Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
QURUQ IQLIM UCHUN YARATILGAN YANGI TIPDAGI FOTOISSIQLIK QURILMA SAMARADORLIGIGA QUYOSH NURLANISH OQIM ZICHLIGINING TA'SIRINI O'RGANISH
R.B.Aliqulov - tayanch doktorant, M.N.Tursunov - bosh ilmiy xodim, H.Sobirov - katta ilmiy xodim. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
O'zbekiston.
Kirish: Respublikamizning o'ta quruq hududlarida quyosh fotoelektik batareyalardan foydalanilganda, haroratning fotoelektrik batareyalarning parametrlariga katta ta'sir qilishi aniqlangan. Shuning uchun, muhit harorati 35-400C dan oshganda, fotoelektrik batareyalarning samaradorligining tushib ketishi jarayonini tahlil qilib, uning oldini olish imkoniyatlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir [1,273-b].
Fizika-texnika isntituti olimlari bu kabi muommolarni echishda izlanishlar olib bormoqda. Jumladan respublika quruq iqlim xududlarida chuqurligi 40-50m dan ortiq bo'lgan quduqlardan fotoissiqlik batareyalar asosidagi suv chiqarish qurilmalarning samaradorligini oshirish uchun bevosita qurilmada o'zini sovutish tizimi yaratilgan va patent olingan. Bunday chuqurlikdagi quduq suvlarining harorati 10-15 daraja bo'lib, suv bilan fotoissiqlik batareyasining kollektorini sovutish qo'shimcha (FIB ning 250S sertifikatsiya pasporti kuchlanishidan) kuchlanish hosil qiladi. Buning uchun, FIB lar orqali quduqdan, chiqarilgan suvni ikkiga ajratilib, bir qismini FIB ning orqa tomoniga mahkamlangan kollektorga suvni yo'naltirish bilan sovutiladi.
Bu maqolada boshqa izlanishlardan farqli, taklif etilayotgan sovutish tizimi respublikamizning barcha hududlarida, jumladan o'ta quruq suvsiz hududlarda ham foydalanish mumkinligidir. Yangi turdagi FIB sovutish sistemasi ichki yonuv dvigatellarining sovutish sistemasiga oid printsipga asoslangan bo'lib, sovutishni suvning maxsus radiator orqali aylanishi ta'minlaydi. Sovitish radiatori - bu dvigatel tizimini sovitish va normal harorat sharoitlarini ta'minlash uchun mo'ljallangan qurilmadir. Avtomobil sovitish radiatorii yadro, yuqori va pastki tanklardan iborat. Bunday sodda, murakkab bo'lmagan vosita dvigatelning uzoq muddatli va ishonchli ishlashining kalitidir [2, 200-b].
FEBning orqa yuzasiga yig'iladigan issiqlikni kollektordan suv o'tkazib sovutib, issiqlikni qabul qilgan suvni qayta sovitish uchun nasos yordamida radiatorga
May 15, 2024
29
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
uzatish ta'minlanadi, va sovitish radiatoridan o'tgan suyuqlik yana, kollektorga qaytariladi. Sovutish radiatoridan o'tgan suyuqlik yaxshiroq sovushi uchun unga ventilyator o'rnatilgan. Sovutish sistemasidagi nasos va ventilyator kam quvvatli bo'lib, FEB ning ishlab chiqargan energiyasiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi, va to'g'ridan-to'g'ri kontrollerga ulanadi.
Metodlari: Ushbu maqola yangi tipdagi sovutish tizimiga ega fotoissiqlik qurilmaga quyosh nurlanishi oqim zichligini reflektor orqali oshirish va samaradorligiga muhit parametrlarining ta'sirini o'rganishdan iborat.
Natijalar: Fotoissiqlik batareyalarni quruq suv bo'lmagan respublika xududlarida samarali ishlashi uchun yaratilgan yangi sovutish tizimi orqali respublikaning barcha hududlarida hamda o'ta quruq hududlarda suv bo'lmagan taqdirda ham FEB samaradorligining haroratdan kamayishi oldini olish mumkin va FEB berishi kerak bo'lgan energiyadan samarali foydalanish imkoni paydo bo'ladi. Avvalgi ilmiy izlanishlarda yangi tipdagi sovitish tizimida nasos yordamida FIB orqasidagi qizigan suvni radiatordan o'tkazib, FIB ni sovutishga erishilgandi. Radiatordan issiqlikni energiyasi uzatilishini tezlashtirish maqsadida unga vintilyator o'rnatilgandi. Yangi tipdagi sistemaga o'rnatilgan nasosning iste'mol quvvati 5W ni, vintilyatorning iste'mol quvvati esa 3,5W ni tashkil qiladi. Biz havo harorati pastroq bo'lgan kunlarda vintilyatorni iste'moldan uzib, faqat nasos yordamida suvni sovutdik. Va 3,5W quvvatni tejashga erishdik. Dastlabki, 60W quvvatga ega FIB asosidagi fotoissiqlik qurilmada quyosh nurlanishi oqim zichligini oshirish maqsadida, ikki yon tomoniga reflektorlar o'rnatildi. Tajribalar Fizika-texnika institutining Geliopoligonida tabiiy sharoitida o'tkazilgan va olingan natijalarni quyidagi grafiklar orqali ko'rsatilgan.
Vaql
Vaql
1-rasm. Salt yurish kuchlanishi va qisqa tutashuv toki qiymatlaring vaqt
bo'yicha o'zgarishi
May 15, 2024
30
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
1-rasmda FIB ning qisqa tutashuv toki FEB ning qisqa tutashuv tokidan farq qilishini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni soat 11:40 da toklar farqi 1,4A ni tashkil etgan, 35% ga FIB ning qisqa tutashuv toki FEB qisqa tutashuv tokidan ortiq ekanligini ko'rishimiz mumkin. FIB ning quyosh nurlashi oqim zichligini reflektor orqali oshirilganda qisqa tutashuv tokining keskin oshganligini kuzatdik.
1-rasmda FIB ning salt yurish kuchlanish FEB ning salt yurish kuchlanishi bilan solishtirilganda katta farq sezilmagan. Sababi sovutish sistemasida vintilyatorni ishlatmasdan foydalanilgan, va suv keskin sovimagan. Lekin FIB ning orqasida yig'iladigan issiqlikni keskin oshishiga yo'l qo'yilmagan.
2-rasm. Quvvat va quyosh nurlanishi oqim zichligi qiymatlaring vaqt boiyicha
o'zgarishi
2-rasmda FIB ning quvvat va FEB ning quvvatidan samaradorligini ko'rishimiz mumkin. Fotoissiqlik batareyaning maksimal quvvati 82W ni, Fotoelektrik batareyaning maksimal quvvati esa 54W ni ko'rsatdi.
2-rasmda quyosh nurlanishi oqim zichligi 10:00 dan boshlab oshib borgan, va 12:00 da keskin kamaygan. Sababi osmonda bulutlar quyosh nurlanishi oqimini to'sib quyganligi.
Xulosa: Reflektor orqali quyosh nurlanish oqim zichligini oshirganimizda oddiy fotoelektrik batareyaning quvvatidan Fotoissiqlik batareyaning quvvati 55% ga ortiq chiqqanligini kuzatdik. Sovutish sistemasida vintilyatorni ishlatmasdan sovutish havo harorati past kunlarda ham qo'llanilishini mumkin ekanligini kuzatdik. 2024-yilda quvvati 300Vt bo'lgan suvsiz quruq iqlimli respublika qishloq xududlari uchun mukammallashtrilgan fotoissiqlik qurilmasining tajribaviy nusxasi yaratilib, quruq suvsiz iqlimda sharoitida ekstremal haroratlarda (400S dan ortiq) sharoitda sinovdan o'tkazish rejalashtirildi.
May 15, 2024
31
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
REFERENCES
1. Tursunov M. N., Sabirov X., Xolov U. R. and Eshmatov M. "Investigation of the parameters of a photovoltaic thermal battery in extreme natural conditions". Applied Solar Energy. Vol. 57. №4. Pp. 272-277. 2021.
2. Tursunov M.N., Sabirov X., Ramazon Aliqulov: "O'ta quruq hududlarda fotoelektrik batareyalardan samarali foydalanish". "Energiya va resurs tejash muammolari". №2. 2023. C.8.
32
May 15, 2024