UO'T 69.007.697
QURILISH TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING AMALIY KOMPETENTSIYALARINI BIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INTENSIV
RIVOJLANTIRISH
Jaloldinov Axror Abdusattor o'g'li tayanch doktorant, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Email: [email protected]
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy kompyuter dasturlari orqali dars jarayonlarini tashkil etish. Kurs loyihasi va amaliy mashg'ulotlarni bajarishda BIM texnologiyalariga asoslangan revit dasturini samarador jihatlari ko'rsatib o'tilgan bo'lib, talablarning amaliy kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari qanday ahamiyat ega ekanligi borasida so'z boradi.
Аннотация: В статье организуется учебный процесс с помощью современных компьютерных программ. В курсовом проекте и практических занятиях показаны эффективные аспекты программы Revit на основе BIM-технологий, а также обсуждается значение современных компьютерных технологий в развитии практических требований компетентности.
Abstract: The article organizes the educational process with the help of modern computer programs. The course project and practical classes demonstrate the effective aspects of the Revit program based on BIM technologies, and also discusses the importance of modern computer technologies in the development of practical requirements of competence.
Kalit so'zlar: ta'lim, texnologiya, kompetensiya, model, axborot,amaliy mashg'ulot.
Ключевые слова: образование, технология, компетентность, модель, информация, практика.
Key words: education, technology, competence, model, information, practice.
KIRISH.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o'rinlarda - Konsepsiya) oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son «Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan [1].
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "2018-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi №PQ-3931-son qarorida ta'lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilangan. Unga ko'ra ilg'or jahon tajribasiga tayanib, yangi davlat ta'lim standartlari va umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko'zlangan [2,3].
Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etish orqali o'zlashtirish ko'rsatkichini oshirishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Qurilish fanlarini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o'qitish bo'yicha ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Qurilish fanlarini o'qitishda BIM texnologiyalaridan foydalanish (A.I. Abduraxmonov [6]), raqamli texnologiyalar yordamida qurilish fanlarini o'qitishning didaktik asoslari (B.R. Rustamov [7]), qurilish fanlarini o'qitishda kross-platforma
mobil ilovalardan foydalanish (N.B. Ergashev [8]), qurilish fanlarini o'qitishda bulutli texnologiyalardan foydalanish (N.K. Xolmatov [9]), Qurilish ta'limida virtual reallikdan foydalanish (A.A. Jumaniyozov [10]), BIM texnologiyalarini qurilish ta'limida qo'llash imkoniyatlari (N.B. Sayfullayev [11]), qurilish loyihalarida BIM texnologiyalaridan foydalanish (A.R. Abdullayev [12]), raqamli texnologiyalar asosida qurilish loyihalash (B.X. Xojiyev [13]), qurilish ta'limida virtual haqiqatdan foydalanish (M.I. Alimov [14]), qurilish fanlarini o'qitishda mobil ilovalardan foydalanish (N.B. Ergashev [15]), Yuqorida keltirilgan ilmiy ishlar tahlili qilib chiqib natijasida ko'rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalar foydalangan holda ta'lim sifati samaradorligini oshirish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu keltirilgan ishlarda talabalarning amaliy kompetensiyasini rivojlantirish muommolari tadqiq etilmagan.
Yu.M.Zubareva, A.E. Malanxanova, C.M.Komarova, M.D. Kitaygorodskiy, E.V.Tolmacheva, A.D.Arnautov kabi xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarida ta'lim jarayonlarida kompyuter texnologiyalaring qo'llashning samaradorligi ko'rsatib o'tilgan.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida kompyuter grafikasini o'qitish samaradorligiga bo'lgan e'tibor kompyuter texnologiyalari rivojlanishi va globallashuviga muhim o'zgarishlar kiritish, ilg'or texnologiyalar taraqqiyotini belgilab berishdagi ahamiyatidan kelib chiqib yanada ortib bormoqda. Bugungi kunda jahonning ilg'or institutlarida kompyuter texnologiyalari orqali dars jarayonlarini turli xil vizuallashtirish, turli effektlar bilan ishlash va dars jarayonlarini tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon miqyosida kompyuter grafikasi ta'limi sohasida «Animation and graphics», «Construction of 3D modeling» va «Design of graphics» kabi innovatsion yondashuvlarni qo'llash, fanning metodik ta'minotini takomillashtirish, talabalarda fazoviy grafik tasavvurni rivojlantirish va loyihalash malakasini shakllantirishning vizual metodlarini amaliyotga keng tadbiq etish yo'nalishlarida samarali ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda [4].
Talabalarning amaliy kompetensiyasini rivojlantirishda Autocad dasturi hamda BIM texnologiyalarini ahamiyati muhim hisoblanadi.
NATIJALAR
AutoCAD - kompyuter yordamida loyihalash tizimi bo'lib, Amerikaning AutoDESK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va hozigi kunda 2D va 3D loyihalashtirish bo'yicha dunyodagi yetakchi grafik dastur ta'minotlardan biri hisoblanadi. AutoCAD - bu Automatic Computer Aided Designer so'zining qisqartirmasi bo'lib, loyihalovchiga avtomatlashtirilgan kompyuter yordami degan ma'noni anglatadi. Texnik sohalarda AutoCAD dasturining qamrovi juda keng hisoblanadi. Qurilish va arxitektura sohasida AutoCAD vositalari rejalar, fasadlar, binolarning kesmalari, isitish, ventilyatsiya, havoni tozalash, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarining sxemalari, shuningdek, katta hududda joylashgan shaharsozlik va ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishni amalga oshiradi [5].
Hozirgi kunda "Binolarni energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari" fanidan kurs loyihasi hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarishda autocad dasturidan keng foydalaniladi.
И <r О О О y a *
1- rasm Autocad dasurida bajarilgan kurs loyiha ishi Yuqorida keltirilgan rasmda ko'p qavatli binoning ichki issiqlik ta'minotini loyihalash ii keltirib o'tilg
План стен типовых этажей с U до 16 го с системой вентиляция М1:100
I Vttr О
Экспликация помещений с 4 do 1
ЕЛ
П a
IT* SS5S
2- rasm Ichki shamollatish tizimlarini loyihalinishi
26746
/ = — Isitish tizimi quvurlah uchastkasin diametri
3- rasm-shartli belgilar
3-rasmda ko'rsatilgan shartli belgilar orqali kurs loyiha ishi hamda amaliy mashg'ulotlami bajarishda foydalaniladi.
Autocad dasturi qancha mashhur bo'lmasin zamon jadallik bilan rivojlanib bormoqda Autocadda bajarib bo'lmaydigan funksiyalarni BIM texnologiyalariga asoslangan Revit dasturida bajarish mumkin hamda ushbu fan bo'yicha kurs loyihasi hamda amaliy mashg'ulotlami bajarish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini sezilarli darajada oshirish mumkin.
BIM - bu inglizcha qisqartmasi Building Information Modeling, ya'ni binolarning axborot modellarini yaratishdir. Tayyorlangan loyiha uch o'lchamli fazoda bajariladi. U faqat klassik 3D modellashda bo'lgani kabi, chizish liniyalari va teksturalaridan iborat bo'libgina qolmay, balki loyihada mavjud konstruksiya va elementlarning fizik, mexanik xususiyatlariga ega bo'lgan turli xildagi sun'iy elementlardan iboratdir. BIM texnologiyalariga asoslangan dasturiy ta'minotning amalda keng qo'llanilishi uchun sabab bo'layotgan omillarni ko'rib chiqamiz: 3D vizualizatsiya. Bunday holatda siz ekranda uch o'lchamli batafsil hali qurilmagan binoning ko'rinishini oldindan ko'rish imkoniyati va qurilish modelini yaratishingiz mumkin. Ushbu funksiya yordamida siz loyihani taqdim etsangiz, uni vizual tarzda baholashingiz, 3D printerda haqiqiy maketini chop etishingiz, shuningdek, loyihalash jarayonini va qurilishni kuzatishingiz va o'zgartirishlar yoki sozlashlarni amalga oshirishingiz mumkin. Guruhlangan ma'lumotlarni saqlash. Loyihachiga ma'lum bo'lgan barcha ma'lumotlar bitta dasturda, chizmalarning bir to'plamida mavjud bo'ladi. Biror parametrni o'zgartirsangiz, o'zgarishlar avtomatik ravishda boshqa elementlarga bog'liq holda o'zgaradi. Loyihalash jarayonida konstruksiya va elementlarning bir-biriga bog'liqligi tufayli loyihada yuzaga keladigan xatoliklar maksimal darajada kamayadi. Ma'lumotlar bazasini kompleks boshqarish. Odatda bosh reja chizmalarining alohida loyiha yechimlari mavjud. BIM texnologiyalariga asoslangan dasturiy ta'minotda bajarilgan loyihalarning barcha ma'lumotlarini bitta dasturda, bitta faylda jamlashingiz mumkin.
Revit dasturi -Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastur bo'lib, loyihalash sohasidagi keng imkoniyatlari uchun, ikki o'lchovli va uch o'lchamli element va konstruksiyalarni modellashtirish uchun ko'plab foydalanuvchilarga ega bo'lib kelmoqda.
Binolarni axborot modellashtirish platformasi Revit dasturi -qurilish loyihasi uchun zarur bo'lgan konstruktiv loyiha, chizmalar va spetsifikatsiyalarni o'z ichiga olgan qurilish-loyiha hujjatlarini tayyorlashga mo'ljallangan. Binoning axborot modeli loyihalashtirilgan obyektning konstruktiv o'lchamlari, loyiha bosqichlari va miqdoriy ko'rsatkichlarni ko'rsatadi. Revit modelida har bir chizilgan varaq, ikki o'lchamli yoki uch o'lchamli ko'rinish va spetsifikatsiyalar taqdim etiladi yagona ma'lumotlar bazasidan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi. Revit dagi chizmalar va spetsifikatsiyalarda binoning loyihasi haqidagi ma'lumotlar loyihaning barcha boshqa bosqichlari bilan muvofiqlashtiriladi. Revit o'zgarishining parametrik muvofiqlashtiruvchi
ichki tizimi loyihaning har qanday tarkibiy qismlarida, masalan, model turlari, chizilgan varaqlari, spetsifikatsiyalar, kesish turlari va rejadagi turlar kabi o'zgarishlarni avtomatik ravishda muvofiqlashtirish imkonini beradi.
"Binolarni energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari" fanidagi topshiriqlarni BIM texnologiyalariga asoslangan Revit dasturi orqali bajarish orqali talabalar qurilish jarayonida bo'layotgan holatlarni to'liq tasuvvur qilishlari hamda tushunishlarini jadallashtiradi.
4-rasm-Revit dasturida quvurlar paneli.
Ushbu dastur Autocad dasturidan farqli ravishda tayyor shablon bilan imkoniyatiga ega shablanda qurilish jaryonidagi hamma jihoz elementlari mavjud.
Ushbu funksiya orqali talaba o'ziga kerakli bo'lgan jihozni tezda topish hamda foydalanishi mumkin hisoblanadi.
Qn h ■ ge • ; - - ■■ A a ■ o r [í, ^s- -
AutedekfemfJUt- Про«' - I
|JT & m ® £ ■ w j 4» Акдлиз Формы it генплан Совместная p< в Лота Btu Управление Надстройки Изменит» to Ф S È Г JÜ .1?
.SST 1SSSS —
лмг и i re tío« ■
'и*""
■ш
□
a
m Д испетчер проекта - Проект 1
Q. Пси»
ö B.-O.h»? е*:ал
Lp Скрыт., лини.
■« И G ft О о Г
I -, ü íi л « Т '8'|
а а „ в
» В'- ri -.
: <: г. ■■■. Yn
-о«»« *
5-rasm-Vizual ko'rinishni tanlash
5-rasmda keltirilgan funksiya orqali jihozlarni vizual holatini tanlashimiz mumkin. Bunda biz tanlayotgan jihozimizni realniy holatdagi qismiga o'tkazib to'liq tasuvvurga ega bo'lishimiz mumkin. 3-rasmda ko'rishimiz mumkin issiq suv uchun qizil sovuq suv uchun ko'k rangdagi quvur chizmasidan foydalanilgan autocaddan loyiha bajarish davomida talaba bajarayotgan ishini to'liq tushunish imkoniyati murakkab xisobladi chunki loyihani to'liq tushuni uchun 2D bajarilgan loyihani boshqatdan 3D ko'rinishi bajarib chiqishni hamda autocadda tayyor shablandan foydalanish imkoniyati cheklangani uchun ko'proq vaqt talab qiladi.
5- rasm-Boshqarish kranini joylashtirish
Yuqorida 5-6 rasmda ko'rishimiz mumkin quvur joylashtirilayotgan boshqarish krani jihozlar panelida boshqarish kranini diametri berilgan yuqoridagi rasmlarda diametri kichkina bo'lgan quvurga unga nisbatan kattaroq bo'lgan boshqarish krani joylashtirilganini ko'rish mumkin. Bu jihozlarni o'rnatish orqali talabalar qurilish muhitini tushinishlari osonlashada diametri kichkina bo'lgan quvurga diametri katta bo'lgan jihozni o'rnataman desa dastur avtomatik ravishda rad etadi. Bunda imkoniyat autocad dasturida mavjud bo'lmaganligi sababli hozirda mavjud fan topshiriqlarini revit dasturiga moslashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
6- rasm-Boshqarish kranini joylashtirishning 3D ko'rinishi
QflëH ■ йЕВ-« « wi* . fflâih^.^b-- V © _ в X
UlWH-iadonW-mi4iiimClRL-HeiniiinlHFT-c—V Г Г ..........ff <ff ^ Я О Y '
а H С О о О т о_ ___в_ -о«« о
7- rasm-Binoning ichki ko'rinishi.
7-rasmda binoning 3D ko'rinishida ko'rishimiz mumkin xonadagi har bir deraza va eshiklar ham xonaning iqlim parametrlariga katta ta'sir ko'rsatadi va har bir parametrni hisobga olgan tarzda hisob ishlarini olib boramiz. Talabalar har hona uchun talab qilinayotgan issiqlik miqdorini aniqlashda tashqi yuzaga to'g'ri kelgan deraza, eshiklarni ham hisobga olib hisob ishlarini amalga oshirishlari kerak bo'ladi shuning uchun Revit dasturida kommunikatsi qismini loyihalayotgan talaba to'liq tushunchaga hamda amaliy bilimlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Qra&tJ -SîCJ^Kf-SfAïa- SfeS-- . служб.- ©• _ в X
Архитектура Конструкция Сталь Сборные элементы Системы Вставить Аннотации Анализ Формы и генплан Совместная работа Вид Управление Надстройки Изменить CDI k I в ^ ? ою в й» э to в ев & г a m
Отмените Воздуховод Воздаховод Гибкий Воздухо- Элемент базы данные Ребро жесткости воздаховода Администратор Механическое Устройст»о Саитехн... Электр... Модель Рабочая.-
е одну линию Э1 воздуховод распределители производителе из базы данных производителя МЕР моделей P&ID оборудование механического управляли»
Щелчок - выбор. TAB - варианту CTRL - добавление, SHFT - снятие выбора. ¿'SS" 4? % К *>» О
8- rasm-Isitish jihozlarini joylashtirish
QiB B-H - • -00 1 B-Si® A a- Au^k to* до - м* П^-Й npoe<- « - JO .И* дац .fflÄme«уже* - te ©- -SX
Аркитектура Конструкция Сталь Сборные злемеиты Системы Вставить Аннотации Анализ Формы и генплан Совместная работа Вил Управление Надстройки Изменить О-
Перемещение мыши при мжвтой киопке - прокрутке виде, CIH - тактирование, ShA - вряи^енпе. ^J ~ла»<ая модель fi? 'V'îO
» п er ооо г _а_а *«»«ч
9- rasm-Isitish jihozlarini joylashtirish
Yuqoridagi rasmda isitish jihozlarini o'rnatish ko'rsatilgan talaba joylashtirayotgan jihozini qanday balandlikda qayerga o'rnatilayotganini to'liq anglab bajarish imkoniyati ega bo'ladi autocad dasturida bajarish davomida jihozni qayerga qanday o'rnatilishi to'liq aniqlash imkoniyati yo'qligi sababli revit dasturidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 9-rasmga etibor bersangiz o'rnatilayotgan quvurlar bir-biriga halaqit bermasligi ham hisobga olingan shunday topshiriqlarni bajarish orqali talabalarning nazariy hamda amaliy bilimlarini birlashtirishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglashimiz mumkinki talabalarning amaliy kompetensiyasini rivojlantirishda BIM texnologiyalarida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. "Binolarni energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari" fanidagi topshiriqlarni BIM texnologiyalariga asoslangan dasturlardan foydalanib bajarish metodikasini ishlab chiqish bugungi kun dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, taraqqiyot tomon ildam odimlab borayotgan yurtimizda yosh avlodga bilim berish, ularning bilim darajasini xalqaro baholash standartlariga tenglashtirish uchun o'qituvchining zimmasiga katta mas'uliyat yuklanmoqda. Bu esa o'qituvchilardan yanada bilimli, izlanuvchan hamda ta'limga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni talab etadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etish ulardan dars jarayonida samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan shuni aniqlash mumkinki dars jarayonida Revit dasturidan foydalangan holda talabalarning amaliy kompetensiyasini oshirish mumkin ekan qolgan dasturlarga qaraganda ancha samaradorligi yuqori hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o'rta ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarori.
3. Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentyabrdagi "2018-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi №PQ-3931-son Qarori.
4. Turayev H.A.,Hamidov D.O Muhandislik kompyuter grafikasi fanini o'qitishda uch o'lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi (AutoCAD grafik dasturi misolida). Uslubiy qo'llanma.- T., 2021 . - 4 b.
5. Qodirov M.M.,Karimova N.I. Muhandislik dasturlari. Darslik.- T., 2023 . - 20 b.
6. Abduraxmonov A.I. Qurilish fanlarini o'qitishda BIM texnologiyalaridan foydalanish. "Science and Education" jurnali, (2020). 1-son, 35-42.
7. Rustamov B.R. Raqamli texnologiyalar yordamida qurilish fanlarini o'qitishning didaktik asoslari. "Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti Axborotnomasi" ilmiy jurnali, (2021). 2-son, 56-42.
8. Ergashev N.B. Qurilish fanlarini o'qitishda kross-platforma mobil ilovalardan foydalanish. "Zamonaviy axborot texnologiyalari" ilmiy-texnik jurnali, (2022). 3-son, 45-52.
9. Xolmatov N.K. Qurilish fanlarini o'qitishda bulutli texnologiyalardan foydalanish. "Qurilish va muhandislik kommunikatsiyalari" ilmiy-amaliy jurnali, (2023). 2-son, 67-74.
10. Jumaniyozov A.A. "Qurilish ta'limida virtual reallikdan foydalanish". O'zbekiston muhandislik-texnologiya jurnali, 2021, 4, 23-29.
11. Sayfullayev N.B. "BIM texnologiyalarini qurilish ta'limida qo'llash imkoniyatlari". "Qurilish, arxitektura va dizayn" jurnali, 2022, 2, 41-47.
12. A.R. Abdullayev. Qurilish loyihalarida BIM texnologiyalaridan foydalanish. darslik. "Fan va texnologiya" nashriyoti.-Toshkent,2020.
13. B.X. Xodjayev. Raqamli texnologiyalar asosida qurilish loyihalash. darslik. " O'zbekiston" nashriyoti.-Toshkent,2021.
14. M.I. Alimov. Qurilish ta'limida virtual haqiqatdan foydalanish. darslik. " Universitet" nashriyoti.-Toshkent,2022.
15. N.B. Ergashev. Qurilish fanlarini o'qitishda mobil ilovalardan foydalanish. darslik. " Texnika" nashriyoti.-Toshkent,2023.
16. Abdubannayevich, Qahharov Abduraxim, Jaloldinov Ahror Abdusattor O'g'li, and Jaloldinov Nizomjon Abdusattor Og'li. "ISITISH, VENTILYATSIYA VA KONDITSIYALASH TIZIMLARINI LOYIHALASHDA BINO VA INSHOATLAR SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI TA'MINLASH." Строительство и 06pa30BaH^ 3.2 (2024): 43-46.
17. Jaloldinov, Ahror. "ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS JARAYONINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGI." Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi 9 (2023): 543-547.
17. Axpop, Жaлолдинов. "У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ В А УНИНГ СИФАТИНИ ТАЪМИНЛАШ БОРАСИДАГИ ИЛГОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР." Innovations in Technology and Science Education 2.13 (2023): 53-59.
18. A.A. Qahharov, A.A.Jaloldinov, N.A.Jaloldinov. Qurilish ta'lim yo'nalishlarida dars sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi. "Texnik oliy o'quv yurtlarida tillarni o'qitishda innovatsion va kommunikativ yondashuvlar: muammo va yechimlar" xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya.-Namangan,2024.
19. A.A.Jaloldinov, N.A.Jaloldinov.Qurilish ta'lim yo'nalishi darslarini zamonaviy interfaol metodlar asosida tashkil etish samaradorligi. "Ta'lim tashkilotlarida zamonaviy talablar asosida o'qitish metodikasini takomillashtirish" respublika ilmiy-amaliy konfrensiya.-Guliston,2024.