Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
virtual muzey / virtual sayohat / animasion grafika / video grafika / perspektiv / modellashtirish / AutoCAD. / virtual museum / virtual tour / animation graphics / video graphics / perspective / modeling / AutoCAD.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev A’zamjon Komolxanovich

maqolada professional ta’limdagi Arxitektura yo‘nalishlarida “Arxitekturaviy loyihalash” fanini o‘qitish jarayonida bugungi kun o‘quvchilaridan yuqori dizayn, virtual modellashtirish, grafikaning eng so‘nggi yutuq (virtual muzey, virtual sayohat, animasion grafika, video grafika)larni qo‘llash, real hayotdagi kabi vaziyatlar, perspektivadagi g‘oyalarni modellashtirish uchun ilmiy grafikaning joriy etish masalasi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY FOR DEVELOPING DESIGN COMPETENCES OF STUDENTS OF VOCATIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

the article presents scientific information on the issue of the introduction of scientific graphics for modeling real-life situations and ideas in perspective, high-quality design, virtual modeling, the latest achievements of graphics (virtual museum, virtual tour, animation graphics, video graphics) in the process of teaching the discipline "Architectural Design" in the areas of Architecture in professional education for today's students.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

UO'T. 377.015.31:72.012:004.94 PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARI O'QUVCHILARINING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Abdullayev A'zamjon Komolxanovich NamMQI o'qituvchisi Gmail: [email protected]

Annotatsiya: maqolada professional ta'limdagi Arxitektura yo'nalishlarida "Arxitekturaviy loyihalash" fanini o'qitish jarayonida bugungi kun o'quvchilaridan yuqori dizayn, virtual modellashtirish, grafikaning eng so'nggi yutuq (virtual muzey, virtual sayohat, animasion grafika, video grafika)larni qo'llash, real hayotdagi kabi vaziyatlar, perspektivadagi g'oyalarni modellashtirish uchun ilmiy grafikaning joriy etish masalasi haqida ilmiy ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация: в статье новейшие достижения перспективного дизайна, виртуального моделирования, графики (виртуальный музей, виртуальный тур, анимационная графика, видеографика) представлены сегодняшним студентам в процессе преподавания предмета «Архитектурное проектирование» по направлениям Архитектура в профессиональном образовании Представлена научная информация о применении научной графики для моделирования идей в реальных ситуациях и перспективе.

Abstract: the article presents scientific information on the issue of the introduction of scientific graphics for modeling real-life situations and ideas in perspective, high-quality design, virtual modeling, the latest achievements of graphics (virtual museum, virtual tour, animation graphics, video graphics) in the process of teaching the discipline "Architectural Design" in the areas of Architecture in professional education for today's students.

Kalit so'zlar: virtual muzey, virtual sayohat, animasion grafika, video grafika, perspektiv, modellashtirish, AutoCAD.

Ключевые слова: виртуальный музей, виртуальный тур, анимационная графика, видеографика, перспектива, моделирование, AutoCAD.

Keywords: virtual museum, virtual tour, animation graphics, video graphics, perspective, modeling, AutoCAD.

Kirish. Bugungi kunda professional ta'limdagi Arxitektura yo'nalishlarida "Arxitekturaviy loyihalash" fanini o'qitish jarayonida qisman AutoCAD grafik dasturlaridan foydalanilmoqda. Bu albatta yaxshi. Biroq bugungi kun o'quvchilaridan yuqori dizayn, virtual modellashtirish, grafikaning eng so'nggi yutuq (virtual muzey, virtual sayohat, animasion grafika, video grafika)larni qo'llash, real hayotdagi kabi vaziyatlar, perspektivadagi g'oyalarni modellashtirish uchun ilmiy grafikaning joriy etish masalasi dolzabrligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Arxitektura qurilish yo'nalishlaridagi professional kadrlar tayyorlashda ta'lim jarayoniga eng zamonaviy dasturiy mahsulotlarni yuqori texnologik vositalarni ta'lim jarayoniga qo'llash kechiktirib bo'lmas masala ekanligi yanada yaqqol ko'rinmoqda. Professional ta'lim muassasalarida olib borilgan tadqiqotlar va tajribalardan shuni aytish mumkinki, ta'lim jarayonida, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'lim, kurs ish(loyiha)lari, diplom loyihalarini bajarishda qisman AutoCAD, CorelDraw kabi loyihalash dasturlaridan foydalanilmoqda. Lekin bu dasturlar fan dasturlarida ko'rsatilmagan. Zamonaviy arixitekuraviy loyihalash ishlarida yuqori aniqlikdagi grafik dasturlardan foydalanish ta'lim sifati va samaradorligini oshiradi. Olib borilgan tadqiqotlarda yuqorida ta'kidlangan o'zlashtirish ko'rsatkichlari ko'tarilishi kuzatilmoqda.

Loyihalashga oid fanlarni kompyuterlashtirish, raqamlashtirish, virtuallashtirish orqali ta'lim oluvchilarning aqliy, kasbiy, loyihaviy, kreativ fikrlashi rivojlanishini yuqori darajaga ko'tarish bilan birgalikda raqamli texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq qilish orqali o'quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlari, olinayotgan bilimlarni umumlashtirish,

aniqlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, tavsiflash, tizimlashtirish va innovasion fikrlash kabi psixologik jihatlari rivojlanishining maksimal darajada yuqori bo'lishiga olib keladi.

Muxokama."Arxitekturaviy loyihalash" fanini o'qitishda vizual grafik dastur va raqamli texnologiyalardan foydalanish natijasida o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish ortishi, tushunishi, fazoviy tasavvurlari rivojlanishi, mustaqil va kreativ fikrlash ko'nikmalari shakllanishiga yordam beradi. "Arxitekturaviy loyihalash" fanidan tayanch tushunchalarga ega o'quvchilar kompyuter grafikasidan foydalanishda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmaydi. Bu orqali qurilish, arxitektura sohasiga oid chizmalar, loyihalar va ularni virtual modellarini yaratishni mustaqil tarzda yaratish ko'nikmasi paydo bo'ladi. Provardida o'quvchilar loyihalash ishlarini bajarish orqali murakkab chizmalar, loyihalar va virtual modellarni kam vaqt sarflab, yuqori natijaga erishishga olib keladi. Raqamli metodik ta'minot fan o'qituvchisi uchun katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi bo'lib, undan dars turi, ta'lim shakliga qarab qo'llanilishi natijasida ta'lim sifati, samaradorligiga erishishiga yordam beradi.

Raqamli metodik ta'minotning bosma adabiyotlardan eng asosiy farqi shundaki, unda matnli, nutqli, gipertekstli, ovoz, videoli, o'yinli, testli, mashq qildiruvchi (trenajyor), 2D va 3D grafikli, rangli tasvirlar, vizual ko'rinishlar, illyustrativ chizmalar va shu kabi boshqa vositalardan foydalanish imkoniyatlariga egaligidir. Raqamli metodik ta'minotni yangilash, tahrirlash va to'ldirish ishlarini bajarish ortiqcha mablag' talab etmasligi har tomonlama qulay hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter grafikasi yordamida o'quvchilar uchun o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzular, murakkab konstuksiyali loyihalar va ularni tasavvur etish muammolarini yechishda samarali yordam beradi. "Arxitekturaviy loyihalash" fanini o'zlashtirish uchun, eng avvalo, o'quvchi tasavvurini rivojlantirish zarur. Kompyuter grafikasi va texnologiyalari yordamida loyihalash kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi muhim ahamiyatga ega. 16-ilovada ko'rsatilgan bino plani o'quvchilarga loyihani o'qishni o'rgatadi. 17-ilovada binoning fasadi orqali bino haqida umumiy tasavvurga ega bo'lishlari uchun yordam bersa, 18-ilova o'quvchilar binoning virtual modeli orqali bino haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishi, virtual modellashtirish imkoniyatlaridan foydalanib qo'shimcha ma'lumot olish hamda tahrirlash imkoniyatlari natijasida kreativ fikrlashi talab darajasida bo'lishni ta'minlaydi.

Tadqiqotchi A.Xamraqulovning fikricha, kompyuter grafikasidan grafik masalalar yechishda foydalanish, bu jarayonda qo'llaniladigan metodikani yoritgan, ...kompyuter grafikasidan unumli foydalanish darsning samarali bo'lishini kafolatlashini ta'kidlaydi [155].

Arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, ularning texnik, didaktik parametrlariga asoslanishi muhim masalalar hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yangi avlodi yaratilishi, ilm-fan oldida turgan murakkab yechimga ega bo'lgan masalalarni hal etish yo'llari aniqlanib, keng foydalanilmoqda. Avvallari mavjud muammoni hal etish uchun oylab, kerak bo'lsa yillab tajriba o'tkazish, vaziyatlarni hisobga olib, kutish lozim bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda intellektual, virtual kompyuter dasturiy ta'minoti yordamida qisqa vaqt mobaynida tadqiqot natijalarini ko'rish, aniqlashtirish, solishtirish, tahlil etish imkoniyatlarini yaratib berdi.

Modellashtirish - o'rganilayotgan tadqiqot ob'yektining real hodisa va jarayoni ma'lum bir sohadagi ma'lumotlarining aniq va tushunarli ko'rinishi. Modellashtirishning quyidagi turlari grafik fanlarni o'qitishda kompyuter modellashtirish hamda grafik va geometrik modellashtirish qo'llanilishi mumkin.

Modellashtirish jarayoni uchta elementni o'z ichiga oladi:

• sub'yekt(tadqiqotchi);

• tadqiqot ob'yekti;

• anglovchi sub'yekt va anglanuvchi ob'yekt munosabatlarini belgilovchi(aks ettiruvchi) model.

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 6-son https://jurnal. qurilishtalim. uz

84

Kompyuter modellashtirish - matematik va geometrik modellash-tirishning virtual ko'rinishda berilishi. Kompyuter modellashtirishdan juda ko'plab sohalarda foydalanish mumkin. Elektronika, energetika, kimyo-biologiya, arxitektura, dizayn, muhandislik sohalarining barcha turlarida keng foydalanish bugungi kunda yaxshi samara bermoqda. Jumladan,"Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanidan turli xildagi chizmalar, detallar, maketlarni kompyuter grafikasi yordamida modellashtirish mumkin [117].

Zamonaviy raqamli texnologiyalar, kompyuter grafikasi turli xildagi yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Pirovardida murakkab hisoblangan masalalarni qisqa vaqt ichida yechimini topishga muvaffaq bo'linmoqda. Bu texnologiyalar ta'lim tizimiga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatib, o'qitish jarayonida keng foydalanilmoqda. Arxitekturaviy grafik loyihalash masalalarini hal etishda ko'plab grafik dasturlar va tizimlar mavjud bo'lib, ularni dars turi va shakliga qarab qo'llash mumkin. Bu dasturlar tizimiga quyidagilar kiradi: MS Word, MS PowerPoint, AutoCAD, Paint.Net, ArchiCAD, ElectroCAD, Adobe PhotoShop, Adobe Flash, CorelDraw, 3dMax, Lumion va boshqalar. Bu dasturlardan ta'lim jarayonida foydalanish natijasida o'quvchilarga yetkazilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarni qisqa vaqt oralig'ida amalga oshirish mumkin.

Arxitekturaviy loyihalash fanida virtual modellashtirishning raqamli uslubiy ta'minoti

Nazariy na'lumotlar

Metodlar

> f

Vositalar

i

a

sy

'S &

lo alr

§ £

S? %

« -T3

a S

CT1 fig

Graf k loyiha

Nostandart test

-5»

Virtual modellar

<-

Usullar

Video kontent

<-

Glossariy

Arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitishning interaktiv pedagogik modeli.

Fanlarni o'qitishda turli usul, vosita va metodikalar qo'llaniladi. Fanlar xususiyatidan kelib chiqib, metodlar, vositalar, usullarni tanlash maqsadga muvofiq. Arxitekturaviy loyihalash fani tanlangan soha bo'yicha mutaxassisliklar fanlari turkumiga kirishi bilan birgalikda, o'quvchilardan ijodkorlik, mustaqil fikrlash, mantiqiy fikrlash, kreativ fikrlash, innovasion fikrlash kabi faktorlarni talab etadi. Shuning uchun arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitishda fan xususiyatidan kelib chiqib o'qitish usul, vosita va metodikani tanlash muhim hisoblanadi. Arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitish jarayonida kompyuter grafikasini qo'llash eng samarali usul bo'lishi tadqiqot va kuzatuvlarda o'z isbotini topmoqda.

Arxitekturaviy loyihalashda o'qitish metodi: an'anaviy, zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalar, kompyuter grafikasi, virtual modellashtirishga oid dasturiy mahsulotlar;

Arxitekturaviy loyihalashni o'qitish vositasi: zamonaviy kompyuter grafika dasturlari;

Arxitekturaviy loyihalashni o'qitish usullari: qo'l chizmasi(eskiz, tarx, klauzura), virtual modellashtirishga mo'ljallagan grafik dasturlar;

Arxitekturaviy loyihalash fanidan virtual modellashtirish vositasini qo'llashning afzalliklari:

• o'quvchilarning loyihalashtirish metodlarini tushunishi, anglay olishi, qo'llash ko'nikmalari intensiv rivojlanadi;

• Loyihalashtirish jarayonlari ketma-ketligi tez va aniqlik darajasi yuqori bo'lishi ta'minlanadi;

• Loyihalashtirish jarayonida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining keng imkoniyatlari natijasini bilimlar o'zlashtirilib, to'ldirilib borilishiga asos bo'lishi ta'minlanadi;

• Loyihalashtirish jarayonida mantiqiy tafakkuri, fazoviy tasavvuri, kreativ fikrlashi, g'oyalar perspektivasi rivojlanadi;

• Loyihalashtirish jarayonida o'quvchi zaruriy ma'lumotlarni qidirib topishi va kerakli axborotlarni ajratib olish ko'nikmasi rivojlanadi;

• Loyihalashtirish jarayonida zaruriy ma'lumotlarni internet tarmog'idan qidirib topishida xorijiy tillarni o'rganishga motivasiya bo'ladi.

Arxitekturaviy loyihalash fanidan virtual modellashtirish vositasini qo'llashning kamchiliklari:

• loyihalashtirish jarayonlarida faqat kompyuter grafikasidan foydalanishi;

• loyihalashtirish jarayonida chizish qoidalarini avtomatlashtirilgan loyihalashtirish dasturlarini o'zi bajarishi, ya'ni kompyuterga buyruq berish va uni avtomatik bajarilishi;

• loyihalashtirish jarayonlari va ketma-ketliklarida qo'l chizmalari, ya'ni qo'lda chizish qoidalariga asoslangan ketma-ketliklar 2 darajali tartibga o'tishi.

Arxitekturaviy loyihalash fanidan virtual modellashtirish vositasini qo'llashdagi tavsiyalar:

• loyihalashtirish jarayonlari ketma-ketligida birinchi navbatda chizish qoidalariga muvofiq qo'lda chizish(eskiz, tarx, klauzura), fasad, plan, qirqimlarni qog'ozga chizma qurollaridan foydalanishi;

• qo'l chizmasida o'lcham qo'yishda masshtablarga amal qilish, masshtablar bilan ishlashi, chizmalarni O'zDST(YeSKD) talablariga amal qilish ko'nikmalarining rivojlanishi;

• g'oyalar perspektivasini qog'ozga eskiz ko'rinishda chizishi va uni yaratish hamda loyihalashtirishda kompyuterning virtual modellashtirishidan foydalanishi natijalarida uzviylik, uzluksizlik tamoyillari ta'minlashi hamda professional va oliy ma'lumotli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qo'yilgan talablarning bajarilishiga erishiladi.

Vitruviy ta'limoti bugungi kunga kelib ham o'z qadr-qiymatini yo'qotgani yo'q. Chunki yaratilgan triada zamonlar o'tishi bilan o'zining yangi metodlar va ularning uyg'unlashtirish natijasida tobora ommalashib bormoqda. Tridada foyda, mustahkamlik, go'zallik kabi metodlari bugungi kunda rivojlanasa rivojlandiki, kam bo'lmadi. Ayniqsa kompyuter grafikasi yaratilishi va uning taraqqiyoti yana rivojlanishiga olib keldi. Kompyuter grafikasi yaratilgunga qadar tajriba-sinovlar real hayotda sinovdan o'tkazilgan. Bu albatta ko'p vaqt va mablag' talab etgan. Arxitektorlar biror loyihani amalga oshirish barobarida uni nazariy jihatdan hisoblab chiqib, amaliyotga qo'llab chiqishgan. Bir bino inshoot, ya'ni arixitektura loyihalarini qurish yillar vaqt talab etganligiga guvoh bo'lganmiz. Kompyuter grafikasi yaratilishi barcha sohalar qatori arxitekturaviy loyihalashda ham samarali vosita bo'lib real vaqt davomida bajariladigan nazariy va amaliy ishlarni virtual holatda sinovdan o'tkazish imkonini berdi. Birinchidan, vaqt tejash bo'lsa, ikkinchidan, moliyaviy mablag'lar tejashga katta yordam berdi. Bugungi kunda kompyuter grafikasining juda ko'plab dasturlari mavjud. Har bir sohaga mos ravishda grafik dasturlar yaratilgan. 2.3.4-rasmda vitruviy triadasini bugungi zamonaviy arxitekturada qo'llash va uni yanada rivojlantirish sxemasi keltirilgan.

Kompyuter grafikasidagi foydalaniladigan dasturlar ichida eng ommalashgani AutoCAD dasturi hisoblanadi. AutoCAD dasturida virtual modellashtirish imkoniyatlari keng berilgan, u loyihalash uchun har tomonlama qulay hisoblanadi. Chizmalar, binoning plani, qirqimi, qavatlarning loyihalari va shu kabi mavzularni yoritishda foydalanish o'quvchilar fazoviy

tasavvuri, kreativ fikrlash qobiliyatlari, loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fan o'qituvchisi mavzularga oid loyihalar va uning virtual modellari AutoCAD dasturida yaratilib, ulardan ta'lim jarayonida foydalanishi mumkin. Yaratilgan virtual modellarni AutoCAD, 3dMax dasturlarining keng imkoniyatlaridan foydalanib, turli tomonlaridan ko'rish, qirqim berish, rangini o'zgartirish, avtomatik tarzda o'lchamlarini qo'yish va shu kabi ko'plab imkoniyatlaridan unumli foydalanishi foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.

Raqamli uslubiy ta'minotdan amaliy mashg'ulotlar jarayonida foydalanish metodikasining qisqacha algoritmi quyidagicha:

■ avvalgi o'tilgan mavzuni takrorlash, mastahkamlash uchun savol-javob orqali amalga oshiriladi hamda raqamli uslubiy ta'minotdan foydalanish va yangi o'tiladigan dars mavzusini e'lon qilish(10 daqiqa);

■ o'qituvchi mavzuni qisqacha asosiy joy(ta'rif, qoida, tushuncha)larini raqamli uslubiy ta'minot yordamida zaruriy loyiha chizmalar, animasion loyihalar, loyihalarning virtual modellarini namoyish etish (25 daqiqa);

■ dars mavzusiga tegishli loyihalarning, chizmalarning virtual molellashtirish jarayonlarini ko'rsatish (25 daqiqa);

■ dars mavzusiga tegishli loyiha chizmasini doskada eskizini chizib ko'rsatish (25 daqiqa);

■ mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun savol va javoblar qilish (5 daqiqa);

Xulosa. O'quvchilar mustaqil ta'lim jarayonida raqamli uslubiy ta'minotdan foydalanishi natijasida amaliy mashg'ulotlar bo'yicha zaruriy ma'lumotlar bo'yicha qisqa va aniq ma'lumotlarga ega bo'lishi hamda dars mavzusiga oid loyihalar chizmalarini animasion, virtual ko'rinishda ko'rishi orqali intensiv o'rganishiga olib keladi. Bundan tashqari, loyihalash jarayonlariga oid ma'lumotlarni olishi, asosiy standartlar, chizish usullari, tasvirlash metodlari to'g'risidagi bilim, ko'nikmalarga ega bo'ladi. Loyihalashga oid topshiriqlarni varianti, ijodiy ishlar turi, loyihalash komponentlarini ko'rishi mumkin. O'quvchi loyihalash topshirig'ini bajarilish ketma-ketligi va zaruriy ko'nikmalarni takror mustahkamlash imkoniyatlariga ega bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida to'g'risidagi PF-60-son Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2022 y., 28.01. www.lex.uz.

2. B.Xodjayev, A.Choriyev, Z.Saliyeva, I.Choriyev Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi, Toshkent - 2019 y.

3. Ergashev B., Abdullayev A. Professional ta'lim tizimi o'quvchilariga virtual modellashtirish asosida arxitekturaviy loyihalashni o'rgatish ilmiy-pedagogik muammo sifatida. Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etishda ta'lim sifatini boshqarish muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qo'qon, 2022 y. 553-557 bb.

4. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Diss ped.fan.dok. - T., 2007. - 305 b.

5. Ergashev B. Monitoring ta'lim sifatini boshqarish vositasi sifatida // Namangan Davlat Universiteti Ilmiy Axborotnomasi. - Namangan. - 2019. - №5.-B. 414 - 419.

6. Ergashev B.B. Professional tablim bitiruvchisida raqobatbardoshlikni shakllantirishning pedagogik strategiyasi. Bosma Muallim ham uzluksiz bilimdadur ilmiy-metodik jurnal. - Nukus. - 2021. - №1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.