National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264
QUR'ONI KARIMNING AXLOQIY MASALALARINI FALSAFIY
MEZONLARI
Sh. Axrordinova
O'zbekiston Milliy universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada musulmonlarning muqaddas kitobi "Quroni Karim" ning inson hayotida muhim o'rin tutgan axloqiy masalalariga falsafiy qarashlar mezoni o'rganiladi. Inson hayotida din va axloq tushunchalari qanday maqsadlarga xizmat qilayapti, ularning falsafiy negizida nimalarni anglashimiz kerakligi va bu kelajakda insonning axloqiy qadr-qimmatini yuksaltirishga xizmat qilishi maqsad qilib olingan.
Kalit so'zlar: Qur'oni karim, muqaddas kitob, din, falsafafiy qarashlar, axloqiy masalalar, inson kamoloti.
ABSTRACT
This article learn'sphilosophy views about a upbringing in "Koran Karim" which is a holy book for muslims. Religion and upbringing well are serving for which aims in human's life, what should we understand in their philosophy base and this is brought to serve for the people's better future.
Keywords: "Koran", holy book, religion, philosophic points of view upbringing goals, spiritudl development.
"Qur'oni karim" - dunyo musulmonlarining muqaddas kitobi bo'lib, u arab tilida «qiroat» ma'nosini bildiradi. Islom e'tiqodiga ko'ra, Qur'on vahiy orqali Muhammad payg'ambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan. U Allohning kalomi (Kalomulloh). „Kitob" (yozuv), „Furqon" (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr" (eslatma), „Tanzil" (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur" (yorug'lik), „Hudo" (hidoyat), „Muborak" (barakotli), „Mubin" (ochiq-ravshan), „Bushro" (xushxabar), „Aziz" (e'zozlanuvchi), „Majid" (ulug'), „Bashir" (bashorat beruvchi), „Nazir" (ogohlantiruvchi) kabi so'zlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qur'on mus'haf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qur'onning 30 xil nomi va sifatlarini sanab o'tganlar. Qur'oni karim 114 suradan, 6210 oyatdan iborat. Qur'on har bir davrda, har qanday holatda insonlarni yaxshilikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga va falsafiy mushohadaga
April, 2022
260
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264
yetaklovchidir. «Qur'on»ning axloqiy qiymati haqida fikr yuritar ekanmiz, u insonning ma'naviy kamolga yetishida ulkan darajada muhim o'ringa ega ekanligini ko'rishimiz mumkun.
Bizga ma'limki, Qur'oni karimdan keyingi o'rinda turuvchi hadis ilmi ham alohida falsafiy-axloqiy o'ringa ega. Hadis ilmining paydo bo'lishida muhaddislarning hadis ilmi rivojiga qo'shgan hissasi alohida ahamiyatga egadir. Islom olamida Qur'oni karimdan keyingi o'rinda turuvchi hadislar - ishonchli axloqiy manba sifatida yuksak baholanadi. Haqiqiyligi puxta o'rganib chiqilgan ishonchli hadislar ''sahih hadislar'' deyiladi. ''Sahih'' so'zining ma'nosi sog'lom, to'g'ri, xatosiz degan ma'noni bildiradi. Hadisni to'plagan muallif esa ''muhaddis'' deb yuritiladi. Hadislarni to'plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ni hayot vaqtlarida ko'rgan, bilganlardan yozib olingan ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to'plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa'd al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo'lgan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj' Kazviniy, Abu Iso Muhammad as-Samarqandiy, imom at- Termiziylar hisoblanadi. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning hadis to'plashdagi xizmatlari juda katta bo'lgan.
Ulug' muhaddis Imom al-Buxoriy birgina «Al jome' as-sahih» («Ishonchli to'plam») asari ustida o'n olti yil izlanish olib borgan va 600 ming hadisni to'plab, 7275 tasini saralab olganlar. Shuningdek, «Al-jome as-sahih» asaridan odob-axloq mavzusiga bag'ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirganlar. Bu kitob ''Al-adab al-mufrad'' («Adab durdonalari») deb nomlangan bo'lib, bu asar 1322 ta hadisni o'z ichiga olganligi bizga ma'lum. Al-Buxoriyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, «Al-Jome' as-sahih» («Ishonchli to'plam») asari eng asosiy o'rinni egallaydi.
Qur'oni Karimda - insonni yaxshilikka, ezgulikka boshlaydigan hamda uni razolatga eltadigan xulqlar mavjud. O'zaro dushmanlik va kelishmovchilik bu taraqqiyot dushmani. Fitna va fasod, to'qnashuv va olishuvlar, qon to'kishlar,urushlar, jamiyat va insonlar uchun ham koni zarardir. G'iybat va fisqu-fasod, behuda so'z aytish, gap tarqatish, noma'qul so'zlar so'zlash, ayirmachilik, g'avg'o ko'tarish, bir musulmonning boshqasini ko'rolmasligi, musulmon-musulmonning umrini xazon qilishi gunohi azimdir. Qur'onda ehsonli, qo'li ochiq, bag'ri keng, muruvvatli, keng fe'lli, saxovatli bo'lish, ertadan oqshomgacha, uydan ish joyigacha, beshikdan qabrgacha
insonning har bir lahzasi iymonli bo'lishga harakat qilishi
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264
chinakam ezgulikdir, deb qaraladi. Kimda-kim odamlardan himmati, muruvvatini ayamasa, saxovat eshigini bekitmasa, bundan eng avvalo uning o'zi katta naf ko'radi, ma'naviy qoniqish va falsafiy kamolot hosil qiladi, ruhi ko'tariladi. Qur'onda ehsonning foydasi ehson qiluvchining o'ziga bo'lishi aytilgan. Unda aytilishicha, agar ehson qilsalaringiz ham, yomonlik qilsalaringiz ham o'zingiz uchun. Alloh kalomida ezgulik qilish, el-yurtga foyda keltirish, yomonlarni noto'g'ri yo'ldan qaytarib, to'g'ri yo'lga solish yuksak ma'naviy fazilat, huquqiy, odob-axloqlilik belgisi sifatida e'zozlanadi. Ezgu niyatli, qalbi pok, xulqi go'zal, iymoni butun odamlar yaxshilik qilishni o'zi uchun eng katta maqsad, olijanoblik deb biladi. «Kimki bir yaxshilik qilsa, unga o'sha yaxshiligi o'n barobar qilib beriladi». Inson ezgulik ishlarini qancha ko'p qilsa yaratganning o'zi uni balo qazolardan asraydi, unga kuch-qudrat ato etadi, yo'lini ochib beradi. Bu masalada Prezidentimizning mana shu fikrlari katta ilmiy, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega: «Savob - ulug' insoniy fazilat, yuksak milliy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kuni qilish kerak. Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga uning elu yurtiga albatta Allohning rahmatlari yog'iladi. Muqaddas Qur'on oyatida ta'kidlanganidek, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.
Qur'onda inson haq-huquqlarini hurmat qilish g'oyasi etakchilik qiladi. Unda ota-onalarning farzandlar tarbiyasi masalasi bo'yicha burchlari, mas'uliyatlari nimalardan iboratligi belgilangan. Ta'kidlanishicha, «ota-onalik huquqini qozonish uchun bola tug'ulishining o'zi kifoya qilmay, balki ularga ta'lim-tarbiya berish eng muhim shartlardan biridir. Farzandga odob-axloq o'rgatish, uni kasb-hunarli qilib tarbiyalash, balog'atga etganda o'g'il bo'lsa uylantirish, qiz bola bo'lsa turmushga chiqarish, ularni moddiy va ma'naviy ta'minlab turish kabi sermashaqqat vazifalar ham ota-onalar zimmasidadir».
Qur'oni Karimda farzandlarning ota-onalar oldidagi vazifalari ham bayon etilgan. Bu haqda uning Al-Isro surasi, 23-oyatida shunday deyilgan: «Parvardigoringiz, yolg'iz Uning o'ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo'l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so'zlarini) qaytarma! Ularga doimo yaxshi so'z ayt...!» Qur'oni Karimda insonni ulug'lash lozimligiga oid qoidalar bo'yicha muhim ko'rsatmalar mavjud. Unda quyidagilar marhamat qilinadi: «Bandalarimga aytingki, ular eng go'zal so'zlardan so'zlashsinlar», «Biz odam bolalarini
aziz-mukarram qildik, ularga halol-pok narsalardan risqu-ro'z
April, 2022
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264
berdik va ularni o'zimiz yaratgan juda ko'p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo'ydik», «Er yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen hargiz erni teshib ketolmaysan va bo'y-bastda tog'larga etolmaysan», «Ey mo'minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz -pokiza narsalardan englar», «Odamlarni aldab fitnaga solish o'ldirishdan yomonroqdir», «Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi», «Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir - eng yomon yo'ldir». Qur'on odamlarni haq yo'ldan borishga, nohaqlikni tark etishga da'vat etadi. «Ey mo'minlar, mollaringizni o'rtalaringizda nohaq (ya'ni o'g'irlik, qaroqchilik, sudxo'rlik, poraxo'rlik, qimor kabi) yo'llar bilan emangiz! Balki o'zaro rizolik bilan bo'lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb qilingiz..! (Niso surasi, 29-oyat), - deb ta'kidlangan. Baxillik yo'lini tashlab sahiylik tomon yuz o'tirganlar Alloh Kalomida najot topguvchilar, deyilgan. «Kimki baxillik va ziqnalikdan saqlangan bo'lsa, unday kishilar najot topguvchilardir». Islom dini, uning ilohiy manbai hisoblangan Qur'on har ishda rostlikka, omonatni saqlashga, qo'ni-qo'shnilar haqini bilishga buyuradi. Zulm-xiyonat qilishni, urush-talash, nohaq qon to'kishlarni, yolg'on so'zlash, tuhmat qilishlarni, buzuqchiliklaru harom ishlarni, etim-esirlar molini eyishni, insonlar haqiga ko'z olaytirishni qoralaydi. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad, buzuqchilik, jaholatda yashash, harom-halolni farqiga bormay eyish, qaroqchilik qilishlarni ta'qiqlaydi. Ularning hammasi g'ayri islomiy, g'ayri insoniy, g'ayri axloqiy, g'ayri qonuniy illatlar sifatida qoralanadi. Qur'onning aksariyat suralari va oyatlarida insonlarning bilim olishi, ma'rifatli bo'lishi qayta-qayta uqtirilgan, bilimlilar bilan bilimsizlarni tenglashtirib bo'lmasligi aytilgan. Uning oyatlaridan birida, Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab, martabasini ulug' qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardor, deyilgan. «Alaq» surasining uchinchi-beshinchi oyatlarida, «O'qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya'ni qalamni, xatni) o'rgatgan o'ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o'rgatadi», deyilgan. Qur'onda «ilm» so'zi turli hollarda bir necha marta takrorlangan. Ana shuning o'zi ham ilm, madaniyat, ma'naviyat, ma'rifat haqidagi g'oyalar Qur'oni Karimning butun ruhi, mazmuni, mag'iz-mag'izigacha chuqur singdirib yuborilganligini ko'rsatadi. Qur'onda ilk nozil bo'lgan oyat ham «Iqro», ya'ni «O'qi» so'zidir.
Qur'oni Karimda ma'naviy-ma'rifiy, falsafiy, diniy-axloqiy masalalar bilan bir qatorda huquqiy yo'l-yo'riqlar ham o'z ifodasini topgan. Fiqhiy-huquqiy masalalar bo'yicha Qur'onda juda ko'plab oyatlar mavjud. Buni bu ilohiy kitobda amaliy ibodatlar bo'yicha 140
April, 2022
263
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264
oyatlar, shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar) bo'yicha 70 oyat, fuqarolik huquqi (olti-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat) bo'yicha 70 oyat, jinoyat va jazo bo'yicha 30 oyat, sud, sud jarayoni, guvohlik masalalari bo'yicha 20 oyat, davlat huquqi sohasida 3 oyat, hammasi bo'lib 333 oyat borligidan bilib olsa bo'ladi. Ko'rinib turganidek, Qur'on faqatgina aqidaviy-g'oyaviy manbagina emas, balki qonun va ahloq hamdir. Bu Qur'onning buyuk mo'jizasi hisoblanadi.
REFERENCES
1. Islom Karimov. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. T.: «O'zbekiston», 1999, 183-184-betlar.
2. Islom Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O'zbekiston», 1997, 145-bet.
3. «Qur'oni karim» oyatlaridan parchalar.
4. O.Husanov, O.Karimova, H.Azizov, H.To'ychieva, Z.Karimov. Inson huquqlari. T.: «Sharq», 1997, 20-bet.
5. Abdulhakim Shar'iy Juzjoniy. Ko'rsatilgan asar, 64-65-betlar.
6. Lalikhon Mukhamedzhanova, THE EMERGENCE OF THE JADID MOVEMENT IN THE LATE XIX TH - EARLY XX TH CENTURIES AND THEIR SIGNIFICANCE AS A NATIONAL AWAKENING. Look to the past. 2021, Special issue 3, pp.32-46
7. Мухамеджанова Лалихон Ашуралиевна, Асадуллина Гузелия Рауфовна, Ермоченко Константин Павлович, Шкуран Оксана Владимировна, Ивентьев Сергей Иванович. (2021) "Социальная истина и духовно-нравственная сфера человека" С.111-118
April, 2022