Научная статья на тему 'QO‘ZG‘ALUVCHAN QURILMADA TOLA VA CHIGIT SHIKASTLANISHINI OLDINI OLISH YO‘LLARI'

QO‘ZG‘ALUVCHAN QURILMADA TOLA VA CHIGIT SHIKASTLANISHINI OLDINI OLISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta / chigit / tola / havo / qo‘zg‘aluvchan qurilma / separator / mayda ifloslik / sidirgich / vakuum-klapan / to‘rli yuza / paxta tozalash / cotton / seeds / fiber / air / excitable device / separator / fine dirt / wiper / vacuum-valve / mesh surface / cotton cleaning

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — M.N.Saloxiddinova

Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida paxtani havo yordamida tashishda qo‘llaniladigan qo‘zg‘aluvchan qurilmaning samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilindi. Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqot ishlari hamda qo‘llanilib kelinayotgan stasionar va qo‘chma holatda qo‘llaniladigan pnevmotransport turlarining ishlash jarayoni, kamchiliklari va afzalliklari o‘rganildi. Tahlil natijasidan kelib chiqib, qo‘zg‘aluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasi taklif etildi. Shuningdek, qo‘zg‘aluvchan qurilmaning takomillashgan variantining ishlash tartiblari batafsil keltirilgan. Taklif etilgan konstruksiyani joriy etish orqali paxta tozalash korxonalarida dastlabki qayta ishlashda xomashyoning dastlabki sifat ko‘rsatkichlari saqlab qolinadi va erkin tolalarning so‘rilgan chang havo bilan chiqindilarga qo‘shilib ketishining oldi olinishiga erishilishi keltirildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO PREVENT FIBER AND COTTON SEED DAMAGE IN THE MOVING DEVICE

In this article, the problems of increasing the efficiency of the moving device used in cotton ginning enterprises for transporting cotton by air were analyzed. The research work carried out to date and the operating process, shortcomings and advantages of the types of pneumatic transport used in stationary and mobile conditions were studied. Based on the results of the analysis, a new design of the drive device was proposed. Also detailed are the operating procedures of an improved version of the propulsion device. By introducing the proposed construction, the initial quality indicators of raw materials are preserved during the initial processing at cotton ginning enterprises, and free fibers can be prevented from joining the waste with the dust absorbed by the air

Текст научной работы на тему «QO‘ZG‘ALUVCHAN QURILMADA TOLA VA CHIGIT SHIKASTLANISHINI OLDINI OLISH YO‘LLARI»

UDK 677.21.021

QO'ZG'ALUVCHAN QURILMADA TOLA VA CHIGIT SHIKASTLANISHINI _OLDINI OLISH YO'LLARI_

M.N.Saloxiddinova* [email protected]

Kalit so'zlar: paxta, chigit, tola, havo, qo'zg'aluvchan qurilma, separator, mayda ifloslik, sidirgich, vakuum-klapan, to'rli yuza, paxta tozalash.

Paxta tozalash korxonalari hududida asosiy korpusdan uzoqroq masofada joylashgan g'aramlardagi paxtani bitta pnevmotransport qurilmasi bilan tashish imkoni bo'lmaydi. Shuning uchun, zavodlarda pnevmotransport qurilmasiga qo'shimcha qo'zg'aluvchan pnevmotransport qurilmasi o'rnatiladi [1-2].

Paxtani uzoq masofaga tashish, mashina ish unumdorligini oshirish, tola ajratish va tozalash mashinalarini ishchi organlarini takomillashtirish, resurslarni tejash, mahsulot sifatini yaxshilash masalalari bo'yicha xorijda R.N.Rakoff, S.Z.Hall, S.E.Hughs, T.Elliot (Angliya), R.G.Hardin, A.V.Stanley, E. Whitney, P.A.Funk (Amerika) va boshqalar keng ko'lamli tadqiqotlar olib borganlar. SHuningdek, O'zbekistonning taniqli olimlarini ilmiy ishlari bag'ishlangan. Bulardan: R.G.Maxkamov, X.A.Ziyaev, R.Amirov, B.M.Mardonov, P.Baydyuk, X.Axmedxodjaev, X.A.Raxmatullin, R.Muradov, M.Xojiev, U.X.Azizxodjaev, R.Fayziev, A.Davidov, N.A.Ortiqov, S.A.Samandarov, A.Burxanov, A.A.Ismoilov, YU.YAngibaev, Z.O.SHodiev, T.O.SHamsutdinov, S.Qodirxo'jaev, O.SH.Sarimsaqov, X.Mamarasulov, O.Ishmuradov, O.Mamatqulov, S.Xusanov, N.Karimov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida paxtani uzoq masofaga tashuvchi pnevmotrantport mashinalarining samaradorligini oshirish va yangi takomillashtirilgan qurilmalarni amaliyotida qo'llash masalalarini echishda salmoqli natijalarga erishildi [3-5].

Shu bilan birga separatsiya jarayoni va ko'chma pnevmotransport uskunasini takomillashtirish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilganiga qaramasdan, paxta separatorida to'rli yuzadan paxtani ajratib olish va uni vakuum-klapanga tushirish jarayonlari mukammal darajada o'rganilmagan, separatorlarda ventilyator orqali hosil qilingan havo bosimining yo'qolishiga sabab bo'ladigan yuqori aerodinamik qarshiliklar sabablari to'liq ochib berilmagan. YUqoridagilarni inobatga olib, separatsiya jarayonini yanada chuqurroq o'rganish hamda uni takomillashtirish, paxtaning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan ko'chma pnevmotransport uskunasi konstruksiyasini ishlab chiqish bo'yicha muammolar etarli darajada o'rganilmagan [6-8].

Qo'zg'aluvchan pnevmotransport qurilmasilar ishini takomillashtirish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning tahlili shuni ko'rsatdiki, uning o'rnatilishi paxtani tashishda sarf bo'ladigan energiya miqdorini ko'payishi hamda paxta sifatining buzilishiga sababchi bo'ladi. Bu muammoni echish uchun ayrim zavodlarda mexanik transporterlardan yoki pritseplardan foydalanib ko'rildi. Lekin, bu transport harajatlarini ortib ketishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari pnevmotransport qurilmasi kabi paxtani bir maromda, kafolatli etkazib berolmaydi.

Ko'zg'aluvchi va statsionar pnevmotransport uskunalariga xos bo'lgan yana bir kamchilik, ularning ta'sir radiusi cheklanganligi bo'lib, ayrim hollarda arzimagan, 15-20 metr masofadan paxta tortishga quvvati yetmasligi sababli, ularga 100-150 m masofadan paxta tortish imkoniyati mavjud bo'lgan ko'chma pnevmgotransport uskunasini qo'shimcha ulashga to'g'ri keladi. Bu holat, albatta, paxtani tashishga sarf bo'ladigan energetik va moddiy resurslarning keskin ortishiga sabab bo'ladi.

*Maxliyo Nurmuxammad qizi Saloxiddinova - texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Namangan to'qimachilik sanoati instituti, (DSc) doktoranti

57

Xulosa shuki, qo'zg'aluvchan pnevmotransport qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish bo'yicha qilingan ixtirolar va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib, ushbu tadqiqotlar oldiga:

1) separatorda paxtaning ishchi kamera korpusiga zarb bilan urilishi natijasida yuzaga keladigan shikastlanishlarni bartaraf qilish;

2) to'rli yuza va sidirgich orqali vujudga keladigan shikastlanish hamda erkin tolalarni yo'qolishini oldini olish;

3) uzoq masofalardan paxta tashishda pnevmotransport ta'sir doirasini oshirish masalalari bo'yicha izlanishlar olib borish vazifasi qo 'yildi.

Mualliflar tomonidan yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadida qo'zg'aluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasini taklif etildi.

Bunda asosiy deb karalgan kamchiliklar sifatida separator to'rli yuzasiga borib yopishgan paxtaning tarkibidagi passiv holdagi mayda iflosiklar to'rli yuza tirqishlaridan o'tib, havo oqimi bilan qurilmadan chiqib ketadi. Separatordan paxtani takroran o'tkazish natijasida uning tarkibidagi iflos aralashmalar miqdori keskin kamayadi. Lekin, paxtaning shikastlanish darajasi va tola yo'qolishi ortadi. Bunga asosiy sabab, paxta xomashyosini separator old devoriga to'g'ri kelib urilishi, vakuum sharoitida to'rli yuza va qirg'ich orasida paxtani kuch bilan sidirilishidir. Qolaversa, to'rli yuzaga borib yopishgan paxtani qirg'ich yordamida ajratib olishda tolaning yo'qolishi, separatorning ish unumdorligi 15t/s bo'lgan vaqtda yuqori navlar uchun 2,46 kg/s, past navlar uchun esa 4,14 kg/s tashkil qilar ekan. Ushbu holatda tolaning yo'qolishi paxta namligiga bog'liq bo'lib, ya'ni namligi yuqori bo'lgan paxta filtratsiya xususiyati past bo'lgani uchun to'rli yuzaga kattaroq kuch bilan yopishadi va qirg'ich yordamida to'rli yuzani tozalashda sohta jinlash jarayoni kuzatiladi. Chigitdan ajralgan tola havo bilan birga tashqariga chiqadi va nobud bo'ladi [9-10].

Separator ishini o'rganishda yana bir kamchilik kuzatildi. Bu separator ikki yonidagi havo so'ruvchi patruboklarning vertikal tekislik bo'yicha chuqurchasida tolali chang to'planib qolishini bartaraf qilishidir. O'rganishlarning ko'rsatishicha, bu chuqurchalarda past nav paxtada har smenada 500-600 gramm, yuqori nav paxtada esa 350-400 gramm atrofida chang to'planar ekan. Bu holat separator aerodinamik qarshiligining yanada oshishiga olib keladi.

Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun quyidagi konstruksiya yaratildi (1-rasm).

Taklif etilayotgan qurilma quyidagicha ishlaydi: g'aramdan so'ruvchi quvur orqali ventilyator yordamida so'rib olinayotkan paxta toshtutgich (1) tomon yo'naladi, og'ir begona aralashmalar toshtutgichda ushlab qolingandan so'ng separator (2) tomon harakatlanadi. Paxta separator ishchi kamerasiga kirib, paxta xomashyosi kirish quvuridan keyin o'rnatilgan yo'naltirgichning yordami bilan pastga yo'naladi, ma'lum bir qismi ishchi kameraning yuqori qismiga o'rnatilgan to'rli tasmaga yopishadi. Yopishgan paxta qo'zg'almas sidirgichlar orqali osongina ajratib olinadi. So'ng paxta xomashyosi vakuum-klapanga tushadi va keyingi jarayonga uzatiladi.

Separatordan so'rilgan havo ventilyatordan keyingi purkovchi quvuri orqali siklon (3) tomon harakatlanadi. Havo bilan qo'shilgan chang so'ndiriladi va atmosferaga toza havo chiqariladi.

Ushbu taklif etilayotgan paxtani uzoq masofadan tashuvchi qo'zg'aluvchan qurilmani ishlab chiqarish sharoitida sinab ko'rish maqsadida sinov nusxasi tayyorlandi va paxta tozalash korxonasida tajribalar o'tkazildi.

Tajribalar "Namangan To'qimachi klaster" MCHJ ga qarashli "To'raqo'rg'on paxta tozalash" korxonasida Andijon 35, Andijon 36, C 6575 va C 8296 navlari (I sort, 1 va 2 sinf) da o'tkazildi va olingan tolaning sifat ko'rsatkichlari tahlil qilindi.

Paxtani uzoq masofadan tashishda qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi separator uskunasining to'rli yuzasini yuqori qismga o'rnatilganligi hamda nometal materialdan tayyorlanganligi hisobiga erkin tolalar chiqib ketishi 75% foizga kamayishiga erishilgan. Bu esa separator ishchi kamerasiga

58

1-rasm. Taklif etilayotgan qo'zg'aloYchan qurilma 1-toshtutgich, 2-separator. 3-siklonJ

kirib kelgach, yuqoriga emas, o'z og'irligi hisobiga vakuum-klapan tomonga harakatlanishi hisobiga yuz beradi. Shuningdek, paxta xom ashyosi sidirgich va to'rli yuza orasiga tushib qolib, qisqa jinlanish holati yuzaga kelishi natijasida tolada nuqsonliklar paydo bo'lishi oldi olingan.

Tajriba sinov natijalari taqqoslanganligi 1-jadvalda keltirilgan. Tajribalar uch marta takrorlanishda amalga oshirildi. Jadvalda o'rta arifmetik qiymatlar keltirilgan.

1-jadval. Tajribalarning solishtirma natijalari

Ko'rsatkichlar Mavjud tizim Yangi tizim

Qo'zg'aluvchan qurilmadan so'ng toladagi nuqson va iflos aralashmalar yig'indisi, % 3,8 3,56

Separatorda tola yo'qolishining miqdori (1-2 navlarda), kg/soat 0,7 0,5

Paxta chigitining mexanik shikastglanganligi, % 2,3 1,9

O'tkazilgan tajriba natijalari qiymatiga ko'ra, yangi takomillashtirilgan qo'zg'aluvchan qurilmada tashish jarayonida tolaning nuqson va iflos aralashmalar yig'indisi 3,56 % ni, mavjud tizimda - 3,8 % ni tashkil qilib, ya'ni 0,24 % ga kamaygan. Separatorda tola yo'qolishining miqdori (1-2 navlarda) mavjud uskunada 0,7 kg/soat ni tashkil etgan, yangi uskunada esa 0,5 kg/soatni tashkil etib, 0,2 kg/soat ga kamayganligin ko'rish mumkin. Paxta chigitining mexanik shikastglanganligi mavjud qurilmada 2,3 foizdan 1,9 foizga kamayishiga erishilgan. Ya'ni oraliq farq 0,4 %ga kamayganligini ko'rsatdi.

Yuqoridagi erishilgan natijalarni hisobga olib, qo'zg'aluvchan qurilma konstruksiyasini takomillashgan variantini joriy etish orqali katta iqtisodiy samaradorlikka erishadi.

Xulosa. Paxtani havo yordamida tashuvchi statsionar va ko'chma qurilmalar va ularning asosiy elementlarini takomillashtirish maqsadida o'tkazilgan tadqiqotlarning tahlil bo'yicha, bu yo'nalishda ham bir qator nazariy va amaliy ishlarni amalga oshirish zarur ekanligini ko'rsatadi. Tadqiqotlarda separatsiya jarayonida xomashyoning dastlabki sifat ko'rsatgichlari buzilishi hamda tolaning ma'lum bir qismi chang havo bilan tashqariga chiqib ketib nobud bo'lishi aniqlangan. Shulardan kelib chiqib, qo'zg'aluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasi taklif etildi. Bu esa tolaning nuqson va iflos aralashmalar yig'indisi mavjutiga nisbatan 0,24 % ga, separatorda tola yo'qolishining miqdori (1-2 navlarda) 0,2 kg/soat ga, paxta chigitining mexanik shikastglanganligi esa 0,4 %ga kamaygishiga erishilgan.

Adabiyotlar:

1. Азизходжаев У.Х. Влияние расстояния транспортирования хлопка -сырца с помощью перевалочных агрегатов на выход и качество волокна и установленные нормы угаров // отчёт. "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ. Tashkent, 1968. №2. - С. 11.

2. Qudratov A., Miraxmedov A. Tashqi muhitni muhofazalash. Darslik. - Toshkent. 2003. 40-42 b.M. Salokhiddinova, R. Muradov. Research to Reduce Seed and Fiber Strain in Cotton Separator // VIII International Annual Conference "Industrial Technologies and Engineering" (ICITE 2021). AIP Conf. Proc. 2650, 030018 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0105476

3. Muradov R., Salokhiddinova M.. Improvement of cotton separator construction // Monograph LAP Lambert Academic Publishing. 2022. ISBN:978-620-5-49484. 136 pages.

4. Salomova M., Salokhiddinova M., Muradov R. and Kushimov A.. How to increase the effect radius of the cotton transport process in a mobile device // International conference "Problems in the textile and light industry in the context of integration of science and industry and ways to solve them (PTLICISIWS-2022)" AIP Conf. Proc. 2789, 040045 (2023) https://doi.org/10.1063/5.0145641

5. Salokhiddinova M. and Muradov R. (2022) Methods for Increasing the Efficiency of Cleaning the Transfer Device. Engineering, 14, 54-61. https://doi.org/10.4236/eng. 2022.141005

6. Salokhiddinova M.N., Muradov R.M., Karimov A.I., Mardonov B.M. The Shortfalls of the Vacuum Valve Cotton Separator. American Journal of Science and Technology. Vol. 5, No. 4, 2018, pp. 49-55. http:// aascit.org/j ournal/archive2?journalId=902&paperId=6911

59

7. Salokhiddinova M.N., Muradov R.M., Mamatqulov O.T., Khalikov Sh.Sh. Theoretical Research of the Process of Separating Impurities from Cotton Flow on the Vibrating Inclined Mesh Surface. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 29, No. 7, (2020), pp. 10858-10869. http://sersc.org/journals/index.php/ IJAST/article/view/27500

8. Mardonov, B.M., Usmanov, X.S., and Saloxiddinova, M. Theoretical analysis of the process of isolating impurities from the raw cotton stream as a result of vibration of the inclined plane. Textile Journal of Uzbekistan: 2019. Vol. 1: No.1, Article 3. https://uzjournals.edu.uz/titli/vol1/iss1/3

9. Salokhiddinova M.N., Khalikov Sh.Sh., Khakimova M.Y., Muradov R.M. Ways to Reduce the Impact of Cotton in the Separator Worker Chamber. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020. Pages: 6494-6501. http://dx.doi.org/10.37200/IJPR/V24I4/PR2020458

10. Yuldashev Kh.H., Salokhiddinova M.N., Kushimov A.A., Ergasheva D.G. Improving the retention of free fibers in raw cotton and the separation of cotton from the air. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022. 7, 34-38. https://zienjournals.com/ index.php/tjm/ article/view/1184.

QO'ZG'ALUVCHAN QURILMADA TOLA VA CHIGIT SHIKASTLANISHINIOLDINIOLISH YO'LLARI

Ushbu maqolada paxta tozalash korxonalarida paxtani havo yordamida tashishda qo'llaniladigan qo'zg'aluvchan qurilmaning samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilindi. Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqot ishlari hamda qo'llanilib kelinayotgan stasionar va qo'chma holatda qo'llaniladiganpnevmotransport turlarining ishlashjarayoni, kamchiliklari va afzalliklari o'rganildi. Tahlil natijasidan kelib chiqib, qo'zg'aluvchan qurilmaning yangi konstruksiyasi taklif etildi. Shuningdek, qo'zg'aluvchan qurilmaning takomillashgan variantining ishlash tartiblari batafsil keltirilgan. Taklif etilgan konstruksiyani joriy etish orqali paxta tozalash korxonalarida dastlabki qayta ishlashda xomashyoning dastlabki sifat ko'rsatkichlari saqlab qolinadi va erkin tolalarning so'rilgan chang havo bilan chiqindilarga qo'shilib ketishining oldi olinishiga erishilishi keltirildi.

СПОСОБЫ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ ПОВРЕЖДЕНИЯ ВОЛОКНА И СЕМЯН В ПРЕДВИЖНОМ ПЕРЕВАЛКЕ

В данной статье проанализированы проблемы повышения эффективности движущего устройства, используемого на хлопкоочистительных предприятиях для транспортировки хлопка воздушным транспортом. Проведенные к настоящему времени научно-исследовательские работы и изучены процесс эксплуатации, недостатки и преимущества видов пневмотранспорта, применяемых в стационарных и мобильных условиях. По результатам анализа была предложена новая конструкция приводного устройства. Также подробно описан порядок работы усовершенствованного варианта двигательной установки. За счет внедрения предложенной конструкции можно сохранить исходные качественные показатели сырья при первичной переработке на хлопкоочистительных предприятиях, а также предотвратить соединение свободных волокон с отходами с поглощаемой воздухом пылью..

WA YS TO PREVENT FIBER AND COTTON SEED DAMAGE IN THE MOVING DEVICE

In this article, the problems of increasing the efficiency of the moving device used in cotton ginning enterprises for transporting cotton by air were analyzed. The research work carried out to date and the operating process, shortcomings and advantages of the types of pneumatic transport used in stationary and mobile conditions were studied. Based on the results of the analysis, a new design of the drive device was proposed. Also detailed are the operating procedures of an improved version of the propulsion device. By introducing the proposed construction, the initial quality indicators of raw materials are preserved during the initial processing at cotton ginning enterprises, and free fibers can be prevented from joining the waste with the dust absorbed by the air.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.