UO'K: 550.4
d 10.70769/3030-3214. SRT.2.4-1.2024.25
QULJUQTOV TOG'LARI BAZIT DAYKALARI VA NEFELINLI
SIENITLARINING GEOLOGIK VA PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI
Ochilov Iles Saidovich
Usmonov Kuvonchbek Mannonovich
Dotsent v.b., Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi, O'zbekiston E-mail: quvonch_uz2@mail. ru
Dotsent v. b. (PhD), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi, O'zbekiston E-mail: ilyos_ochilov@mail. ru
ORCIDID: 0000-0001-7477-6440
Annotatsiya. Jahon amaliyotida so'ngi yillarda asl, nodir metallar va noyob yer elementlari konlarini bashoratlash, geologik-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish, tog'jinslari va ma'dan hosil bo'lishning zamonaviy ilmiy nazariyasini hamda yashirin konlarni qidiruv-bashoratlash me 'zonlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ma'danli konlarni qidirishningpetrologik-geokimyoviy me 'zonlarini ishlab chiqish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari foydali qazilma konlarini hosil bo'lishidagi roli bashorat-qidiruv me 'zonlarini ishlab chiqish kabi bir qator muammolarni hal qilishda muhim axborot manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: diabaz, lamprofir, dayka, plagioklaz, piroksen, amfibol, biotit, porfir, mineral, kristall, odinit, malxit.
ГЕОЛОГО-ПЕТРОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ БАЗИТОВЫХ ДАЕК И НЕФЕЛИНОВЫХ СИЕНИТОВ ГОР КУЛЬДЖУКТАУ
Аннотация. В последние годы в мировой практике важное значение имеет прогнозирование месторождений благородных, редких металлов и редкоземельных элементов, эффективна организация геолого-разведочных работ, разработка современной научной теории породо- и рудообразования, а также критериев поисков и прогнозирования скрытых месторождений. Результаты исследований по разработке петролого-геохимических критериев разведки месторождений полезных ископаемых в развитых странах служат важным источником информации для решении ряда проблем, связанных разработкой прогнозно-разведочных критериев выявления их генезиса.
Ключевые слова: диабаз, лампрофир, дайка, плагиоклаз, пироксен, амфибол, биотит, порфир, минерал, кристалл, одинит, мальхит.
GEOLOGICAL AND PETROGRAPHIC CHARACTERISTICS OF BASITE DYCKS AND NEPHELINIC SIENITES OF THE KULDZHUKTAU
MOUNTAINS
Очилов Илес Саидович
и.о. доцент, (PhD), Каршинский инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан
и.о. доцент, Каршинский инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан
Усмонов Кувончбек Маннонович
Ochilov Iles Saidovich Usmonov Kuvonchbek Mannonovich
a.a. professor, (PhD), Karshi Engineering-Economics Institute, a.a. professor, (PhD), Karshi Engineering-Economics Institute,
Karshi, Uzbekistan Karshi, Uzbekistan
Abstract. In recent yeаrs, the forecаsting of deposits of noble, rаre metаls, аnd rаre eаrth elements, the effective orgаnizаtion of geological explomtion, the development of а modern scientific theory of rock аnd ore formаtion, аs well аs criteria for seаrching аnd forecаsting hidden deposits, hаs become increаsingly important in globаlpractice. The results of research on the development of petrological аnd geochemical criteria for exploration of mineral deposits in developed countries serve as an important source of information for solving a number of problems related to the development of forecasting and exploration criteria for identifying their genesis.
Keywords: diabase, lamprophyre, dike, plagioclase, pyroxene, amphibole, biotite, porphyrite, mineral, crystal, odynite, malchite.
Kirish. Jahon miqyosida bugungi kunda petrologiyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu daykalar va kichik intruziyalarni o'rganish va ular bilan bog'liq bo'lgan foydali qazilmalarni aniqlash bo'yicha bir qator maqsadli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, turli xil dayka va intruziv tog' jinslari orasida diabazlar, lamprofirlar va nefelinli sienitlar kabi magmatik jinslarning petrogenezisi va ma'dandorligiga bog'liq masala-larni yechishga alohida e'tibor berilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va mеtodlar. O'tgan asrning 40-50-yillarida O'rta Osiyo petrometal-logeniya maktabining asoschisi H.M.Abdullayev tomonidan ko'tarilgan "Daykalar va ma'danlashuv muammosi" petrologiya va metallogeniyaning eng dolzarb muammolaridan bo'lib, uning turli jihatlari Markaziy Qizilqumda, xususan Quljuqtov tog'larida I.H.Hamrabayev, H.N.Boymuxamedov, K.L.Babayev, I.M.Isamuxammedov,
M.S.Kuchukova, T.N.Dolimov, A.F.Sviridenko, Ya.B.Aysanov, A.K.Kayumov, A.Musayev, A.T.Bendik, E.P.Izox, Z.A.Yudalevich, P.T.Azimov, R.Axundjanov, F.K.Divayev, X.D.Ishbayev, U.D.Mamarozikov, F.B.Karimova, A.X.Shukurov, A.A.Qurbonov
K.M.Kosbergenovlar tomonidan tadqiq etlgan. Ularning ishlarida daykalarning genetik turlari ajratilgan va ularning endogen ma'danlashuvga aloqadorligi to'g'risida so'z yuritilgan.
Natijalar. Diabaz va lamprofir daykalari Quljuqtovning boshqa hududlariga nisbatan Tozbuloq, Qing'irtov, Taushon-Yangiqazg'on va Tasqazg'on maydonlarida zieh rivojlangan bo'lib, daykali dalalarni hosil qilgan.
Diabaz daykalarining asosiy massasi o'ta mayda yoki mayda donali tuzilishga ega bo'lib,
unda asosan sossyuritlashgan plagioklaz va xlorit-lashgan piroksen, amfibol va biotitning porfir ajralmalari kuzatiladi. Tashqi ko'rinishi to'q kul-rang, qoramtir, to'q yashil-kulrang. Jins hosil qiluvchi minerallari asosan plagioklazning uzun prizma shaklidagi tartibsiz donalaridan, piroksen va amfibol kristallaridan iborat bo'lib, ularni orasida kaliyli dala shpatining va biotitning yedirilgan kristallari kamroq uchraydi. Diabazlarda plagioklazning shakli piroksen va amfibollarnikidan idiomorfroqligini ko'rish mumkin.
Diabazlarning donadorligi har bir daykada o'zgarib turadi, bunga mos ravishda kristallarning o'lchami va miqdori ham o'zgaradi. Daykalarning markaziy qismilarining asosiy massasi mayda va o'ta mayda donador (yashirin kristalli) tuzilishga ega bo'lib, ulardan fenokristallarning ko'plab porfir donalari ajralib turadi. Bevosita kontakt qism-larining asosiy massalari yanada o'ta mayda donador tuzilgan bo'lib, ulardagi porfirlarning miqdori va o'lchamlari kichrayadi.
Lamprofir daykalarini diabaz daykalaridan vizual farqlash mumkin. Bu farqlanish nafaqat ularning mineral tarkiblarida, balki teksturalari va strukturalarida ham aks etgan. Lamprofirlarda bir xil donador, yaxlit, dog'simon, notekis donador (taksit), shuningdek sharsimon (globulyar) teks-turalar uchraydi. Lamprofirlarga xos strukturaga -porfir ajralmalari asosan qoramtir tusli jins hosil qiluvchi minerallardan (Px, Amf, Bt) iborat bo'lib, ular plagioklazga nisbatan yaqqol idiomorfizmga egaligi bilan diabazlardan ajralib turadi.
Odinit va malxit daykalarini Taushon-Yangi-qazg'on daykalar dalasida uchratish mumkin. Tasqazg'on daykalar dalasida rivojlangan bazit daykalari orasida "Janubiy Tiyon-Shon daykalar
majmuasi, P2-Ti"ga tegishligi taxmin qilinayotgan kamptospessartit dayakalari aniqlangan. O'rganilgan daykalar dalalaridagi kamptospes-sartitdan boshqa barcha lamprofirlar "kechki perm yoshidagi "Markaziy-Quljuqtov daykalar maj-muasi"ga" mansub. Ularning tarqalishi barcha mag-matik, cho'kindi-metomorfik jinslarni kesib o'tuvchi yer yoriqlari bilan nazorat qilinadi.
Spessartit daykalari asosiy jins hosil qiluvchi minerallari - rogovaya obmanka (50% atrofida va undan ko'proq), piroksen va plagioklaz. Aksessor minerallardan apatit, sirkon, ilmenit, titanit, kam-roq, pirit, xalkopirit, nikelin, ortit, torit v.b. uch-raydi. Karbonat, epidot guruhi minerallari, xlorit va muskovitlar ikkilamchi minerallardir.
Spessartitlarning strukturasi lamprofirlarga xos, porfirsimon, asosiy massasiniki - afanitli yoki prizmatik-donador. Amfibol va piroksen plagio-klazga nisbatan idiomorf, asosan ideal prizma va rombsimon shakllar hosil qilgan. Aksessor minerallari apatit, magnetit va ilmenitdan iborat bo'lib, ular magmatik kristallashuvning dastlabki bosqichlarida shakllangan, qo'shimtalar tarzida plagioklaz va am-fibolning, ba'zan piroksenning ichida uchraydi. Plagioklaz qoramtir tusli jins hosil qiluvchi minerallardan keyin kristallashgan.
Odinit daykalarining tanalari kam uzunlikka (20-100 m), to'g'ri chiziqli kesuvchan kontaktlarga egaligi va o'tmas burchakli torayishlari bilan ajralib turadi. Ularning qalinligi odatda ikki metrdan osh-maydi, ayrim hollarda 5-10 m gacha kengayadi. Ular lamprofirlarning orasida nisbatan ertaroq shakllangan turi hisoblanib, ko'proq alohida maydonlarda jamlangan subparalell daykalar, ba'zan yakka dayka tarzida ham uchraydi. Uzunligi bo'yicha ular eng qisqa daykalar bo'lib, odatda 2050 m ga cho'zilgan. Odinit daykalari piroksen, rogovaya obmanka va plagioklazning aniq ko'ri-nadigan fenokristallari mavjud bo'lgan, to'q-kul-rang, ba'zan yashil-kulrang, mayda donador, to'liq kristallashgan jinslardir.
Odinitlar mineralogik jihatdan deyarli bir xil tarkibga egaligi bilan ajralib turadi. Mikroskop ostida tog' jinsi plagioklaz, piroksen, amfibol va biotitdan iborat. Ular bo'yicha rivojlangan ikkilam-chi minerallar - seritsit, karbonat, xlorit, epidot va aktinolitlardir
Malxit to'q kulrang, mayda donali zich jins, asosan plagioklaz va rogovaya obmankadan iborat.
Ikkinchi darajali - minerallari biotit va kaliy dala shpatlari. Aksessor minerallari - magnetit, apatit, titanit. Ikkilamchi minerallari xlorit, muskovit, ba'zan ikkilamchi kvars uchraydi.
Plagioklaz qisqa prizmatik kristallarni hosil qilgan. Tarkibi bo'yicha andezinga to'g'ri keladi. Kaliyli dala shpati va kvars juda mayda ksenomorf donalarni hosil qilgan, ularning miqdorlari ko'p emas.
Amfibol jigarrang-yashil rangli, cho'zilgan ustunsimon kristallarni hosil qilgan. So'nish bur-chagi C: Ng = 11-14°. Pleoxroizmi Ng da jigarrang-yashil, Np da yashil va och yashil-jigarrang rangga ega. Oddiy qo'shaloqlar xarakterli. Ular o'zgar-ganda xloritga, kamdan-kam hollarda esa biotitga aylanadi.
Kamptospessartit daykasi Tasqazg'on daykalar dalasida ohaktoshlar va gabbrolarni yorib chiqqan. Tog' jinsi mayda donali, deyarli afir teksturali, ba'zan kuchsiz porfirli, qoramtir kulrang tusli. Unda massiv holda mayda sulfid donachalari mavjud. Qalinligi 3,5 m. Uzunligi 500 m. Yo'nalish azimuti - 30° shimoli-sharq. Yotish burchagi - 70°. Mikroskop ostida uning kam o'zgarishga uchragan porfir ajralmalari asosan titan-avgitdan, amfibol-lardan tashkil topganligi aniqlandi. Asosiy mas-sasida o'zgarishga uchragan plagioklazlar boshqa minerallarga nisbatan ko'proq.
Petrokimyoviy koeffitsientlariga ko'ra Quljuqtov bazit daykalari magmatik jinslarning kaliy-natriyli seriyasiga tegishli (diabazlarda Na2O/K2O - 0,03-3,91, o'rtacha - 1,94; lamprofirlarda Na2O/K2O - 1,62-3,32, o'rtacha -1,95) va kam glinozyomli hisoblanadi (diabazlarda al'-0,74 - 1,38, o'rtacha - 0,93; lamprofirlarda al' -0,73-2,82, o'rtacha - 1,30). Lamprofir dayklarining femiklik (f) koeffitsiyentlarining qiymatlari diabaz-larnikiga nisbatan past. Aksincha, tog' jinslarining magneziallik koeffitsiyentlari diabazlarda lamprofirlarnikaga nisbatan kamayadi (diabazlarda Mg# - 41,33-58,2, o'rtacha - 47,06; lamprofirlarda - 22,31-51,17, o'rtacha - 38,05). Bu kabi holatni ularning temirlilik koeffitsiyenti qiymatlarini taq-qoslashda ham ko'rish mumkin (diabazlarda Kf -41,71-58,69, o'rtacha - 52,94; lamprofirlarda Kf -48,83-77,69, o'rtacha - 61,95).
Nefelinli sienitlar Tozbuloq granitoid mas-sivining janubiy va sharqiy qismlarida granitlar va sienitlar orasida subkenglik bo'yicha cho'zilgan
daykasimon va shtoksimon tanalar hosil qilgan. Tozbuloq hududida nefelinli sienitlarning ochil-malari soni oltita. Ulardan ikkitasi nisbatan yirikroq, shtoksimon shaklda, Tozbuloq qudug'ining shi-moliy-sharqida va janubi-sharqida joylashgan. Uchinchi ochilmaning uzunligi taxminan 3 km, eni 0,1 dan 0,3 km gacha bo'lgan daykasimon tana shaklida kenglik bo'yicha cho'zilgan bo'lib, u yuqorida ta'kidlangan quduqning g'arbiy qismida kuzatiladi. Eng yirik tanasi shimoli-sharq (ShShq: 50-80°) yo'nalishda cho'zilgan kichik ellipsoid shaklga ega. Ushbu ishqorli jinslarining yer yuza-sida ochilgan umumiy maydoni 2 km2. Ular qamrovchi tog' jinslar bilan aniq kontaktga ega va eni 2 m dan 10 m. gacha bo'lgan reaksion-meta-somatik jinslar tasmalari (polosalari) bilan birga uchraydi. Nefelinli sienitlarda kimyoviy va yuqori harorat ta'siriga uchragan jinslar ksenolitlarining -dioritlar, biotitli granitlar va ohaktosh mavjud. Ularning biotitli granitlar bilan endokontaktlarida ishqorli jinslarni - biotitli sienitlar, melanokratli nefelinli sienitlar shakllangan. Shuningdek, nefelinli sienit tanalarining apikal qismlari tomirli hosilalari rivojlangan (qalinligi 20-50 sm., uzunligi 10-15 m gacha yetuvchi nefelinli sienit-pegmatitlari va sienit-aplitlar).
Muhokama. Tozbuloq nefelinli sienitlarning mutloq yoshi 265 mln. yil ekanligi K-Ar usulida aniqlangan va kechki permga to'g'ri kelishi tasdiqlangan (F.A.Askarov v.b., 1974). Qo'shni Tojikiston Respublikasidagi Dara-i-Pioz massivi nefelinli sienitlarining mutloq yoshi 267 mln. yil ekanligi U-Pb usulida aniqlangan (D.Konopelko v.b., 2016).
Ushbu ishqorli jinslar feldshpatoiddan (nefelin - 14-41%), mikroklindan (35-66%), albit-dan (0,3-19%), ishqorli amfibol (gastingsit - 11% gacha), ishqorli piroksendan (egirin, egirin-avgit -10% gacha) va biotitdan (11% gacha) iborat. Tog' jinsi massiv ba'zan traxitoid teksturaga ega. Jins hosil qiluvchi minerallarning munosabatiga ko'ra ular tipik granitoid srukturaga ega bo'lib, nefe-
linning mikroklin va amfibolga nisbatan idio-morfligi bilan xarakterlanadi. Intruziv tanalarining turli qismlarida (ayniqsa chetki qismlarida) xarak-terli albitlashuv va kankrinitlashuv jarayonlari jadal rivojlangan, ya'ni nefelin - kankrinitga, mikroklin -albitga aylangan.
Xulosa. Tozbuloq intruzivining nefelinli sie-nitlaridagi SiO2 miqdori 55% dan 57,1% gacha o'zgaradi. Ular ishqorli petrogen komponentlarning ko'pligi (Na2O+K2O 10,71-14,43%) va kaliy-natriyli, qisman natriyli seriyaligi (Na2O/K2O -1,03-2,46%) bilan Quljuqtovda rivojlangan mag-matik jinslar orasida yaqqol ajralib turadi. Bu jinslar, shuningdek, glinozyomga boy (AhO3 -19,38-24,3%), glinozyomlilik koeffitsiyenti qiy-matlari (al' - 2,61-5,46) ularni yuqori glinozyomli magmatik jins ekanligini tasdiqlaydi. Ularda ag-paitlik koeffitsiyenti 1 dan oshmaydi (Ka<1). Bu bilan Tozbuloq nefelinli sienitlarini agpaitli emas, balki miaskitli turiga mansubligi to'g'risida ham xulosa qilish mumkin.
Quljuqtov tog'lari hududidagi bazit daykalari - diabaz va lamprofirlarning geologiyasini o'rga-nish natijasida ular zich rivojlangan to'rta daykali maydonlar (Tozbuloq, Qing'irtov, Taushon-Yangi-qazg'on va Tasqazg'on) ajratilgan. Lamprofir day-kalarining petrografik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida ularning orasida tarqalishi bo'yicha spessartit, malxitga, odinitga, kersantitga va kampto-spessartitga nisbatan ko'proq uchrashi aniqlangan.
Quljuqtovdagi diabaz va lamprofir daykalarini shakllantirgan birlamchi magmaning ma'dan hosil qiluvchi flyuidlarga boy bo'lganligi ushbu jinslarda birinchi marta mikrozond usulidi konser-vatsiyalangan kremniy-ishqor-xloridli flyuid mikro-hosilalari, ularni ichida esa oltin, kumush va plati-noidlarni tashuvchi nanokristallarning aniqlan-ganligi bilan asoslangan. Ushbu daykalarda temir, titan, mis, nikel va kobalt, xrom, platinoidlar, oltin va kumushning mineral-kontsentratorlari va mine-ral-tashuvchilari ajratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Hamrayev A.X. Quljuqtov tog'lari (markaziy qizilqum) bazit daykalari va nefelinli sienitlarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari. Geologiya-mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
2. Мамарозиков У.Д., Норматов У.А., Хамраев A.X. Диабаз-лампрофи-ровая формация Кульджуктау (Центральные Кызылкумы): Геолого-петрогафические особенности, минералогия и геохимическая специализация // Геология и минеральные ресурсы. - 2020. -№ 5. - С. 13-27. (04.00.00. № 2).
3. Мамарозиков У.Д., Норматов У.А., Хамраев A.X., Суюндикова Г.М., Икромов У.А. Миаскитовые нефелиновые сиениты Тозбулакского интрузива (Кульджуктау, Западный Узбекистан) // Геология и минеральные ресурсы. - 2021. - № 4. - С. 23-35. (04.00.00. № 2).
4. Каримова Ф.Б., Джуманиязов Д.И., Хамраев A.X. Петрографо-геохимические черты Таушанского интрузива (Западный Узбекистан) // Доклады Академии наук Республики Узбекистан. - 2021. - № 4. - С. 85-89. (04.00.00. № 5).
5. Ochilov I.S., Usmonov K.M. Chakilkalyan tog'lari apokarbonat oltin ma'danlashuvining istiqbollari. Academic Research in Educational Sciences. 2023 yil Oktyabr. VOLUME 4. ISSUE 10. https://ares.uz/uz/maqola-sahifasi/chakilkalyan-toglari-apokarbonat-oltin-madanlashuvining-istiqbollari
6. Ochilov I.S., Usmonov K.M. Chakilkalyan tog'laridagi Akata maydonida apokarbonat oltin ma'danlashuvining joylashish sharoitlari. SANOATDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR. (E) ISSN: 3030-3214 Volume 2, № 1 March 2024. https://zenodo.org/records/10816453