Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
QAYG'USIZ ABDOL VA ALISHER NAVOIY IJODIDA TASAVVUFIY O„RINLARNING MUSHTARAKLIGI("VUJUDNOMA" VA "HAYRAT UL-
ABROR" ASARLARI MISOLIDA)
Shalola Aktam qizi Safartosheva
Chirchiq davlat pedogogika unversiteti magistranti E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg'usiz Abdolning "Vujudnoma" va Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarlaridagi tasavvufiy o'rinlarning o'xshashligi haqida gap boradi va misollar bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: Tasavvuf, Qayg'usiz Abdol, Alisher Navoiy, "Hayrat ul-abror", yeti sayyora, o'n ikki burch, tasavvufiy istilohlar, inson tana a'zolarining uhroviy vazifalari.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье говорится о сходстве мистических мест в произведениях "Вужуднома" Кайгусиза Абдола крупного представителя турецкой суфийской литературы и "Хайрат уль Аброр" Алишер Навои и поясняется их примерами.
Ключевые слова: Суфизм, Кайгусиз Абдол, "Вужуднома", Алишер Навои, „Хайрат уль-аброр" семы планет двенадцать обязанностей мистические реформы небесные функции частей человеческого тела.
ABSTRACT:
This article talks about the similarity of mystical places in the works of "Vujudnoma" by Kaygusiz abdol, a major representative of Turkish Sufi literature and "Hayrat ul-abror" by Alisher Navoi and explains them with examples. provides detailed information about the life and work of Kaygusiz Abdol, a major representative of Turkish Sufism literature that Uzbek readers have not yet met.
Keywords: Sufism, Kaygusiz Abdol, Alishe Navoi, "Hayrat ul-abror", seven planets, twelve duties, mystical reforms, heavenly functions of human body parts.
Inson yaratilibdiki, o'zini anglash, borliqning bir zarrasi, ajralmas va muhim bir bo'lagi ekanini o'rganish va chuqur his qilish barcha ilmlarning dolzarb, o'rganilayotgan va eskirmas mavzusidir. Bunday qarashlarning, xulolasalarning mushtarakligi ijod mahsulining turli ko'rinishlarida aks etadi. Xususan, asrlar osha
636
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
millatlami, qalblarni, fikrlarni bir-biri bilan tanishtirib, bog'lab kelayotgan badiiy adabiyot va uning tamal mavzusi tasavvuf bu o'rinda yetakchilardandir. Tasavvuf ta'limoti o'zining tadrijiy taraqqiyotiga ega bo'lib, Sharq olamida, xususan, Islom dunyosida VIII asrning o'rtalarida bo'y ko'rsata boshlagan. Irfoniy hayotdagi bu hodisa o'z davri adabiyotlarida gavdalana boshlaydi, hattoki, asosiy mavzuga aylanib qoladi. Biror asar yozishda ham xoh u tarixiy bo'lsin, xoh u ilmiy bo'lsin, xoh u badiiy bo'lsin asar debochasi tasavvufiy kayfiyatda, dastlab Haqqa hamd-u sanolar, keyin Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga na't, to'rt chohariyorga bag'ishlovlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari mushtaraklik kasb etuvchi boshqa unsurlarni ham ko'rishimiz mumkin. Quyida turk mutasavvuf ijodkori Qayg'usiz Abdolning "Vujudnoma" va g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarlari misolida tasavvufiy unsurlarning o'xshash va farqli o'rinlarini ko'rib chiqamiz. Hali o'zbek kitobxonlarining ko'pchiligi tanib ulgurmagan Qayg'usiz Abdol ham turk tasavvuf vakillaridan biri. Turk mutasavvufchi olimi Abdurahmon Go'zal va boshqa ko'plab olimlar tomonidan uning hayoti va ijodi batafsil o'rganilgan, tadqiq qilingan.
Ma'lumki, insonlik Sharq mumtoz adabiyotida jami yaratiqlar orasida eng buyuk, sharaf toji bilan siylangan yuksak maqomdir. Qayg'usiz Abdolning "Vujudnoma" asarida inson tanasining turli a'zolari bilan ba'zi diniy, tasavvufiy va borliqqa oid tushunchalar o'rtasida o'xshatish, qiyoslashlar keltirilgan va ular o'rtasida aloqa o'rnatishga harakat qilingan. Masalan: qora qishni shariatga, yozni tariqatga, kuzni ma'rifatga, bahorni haqiqatga o'xshatadi. Navoiyda ham tariqatning to'rt bosqich shunday izohlanadi. Asarda Qayg'usiz Abdolning hol tasvirlari ham uchraydi. Unga ko'ra, shoir oyog'i yerga tegmasdan, doimo osmonda, bo'shliqlarda sarson uchib yurishi, nimanidir izlashi keltirilgan. Bundan tashqari asarda inson tana a'zolarining har biriga, o'n ikki burch va yetti sayyoraga tasavvufiy, uhroviy vazifai a'mol yuklatilganligi haqida so'z boradi. Alisher Navoiy "Xamsa"sining falsafiy-tarbiyaviy mazmundagi birinchi dostoni "Hayrat ul-abror" ham mumtoz adabiyot an'analariga muvofiq tarzda boshlanadi.
"Bismillohir-rahmonir-rahim,
Rishtag'a chekti necha durri yatim"
deb Navoiy Islom dinining asosiy kitobi bo'lgan Qur'onning mashhur bosh jumlasi ("Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman")ni keltiradi. Shundan so'ng ushbu arabiy jumladagi har bir so'zning har bir harfiga katta ma'no yuklatilganligi haqida nazmiy izohlar beriladi. Navoiyning Alloh va uning ismi butun koinot va mavjudot bilan chambarchas bog'langanligini dostonning avvalida go'zal tashbeh, tasvirlar bilan keltiradi. Bu o'rinda Navoiy harf san'atidan ko'proq o'z
637
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CircMq^avlat^edagogika^niVi^
diniy-falsafiy qarashlarini yorqin ifodalashda badiiy vosita sifatida foydalangan. Qayg'usiz Abdol ham asarining boshidan oxirigacha kitobot san'atidan unumli foydalanadi.
Yaratilgan narsalarning eng buyugi, sharaflisi inson deya ikki asarda alohida urg'u beradi. Qayg'usiz Abdolda uchragani kabi Navoiyda ham yetti sayyora va o'n ikki burchga murojaat, tashbehlar mavjud. Bundan tashqari ikkala asarda ham harflar bilan bog'liq tavsiflar uchraydi. "Vujudnoma"da harflarga inson tanasidagi ma'lum bir a'zolari bilan juftlik hosil qilib, o'z vazifasi borligi aytiladi: "Asl odamning vujudi yigirma sakkiz harf uzra yaratilmishtir.1
Odamning boshi Arshdir va nuqtayi "ba"dir. Va ikki qoshi, biri "fa'dir va biri "kof'dir, Va ikki ko'zlari, biri "ayn", biri "g'ayn", Va ikki qulog'i, biri "zal'dir, Va iyagi "jim"dir, Va burni "alif'dir, Va dudog'i "te"dir, Va ust dudog'i "be"dir".1
Shu zaylda arab alifbosidagi yigirma sakkiz harfga alohida to'xtalib o'tiladi. "Hayrat ul-abror"da Navoiy "Bismillahir rahmanir rahim" tarkibidagi arabiy harflarni boshqa tomondan: olam va odam oldidagi vazifalarini tashbehlar bilan keltiradi: "Bo"si burun "bo"i bashorat durur Shamrasi kirmakka ishorat durur. "Sin"i salomat yo'lining zinasi, Balki saodat yuzi oinasi. "Mim"i ochib manzili maqsadg'a yo'l Balki bu manzil aro sarchashma ul. Har "alif'ikim yeridur jon aro, Sham o'lub ul toza shabiston aro. "Lom"lari barcha livoyi zafar,
1 A.Go'zal, Qayg'usiz Abdol, s. 76.
"Vujudnoma"dan olingan ushbu parcha maqola muallifi tomonidan erkin tarjima qilingan. Quyida asl varianti:
Ademin: Ba§i Ar§'dir ve Nokta-i Ba'dir,
Ve iki Ka§i, biri fa'dir ve biri kaf'dir,
Ve iki gözleri, biri ayn ve biri gayn,
Ve iki kulagi, biri zal'dir.
Ve fenesi, cim'dir,
Ve burni: Elif'dir,
Ve dudagi: o'dir,
Ve üst dudagi: <-j'dir.
638
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^Mrchjq^aVlitiedigogikaBniVeiiititi^^^^^^^BiäiiiiS
Berib anga jilva havoyi zafar. "Ho"si xuviyatni qilib jilvagoh, "Lom"i bila qoyili "Al-mulku lah". Ravzasi jannatg'a eshik "ro"lari G'uncha vahdatg'a beshik "xo"lari. "Mim"ki "nun"din qilibon intiho, Jong'a qo'yub minnati bemuntaho. "Yo" bila "mim"i qilib izhori yam, Aylagali g'arqai bahri karam. Nuqta-u tashdid anga chaqmoq-u tosh, Qilmoq uchun partav "alif' shami fosh.
"Bismilloh"ning "b" harfi bilan boshlanishiga Yaratgandan(arab alifbosida bosh harf "alif", keyingisi "be"dir) keyingi muhtaramlikka ega bo'lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam ekanligiga va uning yer yuziga rahmat o'laroq jo'natilganligiga ishora deydi Navoiy. Yana ko'plab o'rinlarda mushtaraklikni ko'rishimiz mumkin.
Quyida ikki asarda uchraydigan ayrim istilohlarning qiyosiy jadvali
Qayg'usiz Abdolning "Vujudnoma" asarida kelgan tana a'zolari nomlari, burj nomlari va ularning anglatgan ma'nolari Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror asarida kelgan burj nomlari
№ Asarda burjlarga qiyos qilingan tana a'zolarining nomlari Burjlar nomlari Tana a'zolarining o'zbekcha tarjimasi Tana a'zolariga yuklatilgan tushunchalar (vazifai a'mollar) Burj nomlari
1. Ba§ Hemel Bosh Toj-u davlat Hamal
2. Alin Seratan Peshona Nuri hidoyat Savr
3. Kollar Sevr Quloq Poki nubuvvat Javzo
4. Eller Cevza Og'iz Kalimayi shahodat Saraton
5. Gögüs Esed Ko'ks Qur'oni hikmat Sher
6. Baldirlar Devl Oyoq Quvvati Alloh va Jamoli hikmatulloh Sunbula
639
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrcMq^avlat^edagogika^niVii^^
7. Gübek Mizan Qosh Olami qudrat Palla
8. But Kavs Ko'z Nuri Vahdat Aqrab
9. Kasuk Sünbülr Burun Yo'li Jannat Qavs
10. Zeker Akrep Ko'ngil Mehri muhabbat Jadi
11. Dizler Cedy Qo'l Qudrati Alloh Dalg'a
12. Taban Hut Tovon Hut
ayg'usiz " Abdolning "Vujudnoma" asarida kelgan yeti sayyora nomlari 'Vujudnoma"ga ko'ra sayyoralaning inson yaratilishidagi vazifalari Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarida kelgan nomlari Ularning bugungi kundagi nomi
1. £uhal Iarbiya etar, qon bo'lur Zuhal(Kayvon) Saturn
2. Vlirrih Iarbiya etar, et bo'lur Bahrom Mars
3. £ühre Iarbiya etar, suyak bo'lur Zuhra Venera
4. ems T Iarbiya etar, ruh bo'lur Mehr Quyosh
5. tarid T arbiya etar, harakat hosil bo'lur Tiyri qalamzan Merkuriy
6. amer T Iarbiya etar, vujudga kelur Oy Oy
7. Mü§teri Iarbiya etar, olamga bo'lur Mushtari Yupiter
Ilm borki, ko'kdan tushmish Haqning ne'mati kabi na din, na mill at, na makon
tanlaydi. Xalqlarni, ko'ngillarni yaqinlashtiradi. Biri Hirotni, biri Ko'niyani diyor etgan ilm va ijod ahlining namoyandasi bo'lgan Qayg'usiz Abdol va Alisher Navoiy asrlar va makonlar tafovutiga qaramasdan o'z asarlarida Haq ilmining aynan bir qirralarini aks ettirishgan.
REFERENCES
1. Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot, 2006.
2. Alisher Navoimy. "Hayrat ul-abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot, 1989.
3. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 15 tomlik. 13-tom. -Toshkent: Fan, 1997. 4. "Hayrat ul-abror" dostonining o'rganilish tarixi. Behzod Rustamov, 2021
640
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
5. Sh.Sirojiddinov va b. "Navoiyshunoslik". - Toshkent: "Tamaddun", 2018.
6. Prof.Dr. Abdurrahmon Go'zal, Turk xalq she'riyati.
7. Бертельс Е.Эю Суфизм и суфийская литература. М.: Наука, 1995. C. 54
8. Najmiddin Komilov, Tasavvuf. T:. "Movaraunnahr - O'zbekiston", 2009.
9. https://www.turkedebiyati.org/kaygusuz-abdal/
10. https ://aregem.ktb.gov.tr/TR- 12787/kaygusuz-abdal- 1341--1444-.html
11. Prof. Abdurrahmon Go'zal. Alovuddin G'aybiy Qayg'usiz Abdal(hayoti va asarlari), Anqara, 20
641