Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRISH BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA'

RAQAMLASHTIRISH BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1020
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / raqamli iqtisodiyot / texnika / iqtisod / цифровые технологии / цифровая экономика / инженерия / экономика.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonqulova Gulira’no Murod Qizi

Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning yurtimizda qo’llanilish jarayonida olib kelingan qulayliklar haqida boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЦИФРОВИЗАЦИЯ КАК ФАКТОР УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ

В статье обсуждается важность цифровой экономики и преимущества её внедрения в нашей стране.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRISH BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA»

у

Raxmonqulova Gulira'no Murod qizi,

Toshkent davlat texnika universiteti stajiyor tadqiqotchisi

RAQAMLASHTIRISH BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

UDK: 339.13

RAXMONQULOVA G.M RAQAMLASHTIRISH BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning yurtimizda qo'llanilish jarayonida olib kelingan qulayliklar haqida boradi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, raqamli iqtisodiyot, texnika, iqtisod.

РАХМОНКУЛОВА Г.М. ЦИФРОВИЗАЦИЯ КАК ФАКТОР УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ

В статье обсуждается важность цифровой экономики и преимущества её внедрения в нашей стране.

Ключевые слова: цифровые технологии, цифровая экономика, инженерия, экономика.

RAKHMONKULOVA G.M. DIGITALZATION AS A SUSTAINABLE DEVELOPMENT FACTOR

The article discusses the importance of the digital economy, which is a modern requirement, and the benefits of its implementation in our country.

Key words: digital technology, digital economy, engineering, economics.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

Kirish.

Bizga ma'lumki hozirgi tezkor rivojlanib kelayotgan mamlakatlarning asosiy iqtisodiy madaniy va boshqa sohalarining asosiy negizi raqamlashtirilgan. Bu esa hozirgi XXI asrning asosiy ko'rinishi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Misol tariqasida Prezidentimizning quyidagi fikrlariga nazar solsak "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur", - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Raqamli iqtisodiyotga o'tish» konsepsiyasini ishlab chiqishda axborot xavfsizligiga alohida etibor berish kerak ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Prezident SHavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomalarida 2020 yilni - "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildilar. SHuni mamnuniyat, g'urur va iftixor bilan ta'kidlash mumkinki, bu murojaatnoma nafaqat 2020 yil uchun qo'llanma va yo'llanma vositasida, balkim, O'zbekistonni yaqin o'rta muddatga taraqqiyot yo'lini belgilab beruvchi Dastur sifatida fundamental ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat sifatida baholash mumkin. Umuman, har qanday fan, jumladan, iqtisodiyot, qolaversa, jamiyat matematika yutuqlaridan o'rinli foydalanmasa yuksaklikka erisha olmaydi.

Jahon tajribasida ilmfan rivojiga asoslanib keskin rivojlanishga erishgan va erishayotgan AQSH, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Singapur, Xitoy, Rossiya kabi qator davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. SHuningdek, "Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo'nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib beriladi", deb aniq va ravon ko'rsatilgan. Murojaatnomada "Raqamli O'zbekiston - 2030 dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim", deb aniq vazifalar belgilandi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish esa, o'z

1 Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabr Oliy Majlisga murojaatnomasida

navbatida, puxta matematik ko'nikmalarni taqozo etadi2.

Maqolaning maqsadi. O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga turli iqtisodiy islohotlar bilan birgalikda raqamli iqtisodiyot faoliyatini jamiyatda keng targ'ib qilishning o'ziga xos va mos foydali jihatlarini ochib berish.

Bugungi kunda keng targ'ib etilayotgan raqamli iqtisodiyot ichki iqtisodiyotning rivojlanishida mamlakatlarning global iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga bevosita bog'liqdir. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning etakchi davlatlari YAIMdagi ulushi yil sayin o'sib bormoqda. Masalan, uning AQSH iqtisodiyotidagi ulushi 10,9 foiz, Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belarusda 6,5 foiz va Xitoyda 10 foizni tashkil etadi3. Tashqi iqtisodiy aloqalarning barqarorligi va diversifikatsiyasi milliy iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi va barqarorligiga, uning tarkibini shakllantirishga, faoliyat samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi raqamlar misolida namoyon bo'lmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832 qarorining qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani qo'llashda muhim dasturi amal hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlari singari O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanib bormoqda. Kundalik hayotimizga axborot-texnologiyalarini tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot bir necha barobar sekin rivojlanmoqda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud, lekin rivojlanish darajasi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot tarqiyoti borasida hal qilinishi kerak bo'lgan qanjh ilmiy muammolar mavjud. Bular qatorida quidagilarni ko'rsatishimiz mumkin:

2 http://www.economiyjournal.uz/maqola/jumayev-1-son.pdf

3 https://www.gazeta.uz/uz/2020/02/21/digital-2023/

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

- internet tezligining pastligi va sifatsizligi;

- ko'plab sohalardagi monopoliya;

- fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi;

- qonunchilikning shaffof emasligi;

- axborot-texnologiyalari bo'yicha mutaxasislarning yetishmasligi;

- ilm-fan va ayniqsa aniq fanlar rivojlanishining sustligi.

Biz yuqorida sanab o'tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda yechim topsak, albatta O'zbekiston ham raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oladi.

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o'tamiz:

- ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish;

- kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi;

- ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

- yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

- kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikning yo'qolishi.

Yuqoridagilar raqamli iqtisodiyotning bor yo'g'i bir nechta afzalliklari hisoblanadi

Prezident Sh.Mirziyov ta'kidlaganidek, "Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi".

Maqolaning dolzarbligi.

Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi — "raqamli iqtisodiyot" boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan1. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning o'zida milliy

1 https://mininnovation.uz/oz/news/raqamli-iqtisodiyot-muammolar-va-imkoniyatlar

yalpi ichki mahsulotning 12 foizga yetdi2. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning o'zida transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir3.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo'yildi:

- yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun olib borilayotgan qaror va targ'ibotlar;

- dunyo mamlakatlarining rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o'rnini o'rganish;

- yurtimizdagi islohotlarni raqamlarda tahlil qilish;

- xulosa va takliflarni namoyon qilish.

Tadqiqotning asosiy natijalari.

Dunyo olomlarining Ta'kidlashicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-kitoblariga binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko'payishi yillik YalM ko'lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YalMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko'lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YalM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YalMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi.

Mamlakatimizda olib borilgan islohotlar natijasini Misol tariqasida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini olshimiz mumkin. Mamlakatimizda ma'muriy tartibotlardan

2 https://yuz.uz/uz/news/raqamli-iqtisodiyot-taraqqiyot-sari-qisqa-yol

3 https://yuz.uz/uz/news/raqamli-iqtisodiyot-taraqqiyot-sari-qisqa-yol

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

2-jadval. Aholining internet bilan ta'minlanganligi (100 ta doimiy aholiga birlik hisobida)1

2016 2017 2018 2019 2020

Jismoniy shaxslarga 25.8 29.1 33.2 39.1 56.2

jami 26,6 30.2 34.5 40.4 58.4

o'tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5598-sonli Farmoni bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turibdiki raqamlashtirish jarayonida mamlakat internet tizimi yil sayin o'sib bormoqda bu esa texnika asrining samarali faoliyat jarayonini oshirib boradi.

Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasiga muvofiq Kompaniya tomonidan mavjud infratuzilmaning tizimli tahlili o'tkazildi va tarmoqni rivojlantirish borasida sifat o'zgarishlariga oid qarorlar qabul qilindi, texnik jihozlarni tadrijiy yangilashning batafsil rejasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilmoqda2.

2020 yilda ijtimoiy soha ob'ektlariga qadar yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi optik tolali aloqa liniyalari tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilgan. Jumladan, 5 834 ta maktabgacha

1 Stat.uz

2 Maqola muallifi tomonidan o'rganilgan ichki tadqiqot asosida (sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi stajior tadqiqotchisi raxmonqulova G.M tomonidan internet tarmog'ini rivojlantirish loyihasidagi tadqiqot doirasida )

ta'lim ob'ektlariga qadar 3 625 km., 3 401 ta sog'liqni saqlash ob'ektlariga qadar 2 213 km. va 9 471 ta xalq ta'limi ob'ektlariga qadar 11 625 km. optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan3.

Bu faktlarning barchasi raqamlashtirishning mukammal darajda qo'llanishi natijasida Kompaniya faol ijtimoiy faoliyatini yuritibgina qolmay, ongli ravishda mamlakatning ilgari boruvchi va har tomonlama uyg'un rivojlanishiga yo'naltirilgan sezilarli ijtimoiy yuklamani o'z zimmasiga olishini ham ko'rsatadi.

ARPU, Интернет (минг сум)

73 л

2018йил 2019йил 2020йил

Rasmda: Simli internet xizmatlari bo'yicha bitta abonentdan o'rtacha oylik daromad, ming so'm4.

Bitta foydalanuvchidan olinadigan o'rtacha daromad 94 ming so'mga etdi, bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 12%ga ko'proqdir.

Xulosa va takliflar o'rnida shuni aytish joizki, Rivojlanish uchun insoniyat hayotining yengil darajaga keltirishni maqsad qilgan holda amalga oshirilsagina aniq bir rejani qo'llasa bo'ladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va

3 O'zbektelekom 2020 yil hisobotidan (38 -bet)

4 O'zbektelekom AJ 2020 hisobotidan (39-bet)

ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tish maqsadga muvofiq:

Aholi savodxonligi Ьи borada Пдап qadam bo'ladi desa тиЬо!ад'а Ьо'!тауЬ1. Mamlakatimizda ayni damda aholi savodxonligi uchun raqamli texnologiya mutaxassislari tayyorlash jarayonini kuchaytirilmoqda. Shu bilan Ыгда иБЬЬи sohaning yetakchi mutaxsssilari ayni damda kamligi raqamlashtirishning ildamlashishiga ^^тПк ham qilmoqda;

O'rta ta'lim sohasidagi jamiyki maktablar faoliyatini raqamli texnologiyaga bog'lanmas

ekanmiz kelajakni uzoq raqamlihayot sari ko'rish mushkul va mashaqqatli ish hisoblanadi;

Ayni damda faoliyat olib borayotgan korxona xodimlaridan zamonaviy texnika faoliyatiga mos va xos Ьilim darajasini oshiruvchi maxsus sinov testlari yoki oylik maoshiga qulay imkoniyat yaratadigan rag'batlarni qo'llamas ekanmiz bu sohadagi texnikalarning oldingi zamon nafasidan ajrata olmaymiz; Yuqoridagi takliflar balkim sizu biz uchun oddiy tuyilsada aslida bizning kelajakdagi rivojlanish poydevorimizning debochasi bo'lishi mumkinligini sizu biz yaxshi bilamiz.

Foydalanigan adabiyot ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyeevning -oliasy-28-12-2018

2. Переходов В.Н. Основы управления инноватсионной деятелностю. - М.: ИНФРА-М., 2015.

3. https://stat.uz/uz/2-uncategorised/5221 -o-zbekiston-aholisi

4. https://stat.uz/uploads/docs/selxoz-yan-dek-uz.pdf

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.