Научная статья на тему '"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI BA'ZI HIKOYATLAR TAHLILI'

"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI BA'ZI HIKOYATLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1362
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
murid / tasavvuf / zol / qozi / sipoh / Ko'ragon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohista Alijon Qizi Abdugafforova, Rayxon Rasulova

Ushbu maqolada Alisher Novoiy "Xamsa"sining birinchi dostoni "Hayrat ulabror"dagi ba'zi hikoyatlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI BA'ZI HIKOYATLAR TAHLILI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti^^^^^^^Zam

"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI BA'ZI HIKOYATLAR TAHLILI

Shohista Alijon qizi Abdug'afforova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova, o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi, p.f.f.d(PhD)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Novoiy "Xamsa"smmg birinchi dostoni "Hayrat ul-abror"dagi ba'zi hikoyatlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: murid, tasavvuf, zol, qozi, sipoh, Ko'ragon.

Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonida 20 ta maqolat va bu maqolatlar tarkibida 20 ta hikoyat mavjud. Dostonning dastlabki maqolatida "Shayx Boyazid Bistomiy va uning muridi" haqidagi hikoyat keltirilgan.Hikoyatda bir kuni Shayx Boyazid Bistomiydan g'amginlik sababini so'ragan muridiga shayx bu dunyoda haqiqiy insonlar kamayib ketganligidan xafaman deb javob beradi. Shunda muridi shayxni haqiqiy insonlar safida deb hisoblashini aytganida, shayx o'zini ham yuz ming sarson-sargardonlar qatorida sanashini, agar bu dunyodan iymon bilan ketmas ekan, inson sanalmasligini aytadi. Hikoyatda diniy mazmundan tashqari tasavvufiy qarashlar ham mavjud bo'lib, bunda tariqatdagi xavf maqomi haqida so'z boradi, deb aytish mumkin. N.Komilovning "Tasavvuf' kitobida yozilishicha, xavf tariqatning 6-maqomi bo'lib, bunda solikning nafs makridan qo'rqishi, shayton nayrangining ko'ngilga xavf solishi nazarda tutiladi. Nafs shunday kuchli dushmanki, solik tariqatdagi tavba, vara, zuhd, faqr, sabr kabi maqomlarni egallagan bo'lishiga qaramay, nafsning iymonga daxl qilishi mumkinligidan doim xavfda bo'ladi.

2-maqolatdagi hikiyatda keltirilishicha, shohlikni tark etib, darveshlikni ixtiyor etgan Ibrohim Adham biyobon yo'li bilan hajga borishni ixtiyor etib, har bir bosgan qadamining shukronasiga ikki rak'at namoz o'qib boradi. Haj yo'lini shu tariqa o'n to'rt yilda bosib o'tgan Ibrohim Adham Makkaga kirsa, Ka'bani o'z o'rnida topmaydi. Haq taologa munojot qilib, sababini so'rasa, g'aybdan "Ka'ba biyobon yo'li orqali muhabbat shavqidan qaddi egik bir kampir ziyoratiga ketdi", deg an ovoz keladi. Ko 'p o'tmay, biyobon yo'lidan kelayotgan Robiya Adviyani ko'rib, bu ishning hikmatini so'rasa, Robiya unga shunday javob beradi:

Senga samar berdi namoz-u riyo, M en g a samar berdi niyoz-u fano.

April 23-24, 2024

676

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti^^^^^^^Zam

3-maqolatda Sulton Husayn Boyqaroning faoliyatiga bog'liq hikoyatni keltiradi. Unda aytilishicha, bir kuni Husayn Boyqaro oldiga bir kampir kelib, uni qozi mahkamasiga olib boradi va undan o'g „lining xunini talab qiladi. Qozi guvoh so'raganda, sultonning adolati va insofidan ho'lak guvohi yo'qligini aytib, adolat so'raydi. Shariat qozisi bunda yo diyat (xun to'lovi) yo jonga jon deb hukm chiqaradi. Sulton kampirning da'vosini qabul etib, shariat b o ' y i c h a ish tutishlarini so'raganida, kampir sultonning odilligini ko'rib, uzr so'rab, da'vosidan kechadi. Sulton xun to'lovi uchun shunchalik ko'p mablag' beradiki, kampir odamlar ichida "Zoli Zar" ( "Tilla kampir") laqabi bilan shuhrat topadi. Bu hikoyat orqali Navoiy Husayn Boyqaroni zolim podsholarga qarama-qarshi qo'yib, ularni ana shunday odil hukmdorlardan ibrat olishga da'vat etadi.

5-maqolatda Hotam Toyi haqidagi hikoyatni ilova qiladi. Hikoyatdagi asosiy g 'oya esa, "o'z mehnati tufayli bir dirham topish birov bergan xazinadan yaxshiroq" mazmunidagi ushbu baytni ifodalagan:

Bir dirham olmoq chekibon dastranj, Yaxshiroq andinki birov bersa ganj.

6-maqolatda Anushervon odil haqidagi hikoyat (Anushervonning hali shoh bo'lmagan paytida bir kanizakka oshiq bo'lib, bog'da bu kanizakka qo'l uzatmoqchi bo'lgani, ammo ochilgan nargis gulini ko'rib, qilmishidan uyalgani) orqali hayo va odob shoh-u gado uchun bir hisoblangan insoniy fazilat ekanligi ta'kidlangan.

Dostondagi 7- maqolatda "Qanoatli v qanoatsiz 2 do'st" hikoyati keltirilgan.Hikoyatda keltirilishicha, ikki do'st Fors mulkidan Chin mamlakati tomon yo'lga tushadilar. Biri taqdir berganiga qanoatli inson bo'lib, ikkinchisi ochko'z, ta'magir edi. Yo'lda ketayotib, bir toshga ko'zlari tushadi. Uning yarmi yer ostida bo'lib, yarmi yer yuzasiga chiqib turardi. Tosh ustida: "Kimki mehnat qilib toshni aylantirib qo'ysa, ostidagi afsonada vayrona tagida bekitib qo'yilgan xazina haqida yozib qo'yilgan. Kimki bu mashaqqat, azob- uqubatlarni xohlamasa, uning uchun sabr-u qanoat hammasidan yaxshiroqdir" degan yozuv bitilgan edi. Ochko'z yigit yozuvni o'qigach, xazina ilinjida tosh ostini qazishga tushib ketadi. Qanoatli odam esa beparvo tarzda shahar tomon yo'l oladi. Shaharga kiradigan bir necha darvoza bo'lib, u shaharga birinchi bo'lib kiradi. Shahar aholisining odatiga ko'ra, mamlakat podshosi qazo qilsa, darvozadan birinchi kirgan odamni podshoh qilib ko'tarar ekanlar. Shu tariqa bu do'st o'z qanoati tufayli mamlakatga podshoh bo'ladi. Uning tosh ostini qaziyotgan do'sti esa og'ir mehnatni bajarib bo'lgach, toshni ag'darib qarasa, "Xom ta'ma" bu dunyoda alam chekadi" deb yozib qo'yilgan ekan. Xulosa shuki, qanoatli inson o'z sabr-u qanoati tufayli shoh martabasiga erishadi, qanoatsiz inson esa ta'ma ilinjida xor-u zor bo'ladi.

April 23-24, 2024

677

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^^dagOgikaiiiiiiiitiii^^^^^^^^lSllli

8-maqolatda "Ikki vafoli yor" hikoyati keltirilgan.Hikoyatda esa shoir vafoning oliy namunasini ibrat qilib ko'rsatadi: Hindistonni katta qiyinchilik bilan fath etgan Amir Temur Ko'ragon aholisini qatliom qilishga buyuradi. Olam qonga belanib, minglab kesilgan boshdan to'kilgan qonlar daryo bo'lib oqadi. Qiyomat-qoyim bo'lgandek, jang maydonida "ikki bechora yor" Temurning qattol sipohiga duch keladilar. Askarlarning biri shohning amrini ado etish uchun ular tomon ot soladi. Ikki do'st bir-birining ustiga o'zini tashlab,"mening boshimni kes, do'stimni omon qoldir", deb yolvoradilar.Qotil har ikkisining ham birdaniga boshini kesmoqchi bo'lganida, do'stlar boshini tig ' ostiga tutib, "oldin meni o'ldir, men do'stimning o'limini ko'rishga toqatim yo'q" , deb iltimos qilardi. Shu tariqa bir muddat o'tib, to'satdan "al-omon" (omonlik,kechirim) degan buyruq keladi, qatliom to'xtatiladi.

Navoiy 9-maqolatdagi hikoyatda Shayx Faxriddin Iroqiy haqida bir rivoyatni keltirib, ishqning tarbiyaviy ahamiyatini ham ochib beradi. Navoiyning talqinicha, ko'nglida ishq otashi alanga olgan odam birovga yomonlikni ravo ko'rmaydi va o'zi ham yomonlikka yurmaydi. Ishq, eng avvalo, go'zallik va ezgulikka oshno etadi, go'zallik sir-u asrorini kashf etishga undaydi, oshiqning didini, farosatini, zehni va qobiliyatini oshiradi. Ishq- tosh ko'ngillarni yumshatuvchi, Shayx San'onlarni butparast etuvchi, johilni ma'rifatli shaxsga aylantira oladigan kayhoniy kuch, ilohiy tuyg'u.

13-maqolatda mashhur faqih va muhaddis Ayyub bin Xalaf Xazrajiy (677-767) hayotidan hikoyat keltiriladi: Hazrat Ayyub kechasi ibodatga mashg'ul bo'lgan chog'da bir o'g 'ri uyi tagidan lahm (yer osti yo'li) qazib, ichkariga kiradi. Ayyub o 'g 'rini ko'radi, ammo indamay ibodatini davom ettiraveradi. 0 'g 'ri uydagi bor narsalarni y ig'ib chiqib ketmoqchi bo'ladi, lekin yuki katta bo'lganligi sabab lahmda tiqilib qoladi. Ayyub bu holni Ko'rib, ibodatni tugatadi va eshikni ochib, o'g 'riga yo'l ko'rsatadi. 0 'g 'ri shayxning bu muruvvatini Ko'rib, qilmishidan butkul tavba qiladi va to'g 'ri yo'lga kiradi.

16-maqolatdagi hikoyatda buyuk muhaddis Abdulloh Muborakning niqob kiyib jang maydonida qilgan jonbozliklari u kishining yuzlarini ko'rmoqchi bo'lganlarga bu ishni Alloh uchun qilganliklari va ko'z-ko'z qilish maqsadida emasliklarini ta 'kidlaganlari go'zal tasvirlar asosida bayon qilib berilgan.

19-maqolat shoh Bahrom haqidagi hikoyat mazmuni bilan quvvatlantiradi: Yazdijirddan taxtni meros olgan Bahrom bir muddat saltanat ahvolidan g 'ofil bo'lib, aysh-ishratga berilib ketadi. Ov chog'i bir kambag'al odamning kapasida mehmon bo'ladi. Uy egasi notanish mehmon oldiga bir piyola suv bilan bir burda qotgan non keltirib qo'yadi. Bahrom uy egasidan ahvol so'raganida, mezbon shohning zulmidan obod turmushi buzilib, qashshoq bo'lib qolganidan shikoyat qiladi. Bahromga ro

April 23-24, 2024

678

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

'parasida ko'rinib turgan bir vayronani ko'rsatadi va bir zamon bu vayrona muhtasham saroy bo'lgani, saroy egasi yerdan suv chiqarib, bog'dorchilik va dehqonchilik orqali katta daromad olib turgani, zulm kuchayib, quduq qurib qolgani, natijada, hammayoq qurib, vayrona-valangor bo'lganini katta nadomat bilan aytib.beradi. Bahrom o'sha zahoti qilib yurgan ishlaridan pushaymon bo 'lib, mamlakatni adolat bilan obod qilishni niyat qiladi. Bu niyatning barakatidan quduqning ko'zi ochilib, yana suv kela boshlaydi.

REFERENCES

1. Navoiyshunoslik. Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova, O. Davlatov

2."Hayrat ul-abror" boblar tahlili. Ma'ruza

679

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.