Научная статья на тему 'CHAKILKALYAN TOG‘LARIDAGI SUKAR INTRUZIV MASSIVINING OLTIN MA’DANLASHUVI'

CHAKILKALYAN TOG‘LARIDAGI SUKAR INTRUZIV MASSIVINING OLTIN MA’DANLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oltin minerallashuvi / plastinka ichidagi magmatizm / neft kimyosi / geokimyoviy ixtisoslashuv / mineral paragenezlar. / gold mineralisation / intraplate magmatism / petrochemistry / geochemical specialisation / mineral paragenesis.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sultonov Shuxrat Adxamovich

Maqolada Sukar intruziv massividagi o‘zgarishlar uning geodinamik evolyutsiyasining turli bosqichlari doirasida batafsil tahlil qilinadi. Ushbu o‘zgarishlar plitasi magmatik assotsiatsiyalarini o‘rganish va burmali oblastlarning geologik rivojlanishining so‘nggi bosqichidagi jarayonlar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Xususan, maqolada plitalar to‘qnashuvidan keyingi davrda hosil bo‘lgan granitoidlar va ularga ergashuvchi ishqoriy-bazaltoid magmatizm hosilalari, ya'ni bu jinslarning hosil bo‘lish jarayonlari va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, maqolada oltin zaxiralarining intruziya granitoidlari tarkibida qanday taqsimlangani haqida ham aniq ma'lumotlar berilgan. Bu geologik jarayonlar va ularning natijalarini chuqurroq tushunish, ma’dan hosil bo‘lish bosqichida yuz bergan muhim geodinamik hodisalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GOLD MINERALITY OF THE SUKAR MASSIF IN THE CHAKILKALYAN MOUNTAINS

The article provides a detailed analysis of the changes in the Sukar intrusive massif within the framework of various stages of its geodynamic evolution. These changes are considered in the context of studying plate-magmatic associations and the processes occurring during the final stages of the geological development of fold belts. Specifically, the article presents information about the granitoid formations that emerged after the collision of plates and the subsequent alkaline-basaltic magmatism, including the processes of their formation and their characteristics. Additionally, the article offers data on the distribution of gold deposits within the intrusive granitoids. Understanding these geological processes and their outcomes is crucial for highlighting significant geodynamic events that occurred during the ore formation stage.

Текст научной работы на тему «CHAKILKALYAN TOG‘LARIDAGI SUKAR INTRUZIV MASSIVINING OLTIN MA’DANLASHUVI»

UO'K: 553.411(575.1)

d 10.5281/zenodo. 13346619

CHAKILKALYAN TOG'LARIDAGI SUKAR INTRUZIV MASSIVINING

OLTIN MA'DANLASHUVI

Annotatsiya. Maqolada Sukar intruziv massividagi o'zgarishlar uning geodinamik evolyutsiyasining turli bosqichlari doirasida batafsil tahlil qilinadi. Ushbu o 'zgarishlar plitasi magmatik assotsiatsiyalarini o 'rganish va burmali oblastlarning geologik rivojlanishining so'nggi bosqichidagi jarayonlar bilan bog'liq holda ko'rib chiqiladi. Xususan, maqolada plitalar to 'qnashuvidan keyingi davrda hosil bo 'lgan granitoidlar va ularga ergashuvchi ishqoriy-bazaltoid magmatizm hosilalari, ya'ni bu jinslarning hosil bo'lish jarayonlari va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, maqolada oltin zaxiralarining intruziya granitoidlari tarkibida qanday taqsimlangani haqida ham aniq ma'lumotlar berilgan. Bu geologik jarayonlar va ularning natijalarini chuqurroq tushunish, ma 'dan hosil bo 'lish bosqichida yuz bergan muhim geodinamik hodisalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: oltin minerallashuvi, plastinka ichidagi magmatizm, neft kimyosi, geokimyoviy ixtisoslashuv, mineralparagenezlar.

Старший преподаватель кафедры «Геология и разведка полезных ископаемых», Каршинский инженерно-экономический институт, Карши,

Узбекистан

Аннотация. В статье подробно анализируются изменения в Сукарском интрузивном массиве в рамках различных этапов его геодинамической эволюции. Эти изменения рассматриваются в контексте изучения плито-магматических ассоциаций и процессов на последних этапах геологического развития складчатых областей. В частности, в статье приводится информация о гранитоидных образованиях, возникших после столкновения плит, и последующем щелочно-базальтоидном магматизме, а также о процессах их формирования и характеристиках. Кроме того, в статье представлены данные о распределении золотых залежей в гранитоидах интрузии. Понимание этих геологических процес-

Sultonov Shuxrat Adxamovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi" kafedrasi katta o 'qituvchisi, Qarshi, O 'zbekiston

E-mail: sultonovshuxrat8 7@gmail. com

сов и их последствий играет важную роль в освещении значимых геодинамических событий, происходивших на стадии формирования месторождений. Ключевые слова: золоторудная минерализация, внутриплитный магматизм, петрохимия, геохимическая специализация, минеральные парагенезисы.

GOLD MINERALITY OF THE SUKAR MASSIF IN THE CHAKILKALYAN

MOUNTAINS

Sultanov Shukhrat Adhamovich

Senior Lecturer, Department of Geology and Mineral Exploration, Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan

Abstract. The article provides a detailed analysis of the changes in the Sukar intrusive massif within the framework of various stages of its geodynamic evolution. These changes are considered in the context of studying plate-magmatic associations and the processes occurring during the final stages of the geological development of fold belts. Specifically, the article presents information about the granitoid formations that emerged after the collision of plates and the subsequent alkaline-basaltic magmatism, including the processes of their formation and their characteristics. Additionally, the article offers data on the distribution of gold deposits within the intrusive granitoids. Understanding these geological processes and their outcomes is crucial for highlighting significant geodynamic events that occurred during the ore formation stage.

Keywords: gold mineralisation, intraplate magmatism, petrochemistry, geochemical specialisation, mineralparagenesis.

Kirish. Burmali oblastlaming plitaichi magmatizmi mahsulotlariga ishqorli va kam ishqorli gabbroidlar (bazaltoidlar) va karbonatitlarning turli xil portlash trubkalari va daykalarining hamda siyenitoidlar va litiy-ftorli granitlarni mayda intruziyalari-ning ko'p sonli hosilalari kiradi. Plitaichi magmatizmining mahsulotlari, katta bo'l-magan hajmlariga qaramasdan, keng tar-qalgan va ahamiyatli maydonlarni egal-lagan; vaqt bo'yicha ular oldingi kollizion va subduksion granitoidlardan keskin ajralgan.

Adabiyot tahlili va metodlar. Plitaichi magmatik assotsiatsiyalarni o'rganish fundamental tadqiqotning dolzarb vazifasi hisoblanadigan, burmali oblastlarning geo-logik rivojlanishining anorogen bosqichida nafaqat magmaning generatsiyalanish jara-yonlarini bilish nuqtai nazaridan qiziqish-

larni o'zida namoyon qiladi, balki plitaichi magmatizmi mahsulotlari orasidanodir, no-yob va nodir yer metallarning ma'danli hosilalarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan muhim amaliy ahamiyatga ham ega.

Plitaichi magmatizmining hosilalari bilan yirik va noyob olmos, apatit, temir, platina, titan, vanadiy, qalay, niobiy, tantal, sirkon, stronsiy, nodir yer elementlari, mis-nikel va Au, Ag, Se bilan birgalikdagi polimetal ma'dan konlari; besh elementli (Fe-Cu-Au-REE-U) formatsiyaning yirik konlari, mis-oltin ma'dan konlari va oltin ma'dan, shuningdek qizildengiz turidagi sulfidli ma'danlashuv va karlin tipidagi gidrotermal oltin ma'danlashuv konlari bog'liq.

Natijalar va muhokamalar.

Chakilkalyan tog'lari Janubi-Tyanshan

burmali-ustsurilma poyasining Zarafshon-Olay tuzilma-formatsion zonasi chegarasida joylashgan. U Afg'on-Tojik kontinenti karbonat shelfi zonasining chekka janubi-sharqiy segmenti hisoblanadi. Blok sharq-dan Shing-Magian surma-simob ma'danli poyasining g'arbiy tugallanishi hisob-lanadigan Magian ma'danli maydoni bilan chegaralangan. G'arbdan Karatyubin granitoid intruziyasi va uning paleozoy karbonat-terrigen yotqiziqlari bilan o'ralgan satel-litlariga tutashgan [1, 2].

Chakilkalyan tog'larida plitaichi bosqi-chining hosilalari ikkita assotsiatsiya jinslarini birlashtiradi: o'zining tarkibiga dioritli porfiritlar, amfibolli minettlar, kersantitlar, spessartitlar va piroksenli vogezitlarni olgan lamprofirli hamda esseksit-diabazlar, kamptonitlar, monchekit-lar va ularning o'tish turlari bilan namoyon bo'lgan ishqorli-bazaltoidlar.

Sukar massivining monchikitlari ilk bor M.M.Posoxov va Y.I.Sigalovlar (1949 g.) tomonidan tavsiflangan. Keyinchalik tematik ishlarni o'tkazish jarayonida [3, 4] plitaichi magmatizmining jinslari ishqorli (subishqorli) bazaltoidlar va kaynotip lamprofirlarning asosan daykalar ko'rini-shidagi Chakilkalyan tog'larining turli qism-larida aniqlandi. Ammo, ishqorli bazaltoidlar va lamprofirlar formatsiyasi jinslari-ning katta konsentratsiyasi ikkita maydonda aniqlandi: Yaxton (shimoliy-g'arbiy sektor) va Sukar (janubiy-sharqiy sektor).

Plitaichi magmatizmini o'rganish ama-liy jihatdan juda muhim, chunki ular bilan yirik va noyob oltin, mis-nikel va polimetal ma'danlari, olmos, apatit, temir, platina, titan, vanadiy, qalay, niobiy, tantal, sirkon, stronsiy va nodir yer elemenlarining konlari bog'liq [5, 6].

Sukar chuqurlikda joylashgan o'choqli

tuzilmasi ham granitoidlar, lamprofirlar day-kalari va ishqoriy-bazaltli magmaning mah-sulotlarining (monchikitlar, kamptonitlar, doleritlar va esseksit-diabazlar) fazoviy kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi.

Sukar massivining ichki tuzilishi yetar-li darajada murakkab. Unda granitoidlarning quyidagi 3 turi xaritalangan. 1) o'rta donali porfirsimon biotitliadamellitlar; 2) yirik donali porfirsimon biotitli granit-adamellitlar; 3) yirik donali, asosan har xil donali leykokrat biotitli granitlar. Granitoidlarning bu turlari bilan juda muhim bog'liqligida aplitsimon granitlar, mayda donali pegma-toidli granitlar, aplitlar va pegmatitlardan iborat tomirli faza namoyon qildi.

O'rta donali adamellitlarning bo'y-sunuvchan ahamiyati va ularning tekstratura-strukturaviy ko'rinishi bu jins-larni yirik donali granitoidlarga nisbatan qo'shimcha faza sifatida qaralishiga va Sukar intruzivining hosil bo'lishini antidrom sxemasini taklif qilishga imkon yaratadi (qadimgilaridan yoshlariga): 1 - asosiy intruziv faza (yirik donali granit-adamellitlar), 1-a - yirik donali granit-adamellitlarning chekka leykogranit fat-siyasi, 2 - qo'shimcha intruziv faza (o'rta donali adamellitlar), 3 - tomir jinslar.

Sukar intruzivi granitoidlarining aksessor-mineral ixtisoslashuvi (g/t): asosiy fazaning granitlar-adamellitlari - sfen (303), sirkon (207), ortit (145), apatit (99), torit (82), monatsit (80), granat (25), (malaxit, ilmenit, sheyelit, pirit); qo'shimcha fazaning adamellitlari - ortit (214), apatit (143), sirkon (77), torit (51), sfalerit (42), ilmenit (30), monatsit (19), (granat, sfen, sheyelit); chekka fatsiyaning graniti - ortit (96), sfen (77), sirkon (63), apatit (23), xalkopirit (17), sirtolit o'simtalarda (12), (granat, pirit, torit, monatsit, sheyelit, ilmenit, galenit); aplit-

simon granitlar pegmatoidli ajralmalar bilan - granat (5843), flyuorit (270), sirtolit 205, turmalin (77), fergusonit (23), malaxit (18), pirit (17), ilmenit (15), kassiterit (13), (yarozit, xalkopirit, sheyelit).

granitoidlaridagi K2O miqdorining yuqori cho'qqisi 4,3 - 5,3% ga to'g'ri keladi; qo'shimcha fazaning adamelHtlarida - 4,4 -4,6% ga; yirik donali granit-adamellitlarning chekka leykogranit fatsiyasida - 4,9-6,4%

Sukar intruzivi jinslarining alohida turlarini kimyoviy tarkibi (og'ir. %)

1-jadval

Namuna raqami Oksidlar, og'ir. %

8Ю2 ТЮ2 A^3 Fe2Оз FeО МпО MgО CaО Ш2О К2О

Asosiy f azaning yirik donali granit-adamellitlari

1269 70,25 0,40 14,56 0,53 2,34 0,06 0,80 2,38 3,00 4,17

1263 71,50 0,25 14,14 0,40 2,60 0,04 0,35 1,70 3,00 5,30

732Г 69,40 0,92 14,87 0,53 2,16 0,07 1,90 3,56 2,50 4,22

679Г 71,24 0,46 13,59 0,44 2,37 0,07 1,90 3,54 2,24 3,90

121 71,72 0,30 15,46 0,18 1,67 0,0 0,48 2,84 3,00 3,96

O'rtacha 70,82 0,47 14,52 0,42 2,23 0,05 1,09 2,80 2,75 4,31

Qo'shimcha fazaning o'rta donaliadamellitlari

1254 67,27 0,37 15,10 0,20 3,82 0,08 0,80 3,20 3,30 4,60

1267 68,96 0,40 15,60 0,58 2,66 0,05 0,75 2,30 2,55 4,20

1271 67,22 0,35 16,36 0,10 3,42 0,05 1,40 2,80 2,66 4,44

O'rtacha 67,82 0,37 15,69 0,29 3,30 0,06 0,98 2,77 2,84 4,41

Yirik t onali granit-adamellitlarningche ikaleykogranit fatsiyasi

1268/1 77,74 0,10 11,90 0,10 1,30 0,03 0,30 1,40 3,16 4,20

1270 77,14 0,05 11,67 0,10 1,44 0,04 0,30 1,54 3,00 4,88

1272/1 75,55 0,05 12,84 0,10 1,30 0,01 0,30 0,84 2,50 6,45

1265-7 76,39 0,15 12,10 0,25 2,10 0,06 0,30 1,38 2,85 4,25

O'rtacha 76,70 0,09 12,13 0,14 1,54 0,04 0,30 1,29 2,88 4,94

Tomir fatsiyaning mayda donaliikki slyudali granitlari

1268 75,80 0,07 13,39 0,27 0,60 0,08 0,30 1,12 4,30 4,00

1265-5 75,11 0,05 12,61 0,26 1,04 0,22 0,30 1,12 3,14 6,00

O'rtacha 75,46 0,06 13,00 0,26 0,82 0,15 0,30 1,12 3,72 5,00

Sukar massivini tashkil etuvchi karatyube-zirabulak kompleksining jinslari petrokimyoviy jihatdan yetarli darajadagi bir turli assotsiatsiyani namoyon qiladi. Uning Adamellit-granitli tarkibi kremnezemning asosan 68-71% ko'rsatkich bilan chega-ralangan miqdori bilan namoyon bo'ladi. Bu kattalikdan yuqori miqdori muvofiq ravish-da chekka leykogranitli fatsiyani va jins-larning tomirli guruhi granitlarini tavsiflaydi (1-jadval).

Ishqoriylik turi kalinatriyli. Asosiy faza

ga; tomirli granitlarda - 5,0-6,0% ga.

Kompleksning muhim petrokimyoviy xususiyati asosiy va qo'shimcha fazalar jinslarining yuqori glinozemliyligi hisob-lanadi, bu granitoidlarda haqiqiy granat-larning (almandinning) yuzaga kelishida va glinozemning umumiy yuqori ko'rsatkichi-da (80% namunalarda А120з 14,3% dan yuqori miqdorda, Y.A.Kuznetsov va boshqalar bo'yicha, 1976, yuqori glino-zemliylikni ko'rsatadi) ifodalanadi. Umumiy temirliyligi yuqori sifatida baholanadi

(fazali granitoidlarda - Kf = 71-79%; chekka va tomirli fatsiyalar jinslarida - 78-85 %). Petrokimyoviy ma'lumotlarni ko'rib

chiqishda asosiy va qo'shimcha fazalar jinslarining ishqoriyligini qayd etish lozim. Bir xil va butunlay yuqori umumiy ish-

Sukar intruzivi granitoidlarida oltinning tarqalishi

2-jadval

Faza Namunalar Au, Faza Namunala Au,

turlari №№ mg/t turlari r №№ mg/t

1550 6,0 R7-17 13,6

Yirik donali granit -adamellitlar (asosiy intruziv faza) 1553-1 9,0 Tomirli mayda donaligranitlar R7-32 16,4

1254 1,4 R9-3 26,1

1263 1,6 1262-6 1,2

1280 4,6 1265-5 16,6

1267 2,0 O'rtacha 14,8

O'rtacha 4,1 1272-1 4,0

2502 11,4 1273 1,6

2508 20,8 1275-1 2,6

2510 65,6 1276 3,6

2513 82,4 Tomirli aplitlar, 1279 5,8

Chekka leykogranitli fatsiya Р8-22 35,8 aplitsimon granitlar Р7-35 37,6

Р8-33 34,0 Р7-41 15,6

Р10-1 8,8 Р10-5 6,4

1271 2,2 Р10-6 5,4

1269 1,4 Р10-12 6,4

2520-1 27,0 O'rtacha 8,9

Р8-34 29,2

O'rtacha 29,0

35 30 25 20 15 10 5 0

29

8,9

I I I I-

Fazalar bo'ylab oltinning miqdori, g/t

□ Yirik donali granit-adamellitlar

I Chekka leykogranitli fatsiya

ж Tomirli mayda donali granitlar

4 Tomirli aplitlar, aplitsimon granitlar

1-rasm. Sukar intruzivi granitoidlarida oltinning o'rtacha tarqalishi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

qoriyligida ular tarkibidagi kaliyning muhimligi bilan ajralib turadi, bu post-magmatik jarayonlar mahsulotlarida (chek-ka metasomatik fatsiya, asosiy fazaning chegaradosh granitlar-adamellitlari) va ley-kokrat tomirli jinslarning fazasida uning konsentratsiyasini ortishiga sharoit yaratadi.

Asosiy intruziv fazaning jinslaridagi oltinning o'rtacha miqdorini (1-rasm) qoldiq nordon eritmalar hosilalari bilan taqqoslab, chekka leykogranit fatsiyasi jinslarida me-talning sezilarli darajada to'planishini qayd etish lozim (2-jadval).

Yo'ldosh elementlarning o'rtacha miqdori (g/t) - asosiy faza jinslarida: Li-52,3; Rb-156,6; Cs-3,55; F-885,0; B-10,0; Cu-76,5; Pb-21,5; Zn-67,0; £TR-205,0; Sn-4,75; Be-1,57; Ag-0,98; qo'shimcha faza jinslarida: Li-50,0; Rb-176,8; Cs-5,53; F-653,3; B-7,3; Cu-9,3; Pb-18,0; Zn-69,7;£TR-256,7; Sn-7,17; Be-2,05; Ag-0,86; chekka fatsiya jinslarida: Li-22,2; Rb-168,2; Cs-1,83; F-163,3; B-7,3; Cu-11,7; Pb-23,3; Zn-25,0; £TR-120,0; Sn-13,83; Be-3,05; Ag-0,25; tomirli fatsiya jinslarida (aplitlar, granit-aplitlar): Li-192,8; Rb-383,8; Cs-49,25; F-380,0; B-20,0; Cu-7,0; Pb-65,0; Zn-36,5; £TR-230,0; Sn-4,3; Be-2,07; Ag-0,86.

Sukar intruzivida barcha faza va tomirli granitoidlarda Ag (11-13 KK) ning klarklardan yuqori miqdori saqlangan holda, asosiy faza jinslaridan tomirli fatsiya jinslariga tomon Cs (13,9 martaga), Li (3,7 martaga), Rb (2,5 martaga), Pb (3 martaga) larning progressiv to'planishini ta'kidlash lozim.

Xulosa. Shunday qilib, Chakilkalyan tog'lari geodinamik evolyutsiyasining plitaichi bosqichi yuqori mantiyani qamrab olgan, magma generatsiyalanishining chu-qur sathiga ega, ikkita asosiy o'choqli tuzilmaning (Yaxton va Sukar) hosil bo'lishi bilan xarakterlanadi. Chuqur yotgan o'choqli tuzilmalar uchun bunday tuzilmalarni shakllanish bosqichida hosil bo'lgan post-kollizion granitoidlar va ishqoriy-bazaltoid magmatizmning nisbatan kechki hosilalarini fazoviy joylashuvi xarakterli.

Postkolliziongranitoidlar tanalari uchun tor ta'minot kanallarining mavjudligi va granitoid magmaning asosiy qismini tashqi kameralarda mahalliylashuvi xarak-terli. Granitoidlar petrokimyoviy nuqtai nazardan asosiy fazalar jinslarining yuqori glinozemligi, ularning o'rtacha ishqorli qatorga, temirining past oksidlanish darajasi va anomal past magnezialliyligi bilan kaliy-natriyli seriyaga mansubligi bilan tav-siflanadi.

Postkolliziongranitoidlarning geokim-yoviy ixtisoslashuvi qoldiq nordon erit-malarda metalning to'planishi bilan aniq ifodalangan oltin ma'danli xususiyatga ega. Oltinga qo'shimcha jinslar geokimyoviy jihatdan yo'ldosh elementlar kompleksiga ixtisoslashgan (Yaxton tuzilmasi uchun Bi, Te, W, As, Ag, In; Sukar tuzilmasi uchun -Cs, Li, Rb, Pb va Ag), ularning qoldiq eritmalarda sezilarli to'planishi bilan.

Qayd etilgan geokimyoviy ixtisos-lashuv mintaqaning oltin-noyob metal metallogenik profilini belgilaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Турапов М.К., Ярбобоев Т.Н., Очилов И.С. Основные особенности геологического строения Чакылкалянских гор в свете его перспектив на выявление апокарбонатного золотого оруденения (Южный Узбекистан). АпдаЛ

Italia (Итальянский научный журнал) // Италия, 2021. - №24. - C. 22-35.

2. Ярбобоев Т.Н., Султонов Ш.А., Очилов И.С.. Основные дайковые серии северной части Чакылкалянского мегаблока и их потенциальная рудоносность (на примере Яхтонского дайкового роя, Южный Убекистан) // Бюллетень науки и практики. - Москва, 2020. №11. - С. 104-116.

3. Диваев Ф.К. Чагатайский триасовый трахит-карбонатитовый комплекс Западного Узбекистана // Эволюция геологических процессов Тянь-Шаня. Мат-лымеждунар. конф. - Т.: Университет, 1996. - С. 67-69.

4. Гапеева Г.М. КамптонитыТоюна (Южный Тянь-Шань). - Зап. Всес. мин. общ., 1949, ч.78, вып. 2, - С.104-114.

5. Sultonov Shuxrat Adxamovich,. "Chaqilkalon tog'lari sharqiy qismida tektonik faolliklar hisobiga hosil bo'lgan ma'dan tanalari xususida" Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности 2.1 (2024): 112-118.

6. Yarboboev, T.N., Ochilov, I.S., & Sultonov, Sh.A. (2023). Chakilkalyan tog'larining metasomatik jinslari va ularning minerallashuv bilan aloqasi. Yangi asr innovatsiyalari jurnali, 38 (1), 86-92.

7. Sultonov Shuxrat Adxamovich, Navotova Dilnoza Ibrogimovna, O'zbekistonda rangli metallarning geografik tarqalishi va foydalanish xususiyatlari. Экономика и социум. -№2(117)-1 2024, 682-690 betlar, 2024-yil. http://www.iupr.ru , ISSN 2225-1545

8. Sultonov Shuxrat Adxamovich, "Foydali qazilmalar hosil bo'lishida geodinamik jarayonlarning o'rni". Journal of new century innovations. 47/1, 2024/2/16. 13 -21-betlar. https: //newi ournal .org/index.php/new/article/view/11592

9. Sultonov Shuxrat Adxamovich. "Chakilkalyan-Qoratepa tog'-konchilik rayoni Yaxton tuzilmasining tektonik rivojlanishi va geologik hosilalari" Образование наука и инновационные идеи в мире 31.3 (2023): 174-184-betlar. https: //www.newi ournal .org/index.php/01 /article/view/9114

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.