TEXNOLOGIYA
UDK. 677.21.021.152
PAXTANI HAVODAN AJRATISH JARAYONINING TOLA SIFAT KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRINI O'RGANISH
Muradov Rustam Muradovich Namangan to'qimachilik sanoati instituti, t.f.d., professor, e-mail: [email protected]
Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi Namangan to'qimachilik sanoati instituti, PhD, doktorant, e-mail: salo hiddinova. m@mail. ru
Abdug'apparov Bahodir Baxtiyor o'g'li Namangan to'qimachilik sanoati instituti, magistrant, e-mail: abdugapparovbahodir1999@gmail. com
Annotatsiya. Ushbu maqolada paxtani havodan ajratuvchi SS-15A separatorida separatsiya jarayoni paxta tolasining sifat ko'rsatkichlariga qanchalik darajada ta'sir qilishini o'rganilgan. Bunda paxta xomashyosidan separatordan oldin hamda separatordan keyin namuna olindi va ushbu tola namunalarini HVI tizimida sifat k o'rsatkichlari aniqlangan hamda paxta tolasining sifat ko'rsatkichlariga qanchalik darajada ta'sir qilganligi bo'yicha tegishli jadvallar va grafik olingan.
Аннотация. В данной статье изучено, в какой степени процесс сепарации влияет на качественные показатели хлопкового волокна в сепараторе СС-15А, отделяющий хлопок от воздуха. При этом были отобраны пробы хлопкового сырья до и после сепаратора, определены качественные показатели этих проб волокна в системе HVI и получены соответствующие таблицы и графики о степени их влияния на качественные показатели из хлопкового волокна.
Annotation. In this article, it has been learnt what extent a separating process in a separator namely SS-15A affected quality indicators of cotton fiber. In this case, taking a sample of raw cotton before the separator and then taking a sample after the separator, the quality indicators of the fibers of these samples were determined in the HVI system, and tables and graphs were formed on the extent to which they affected the quality indicators of cotton fiber.
Kalit so'zlar: paxta xomashyosi, paxta tolasi, HVI tizimi, sifat ko'rsatkichlar, SS-15A separatori.
Ключевые слова: хлопок-сырец, хлопковое волокно, система HVI, показатели качества, сепаратор СС-15А.
Key words: raw cotton, cotton fiber, HVI system, quality indicators, SS-15A separator.
Kirish. Mamlakatimizda paxtachilik tarmog'ini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalashtirish hamda texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom-ashyosini qayta ishlash rentabelligini, shu bilan birga ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobat bardoshligini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, shu jumladan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljalangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni, jumladan "Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash va yangi ichki mahsulotda sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish maqsad qilinib, bunda to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish" vazifasi belgilab berilgan bo'lib, ushbu vazifalarini amalga oshirishda, jumladan paxta tozalash korxonalarida paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonida pnevmotransport orqali havo bilan qo'shilib kelayotgan paxtani havodan ajratish jarayonida chigit va tolaga shikast yetkazmasdan ajratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi [1-2].
Metodologiya. Paxta to'qimachilik klasterlariga qarashli bo'lgan paxta tozalash
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
korxonalarida paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosiga beriladigan zarba kuchlari hamda paxtani ishqalanishda hosil bo'ladigan kuchlari sababli tolalarning shikastlanishi paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonidagi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf qilish bo'yicha mamlakatimizda juda katta ishlar olib borilmoqda va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy ishlar qilinmoqda. Ammo bu qilinayotgan ishlar yetarli darajada emas. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada tola va chigitning shikastlanishiga sabab bo'ladigan eng katta jarayonlardan biri separator orqali paxtani havodan ajratish jarayonida tolaning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatiladi [3-7]. Tadqiqotlarda SS-15A rusumli separatordan oldin ya'ni toshtutgichdan keyin va separatsiya jarayonidan keyi n paxta tolasi HVI tizimida tolaning uzunligi, uzunlik bo'yicha birxillik, pishiqlik, uzulishdagi uzayish, tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligi, rangi hamda ifloslanish ko'rsatkichlari bo'yicha tajribalar o'tkazildi [8-10].
Natijalar. Tajribalarni "Namangan to'qimachi cluster" MCHJ ga qarashli "To'raqo'rg'on paxta tozalash" korxonasida namligi 13,4%, iflosligi 16,8%, seleksion navi Andijon-36 bo'lgan 1-nav 1-sinfdagi paxta xom-ashyosida o'tkazildi hamda SS-15A separatoridan oldin va separatsiya jarayonidan keyin olingan namunalarni HVI tizimida tolaning xususiyatlarini 9 martadan aniqlandi va uning o'rtacha natijalari olindi. Olingan natija bo'yicha quyidagi jadvallar shakllantirildi.
1-jadval
SS-15A separatoridan oldin olingan olingan namunalar
№ Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area CG Rd +b
1 4.8 34.5 1.18 87.1 <3.5 6.4 46 2.3 52-1 67.7 9.0
2 4.7 29.5 1.18 89.7 <3.5 7.3 44 1.3 51-3 68.8 7.9
3 4.7 34.0 1.22 87.6 <3.5 6.7 40 2.3 61-2 62.0 6.1
4 4.6 30.6 1.19 86.0 <3.5 7.8 50 2.0 51-3 67.9 7.6
5 4.9 32.3 1.21 87.6 <3.5 6.8 52 1.3 51-3 67.7 8.0
6 4.7 30.6 1.17 87.0 <3.5 5.4 54 1.6 52-1 67.0 9.0
7 4.8 33.1 1.18 83.1 5.8 6.2 56 1.8 51-3 66.2 8.4
8 4.7 31.2 1.19 85.8 5.4 6.2 54 1.8 52-1 67.4 8.8
9 4.6 29.7 1.19 86.5 <3.5 6.5 56 2.8 51-4 66.3 8.2
1-jadvaldan bizga ma'lum bo'ldiki, separatordan oldin olingan namunalar bo'yicha Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) eng yuqorisi 4.9, eng past ko'rsatkichi esa 4.6 bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Solishtirma uzilish kuchi (Str) eng yuqorisi 34.5 gs/teks, eng pasti 29.5 gs/teks, yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.18 dyumdan 1.22 dyumgacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Uzunlik bo'yicha bir xillik indeksi (Unf) 83.1 foizdan 89.7 foizgacha, kalta tolalar indeksi (SFI) eng yuqorisi 5.8 foiz, eng pasti esa 3.5 foizdan kichik bo'lganini aniqladik. Uzilishdagi uzayish (Elg) 5.4 foizdan 7.8 foizgacha, iflos aralashmalar soni (Cnt) 40 tadan 56 tagacha bo'lganini, iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.3% dan 2,8 gacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Nur qaytarish koeffitsienti (Rd) sinalayotgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik miqdori eng yuqorisi 68.8, eng pasti esa 62 bo'lganini kuzatdik hamda sarg'ishlik darajasi (+b) 6.1 dan 9.0 gacha bo'lganini ko'rdik.
Yuqoridagi 1-jadvalda keltirilganlarni barchasini hisoblab o'rtacha qiymatni oldik va
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
quyidagi 2-jadval hosil bo'ldi.
2-jadval
SS-15A rusuiiili separator uskunasidan oldin olingan namunalarning o'tacha
ko'rsai tkichlari
№ Ko'rsatkich o'lchov birligi O'lchov Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko'pi bilan O'rtacha kvadratli farq, ko'pi bilan
1 Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.7 0.10 2.06
2 Solishtirma uzulish kuchi (Str) 31.7 1.84 5.79
3 Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.19 0.02 1.33
4 Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 86.7 1.77 2.05
5 Kalta tolalar indeksi (SFI) 3.2 1.68 52.75
6 Uzilishdagi uzayish (Elg) 6.6 0.69 10.44
7 Iflos aralashmalar soni(Cnt) 50 5.70 11.34
8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.9 0.50 25.96
9 Nur qaytarish koeffitsienti(Rd) 66.8 1.96 2.94
10 Sarg'ishlik darajasi(+b) 8.1 0.90 11.12
Yuqoridagi 2-jadvalda separatordan oldin paxtaning tolalarini qo'lda chigitidan ajratib HVI tizimida 9 marta tekshirib ko'rilgan natijalarning (1-jadval) o'rtacha qiymatini oldik. So'ngra aynan yuqoridagi tekshirilgan 1-nav, 1-sinf, Andijon-36 seleksion navdagi paxtani separatordan o'tkazildi va undan ajratilgan paxtani HVI tizimida sifat k o'rsatkichlari aniqlandi. Bunda ham tolani chigitdan qo'l yordamida ajratib olib, 9 marotaba tekshirildi hamda quyidagi 3-jadval shakillantirildi.
3-jadval
SS-15A separatoridan ieyin o ingan namunalar
№ Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area CG Rd +b
1 4.4 30.1 1.21 87.5 <3.5 6.6 32 1.7 51-1 69.1 7.4
2 4.3 32.6 1.18 86.1 <3.5 6.5 22 0.6 31-4 73.4 9.1
3 4.4 30.5 1.19 86.9 <3.5 6.8 28 1.1 32-2 73.3 9.8
4 4.5 31.8 1.20 86.9 <3.5 7.0 24 1.2 31-4 72.7 9.4
5 4.5 26.3 1.15 86.9 <3.5 7.1 23 0.8 41-3 71.9 9.0
6 4.4 35.4 1.20 87.7 <3.5 7.3 20 1.2 41-4 71.0 8.8
7 4.5 32.7 1.19 87.0 3.8 7.1 26 1.6 41-4 70.7 8.8
8 4.6 36.3 1.22 88.2 <3.5 6.4 25 1.5 41-3 71.0 8.9
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
9 4.5 27.4 1.17 85.6 4.8 7.2 24 1.7 42-2 70.3 9.1
Yuqoridagi SS-15A separatoridan ajratilgan paxtaning tolalari HVI tizimida tekshirishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) tolaning ingichkaligi va pishib yetilganlik tavsifi eng yuqorisi 4.6, eng past ko'rsatkichi esa 4.3 bo'lganini, solishtirma uzulish kuchi (Str) paxta tolasining pishiqlik darajasi eng yuqorisi 36.3 gs/teks, eng pasti 26.3 gs/teks bolganini ko'rdik. Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.15 dyumdan 1.22 dyumgacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 85.6 foizdan 88.2 foizgacha, kalta tolalar indeksi (SFI) eng yuqorisi 4.8, eng pasti esa 3.5foizdan kichik bo'lganini aniqladik. Instrumental tizimdagi dinamometrda tolaning foizlarda ifodalanadigan uzilishdagi uzayish (Elg) 6.4 foizdan 7.3 foizgacha, iflos aralashmalar soni (Cnt) 20 tadan 32 tagacha bo'lganini, iflos aralashmalar maydoni (Area) 0.6 foizdan 1.7 foizgacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Nur qaytarish koeffitsienti (Rd) sinalayotgan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik miqdori eng yuqorisi 73.4, eng pasti esa 69.1 bo'lganini kuzatdik va sargishlilik darajasi (+b) 7.4 dan 9.8 gacha bo'lganini ko'rdik.
3-jadvalni tahlil qildik va 9 marotaba o'tkazgan namunalarimizning o'rtachasini hisoblab, 4- jadvalni shaklantirdik.
4-jadval
SS-l5A rusumli separator uskunasidan keyin olingan namunalarning o'tacha
ko'rsatkichlari
№ Ko'rsatkich o'lchov birligi O'lchov Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko'pi bilan O'rtacha kvadratli farq, ko'pi bilan
l Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.5 0.09 1.98
2 Solishtirma uzilish kuchi (Str) 31.5 3.31 10.53
3 Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.19 0.02 1.78
4 Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 87.0 0.79 0.91
5 Kalta tolalar indeksi (SFI) 2.7 1.08 40.82
б Uzilishdagi uzayish (Elg) 6.9 0.33 4.73
7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 25 3.52 14.13
8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.3 0.39 31.08
9 Nur qaytirish koeffitsienti (Rd) 71.5 1.45 2.03
lO Sarg'ishlik darajasi (+b) 8.9 0.65 7.32
2-jadvalda paxta separatoridan paxtani ajratishdan oldin uning tolasini sifat ko'rsatkichlari HVI tizimida aniqlab olingan natijalarning o'rtacha qiymati keltirilgan. So'ngra 4-jadvalda separatordan ajratilgan paxtaning tolarini sifat ko'rsatkichlari HVI tizimida aniqlab o'rtacha qiymati olingan. Bu 2-jadval hamda 4-jadvaldan biz separatsiya jarayonida paxta tolasining sifatiga qanchalik darajada salbiy ta'sir ko'rsatishini aniqladik va bu asosda grafik shaklantirildi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
1-rasm. HVI tizimida olingan natijalar asosidagi grafik
1-rasmda paxtaning HVI tizimida SS-15A separatorda separatsiya jarayonidan oldin va separatsiya jarayonidan keyin mikroneyr ko'rsatkichi, solishtirma uzilish kuchi, yuqori o'rtacha uzunlik, uzunlik bo'yicha birxillik indeksi, kalta tolalar indeksi, uzulishdagi uzayish, iflos aralashmalar soni, iflos aralashmalar maydoni, nur qaytarish koeffitsienti, sarg'ishlik darajalarini grafikda ko'rildi. Bundan ko'rinib turibdiki separatsiya jarayonidan oldin va separatsiya jarayonidan keyin ham yuqori o'rtacha uzunlik bo'yicha sifat ko'rsatkichiga hech qanday ta'sir ko'rsatilmadi ya'ni o'zgarishsiz qoldi. Lekin separatsiya jarayonidan keyin mikroneyr ko'rsatkichi va solishtirma uzulish kuchi 0.2% ga kamayganini ko'rishimiz mumkin. Biroq uzunlik bo'yicha birxillik, uzulishdagi uzayish, nur qaytarish koeffitsienti hamda sarg'ishlik darajasi esa separatsiya jarayonidan keyin oshganligini aniqladik. Bundan tashqari kalta tolalar indeksi hamda iflos aralashmalar maydoni ham separatsiya jarayonidan keyin kamayganini ko'rdik. Iflos aralashmalar soni sezilarli darajada kamayganiga guvoh bo'ldik.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, paxta xomashyosini SS-15A separatorida separatsiya jarayonidan keyin paxta tolasini HVI tizimida tekshirilganda yuqori o'rtacha uzunlik ko'rsatkichiga ta'sir ko'rsatilmadi. Mikroneyr ko'rsatkichi, solishtirma uzulish kuchi, kalta tolalar indeksi, iflos aralashmalar soni, iflos aralashmalar maydoni kamayganini aniqladik. Biroq uzunlik bo'yicha birxillik indeksi, uzulishdagi uzayish, nur qaytarish koeffitsienti va sarg'ishlik darajasi oshganligiga guvoh bo'ldik.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-son Farmoni. "Halq so'zi", 8-fevral 2017 yil.
2. X.T.Axmedxodjayev, A.M.Salimov, T.O.To'ychiyev. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi. O'quv qo'llanma. Namangan 2020 yil.
3. M. Salokhiddinova, R. Muradov. Research to Reduce Seed and Fiber Strain in Cotton Separator // VIII International Annual Conference "Industrial Technologies and Engineering" (ICITE 2021). AIP Conf. Proc. 2650, 030018 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0105476
4. M. Salomova, M. Salokhiddinova, R. Muradov and A. Kushimov. How to increase the effect radius of the cotton transport process in a mobile device // International conference "Problems in the textile and light industry in the context of integration of science and industry and ways to solve them (PTLICISIWS-2022)" AIP Conf. Proc. 2789, 040045 (2023) https://doi.org/10.1063/5.0145641
5. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad qizi, Muradov Rustam Muradovich, Karimov Abdusamat Ismonovich, Mardonov Botir Mardanovich. The Shortfalls of the Vacuum
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Valve Cotton Separator. American Journal of Science and Technology. Vol. 5, No. 4, 2018, pp. 49-55. http ://aascit.org/j ournal/archive2?j ournalId=902&paperId=6911
6. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad qizi, Muradov Rustam Muradovich, Mamatqulov Orif Tursunovich, Khalikov Shokir Sharipovich. Theoretical Research of the Process of Separating Impurities from Cotton Flow on the Vibrating Inclined Mesh Surface. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 29, No. 7, (2020), pp. 1085810869. http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/27500
7. Mardonov, B.M.; Usmanov, X.S.; and Saloxiddinova, M. (2019) "THEORETICAL ANALYSIS OF THE PROCESS OF ISOLATING IMPURITIES FROM THE RAW COTTON STREAM AS A RESULT OF VIBRATION OF THE INCLINED PLANE," Textile Journal of Uzbekistan: Vol. 1 : No. 1 , Article 3. Available at: https://uzjournals.edu.uz/titli/vol1/iss1/3
8. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad Qizi, Khalikov Shokir Sharipovich, Khakimova Maftuna Yoqubjon Qizi and Muradov Rustam Muradovich. Ways to Reduce the Impact of Cotton in the Separator Worker Chamber. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020. Pages: 6494-6501. http://dx.doi.org/10.37200/IJPR/V24I4/PR2020458
9. Yuldashev Khurshid Hazratkulovich, Salokhiddinova Makhliyo Nurmuhammad kizi, Kushimov Azamat Abrurazzokovich, & Ergasheva Dildora Gairat kizi. (2022). Improving the retention of free fibers in raw cotton and the separation of cotton from the air. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 7, 34-38. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/tjm/article/view/1184
10. Urinboyeva Muattar Muhammadali qizi,Tashpulatov Mansur Bekpulatovich,Tuychiboyev Axmatbek Azamxon ugli, Muradov Rustam Muradovich, Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad qizi. WAYS TO IMPROVE THE CONSTRUCTION OF CLEANING COTTON FROM HEAVY MIXTURES // American Journal of Interdisciplinary Research and Development. Volume 12, Jan., 2023. 45-49 http://www.ajird.journalspark.ors/index.php/ajird/article/view/469/452
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son