RAQAMLASHTIRISSHNING IQTISODIYOT RIVOJIDAGI O'RNI
Gulira'no Murod qizi Raxmonqulova
Toshkent davlat texnika universiteti stajyor tadqiqotchisi graxmonqulova.92 @mail .ru
ANNOTATSIYA
Maqolada raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning qo'llanilish jarayonida olib kelingan qulayliklar insoniyatga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida boradi
Kalit so'zlar:raqamli texnologiya,raqamli iqtisodiyot, texnika,iqtisod
THE ROLE OF DIGITALISM IN ECONOMIC DEVELOPMENT
ABSTRACT
The article discusses the importance of the digital economy, which is a modern requirement, and the benefits of its implementation in our country.
Keywords: digital technology, digital economy, engineering, economics
Innovatsion faoliyat ulushining o'sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo'lida, innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko'p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech imkoni yo'q.
Davlatimiz rahbarining ta'kidlashicha, "...yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha 2019 yilda 8 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi,
ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalami keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin". 1
Prezident SHavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomalarida 2020 yilni - "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildilar. SHuni mamnuniyat, g'urur va iftixor bilan ta'kidlash mumkinki, bu murojaatnoma nafaqat 2020 yil uchun qo'llanma va yo'llanma vositasida, balkim, O'zbekistonni yaqin o'rta muddatga taraqqiyot yo'lini belgilab beruvchi Dastur sifatida fundamental ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat sifatida baholash mumkin. Umuman, har qanday fan, jumladan, iqtisodiyot, qolaversa, jamiyat matematika yutuqlaridan o'rinli foydalanmasa yuksaklikka erisha olmaydi.
Maqolaning dolzarbligi
Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi.2
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma'lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi3
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta'sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so'nggi o'n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko'rish kifoya.
Tadqiqotga metodik yondashuv
Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun olib borilayotgan huquqiy targ'ibotlarni o'rganish;
- Dunyo mamlakatlarining rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o'rnini o'rganish;
- Yurtimizdagi islohotlarni raqamlarda tahlil qilish;
- Xulosa va takliflarni namoyon qilish.
Tadqqiqotning asosiy natijalari
Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga katta miqdorda mablag' sarflamoqda. Ushbu xarajatlarni (YaIMga nisbatan%) 1-jadvaldan ko'rish mumkin.
1 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25
2 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25
3 https:mff.uz/uz/press/news/2020/02/233/45/
1-jadval. Ba'zi hukumatlar tomonidan tadqiqot va innovatsiyalarga ajratilgan investitsiyalar (YAIMga nisbatan foiz) 4
Mamlakat %YaIM
Germaniya 2,7 %
AQSH 2,8 %
Yaponiya 3,5 %,
Belorussiya 0,74 %
Rossiya 1,04 %
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar YalMning taxminan 3 foizini innovatsiyalarga sarflaydilar, o'tish iqtisodiyoti bo'lgan mamlakatlar esa ancha kam mablag 'sarflaydilar.
Biroq, global iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalar va ilmiy guruhlarga ajratilgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish vazifasi birinchi o'rinda turadi. Shu munosabat bilan biz iqtisodiy samaradorlik tushunchasiga duch kelamiz. Ushbu maqsadlar uchun har yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa innovatsion ko'rsatkichlari (YIK) nashr etiladi. Shuningdek, 2007 yilda Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari uchun ish muhitini tahlil qilish usuli asosida texnik samaradorlik ko'rsatkichlari hisoblab chiqilgan.
Dunyo olomlarining ta'kidlashicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko'payishi yillik YalM ko'lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko'lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi. Mamlakatimizda olib borilgan islohotlar natijasini Misol tariqasida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini olshimiz mumkin. Mamlakatimizda ma'muriy tartibotlardan o'tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va
4 htpp/statistika.ru 2017
Uzbekistan
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5598-sonli Farmoni bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Xulosa va takliflar o'rnida shuni aytish joizki, Rivojlanish uchun insoniyat hayotining yengil darajaga keltirishni maqsad qilgan holda amalga oshirilsagina aniq bir rejani qo'llasa bo'ladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tish maqsadga muvofiq:
Aholi savodxonligi bu borada ilgari qadam bo'ladi desa mubolag'a bo'lmaydi. Mamlakatimizda ayni damda aholi savodxonligi uchun raqamli texnologiya mutaxassislari tayyorlash jarayonni kuchaytirilmoqda shu bilan birga ushbu sohaning yetakchi mutaxsssilari ayni damda kamligi raqamlashtirishning ildamlashishiga to'sqinlik ham qilmoqda; O'rta ta'lim sohasidagi jamiyki maktablar faoliyatini raqamli texnologiyaga bog'lanmas ekanmiz kelajakni uzoq raqamlihayot sari ko'rish mushkul va mashaqqatli ish hisoblanadi; Ayni damda faoliyat olib borayotgan korxona xodimlaridan zamonaviy texnika faoliyatiga mos va xos bilim darajasini oshiruvchi maxsus sinov testlari yoki oylik maoshiga qulay imkoniyat yaratadigan rag'batlarni qo'llamas ekanmiz bu sohadagi texnikalarning oldingi zamon nafasidan ajrata olmaymiz; Yuqoridagi takliflar balkim sizu biz uchun oddiy tuyilsada aslida bizning kelajakdagi rivojlanish poydevorimizning debochasi bo'lishi mumkinligini sizu biz yaxshi bilamiz.
REFERENCES
l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyeevning -oliasy-28-12-2018
2. Переходов В.Н. Основы управления инноватсионной деятелностю. М.: ИНФРА-М., 2015
3. https://stat.uz/uz/2-uncategorised/5221 -o-zbekiston-aholisi
4. https://stat.uz/uploads/docs/selxoz-yan-dek-uz.pdf