UDK 004.02:004.5:004.9
Mamasoliyev B.M.
"Yer usti transport tizimlari" kafedrasi assistenti Andijon Mashinasozlik institute Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshox ko'chasi
AVTOMOBILLARNI QISH SHAROITLARIDA O'T OLDIRISHNI YENGILLASHTIRADIGAN USULLAR VA VOSITALAR ISHLAB
CHIQISH
Annontatsiya: Avtomobillarning keskin (ekstremal) iqlim sharoitlarida samarali ishlashini pasaytiruvchi omillardan biri, ularni ochiq maydonlarda, garajsiz saqlaganda, ishga chiqarishga tayyorlash uchun ko'p vaqt sarflashdir. Hozirgi paytda hatto og'ir iqlim sharoitlarida ham yuk avtomobillari parkining 30-50foizi ochiq maydonlarda saqlanadi. Ushbu maqolada past haroratlarda, garajsiz saqlanganda, avtomobillarning ishga chiqishini osonlashtiradshan turli usullar va vositalar qo 'llash bo 'yicha ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Motorning isitilganlik darajasi; issiqlik generatori; sirkulatsiya; Avtomobil sovutish tizimi; moy xarorati.
Mamasoliyev B.M.
Assistant of the Department of "Ground Transport Systems" Andijan Institute of Mechanical Engineering Andijan region, Andijan, Boburshah Street
DEVELOP METHODS AND TOOLS TO MAKE CARS FIRE IN
WINTER
Annotation: One of the factors that reduces the efficiency of cars in extreme climates is the time spent preparing them for operation in open areas, without a garage. Currently, even in severe climates, 30-50% of the truck fleet is stored in the open. This article provides information on the use of various methods and tools that make it easier for cars to get started at low temperatures, without a garage.
Keywords: Engine warm-up rate; heat generator; circulation; Car cooling system; oil temperature.
Kirish. Motor o't olishini osonlashtiruvchi usullar agregatlar va tizimlarni isitib tayorlash vositalari kabi individual, ya'ni har bir avtomobil uchun alohada. yoki guruhiy bir necha avtomobillar guruhi uchun mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Isitib tayyorlash umumiy tushuncha bo'lib mohiyatni ochilmaydi, ammo tashqi manbadan issiqlik keltirishni anglatadi. Bu esa uzoq muddatli (sekin) isitish (podogrev) yoki qisqa muddatli isitish (razogrev) usullari bilan amalga oshiriladi.
Avtomobilni uzoq muddatli isitish — bu, uni ishdan qaytgandan boshlab. to yana ishga chiqqunga qadar, ya'ni smenalararo vaqt ichida uzluksiz issiqlik bilan ta'minlab turishdir. Qisqa muddatli isitish esa avtomobilni bundan kam vaqt davomida isitishdir.
Mavzuning dolzarbligi. Harakatdagi tarkibni saqlashni tashkil etishda avtomobillarni qishda ishlashga tayyorlash uchun belgilangan tadbirlar majmuasi muhim ro'l o'ynaydi. Past haroratlarda motor o't olishini yengillashtirish va agregatlar issiqlik rejimlarini ta'minlash asosan motor avvalgi ishlagan paytidagi issiqligini saqlash; tashqi manba issiqligidan foydalanish; motorni sovuq holda o't oldirishni ta'minlovchi vositalar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi manbalar issiqligidan foydalanish. Bu guruh usullari motorni o't oldirish uchun avtomobil uzoq saqlanganda, shuningdek, smenalar aro vaqtda turib qolganida qo'llaniladi. Bunda korxona hududida joylashgan tashqi manba issiqligidan motorlarni guruh rejimida uzoq va qisqa muddatli usullarda isitish uchun foydalanish mumkin (1- jadval). Motorning isitilganlik (yoki qizdirilganlik) darajasi silindrlar bloki hajmidagi sovutuvchi suyuqlikning haroratiga qarab belgilanadi. Uzoq muddatli isitilganda sovutish hajmida va motorning boshqa eng sovuq qismlaridagi (tirsakli val podshipniklari) harorat orasidagi farq qisqa muddatli isitilganidan kam bo'lishi
hisobga olinganda, harorat silinrdlar kallagida uzoq muddatli isitilganda 40- 60 °C, qisqa muddatli isitishida esa 80-90 °C bo'lishi kerak.
№ Issiqlik manbalari Issiq suv Bug' Issiq havo Gaz-havo aralashmasi
1 Suv issitgich qozoni Issiqlik almashish qurulmasi - Issiqlik almashish qurulmasi -
2 Bug'qazoni, sanoat bug' tarmog'i Issiq suvdan Bevosita qozonda yoki tarmoqdan Issiq suvdan -
3 Issiqlik generatori yoki olovli issitgich Issiq suvdan - Issiq suvdan Issiqlik generatori yoki olovli qizdirgichda
4 Elektrkalorifer yoki elektrqizdirgich Ektrqizdirgichda - elektrkaliferd a -
5 Gelio moslama yordamida suv isitiladi Issiq suvdan
Motorlarni bug' yordamida qisqa va uzoq muddatli isitish avtotransport korxonalarida bug' bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Bunda kondensatni qozonga qaytarmaslik va qaytarish usullarining biridan foydalaniladi. Birinchi usulda bug' qozondan isitiladigan motorga jo'natiladi va radiatorning og'zi orqdli sovutish
tizimiga kiritiladi. Sovutish tizimini bug' isitadi va kondensatga aylanib maydonga to'kiladi.
Avtomobillarni guruh bilan isitish uchun issiqlik manbalari va
tashuvchilari 1-jadval
Kondensatni qozonga qaytarish usuli bilan isitish esa qaytaruvchi quvur o'tkazgichlar o'rnatish hisobiga bug' bilan isitish jihozlarmni murakkablashtiradi. Motorlarni isitish tezligi birinchi usulga qaraganda past, chunki barcha bug' sovutish tizimida kondensatga. aylanmaydi. Ushbu maqolada taklif qilinayotgan usul hozirgi kunda dunyo miqyosida muqobil energiyadan foydalanish jadallashgan va rivojlangan davrda avtomobillarni sovuq iqlim sharoitlarda (avtobus va yuk yuk avtomobillarini) foydalanishini yaxshilash uchun quyosh qurulmalari (gelioqurulma) yordamida isitilgan issiq suvni avtomobil matorining sovutish tizimiga ulab sirkulatsiya holatida saqlash yo'li bilan matorni o't olishini yengillatirishdir.
1 - rasm. Ikki konturli issiq suv ta'minoti uchun aktiv quyosh tizimining sxemasi:
1- quyosh kollektori suv isitgich; 2- issiqlik almashtirgich; 3-issiq suv akkumulyatori; 4-qo'shimcha suv isitgich; 5-uy-xonasi; 6-nasos; 7-ventil; 8-sovuq suv tarmog'i; 9-kengayish baki-havo chiqarigichi; 10-drenaj suv chiqargichi.
Birinchi kontur berk bo'lib, suv isitadigan quyosh kollektori (1) va issiqlik almashtirgich (2) lardan iborat (2.8 rasm). Ikkinchi kontur ochiq bo'lib, issiqlik almashtirgich (2). issiq suvli bak - akkumulyator (3), qo'shimcha suv isitgich (4) va iste'molchi (5) lardan iborat. Quyosh nurlanish energiyasi hisobidan kollektor (1) da qizdirilgan suv issiqlik almashtirgich (2) orqali o'tib, ikkinchi konturdagi suvni qizdiradi. Issiqlik samaradorligini oshirish uchun (suv xarakatini tezlashtirish bilan issiqlik almashuvini intensivlashtirish hisobidan) nasos (6) yordamida majburiy sirkulyasiya ishlatiladi.
Issiq suv yoki bug' bilan isitish qurulmasi shkafga ega bo'lib, uning ichida issiqlik trassasi 2 ning kondensat o'tgazgich uchlari ulanadigan jumraklari joylashadi. Avtomobil sovutish tizimi tirgakdagi jumrak-1 orqali nipple gaykali dyurit shlanglari-5 va 11 yordamida issiqlik trassasi -2 va kondensat o'tgazgich -3ga ulanadi.
Xulosa qilib shuni aytishim munkinki past xaroratlarda avtomabil matori resursiga salbiy ta'sir etuvchi asosiy omillar quydagilar:
> undagi moy xaroratining tushib ketishi;
> matorga sovuq havo va yonilg'i kirishi;
> matorning umumiy issiqlik rejimi pasayishi shinalar va transmisya qismida qarshilik oshishi va shuningdek agrodinamik qarshilikni oshishi.
Ushbu dolzarb muammolarni o'rganish taxlil qilish va yechishni toppishga ushbu maqolda ma'lumotlar keltirilgan. Chunki innovatsion loyihalarni bajarish davr talabi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1) O.Hamraqulov, SH.Magdiyev. Avtomobillaming texnik ekspluatatsiyasi, Toshkent, "Navro'z nashiryoti", 2006 yil, 224 bet.
2) E.Fayzullaev va boshqalar. "Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi" Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2006 yil - 375 bet.
3) Q.M. Siddiqnazarov umumiy taxriri ostida tarjima qilingan, Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, Toshkent, Voris nashiryoti, 2006 yil, 630 bet.
4) Xamraqulov, X.Xamraqulov, Avtomobil detallari ishlash qobiliyatini qayta tiklash, O'quv qo'llanmasi, Jizzax, 2007 yil, 152 bet.