XUSUSIY SEKTORGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA XORIJ
TAJRIBASI
Imomaliyeva Mohizoda Rasuljon qizi
TDIU "Baholash ishi va investitsiyalar" kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati va xorij tajribasi tahlil qilingan. Singapur, Xitoy va Turkiya misolida xorijiy kapitalni jalb qilishda muvaffaqiyatli amaliyotlar o'rganilgan. Ushbu tajribalarni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari, jumladan, qonunchilikni soddalashtirish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish kabi yo'nalishlar tahlil etilgan. Maqola O'zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha samarali takliflarni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: xususiy sektor, xorijiy investitsiyalar, Singapur tajribasi, Xitoy tajribasi, Turkiya tajribasi, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik (ppp), investitsiya muhitini yaxshilash, texnologiya transferi, O'zbekiston iqtisodiyoti.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В ЧАСТНЫЙ
СЕКТОР
Имомалиева Мохизода Расулжон кизи
Преподаватель кафедры ТГЭУ «Оценочная работа и инвестиции»
Аннотация: В данной статье анализируется важность привлечения иностранных инвестиций в частный сектор и зарубежный опыт. Успешная практика привлечения иностранного капитала изучена на примере Сингапура, Китая и Турции. Проанализированы возможности применения этого опыта в Узбекистане, включая упрощение законодательства, развитие специальных экономических зон, реализацию проектов государственно-частного партнерства. В статье содержатся эффективные предложения по развитию частного сектора и привлечению инвестиций в Узбекистан.
Ключевые слова: частный сектор, иностранные инвестиции, опыт Сингапура, опыт Китая, опыт Турции, особые экономические зоны, государственно-частное партнерство (ГЧП), улучшение инвестиционной среды, трансфер технологий, экономика Узбекистана.
FOREIGN EXPERIENCE IN ATTRACTING INVESTMENTS TO THE
PRIVATE SECTOR
Imomaliyeva Mohizoda Rasuljon kizi
Teacher of the Department of "Evaluation and Investments" of TSEU
Annotation: This article analyzes the importance of attracting foreign investment to the private sector and foreign experience. Successful practices in attracting foreign capital are studied using the examples of Singapore, China and Turkey. The possibilities of applying these experiences in Uzbekistan, including simplification of legislation, development of special economic zones, implementation of public-private partnership (PPP) projects, are analyzed. The article contains effective proposals for developing the private sector and attracting investment in Uzbekistan.
Keywords: Private sector, foreign investment, Singapore experience, Chinese experience, Turkish experience, special economic zones, public-private partnership (PPP), improvement of the investment climate, technology transfer, economy of Uzbekistan.
KIRISH
Xususiy sektor har bir mamlakat iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyotning ushbu sohasi yangi ish o'rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy qilish orqali mamlakatning barqaror iqtisodiy o'sishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, global bozor iqtisodiyotida raqobatbardosh bo'lish uchun xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapital nafaqat moliyaviy resurslarni, balki ilg'or texnologiyalarni, menejment tajribasini va xalqaro biznes aloqalarini ham olib keladi. Bu esa nafaqat iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini oshirishga, balki ichki bozorda yangi imkoniyatlar yaratishga zamin hozirlaydi.
Jahon tajribasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar xususiy sektorga investitsiyalarni jalb etish uchun turli xil yondashuvlar va strategiyalarni qo'llab kelmoqda. Singapur qisqa vaqt ichida samarali iqtisodiy islohotlar va qulay investitsiya muhiti orqali xalqaro investorlarni jalb etishga erishgan bo'lsa, Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalar va texnologiya transferi orqali jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Turkiya esa davlat-xususiy sheriklik modeli asosida o'z iqtisodiyotini mustahkamlagan. Ushbu tajribalar investitsiya jalb qilishda samarali vositalar sifatida boshqa davlatlar, jumladan, O'zbekiston uchun ham muhim yo'nalishlarni belgilab beradi.
O'zbekiston oxirgi yillarda iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, biznes muhiti shaffofligini ta'minlash va xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni amalga oshirmoqda. Ammo global miqyosdagi tajribalarni o'rganish va ulardan samarali foydalanish mamlakatimiz uchun yanada yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqola Singapur, Xitoy va Turkiyaning xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha tajribalarini tahlil qilish, hamda ushbu tajribalarni O'zbekiston sharoitida qo'llash imkoniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha turli manbalarda xalqaro tajriba va ilmiy yondashuvlar batafsil yoritilgan. Xorijiy investitsiyalar va maxsus iqtisodiy zonalar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni o'rganadigan bo'lsak xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy zonalar bilan bog'liq jihatlari ko'plab ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. Xitoyning maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) tajribasini o'rganish bo'yicha qator manbalar MIZlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun quyidagilarni ta'kidlaydi:
- soliq yengilliklari va preferensiyalar yaratish;
- hududiy infratuzilmani rivojlantirish;
- yengillashtirilgan tartib-qoidalarning joriy qilinishi. Masalan, Douglas Zhihua Zeng tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Xitoyning Shenzhen iqtisodiy zonasidagi muvaffaqiyat omillari va ular boshqa davlatlarga qanday moslashuvi mumkinligi tahlil qilingan. O'zbekiston uchun bu turdagi tadqiqotlar hududiy rivoj lanish strategiyalarini belgilashda foydalidir [1].
Singapur dunyodagi eng qulay biznes muhitlaridan birini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Michael Porter va Lee Kuan Yew singari mualliflar asarlarida Singapurning iqtisodiy rivojlanish modellari chuqur o'rganilgan. Ushbu adabiyotlarda:
- qattiq byurokratiyani bartaraf etish;
- erkin bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash;
- davlatning faqat strategik sohalarda ishtirok etishi muhim ekani ko' rsatilgan. Bu tajriba O'zbekiston uchun byurokratik jarayonlarni soddalashtirishda va qulay investitsiya muhitini yaratishda foydali bo' lishi mumkin [2].
Turkiya so'nggi yillarda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishgan. World Bank Group va IMF tadqiqotlari Turkiyaning transport, energetika va infratuzilma sohalarida DXSh loyihalari orqali iqtisodiyotini rivojlantirganini ta'kidlaydi. Ushbu yondashuv quyidagilarni nazarda tutadi:
- xususiy sektorni rag'batlantirish uchun uzoq muddatli kafolat lar;
- moliyalashtirish jarayonlarini xalqaro talablarga moslashtirish;
- qonuniy asoslarni soddalashtirish va investorlar manfaatlarini himoya qilish. Bu tajribalar O'zbekistonda energetika va infratuzilma sohalarida qo' llanishi mumkin
[3].
Ko'plab iqtisodchilar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, UNCTAD (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferensiyasi) hisobotlari xorijiy investitsiyalarning rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Ushbu hisobotlarda:
- xorijiy investitsiyalarning ish o'rinlari yaratishdagi roli;
- texnologiya va tajribani jalb qilishdagi ahamiyati;
- ichki ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishdagi hissasi yoritilgan. O'zbekiston uchun bu yo'nalishdagi ilmiy ishlar iqtisodiyotga xor ijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini baholash imkonini beradi [4].
So'nggi yillarda O'zbekistonda investitsiya muhiti bo'yicha ko'plab mahalliy va xorijiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotlarida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning xorijiy investorlar uchun yaratayotgan qulay sharoitlari yoritilgan. Biroq, ushbu sohada hali xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlillar yetarlicha chuqur emas [5].
METODOLOGIYA
Mavzuni ilmiy o'rganish, mazkur tadqiqotda xususiy sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha xalqaro tajribalar o'rganilib, O'zbekiston sharoitiga mos takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, statistik tahlil hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekistonda xususiy sektorga investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiyotni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda O'zbekiston hukumati bu yo'nalishda bir qator islohotlar va tashabbuslar orqali xususiy sektorni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda [6].
1. Islohotlar va tashabbuslar:
- xususiylashtirish: hukumat davlat mulkini xususiy sektorga topshirish jarayonini jadallashtirmoqda. Davlat korxonalarining aksiyalari xususiy investorlar uchun ochiq savdoga qo'yilmoqda;
- xorijiy investorlarga imtiyozlar: soliq imtiyozlari, vizasiz rejim va boshqa qulayliklar xorijiy investorlarni jalb qilish uchun joriy etilgan;
- raqamlashtirish: tadbirkorlar uchun davlat xizmatlarini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali biznesni ro'yxatdan o'tkazish, soliq hisobotlarini topshirish kabi jarayonlar tezlashtirildi;
- E-IJRO AUKSION platformasi: xususiy sektorga mulk va yerlarni ochiq savdoda sotib olish imkonini beruvchi platforma.
1-jadval
O'zbekistonda so'nggi yillarda xususiy sektorga kiritilgan investitsiyalar
bo'yicha statistik ko'rsatkichlar1
Yil Umumiy Investitsiyalar (mlrd USD) Xususiy Sektor Ulushi (%) Xususiy Investitsiyalar (mlrd USD) Asosiy Yo'nalishlar
2020 18.5 45 8.3 Qishloq xo'jaligi, sanoat
2021 20.0 48 9.6 Xizmatlar, turizm
2022 23.5 50 11.8 Energetika, texnologiyalar
2023 26.0 52 13.5 Transport infratuzilma
2. Xususiy sektorga kiritilgan asosiy investitsiyalar yo'nalishlari (davomi) :
- qishloq xo'jaligi: Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, issiqxona xo'jaliklarini kengaytirish, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarni yetishtirish xususiy investorlar uchun jozibador sohalardan hisoblanadi;
- sanoat va ishlab chiqarish: yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va elektrotexnika kabi tarmoqlarda yangi korxonalar tashkil etilmoqda. Misol uchun, mahalliy xususiy kompaniyalar xorijiy investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirmoqda;
- xizmatlar sektori: savdo markazlari, mehmonxonalar, restoranlar, turizm va IT xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi xususiy kompaniyalar soni ortib bormoqda;
- energetika: quyosh va shamol energetikasiga investitsiyalar jalb qilinmoqda. Xususiy sektorni jalb qilish orqali qayta tiklanadigan energiya loyihalari rivojlantirilmoqda [7].
3. Investitsiya muhiti va qonunchilik bazasi:
- xususiy mulk himoyasi: konstitutsiya va qonunlar xususiy mulkni himoya qilish va xususiy tadbirkorlik uchun kafolatlar berishini ta'minlaydi;
- davlat-xususiy sheriklik (DXSh): tibbiyot, ta'lim va transport infratuzilmasida davlat va xususiy sektor o'rtasida sheriklikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar kengaytirilmoqda;
- erkin iqtisodiy zonalar (EIZ): xususiy investorlarga bojxona va soliq imtiyozlari taqdim etiladigan maxsus hududlar soni ortmoqda.
4. Xususiy sektor investitsiyalarining natijalari:
1 Stat.uz ma'lumotlarida asosida shakllantirilgan.
- yangi ish o'rinlari yaratilmoqda, ayniqsa qishloq joylarda;
- eksport ko'rsatkichlari oshib, mahalliy mahsulotlar xalqaro bozorlarga chiqmoqda;
- innovatsion texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv tizimlari iqtisodiyotga kiritilmoqda [8].
2-jadval
O'zbekistonda xususiy sektorga investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha xorijiy
tajribasi2
Davlat Xususiy investitsiyalar ulushi (%) Asosiy sektorlar Amaliyotlar va natijalar O'zbekiston uchun tavsiyalar
Singapur 70 Texnologiyalar, Soliq imtiyozlari, Innovatsion
moliya, erkin zonalar va parklar va
infratuzilma investorlar huquqlari himoyasi texnologik rivojlanish dasturlari
Turkiya 55 Sanoat, qurilish, Davlat-xususiy DXSh
turizm sheriklik, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar loyihalarini jadal rivojlantirish
Qozog'ist 50 Energetika, Erkin iqtisodiy zonalar EIZni
on transport, qishloq (EIZ), investorlar kengaytirish va
xo'jaligi uchun grantlar xorijiy investitsiyalarni oshirish
Janubiy 65 Avtomobilsozlik, Innovatsion Mahalliy ishlab
Koreya IT, qishloq texnologiyalarni joriy chiqaruvchilarni
xo'jaligi qilish va eksportni rag'batlantirish qo'llab-quvvatlash
Hindiston 60 Farmatsevtika, Raqamlashtirish, Startap
xizmatlar startaplarni qo'llab-quvvatlash dasturlari ekotizimini rivojlantirish
Singapur (70% ulush): innovatsion texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida ilg'or strategiyalar qo'llaniladi. Soliq imtiyozlari va erkin iqtisodiy zonalar investitsiyalarni jalb qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu O'zbekiston uchun IT parklarni rivojlantirishda o'rnak bo'lishi mumkin. Turkiya (55% ulush): davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli infrastrukturaviy loyihalarni rivojlantirishda muvaffaqiyatli qo'llanilgan. Bu model O'zbekistonning transport va turizm sohalarida qo'llansa,
2
https://www.worldbank.org/.,https://www.oecd.org/,https://invest.gov.kz/,https://www.kdi.re.kr/,https://www.startupind ia.gov.in/
sezilarli natijalar beradi. Qozog'iston (50% ulush): erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) va investitsiya grantlari bilan energetika va transport sohalarida katta muvaffaqiyatga erishgan. O'zbekistonning Nukus va Angren hududlarida ElZlarni kuchaytirish orqali xuddi shunday samaraga erishish mumkin. Janubiy Koreya (65% ulush): Eksportni rag'batlantirish va texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha ilg'or tajribaga ega [10]. O'zbekiston uchun avtomobilsozlik va IT sohalarida ushbu modelni qabul qilish muhim. Hindiston (60% ulush): startaplarni qo'llab-quvvatlash va raqamlashtirish sohasida o'ziga xos muvaffaqiyatlar qozongan. O'zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish uchun Hindiston tajribasidan foydalanishi lozim [9].
Xorijiy tajriba shuni ko'rsatadiki, soliq imtiyozlari, davlat-xususiy sheriklik va texnologik rivojlanishga yo'naltirilgan strategiyalar xususiy sektorni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston uchun bu yo'nalishlarni mahalliy sharoitga moslashtirish xususiy sektorga investitsiyalar hajmini oshirishi mumkin.
XULOSA
Xususiy sektorga investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o' ynaydi. Singapur, Turkiya, Qozog'iston, Janubiy Koreya va Hindiston tajribasi shuni ko'rsatadiki, samarali soliq siyosati, davlat-xususiy sheriklik (DXSh), erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish xususiy investitsiyalarni jalb qilishda asosiy omillardir. Tadqiqotimizda quyidagi takliflar berishimiz mumkin:
1. Davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish: transport, turizm va infratuzilma sohalarida DXX modelini keng joriy qilish.
2. Soliq va bojxona imtiyozlari: xususiy investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish.
3. Erkin iqtisodiy zonalar rivoji: Nukus, Angren va Termiz kabi hududlarda EIZ imkoniyatlarini kengaytirish.
4. Texnoparklar va startap ekotizimi: Toshkent va yirik shaharlarda IT va startaplarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish.
5. Raqamlashtirishni tezlashtirish: biznesni boshqarish va ro'yxatga olish jarayonlarini to'liq elektronlashtirish.
Ushbu chora-tadbirlar O'zbekistonda xususiy sektorga investitsiyalar hajmini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Douglas Zhihua Zeng. "Building Engines for Growth and Competitiveness in China: Experience with Special Economic Zones and Industrial Clusters". World Bank Publications, 2010.
2. Michael Porter. "The Competitive Advantage of Nations". Free Press, 1990.
3. Lee Kuan Yew. "From Third World to First: The Singapore Story". HarperCollins, 2000.
4. World Bank Group. "Turkey's PPP Success Story: How the Country Became a Global Leader in PPPs". World Bank, 2020.
5. UNCTAD. "World Investment Report 2022: International Tax Reforms and Sustainable Investment". United Nations, 2022.
6. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish bo'yicha 2023-yilgi hisobotlari".
7. IMF (International Monetary Fund). "Public-Private Partnerships in Emerging Markets: Experiences from Turkey and Beyond". IMF Working Papers, 2021.
8. Hindiston hukumati. "Startup India Initiative Reports". Hindiston Davlat Departamenti, 2022.
9. O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. "O'zbekistonda xususiy sektorga investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar" Toshkent, 2023.
10. Janubiy Koreya hukumati. "Korea's Economic Development: Lessons and Strategies". Korea Development Institute, 2019.