Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ENERGETIKANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

MAMLAKATIMIZDA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ENERGETIKANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
692
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IES / texnik ta’minot / elektr markaz / elektr energiya / GES / bug’ qozon / nasos / avankamera / purkovchi soplolar. / TPP / maintenance / power plant / electricity / HPP / steam boiler / pump / avankamera / spray nozzles.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aliqulova, S.M.

Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv ta’minotida to’g’ri oqimli va aylanma tizimli sistemalardan keng foydalanilmoqda. Tallimarjon IES texnik suvni sovutishda sachratish qurilmalaridan foydalaniladi. Tallimarjon IES minorali gradirnya qurilmasini qo‘llanishi evazidan stansiyaning texnik suv ta’minoti tizimida sarf etiladigan umumiy xarajatlar taxminan 17 % qisqaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR ENERGY DEVELOPMENT IN THE CONDITIONS OF MODERNIZATION OF THE ECONOMY IN OUR COUNTRY

Direct-flow and circulating systems are widely used in technical water supply in thermal power plants. Tallimarjan Thermal Power Plant uses sprinklers to cool technical water. The use of the Tallimarjan TPP tower cooling tower will reduce the total cost of the station's technical water supply system by about 17%.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ENERGETIKANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

MAMLAKATIMIZDA IQTISODIY OTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ENERGETIKANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

S.M. Aliqulova

TIQXMMI Qarshi filiali

ANNOTATSIYA

Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv ta’minotida to’g’ri oqimli va aylanma tizimli sistemalardan keng foydalanilmoqda. Tallimarjon IES texnik suvni sovutishda sachratish qurilmalaridan foydalaniladi. Tallimarjon IES minorali gradirnya qurilmasini qo‘llanishi evazidan stansiyaning texnik suv ta’minoti tizimida sarf etiladigan umumiy xarajatlar taxminan 17 % qisqaradi.

Kalit so’zlar: IES, texnik ta’minot, elektr markaz, elektr energiya, GES, bug’ qozon, nasos, avankamera, purkovchi soplolar.

PROSPECTS FOR ENERGY DEVELOPMENT IN THE CONDITIONS OF MODERNIZATION OF THE ECONOMY IN OUR COUNTRY

ABSTRACT

Direct-flow and circulating systems are widely used in technical water supply in thermal power plants. Tallimarjan Thermal Power Plant uses sprinklers to cool technical water. The use of the Tallimarjan TPP tower cooling tower will reduce the total cost of the station's technical water supply system by about 17%.

Keywords: TPP, maintenance, power plant, electricity, HPP, steam boiler, pump, avankamera, spray nozzles.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ЭНЕРГЕТИКИ В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ НАШЕЙ СТРАНЫ

АННОТАЦИЯ

Прямоточные и циркуляционные системы широко используются в техническом водоснабжении тепловых электростанций. На Таллимарджанской теплоэлектростанции для охлаждения технической воды используются спринклеры. Использование градирни Таллимарджанской ТЭС снизит общую стоимость системы технического водоснабжения станции примерно на 17%.

Ключевые слова: ТЭЦ, обслуживание, электростанция, электроэнергия, ТЭЦ, паровой котел, насос, аванкамера, форсунки.

679

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Elektr stansiyalar ish rejimlarini to‘g‘ri tashkil etilishi va elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan barcha uskuna va qurilmalarning zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida modernizatsiyalash, yangilash va avtomatlashtirish hamda texnologik jarayonlarning optimallashtirish evazidan yoqilg‘i energetik resurslarini tejash, iqtisodiy samaradorlikka erishish va talab etilgan ishlash sharoitlarini yaratilishi natijasida vujudga keladigan ekologik muammolarni hal etish, stansiya qurilmalarini yuqori samarada ishlashi ta’minlanishi bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining sifat darajasini ko‘tarilishiga, ishlab chiqarishdagi xarajatlarining keskin kamayib borishiga erishiladi.

Bundan tashqari issiqlik elektr markazida ham sistemadagi turbina generatorini sovituvchi vodorodning va podshipniklarni sovituvchi moy issiqligini utilizatsiyalash maqsadida ishlatilgan texnik suv gradirnya orqali sovitiladi va bunda katta miqdorda atrof - muhitga issiqlik bilan birga sovutuvchi texnik suvning yo‘qotilishi kuzatiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda issiqlik elektr stansiyalarda texnik suv ta’minotida to‘g‘ri oqimli va aylanma tizimli sistemalardan keng foydalanilmoqda. Keyingi yillarda sanoat ishlab chiqarishida texnik suvga bo‘lgan talabning oshishi, suv zahiralarining kamayib borishi mavjud suv manbalaridan samarali foydalanishni hamda issiqlik elektr stansiyalar texnik suv ta’minotida mavjud usullardan optimalini aniqlash ishning dolzarbligini asoslaydi.

O’zbekiston hududidagi Tallimarjon IESda hozirgi kunda texnik suvni sovutishga mo‘ljallangan sachratish qurilmalarini qurishda ishlatiladigan konstruksion qurilish materiallari (turli o‘lchamli metall quvurlar), yasalishi murakkab konfiguratsiyaga ega bo‘lgan sachratish soplolari, 28 gektar maydonga ega bo‘lgan suv xavzalarini yaratishga sarf etiladigan temir- beton materiallari (sement, qum, armatura) va turli xil sizishni bartaraf etadigan polietilin materiallar hamda ochiq suv xavzalaridan bug‘lanadigan va yerga sizilayotgan sovutish suvlarining yo‘qotilishlari bartaraf etiladi xamda atrof-muxit musaffoligiga erishiladi.

Tallimarjon IES minorali gradirnya qurilmasini qo‘llanishi evazidan stansiyaning texnik suv ta’minoti tizimida sarf etiladigan umumiy xarajatlar taxminan 17 % qisqaradi, yoqilg‘i tejamkorligi (turbinaning oxirgi pog‘onasida normal sharoitni hosil qilinishi evazidan) ta’minlanadi.

O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohat va modernizatsiyasi modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfatlarimizni amalga oshirish

vazifasini quyar ekanmiz eng avvolo “shox terapiyasi” deb atalgan usullari bizga

680

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

chetdan turib joriy etishga qaratilgan urnnishlardan bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘tgan kun va aldamchi tasavvurlardan voz kechildi. O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov kobilyatiga ega hamkor ekanini mamlakatimizda chet el sarmoyasini sarf etishi har tomonlama kulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamokda.

Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda istemol bozorida narxlar inflatsiyasining asossiz tarzda o‘sishini oldini olishga doir chora tadbirlar hamda izchillik bilan amalga oshirilmoqda bu yurtimizning farovonligini yuksaltirishi, aholining xarid kobilyatini oshirishni ko‘zda tutgan eng muhim ustivor maqsadlarimizga to‘la mos keladi. Buning tasdiqini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib boroyotganida taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot taraqqiyotlarni rivojlantirish modirnizatsiya, kilish texnik va texnalogik kayta jixozlash buyicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga intigratsiyalashuvida, mahsulot va tavarlar import va ekisportining o‘sib borishida va boshqa misralarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global molyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport kildigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari mineral o’g‘itlar va boshqa ma’lumotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa o’z navbatida, xo‘jalik yurutuvchi sube’ktlar va investorlarning ekisportdan olingan tushimlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishga va ishlab chiqarishi rentabelligiga oxir - oqibatda esa mikro iqtisodiy ko‘rsatgichlarimizning o‘sish suratlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.

O‘zbekiston energetikasi xalq xo‘jaligining asosiy sohasi bo‘lib, respublikada iqtisodiy va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Elektr energiyasini sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida aholining maishiy hamda madaniy maqsadlari uchun qo‘llanilishi elektrlashtirish deyiladi. U mamlakat hayotida eng muhim ahamiyatga ega. Elektrlashtirish xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirish, xozirgi zamon taraqqiyotini amalga oshirish uchun yetakchi omil hisoblanadi.

Hozirgi paytda dunyo oqimining energiyasidan foydalanuvchi gidravlik elektr stansiyalari (GES) Amaliy ahamiyatga ega. Dunyoda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining taxminan 10 % (GES) to‘g‘ri keladi.

Dunyoda elektr energiyasining taxminan 90% organik yoqilg‘i hisobiga ishlab chiqariladi. Agar istemol qilishning bu surati saqlanib qolsa, taxminan 80-yildan keyin yoqilg‘ining sarfi 90 mlrd t ga yetadi va aniqlangan zahiralarning 75%

681

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

ishlatilib bo‘linadi. Dunyoda yadroviy yoqilg‘i-uranning zahiralari 25 mln t ga teng. Hozirgi paytda boshqariladigan termoyadro bo‘yicha katta ishlar kilinmokda. Bu yutuqqa erishilgandan so‘ng insoniyat haqiqatda bitmas- tuganmas energiya manbaiga ega bo‘ladi.

1-jadval

Tallimarjon IES stansiyada ishlovchi ba’zi bir qurilmalarinng texnik

ko‘rsatkichlari

Blok yuklamasi % Aylanishlar chastotasi Ayl/min Nasos suv sarfi Nasos quvvati kVt Sovituvchi suv harorati Bug‘ Parametrlari

Bosimi Kgs/sm2 Harorati 0C

106 4600 1500 16980 16.4-30.7 17.2 436

100 4475 1400 15620 -II- 16.3 437

80 4055 1075 11270 -II- 12.9 438

60 3750 795 8490 -II- 9.7 425

50 3725 670 7800 -II- 8.2 424

45 3715 535 7400 -II- 7.5 424

68 4630 1900 18930 -II- - -

55.6 4250 1500 13935 -II- - -

Tallimarjon IES stansiyaning ikkinchi asosiy qurilmasi bug‘ qozonidir. Markasi - Pp - 2650 - 25 - 545/542 G; Tayyorlovchi zavod - TQZ; Bug‘ ishlab chiqarishi -2650 t/s; Oraliq bug‘ qizdirish quvvati - 2180 t/s; O‘tkir bug‘ harorati - 545 0S; Oraliq qizdirish harorati - 542 0C; Oraliq qizdirishga ketuvchi bug‘ bosimi - 35,5 kgs/s; Oraliq qizdirishdan so‘ng bug‘ bosimi - 38,6 kgs/sm2; Qozon foydali ish koeffitsiyenti - 94,657 %; Qozon bir qancha yordamchi jihoz, qizdirgich, ventilyatorlarga ega.

Qozonning qizdirish yuzalari parametrlari 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Yuzalar nomi Qizdirish yuzasi, m2 Quvurlar diametri, mm Material

KPP - 1 2170 ф32х5 12х1 MF

KPP - 2 1659 ф36х6 12х1 MF

KPP - VD - 3 1659 ф36х6 12х1 MF

682

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

KPP - 4 2012 ф36х6 1х18N 12t

KPP - ND - 3 2012 ф36х6 1х18N 12t

KPP - ND - 2 3273 ф60х5 1х18N 12t

KPP - 1 Chiqish qismi 1191 ф50х4 12х1 MF

KPP - ND - 1 Kirish qismi 3908 ф50х4 12х1 MF

Ekonomayzer 11500 ф32х5 St 20

RVP issiq yuzasi 155712 8,48 St 20

RVP sovuq yuzasi 46896 4,36 St 20

Yuqoridagi hisoblar va ma’lumotlar tahlili natijasidan quyidagi xulosaga kelsa

bo‘ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Kanalda nominal sath, (369,7 m) suv olinganda ham, nasoslar loyihaviy zavod ko‘rsatkichlari, sarf va bosimni bera olmaydi (soplo oldida).

19080 m3/s sarf va 18 m suv ustuni bosimi bilan № 1 nasosi loyihaviy (-20) burchakda 11,8 - 12,4 m3/s va 10,2 - 10,6 m suv ustuni ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

Quvurlarda kuchli bosim pulsatsiyasi kuzatildi. Bu nasos ishchi g‘ildiragining yemirilishiga olib kelishi mumkin. Eltuvchi kanalning suv sarfi nasos ish rejimiga sezilarli ta’sir qiladi. Bosim va sarf oshadi; vibratsiya kamayadi. Agar suv sathi 25 sm ga oshirilsa, nasos suv sarfi 1,1 ming m3/s ga va bosimi 0,07 kgs/sm2 ga oshdi. Nasosning vibratsion holati ham nasos kuragi burchagi holatiga bog‘liq. Ya’ni nasos ishchi kuragi burchagi oshishi bilan, nasos vibratsiyasi sezilarli ravishda o‘sdi. Nasosni ishlash jarayonida uning kavitatsion zahirasi holatiga doim e’tibor berish kerak.

XULOSA

To‘rtta SQNS nasoslarining haqiqiy suv sarfi 45000 - 65000 m3/s ni tashkil etdi. Bundan ko‘rinyaptiki bu holda blokka suv yetishmaydi. Buning oldini olish uchun avankameraga birdaniga yetishmaydigan suvni “Issiq aralash quyilishi” yo‘li orqali tashlanadi. Buning natijasida suvni sachratish tizimining sovitish foydali ish koeffitsiyenti kamayadi va blokka yaxshi sovimagan suv haydaladi. Shunday holda zahira sovitish tizimi nasoslari yetishmovchiligini sezilib qoladi. Agarda birorta nasos ishdan chiqib qolsa bu hol yanada bilinib qoladi (buning oqibatida blok quvvati bir necha 10 MVtga tushishi mumkin). Barcha montaj qilingan nasoslar ichida № 1 nasosi o‘zining yaxshi vibratsion ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Boshqalaridan farqli ravishda SQNS № 1 nasosida quyidagi ishlar bajarilgan. Nasoslar purkovchi soplolari diametrini loyihaviy miqdorda 75 mm gacha kattartirish kerak. Nasoslar purkash qismida bosimni tinchlantiruvchi reshotkalar o‘rnatish zarur.

683

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

REFERENCES

1. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистон. Аналитичиский обзор. Т:

“Молия” банковско-финансовой академии. 2007. 388стр.

2. Безруких П.П. Возобновляемая энергетика: вчера сегодня завтра. -М.

Электрические станции. 2005 №2.35-47.

3. Быстрицкий Г.Ф. Основы энергетики: Учебник. -М: Инфра -М. 2007.-278

стр.

4. Ю.Г. Назмеев В.М. Лавыгин. Теплообменные аппараты ТЭС.М: Изд-во МЭИ

2002

5. Internet saytlari: www.solar.ru www.teploteh.ru http://www.rosteplo.ru

684

November 2021

www.oriens.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.