Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
QURIGAN OROL DENGIZI TUBIDA YASHIL QOPLAMALAR BARPO ETISHDA SAKSOVUL O'SIMLIGINING AHAMIYATI
Nagmetulla Begdulla uli Xojamuratov
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ANNOTATSIYA
So'ngi yillarda qurigan Orol dengizi tubida yashil qoplamalar barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu ishlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha o'rmon xo'jaliklari va viloyatlar o'rmon xo'jaliklari ishchi guruhlari jalb qilinmoqda.
Ushbu maqolada Saksovul o'simligi turlari va ahamiyatli xususiyatlari haqida malumotlar keltirilgan. Ko'pgina ilmiy izlanishlar natijasida yashil qoplamalar barpo etishda asosiy dominant tur Saksovul o'simligi ekanligi aniqlangan va tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Saksovul turlari, o'sish, xususiyati, ahamiyati, yashil qoplama, qurigan Orol dengizi.
KIRISH
Saksovul o'simligi - qumli hududlarda o'suvchi daraxt ko'rinishidagi buta o'simligi. Saksovullarning asosiy xususiyati - sahro tuprog'ini shamollardan pana qilib, eroziya tarqalishini oldini oladi. Bu esa hududlar cho'llashuvini oldini oladi hamda sahro ekosistemasini saqlanib qolishini taminlaydi. [1].
Ma'lumotlarga ko'ra Orol dengizining qurigan tubidan ko'tarilgan zaharli chang va tuzlar qo'shni respublikalarida, ayrim ma'lumotlarga ko'ra dunyoning eng yuqori Everest cho'qqisida borligi aniqlangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Orol dengizining qurigan tubidan har yili atmosferaga shamol oqimi bilan birga 72 mln. tonnagacha qum va chang ko'tarilayapti, bu esa Orolbo'yi mintaqasida ekologik tanglik vujudga keltirmoqda. Qishloq xo'jaligi bilan band bo'lgan 1 ga er bir yilda 520 kg tuz tushmoqda. Orol dengizini qurishi sababli Orolbo'yida sho'rlanish jarayoni keskin kuchaydi, bu esa havoda tuz va chang paydo bo'lishiga olib keldi, ekologik tanglik kuchaytirdi, mahalliy aholi ichida og'ir kasalliklar tarqalishi ko'paydi. Qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi pasaydi, cho'llanish jarayoni rivojlana boshladi.
Yuqorida keltirilgen muammolar echimini topishda bir qator olimlar tarafidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va
November, 2023
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
320
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
qurigan Orol dengizi tubida asosiy dominant o'simlik turi deb saksovul o'simligi tan olingan. Ushbu maqolada saksovul turkumiga mansub turlarining bioekologiyasi, selektsiyasi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan [2].
Saksovul-cho'l o'simligidir. Uning o'sish areali cho'llar va yarimcho'llar chegarasi bilan bog'liq. Markaziy Osiyo va Qozog'istonda saksovul o'rmonlarining umumiy maydoni 20 mln gektarga etadi. Shu maydonlarning deyarli yarmi Qozog' istonga, Turkmaniston va O'zbekistonga esa har biriga chorak qismidan to'g'ri keladi. Turkmanistonda saksovulzor o'rmonlar o'rmon bilan qoplangan maydonlarni 94,1% egallaydi, O'zbekistonda esa 64% ga teng. Yog'och zahiralari bo'yicha saksovulzorlar archazorlardan keyingi o'rinda turadi. O'simliklar ichida saksovul qumlarni yaxshi mustahkamlashda tengi yo'q o'simlik hisoblanadi. Kuchli rivojlangan ildiz tarmoqlari bilan saksovul qum massalarini ushlab qolib, yo'nalishini to'xtatadi, bu joyda esa boshqa o'simliklar va butalar o'sib rivojlanadi. Cho'llardan tashqarida o'sgan daraxt va butazorlardagi saksovul o'sishiga ko'ra sahrolardagi ekotiplaridan farq qiladi (1-rasm). Oq saksovul poyalarida bo'ladigan tikanli qobiqchalarni hisobga olmaganda, ularda barglar bo'lmaydi. Shu sababdan, o'simlikdagi organik moddalar yangi o'sgan novdalarida to'planadi (ba'zi cho'l o'simliklari singari).
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'simlik tepasining o'sishi o'zgacha bo'ladi. Saksovul kambiy to'qimasi poyani aylana halqalar bo'yicha qoplamasdan, bog'lamlarga yig'iladi, shuning uchun yillik halqa qatlami paydo bo'lmaydi. Poyaning ko'ngdalang kesimidagi yillik halqachaga o'xshagan chiziqlar aslida uzuq-uzuq spiralga xosdir. Bir yil davomida 58 ta va undan ham ko'proq halqachalar paydo bo'lishi mumkin. Bu narsa saksovul tanasining indivudial xususiyati hamda tuproq-iqlim sharoitiga bog'liq. Shu sababdan, saksovul yoshini yillik halqachalar sonidan aniqlab bo'lmaydi.
Saksovul yog'ochi nafaqat o'zining tuzilishi, balki boshqa ko'plab xususiyatlari bilan farqlanadi. U og'ir, solishtirma og'irligi 1,02 ga teng, suvda cho'kadi, nihoyatda qattiq va shu bilan birga juda mo'rt. Yog'ochining mo'rtligi tolalari kaltaligi va xujayralarining mineral tuzlar bilan to'yinganligi sababdir. Saksovul yog'ochini arralash, chopish qiyin, lekin sindirish oson. Saksovul yog'ochi qurilishlarda kam ishlatiladi, chunki poyalari qiyshiq, qattiq, mo'rt, foydali yog'och chiqishi juda kam. Lekin issiqlik berish xususiyatiga ko'ra saksovul eng yaxshi yog'och yonilg'i sanaladi, nafaqat o'tin, balki yog'och ko'mir
https://t.me/ares uz
sifatida ham ishlatiladi.
Multidisciplinary Scientific Journa
November, 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
1-rasm. Tabiiy o'sayotgan qora saksovul ko'chati
Saksovul mart-aprel' oylarida 5-7 kun davomida gullaydi. Gullab bo'lganidan keyingi jazirama yoz issig'ida meva tugunchalari xosil bo'lmaydi, faqat sentyabr oyiga kelib mevalar shakllanadi.Sentyabr oxirida saksovulda ko'plab mevalar hosil bo'ladi. Mevalari-qanotchalar, havorang, gulni eslatadi. Oktyabrda mevalari etilib, to'kilib tushadi, faqat ayrimlaridagina ba'zi shoxchalarida qolgan mevalari keyingi bahorgacha turadi.
Mevalari shamol yordamida tarqaladi. Har yili mevalari hosil bo'ladi, lekin 2 yil oralatib, 3-yilga qarab mo'l hosil beradi. Urug'larini unuvchanligi tez yo'qoladi, bir yil saqlanganida atigi 10% unuvchanlikka ega urug' lar saqlannib qoladi. O'simlik yangilanishi faqat urug'lardan emas, balki vegetativ qismlari-to'nka ildiz bachkilaridan ham amalga oshadi.
Qora yoki sho'rxok saksovuli (Haloxylon aphyllum) Taqir cho'llarda, sariq-sho'rxoq tuproqlarda, sho'rlangan qumli va bo'z tuproqlarda o'sadi.Tuproqni himoyalash, qumlarni to'xtatish, yaylovlarni saqlash kabi cho'ldagi muhim meliorativ vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, qora saksovulzorlar katta xo'jalik ahamiyatiga ega. Chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ular mayda qurilish materiali hamda asosiy yonilg'i manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Qora saksovul 12 metr balandlikkacha o'sadigan daraxt yoki buta sifatida uchraydi. Qumlik o'simliklari ichida bular eng ulkanlaridir [3].
Yosh va etuk paytida shox-shabbasi sharsimon (dumaloq) shaklda (2-rasm) yoki to'psimon, yoshi o'tgan sari o'zgaradi, balandligiga o'smaydi,aksincha eniga kengayadi, chunki o'sish jarayoni susaygan sari shoxlari o'tirishib yon tomonga qiyshayib o'sadi.
https://t.me/ares uz
November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
Poyalari bo'lmali, mo'rt, suvli, to'q yashil, sho'rxoq - nordon ta'mli, osilib turuvchi bo'lib, mayda g'adir -budir o'simtalari bor.
Barglari bo'lmaydi, kurtaklari fevralda ochila boshlaydi. Gullari mayda 2 mm och-sariq rangli, ikki jinsli, besh qo'rg'onli. Mevalari qanotchalar, meva chetlari bukilgan, atrofida qanotchalari bor, gul og'zi bargchalaridan paydo bo'ladi. Urug'larida spiralsimon murtagi bor. 5-6 yoshidan ba'zida undan ham oldinroq mevaga kiradi.
Ildiz tizimi o'q ildizli, tuproqning nam qatlamlarida yoyilib o'sadi. Mustahkam va pishiq tolalar bilan qoplangan, mayda ildizchalarning qurib qolishidan himoya vositasi bo'lib xizmat qaladi.
Yog'ochining o'zagi to'qroq rangda va zichroq bo'lib, po'stloq ostidagi qatlamidan farq qiladi. Yosh paytida tez o'sadi. Urug' ko'chati birinchi yilda-25-30 (120) sm gacha, to'nka o'simtalari 1 metrgacha; 6-10 yillik paytida -balandligi 5-7 metr, yog'och tanasining yo'g'onligi 25-30 sm; 25-30 yillik qora saksovul esa 8-11 m balandlikkacha, yog'ochining yo'g'onligi 40-50 sm gacha etadi.
Oq yoki qum saksovuli (Haloxylon persicum) Oq saksovul tarqalgan (o'sadigan) xududlar - bu qum barxanlarining nishablik va qiyaliklari, baland bo'lmagan tepaliklar va ayrim joylarda o'rasimon chuqurlik va qator orasidagi past joylardir. Bu erlardagi tuproq turi asosan oddiy, qumloq, kulrang-bo'z, kam gumusli, deyarli sho'rlanmagan yoki kam sho'rlangan.
2-rasm. Orol dengizi kurgan tubida tabiiy o'sgan 2-3 yillik Qora saksovulning umumiy holati
https://t.me/ares uz
Multidisciplinarv Scientific Journa
November, 2023
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
Oq saksovul massivlari qumliklar chegarasidan chiqmaydi. Qalin ekinzorlarni tashkil etmasdan, balki orasi ochiq holda to'p-to'p bo'lib bir gektar erda 30-50 ta butalar o'sadi. Oq saksovul qora saksovulga nisbatan ko'p tarqalgan. Buta yoki 2-3 metr (ba'zida 5-6 m) bo'yli kichik daraxtcha bo'lib o'sadi, shoxlanishi poya asosidan boshlanadi. Tanasining po'sti oqish yoki och kulrang tusda. Shoxlari bo'laksimon, quruq, ko'kish yashil rangda. Kuzda och-kulrang tusga kiradi, sovuq urganida esa sariq rangga o'zgaradi. Ya'ni o'sgan novdalari odatda, achchiq ta'mli, mayda, po'stsimon, shaffof qirrali bargchalari poyalariga zich taqalgan. Kalta novdalarida gullari ayrim joylashgan, och-sariq rangda. Mevalari-yassi qanotchalar bo'lib, diametri 1 sm gacha, 5 ta yarim shaffof elpig' ichsimon qanotchalari bor, oktyabf oyida etiladi.
Ildiz tizimi sizot suvlariga bog'liq emas. Qattiq to'qima bilan qoplangan ildizlarining asosiy qismi 2,5 metr chuqurlikda joylashadi, asosiy ildizi esa 6 metrgacha etadi. Oq saksovul butalari o'zi yashaydigan atrof-muhitni o'zgartiradi. Kuchli rivojlangan ildiz tizimi yordamida qumni ushlab qoladi. Yozning jazirama issiqlarida yosh (assimilyatsion) novdalari (50% gacha) tushib ketadi, bu holat o'simliklar (butalar) ostidagi qumlarning zichlanishini ta'minlaydi.
REFERENCES
1. Ablaev S.M., Yuldashov Ya.X. Madaniy o'rmonlar. Toshkent, 2008 yil.
2. Aleksandrovskiy E.S., Nikolyan L.V. Djonlarskaya forma saksaula chernogo dlya lesorazvedeniya v Buxarskoy oblasti. Tashkent. 1998 g.
3. Qayimov.A.K., Hamroev.H.F. Ihotazorlarning yaylov o'simliklari o'sishiga ta'siri. Materiali konferentsii molodix uchenie TashGAU. 2008 g.
XULOSA
https://t.me/ares uz
Multidisciplinarv Scientific Journa
November, 2023