Научная статья на тему 'Qurilayotgan taniberdiyev sh.x., buronova n. zamonaviy turar joy binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash davr talabi'

Qurilayotgan taniberdiyev sh.x., buronova n. zamonaviy turar joy binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash davr talabi Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Noan`anaviy energiya manbalari / quyosh energiyasidan foydalanish / Shamol energiyasidan foydalanish / quyosh kollektorlari

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Usmonov Sh.A, Omonqulov O.X

Annotatsiya: Ushbu maqolada xozirgi kunda qurilayotgan namunaviy va ko’p qavatli turar joy binolarini muxandislik kommunikasiya tarmoqlari bilan ta’minlash muxim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti, toza ichimlik suv, ventilyasiya tizimi, gaz ta’minoti va elektr energiyasi bilan doimiy ravishda ta’minlash muhim vazifalardan biridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Qurilayotgan taniberdiyev sh.x., buronova n. zamonaviy turar joy binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash davr talabi»

Scientific Journal of Research and Development

ISSN 2181-4589, Volume 4, Issue 4, 2023

AVTOMOBIL YOLLARIDAGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA TADQIQOTLAR

QURILAYOTGAN ZAMONAVIY TURAR JOY BINOLARINI QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI BILAN TA'MINLASH DAVR TALABI

dots. Usmonov Sh.A., o'qit., Omonqulov O.X., Taniberdiyev Sh.X., tal. Buronova N, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universetiti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xozirgi kunda qurilayotgan namunaviy va ko'p qavatli turar joy binolarini muxandislik kommunikasiya tarmoqlari bilan ta'minlash muxim ahamiyat kasb etadi. Iste 'molchilarni issiqlik ta'minoti, toza ichimlik suv, ventilyasiya tizimi, gaz ta 'minoti va elektr energiyasi bilan doimiy ravishda ta'minlash muhim vazifalardan biridir.

Kalit so'zlar: Noansanaviy energiya manbalari, quyosh energiyasidan foydalanish, Shamol energiyasidan foydalanish, quyosh kollektorlari

Insoniyat er yuzida paydo bo'lganidan boshlab, yashash va hayot kechirish uchun o'ziga qulayliklar yaratib kelgan. Bu evolyusion jarayon necha yuz minglab yillar davomida shakllanib kelingan bo'lib, hozirgi kunda ko'rib turganimizdek texnika taraqqiyotiga ham etib keldik. Aksariyat insonlarning hayotiy iste'moli energiya bo'lib xizmat kiladi. Bizga ma'lumki energiya turlari har xil bo'lgani bilan hammasi insoniyat uchun xizmat qiladi.

O'zbekiston qurilish va ilm-fan soxasida o'zining ming yillik tarixiga egadir. Shundoq ekan mustaqil mamlakatimizda Davlat dasturi asosida shinam va barcha qulayliklarga ega bo'lgan turar joy binolarini qurish jadal sura'tlarda amalga oshirilib kelinmoqda.

Demak, mamlakatimizning rivojlanishi va ravnaq topishi uchun bizlar o'z hissamizni qo'shishimiz darkor. Ushbu shiddat bilan qurilayotgan namunaviy va ko'p qavatli turar joy binolarini muxandislik kommunikasiya tarmoqlari bilan ta'minlash muxim ahamiyat kasb etadi. Iste'molchilarni issiqlik ta'minoti, toza ichimlik suv, ventilyasiya tizimi, gaz ta'minoti va elektr energiyasi bilan doimiy ravishda ta'minlash muhim vazifalardan biridir.

Avvalombor energiya manbalar haqida statistik ma'lumotlarga nazar tashlasak O'zbekiston noyob yoqilg'i energetika resurslariga ega bo'lib, qidirib topilgan gaz zahiralari 2.5 trillion kubametrga yaqin, ko'mir 2 milliard tonnadan ortiq, 165 dan ortiq neft konlari mavjud.

Hozirgi davrda O'zbekiston energetika tizimi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo'jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 million maishiy iste'molchilarni energiya bilan ta'minlaydi. O'zbekiston energetika sistemasi 38 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyasini o'z ichiga olib, ularning umumiy quvvatlari 11,58 mln. MVT ga etadi. Shundan 9,84 mln MVT issiqlik elektrostansiyalari, 1,74 mln MVT gidroelektr stansiyalari hissasiga to'g'ri keladi. Asosiy yoqilg'i energetika resurslari qatoriga neft, gaz va ko'mir ham kiradi. Muqobil energiya manbalarining ommalashishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan asosiy sabablardan biri - bu ularning tannarxi yuqoriligidir.

Ma'lumotlarga qaraganda, bugun dunyoda kuniga millionlab tonna neft, gaz, uran va boshqa energiyaning tabiiy manbalari qazib olinyapti. Agar birgina «qora oltin»ning paydo bo'lishi uchun 100 million yil kerakligini hisobga olsak, mavjud resurslar XXI asrdayoq tugash ehtimoli juda yuqori. Ammo unutmaslik kerakki, havoni ifloslantirishning 80 foizdan ko'prog'i aynan shu energetika sohasi hissasiga to'g'ri keladi.

Demak, atrof muhitga etkazilayotgan zarar miqdori juda katta. Shu bois dunyo hamjamiyati bugun qayta tiklanuvchi energiya manbalariga najot ko'zi bilan qaramoqda. Bunday manbalarga quyosh, shamol, suv resurslari, geotermal manbalar, sanoat, maishiy va qishloq xo'jalik chiqindilaridan olinadigan biogazlar kiradi. Ular orasida, ayniqsa, quyosh va shamol energiyasi eng arzon va samaraliligi bilan ajralib turadi. Qayta tiklanadigan energiya quyosh va shamol energiyasining zahirasi amalda cheksizdir. Respublikamiz olimlarining hisoblariga ko'ra, shamol dvigatellarini ishlash rejimi avtomatlashtirilgan hollarda, shamolning tezligi 3 m/s bo'lsa, er yuzasining 1 km2 da o'rnatilgan shamol dvigatelining quvvati 300 kVt bo'lganda bir yilda 550 ming kVt soat elektr energiya ishlab chiqarish mumkin.

TADQIQOT VА TАRAQQIYOTILMIY JURNАLI 4-jild, 4-son, 2023

https://tadqiqottaraqqiyot.uz/

Scientific Journal of Research and Development

ISSN 2181-4589, Volume 4, Issue 4, 2023

AVTOMOBIL YOLLARIDAGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA TADQIQOTLAR

Aslini olganda qadim zamonlardayoq ota-bobolarimiz bitmas-tuganmas havo oqimidan — shamolning kuchidan unumli foylanib kelishgan. Shamol muntazam esib turadigan hududlarda charxpalaklar qurilib, uning yordamida suv chiqarilgan, tegirmonlar yurgizilgan. Tarixiy manbalar miloddan avvalgi II asrdayoq ilk shamol tegirmonlari barpo etilgani haqida guvohlik beradi. Elektr toki ishlab chiqarishga mo'ljallangan shamol elektr stantsiyalari (ShES) esa birinchi marta 1890 yili Daniyada bunyod etilgan.

O'shandan boshlab hozirgi kungacha shamol generatorlari rivojlanib zamonaviy shamol elektr stansiyalari 5 m/s. dan 25 m/s.gacha bo'lgan tezlikdagi shamol muhiti, relefi nisbatan baland bo'lmagan joylarda o'rnatilib shamol energiyasini elektr energiyaga aylantirib kelinmoqda. Internet ma'lumotlariga qaraganda tabiiy muhitda joylashgan Germaniya hozir bu borada etakchilik qilmoqda. 2022 yilga borib, bu erda 25 foiz elektr energiyasi ShESlardan olinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Angliya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya kabi davlatlarda ham bu borada izchil izlanishlar olib borilyapti. Umuman olganda, Xalqaro energetika agentligi taxminlariga ko'ra, 2030 yilga borib sayyoramizda shamol energiyasiga bo'lgan ehtiyoj qariyb 5000 gigavattni tashkil etadi.

Masalan, 1 MVT quvvatli ShES 10 yil davomida 15 ming tonna ko'mir, 45 ming barrel neftni tejashi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga karbonat angidrid, sulfat oksidi, azot oksidilarini umuman chiqarmaydi. Bir so'z bilan aytganda, atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining (uglerod ikki oksidi) bartaraf qilinishiga erishish mumkin Shu bois ko'plab mamlakatlarda Noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish va ularni barpo etish davlat ahamiyatiga molik masala sifatida qaralmoqda va bu bilan biz atmsferaga chiqarib yuborilayotgan zararli mommolarni oldini olishga ham erishamiz .

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. N.M. Safarov, A.X. Alinazarov Ekologik maqbul energiya manbalaridan foydalanish . Toshkent., "fan va texnologiya" nashryoti. 2013yil.

2. Алиназаров А.Х., и др. "Солнечные сушильные установки с аккумулятором тепла //РЖ АН СССР «Гелиотехника». Ташкент, 1989, №2. -с.74-76.

3. Nodirov Sh.M., Alinazarov A. Kh. The Effekt of Colorific Power Control Accuracy on the Operation Modes of Solar Heat-generating Plants. Applied Solar Energy. Vol.

TADQIQOT VA TARAQQIYOTILMIY JURNALI

https://tadqiqottaraqqiyot.uz/

4-jild, 4-son, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.