes. Global bozorlarda mahsulot va xizmatlarni raqamli savdo platformalari orqali sotish iqtisodiyotni globallashuv jarayoniga olib kiradi.
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish. Elektron hukumat tizimi iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, fuqarolar va korxonalarga xizmat ko'rsatishda ortiqcha vaqt va mablag'ni tejaydi.
Ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash va avtomatlashtirish iqtisodiy jarayonlarni tezlashtiradi. Korruptsiya xavfini kamaytirib, iqtisodiy faoliyatning shaffofligini ta'minlaydi. IT sohasida mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yuzaga keladi. Investitsiya jalb qilish: Raqamli infratuzilma rivojlangan mamlakatlarga xorijiy investorlar katta qiziqish bildiradi.
O'zbekiston so'nggi yillarda raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joriy etish bo'yicha sezilarli qadamlar qo'ymoqda: "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish choralari ko'rilmoqda. Soliq, bojxona va moliya tizimlarida elektron boshqaruv tizimlari keng joriy etildi. IT-parklar tashkil etilib, startap loyihalar qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar tarjibasidan foydalanish eng samarali yo'l hisoblanishi munkun.
Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSH) va Xitoy iqtisodiyotni raqamlashtirishda dunyoning yetakchi davlatlari hisoblanadi. Ularning tajribasi boshqa mamlakatlar uchun namunaviy ahamiyatga ega bo'lib, bu ikki davlatning yondashuvlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.
AQSH iqtisodiyotni raqamlashtirishda innovatsion texnologiyalar va xususiy sektorning yetakchi roli bilan ajralib turadi.
Dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari - AQSH va Xitoy - raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda o'ziga xos yondashuvlarni qo'llab kelmoqda. Har ikki davlatning
raqamli texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasi nafaqat ichki iqtisodiyotga, balki global bozor rivojiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. AQSH texnologik gigantlarning faoliyati va xususiy sektorning kuchiga tayanar ekan, Xitoy davlat rejalari va keng ko'lamli infratuzilma loyihalari orqali raqobatni kuchaytirmoqda.
AQSH iqtisodiyotida Google, Apple, Amazon, Microsoft va Meta kabi kompaniyalar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ular sun'iy intellekt, bulutli hisoblash, narsalar interneti (IoT) va katta ma'lumotlar tahlili bo'yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Bu kompaniyalar nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etmoqda, balki global raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda. AQSHning raqamli taraqqiyot yo'lidagi asosiy afzalliklaridan biri innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratishdir. Silicon Valley (Silikon vodiysi) dunyo miqyosida raqamli startaplarning markaziga aylangan. AQSHning elektron tijorat va to'lov tizimlari sohasidagi kompaniyalari, jumladan, PayPal, Stripe va Square, iqtisodiy operatsiyalarni soddalashtirish va raqamlashtirishda katta yutuqlarga erishgan [7].
Xitoy esa iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat boshqaruvi va aholi bazasining ulkan salohiyatiga tayanadi. Xitoy hukumati tomonidan ishlab chiqilgan "Made in China 2025" va "Digital China" dasturlari orqali raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga katta mablag' yo'naltirilmoqda. Elektron tijorat sohasida Xitoy Alibaba, JD.com va Pinduoduo kabi kompaniyalari bilan global bozor yetakchiligini qo'lga kiritgan.
Bundan tashqari, WeChat Pay va Alipay kabi to'lov tizimlari aholi tomonidan keng qo'llanilayotgan va kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Xitoy sun'iy intellekt va 5G texnologiyalarini rivojlantirishda ham dunyoning oldingi safida turib, Huawei, ZTE va Baidu kabi kompaniyalari bilan innovatsion texnologiyalarni faol ilgari surmoqda. Shuningdek, Xitoyning yirik shaharlarida aqlli shahar (Smart City) [9, 10] texnologiyalari keng joriy qilinib, transport, energetika va xavfsizlik sohalarida amalda qo'llanilmoqda.
AQSH va Xitoyning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi tajribalari bir-biridan farqlanadi. AQSH asosan xususiy sektorning kuchiga tayanib, global yetakchilikka erishish va texnologiyalar eksportini kengaytirishga qaratilgan bo'lsa, Xitoy ichki bozorni rivojlantirish va aholi ehtiyojlarini qondirishga ko'proq e'tibor qaratmoqda. AQSHda raqamli infratuzilma xususiy kompaniyalar tomonidan boshqarilsa, Xitoyda bu jarayon davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Bu ikki mamlakatning yondashuvlari turlicha bo'lsa-da, ular global iqtisodiyotga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. AQSH innovatsiyalar va texnologik rivojlanishda tezkorlikka erishgan, xalqaro elektron tijorat va raqamli xizmatlar bozorida dominantlik qilmoqda.
Xitoy esa ichki bozor salohiyatidan foydalanib, infratuzilmani tezkor rivojlantirish va texnologiyalarning hayotga keng tatbiq etilishi bilan ajralib turadi.
1-jadval
Raqamli iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlari
Asosiy jihatlar AQSH Xitoy
Texnologik yetakchilar Xususiy sektor (Google, Amazon va boshqalar) Davlat va kompaniyalar (Huawei, Alibaba)
Innovatsiyalar Tadbirkorlik ekotizimi va xususiy tashabbuslar Davlat rejalari va strategiyasi
Elektron tijorat Amazon, eBay Alibaba, JD.com
Raqamli infratuzilma Xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi Davlat tomonidan moliyalashtiriladi
Asosiy e 'tibor Global yetakchilik va eksport Ichki bozor va aholiga xizmat ko'rsatish
Ushbu tajribalar boshqa mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston uchun ham o'rnak bo'lishi mumkin. AQSH va Xitoyning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli yondashuvlari, ularning afzalliklari va natijalari kelgusida milliy strategiyalarni shakllantirishda qo'llanilishi mumkin.
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron tijoratni rag'batlantirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash har qanday mamlakat uchun iqtisodiy o'sishning muhim omillari bo'lib xizmat qiladi (1-jadval).
Xitoy va AQSH dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari bo'lib, ularning yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi, tarkibi, va rivojlanish strategiyalarida sezilarli farqlar mavjud. Ushbu farqlar har ikki davlatning iqtisodiy tizimi va ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi (2-jadval).
2-jadval
YIM farqlar
Ko'rsatkich AQSH Xitoy
2024-yilgi YIM (nominal) $26 trln (dunyoda 1-o'rin) $19 trln (dunyoda 2-o'rin)
Jahon YIMidagi ulush 24% 19%
YIM (PPP, xarid qobiliyati pariteti) $25 trln (2-o'rin) $30 trln (1-o'rin)
AQSH va Xitoy iqtisodiyotlari o'rtasidagi farqlarni va o'xshashliklarni tahlil qilishda ularning iqtisodiy tarkibiga e'tibor qaratish muhimdir.
3-jadval
Ijtimoiy ko'rsatkichlar va aholi bozorining hajmi
Ko'rsatkich AQSH Xitoy
Aholi soni (2024) 335 mln 1.4 mkd
YIM jon boshiga (nominal) $78,000 $13,500
Jon boshiga YIM (PPP) $75,000 $20,000
AQSH iqtisodiyoti xizmatto sektoriga tayanib, uning YIMdagi ulushi 80% ga yaqinlashadi. Moliya, texnologiya, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi soha^ AQSH iqtisodiyotining asosiy yo'nalishlarini tashkil qiladi. Ishlab chiqaгish sektori, ayniqsa, texnologik гivojlangan mahsulotlaг ishlab chiqarish, masalan, avtomobilsozlik va aerokosmik sanoat, AQSHda muhim o'гin tutadi. Qishloq xo'jaligi sektoгi nisbatan kichik ulushga ega bo'lsa-da, uning samaradoñigi va ekspoгt salohiyati yuqoгi darajada (1-гasm).
AQSH va Xitoyning iqtisodiy tarkibi
80
70
60
50
> 40
30
20
10
80% Xizmatlar Sektori
Ishlab Chiqarish Sektori
Qishloq Xo'jaligi Sektori
50%
40%
10% 10% 10%
AQSH Xitoy
1-rasm. AQSH va Xitoyning iqtisodiy tarkibini
Diagrammada AQSH va Xitoyning xizmatlaг, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi sektoriarining YIMdagi ulushlari taqqoslanmoqda. Haг bñ sektoming YIMga qo'shgan hissasini ko'rish mumkin bo'lib, xizmatlaг sektoгi AQSHda 80%, Xitoyda esa 50% ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish sektori Xitoyda AQSHga qaraganda ko'praq, Xitoyda 40%, AQSHda esa 10% ni tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi sektori har ikki mamlakatda nisbatan kichik, ammo Xitoyda uning ahamiyati katta.
Xitoy iqtisodiyoti esa ishlab chiqarish sektorining katta ahamiyatini ta'kidlaydi, uning YIMdagi ulushi 40% atrafida. Po'lat, elektranika va avtomobillaг ishlab
chiqarish Xitoyning eksport salohiyatini oshiradi. Xizmatlar sektori tez rivojlanib, hozirda YIMning 50% ga yaqinini tashkil qiladi. Xitoyda qishloq xo'jaligi sektori YIMning 7-10% ni tashkil etadi, lekin katta aholi soni sababli bu soha iqtisodiyotning asosiy bo'lagiga aylangan.
Texnologik rivojlanishda AQSH sun'iy intellekt, dasturiy ta'minot va yuqori texnologiyalar bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Innovatsiyalar va tadbirkorlikning yuqori darajada rivojlanishi AQSHning xususiy sektori tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Xitoyda esa katta davlat investitsiyalari asosida 5G texnologiyalari, sun'iy intellekt va IoT rivojlanmoqda. Shuningdek, import qilinadigan yuqori texnologiyalarni mahalliylashtirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
Tashqi savdo va investitsiyalar bo'yicha AQSH savdo balansining ko'plab hollarda manfiy bo'lishi bilan ajralib turadi, chunki import eksportdan ortiq. Biroq, AQSH tashqi investitsiyalarni jalb qilishda va xorijda investitsiya kiritishda yetakchilik qiladi. Xitoyda esa savdo balansi ko'pincha ijobiy bo'lib, eksport importdan ustun keladi. Xitoyning "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusi orqali global investitsiyalar va infratuzilmaviy loyihalar rivojlanib, Xitoyning tashqi savdodagi mavqei mustahkamlanmoqda.
Bu ikki mamlakatning iqtisodiy strukturalari, texnologik yondashuvlari va tashqi savdo strategiyalari ularning iqtisodiy muvaffaqiyatlarida katta rol o'ynaydi.
XULOSA
AQSH va Xitoy iqtisodiyoti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, har biri o'zining raqamli iqtisodiyoti, texnologik rivojlanishi va tashqi savdo strategiyalarida o'ziga xos yondashuvlarga egadir. Bu ikki mamlakatning iqtisodiy modellarini tahlil qilish, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu tajriba va strategiyalarni o'z iqtisodiyotiga tatbiq qilish orqali samarali rivojlanish imkoniyatlarini yaratish mumkin.
O'zbekiston uchun, ayniqsa, AQSH va Xitoyning texnologik rivojlanishdagi yondashuvlari o'rnak bo'lishi mumkin. AQSHda xususiy sektorning innovatsiyalar va tadbirkorlikka bo'lgan ilg'or yondashuvi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bunday modelni O'zbekistonda ham xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalarni rag'batlantirish va raqamli infratuzilmani mustahkamlash orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, O'zbekistonda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va startap ekotizimini yaratish uchun davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur.
Xitoyning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan texnologik rivojlanishi va "Made in China 2025" kabi strategiyalari O'zbekistonda yuqori texnologiyalarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarish sohasida o'zgarishlar kiritish uchun yaxshi namunadir. Xitoyning ishlab chiqarish sektoridagi katta salohiyati, shuningdek, uning
eksportga qaratilgan strategiyalari O'zbekistonga o'z ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va global bozorga eksportni oshirishda yordam bera oladi. Xitoyning "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari O'zbekiston uchun tashqi investitsiyalarni jalb qilish va transport tizimini rivojlantirishda o'rnak bo'lishi mumkin.
Xizmatlar sektori, ayniqsa, moliya, texnologiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ham O'zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. AQSHda xizmatlar sektori 80% ni tashkil etsa, O'zbekistonda bu soha hali rivojlanish bosqichida, ammo raqamli xizmatlar va elektron tijoratni rivojlantirish orqali iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash mumkin. O'zbekiston uchun xizmatlar sektori, ayniqsa, raqamli xizmatlar, moliya va ta'lim sohalaridagi innovatsiyalarni joriy etish orqali o'sish potentsialiga ega [5].
Shu bilan birga, Xitoyning ichki bozordagi raqobatbardoshligi va texnologiyalarni keng qo'llashdagi yutuqlari, O'zbekiston uchun ishlab chiqarish va eksport sohalarini rivojlantirishda o'rnak bo'lishi mumkin. O'zbekistonning aholisi va geografik joylashuvi, shuningdek, iqtisodiy integratsiya imkoniyatlari yordamida Xitoy va AQSH kabi yirik iqtisodiyotlar bilan hamkorlikda iqtisodiy o'sishning yangi manbalarini yaratish mumkin.
Shunday qilib, AQSH va Xitoyning iqtisodiy modellaridan olingan tajribalar O'zbekistonga o'z iqtisodiy tizimini modernizatsiya qilishda, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashda va global bozorlarda o'z o'rnini mustahkamlashda katta yordam berishi mumkin. O'zbekiston uchun raqamli iqtisodiyot va texnologik rivojlanishni qo'llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xususiy sektorni rag'batlantirish va tashqi savdoni kengaytirish strategiyalari mamlakatning kelgusi o'sishi uchun muhim yo'nalishlar bo'lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Ochilovich G.M. Iqtisodiyotda biznes marketing samaradorligini takomillashtirish //PEDAGOGS. - 2024. - Т. 69. - №. 1. - С. 154-157.
2. Brynjolfsson va McAfee'ning "The Second Machine Age " kitobi.
3. Richard Baldwin'ning "The Great Convergence " asari.
4. Schwabning "The Fourth Industrial Revolution " kitobi.
5. Сидоров В.А., Турсунов И.Э., Гулов М.О. Приоритеты инновационного развития: вызовы, угрозы и риски //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-1 (109). - С. 1021-1028.
6. Турсунов И.Э., Гулов М.О., Бекназарова Д. Ш. МЕХАНИЗМЫ УПРАВЛЕНИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ
//DEVELOPMENT OF MODERN SCIENCE, EXPERIENCE AND TRENDS. -2022. - Т. 3. - С. 146.
7. Гулов М.О. Теоретические основы и практика регулирования цен на хлопок (на примере Кашкадарьинской области). - 1998.
8. ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education, technology and management. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 167-177.
9. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 786-792.
10. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 1142-1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651.