Научная статья на тему 'QADIMIY MUSIQA MADANIYATI CHOLG‘ULARI TASNIFI'

QADIMIY MUSIQA MADANIYATI CHOLG‘ULARI TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijrochilik / cholg‘u / san’at / membrano fon / idiofon / sanj / doira / debu / daff / daz / dov / ksilofon / marimba / vibrafon / litavrakichik baraban / tarelka

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Behruz Begmatov, Xusnora Shukurjonova

Musiqiy cholg‘ular juda qadimiy rivojlanish tarixiga ega. Arxeologik izlanishlar, musiqiy cholg‘ular uzoq o‘tmishda mavjud bo‘lgani va turli xalqlar o‘rtasida muloqot vositasi bo‘lganligini isbotlaydi. O‘zbek xalq cholg‘ulari haqidagi bebaho ma’lumotlar A.Eyxgorn, V.Bertels, A.Boldirev, B.Riftin, A.Semyonov, R.Sadokov, T.Viz-go, O.Malkeyevalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ushbu maqolada qadimgi davr musiqa cholg‘ulari haqida hamda zarbli cholg‘ularimiz ijrochilik uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMIY MUSIQA MADANIYATI CHOLG‘ULARI TASNIFI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

mm

f it ' S ! " ,he>

wlf

k

SIANIQUHNAI. OH CIPOÍBlHV RESEARCH AGEMENT STUDIES

QADIMIY MUSIQA MADANIYATI CHOLG'ULARI TASNIFI

Begmatov Behruz Nazirjon o'g'li Guliston davlat unversiteti "Xalq cholg'ularida ijrochilik" ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi, Email: [email protected] Tel:+998994680318 Xusnora Shukurjonova Guliston davlat unversiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14289353

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:6 th December 2024

KEYWORDS Ijrochilik, cholg'u, san'at, membranofon,

idiofon, sanj, doira, debu, daff, daz, dov,

ksilofon, marimba, vibrafon, litavra

kichik baraban, tarelka.

Musiqiy cholg'ular juda qadimiy rivojlanish tarixiga ega. Arxeologik izlanishlar, musiqiy cholg'ular uzoq o'tmishda mavjud bo'lgani va turli xalqlar o'rtasida muloqot vositasi bo'lganligini isbotlaydi. O'zbek xalq cholg'ulari haqidagi bebaho ma'lumotlar A.Eyxgorn, V.Bertels, A.Boldirev, B.Riftin, A.Semyonov, RSadokov, T.Viz-go,

O.Malkeyevalarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Ushbu maqolada qadimgi davr musiqa cholg'ulari haqida hamda zarbli cholg'ularimiz ijrochilik uslublari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

"O'zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish - milliy musiqiy cholg'ularimiz o'zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o'rin tutadi. Musiqiy cholg'ular azal-azaldan o'zbek xalqining ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog'lanib ketgan"1.

Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o'ziga xos xususiyatga ega. Ayniqsa, cholg'u ijrochiligi san'ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Uning barcha o'ziga xos xususiyatlari va qirralarini o'rganish esa cholg'u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi. Milliy musiqiy sozlarimiz juda qadimiy va boy tarixga ega. Musiqa san'atida dastlabki zarbli (membranofon) cholg'ular eramizdan avvalgi o'n uchinchi ming yillikda paydo bo'lgan. Manbalarda qayd etilishicha, bunday cholg'ular qadimgi mehnat qo'shiqlarining ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Keyinchalik shovqinli (idiofon) cholg'ular paydo bo'ldi. Ijrochilar qarsakchalib ritmni ta'kidladilar, shovqinli cholg'ular ta'sirini kuchaytirdilar.

"Ijrochi ayollarning chapak zarblari o'ziga hos takrorlanmas go'zal holatni vujudga keltirar edi. Shu sababli zarbli cholg'ular eng qadimgi cholg'ular turiga kiradi. Ularning kelib chiqishi insonning qadam bosishi, mehnat jarayoni, raqs harakatlari, ov va harbiy yurishlari bilan bog'liq. Uzoq tarixiy rivojlanish davomida turli xalqlar musiqa amaliyotida o'zining tuzilishi, tovush hosil qilishi, ijro va ifoda imkoniyati jihatidan xilma-xil zarbli cholg'ularning turlari shakllangan.

Shuningdek, ba'zi cholg'ularning kelib chiqishiga doir afsonalar ham mavjud.

A.Tashmatova Ijrochilik san'ati tarixi.

Volume 1, Issue 17, December 2024

Page 31

Ijrochilik tarixini eng qadimgi zamonlardan chuqurroq tasavvur qilib ko'radigan bo'lsak, kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab, qadimgi odam qadamlarining bir maromda yerga tashlanishi, ov yoki boshqa jamoa tadbirlaridagi takroriy harakatlardan, qo'llarini-qo'llariga, badaniga urishdan paydo bo'luvchi sadolar, turli mehnat qurollari, buyumlar yoki toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar urma-zarbli cholg'ularning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, ritm-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy unsuri bo'lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni borliq-tabiat va koinot bilan uyg'unlashtiruvchi yagona vosita bo'lgan".2

Taniqli olima T.Vizgoning ma'lumotiga ko'ra mudovara (tarelka) harbiy cholg'ular qatoridan ham o'rin olgan. Misli mudovara (sanj)lar ham meloddan uch mingyil oldin ma'lum bo'lsa-da, zamonamizgacha xuddi doyra cholg'usidek o'z shaklida yetib kelgan. Zarbli cholg'ular - doira, debu, daff, daz, dov, sanj, g'o'lachalar meloddan ikki ming yil muqaddam (nisoniylar davri) vujudga kelib, turli shakllari,tuzilish va zarblari bilan takomillashib bizgacha yetib kelgan.3

Urma zarbli cholg'ularga bo'lgan munosabat xalqimiz ma'naviyati taraqqiyoti negizida tobora mukammallashib rivojlanib bormoqda. O'zbek xalq doira yoki barcha urma cholg'ularini, tinglovchi o'z qalbining sadolarini aks ettiruvchi vosita sifatida tasavvur qilib kelmoqda. Shuning uchun har qanday musiqa ohangida doira zarblarini kutadi. Tinglovchi, bu zarblar qanday bo'lmasin o'z tushunchasi doirasida qabul qiladi, ulardan zavqlanishga harakat qiladi. Qaysi xalqning musiqasi bo'lmasin, ritm - usul girdobida yoshlarning parvona bo'lishini sababi shundadir.

O'zbek san'atida doira ijrochiligining o'z nufuzi bo'lib. Shu bois bu sohaga dahldor kasb egalarining aksariyat qismi doira chala olgan. O'tmishda yashab o'tgan aksariyat hofizlar doirada yaxshi usul chalaolishgan.

XIX asr oxirlari, XX asr boshlarida xalq orasida amalda bo'lgan usullarni mohir sozanda ustoz Usta Olim Komilov, asta-sekin usullarni yig'ib borgan. Har bir usullarni yig'ish bilan birga bir-biriga mutanosiblarini qo'shib, turkum qilib chalishni odat qilganlar.

Shu jumladan zarbli cholg'ulardan doira cholg'usi haqida ham ma'lumotlar juda ko'p. Doirani yaralishiga aloqador rivoyatda shunday hikoya qilinadi: Qadim zamonlarda bir karvon savdo-sotiq qilish maqsadida bir yurtdan o'zga bir yurtga safarga chiqibdi. Ular cho'lda juda ko'p yurishibdi, lekin hech ko'zlangan marraga yeta olmabdilar. Cho'lning qoq o'rtasiga yetganda safarga chiqqan yo'lovchilarning meshdagi suvlari tugab, kunning issig'iga chiday olmay astasekin holdan toyib, o'zidan keta boshlabdi. Safarga chiqqan bir yosh yigitning meshida ozgina suvi qolgan ekan. U suvi bilan barcha safarga chiqqan yo'lovchilarning og'zini xo'llay boshlabdi, lekin ular o'ziga kelmabdi. Shunda yigit suvdan bo'shagan meshini yirtib, aravaning yog'och g'ildiragiga tashlabdi. Quyoshning issig'idan bir zumda teri tarang tortilib qurib qolibdi. Qurquvdan nima qilishini bilmagan yigit bor kuchi bilan teriga ura boshlabdi. Cho'lning narigi burchagidan yo'lga chiqqan boshqa karvon bu g'alati ovozni eshitib, karvonga biron kor-xol bo'libdi, ularga yordam berish kerak, deb ovoz taralayotgan tomonga tezda yetib kelib, karvonni qutqarib qolibdi.4

Ayrim ma'lumotlarda kelishicha; Doira qadimiy musiqa cholg'ularidan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr) da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg'ulari tojik, arman, ozar, uyg'urlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.20-asrda o'zbek doira ijrochilik an'analarini Usta Olim Komilov, T. Inog'omov, D. Sottixo'jayev, Rahim Isoxo'jayev, F. Azimov, Qahramon

2 Javlon Rajabiy "Ijrochilik san'ati tarixi

3 A.Tashmatova Ijrochilik san'ati tarixi.

4 A.Tashmatova Ijrochilik san'ati tarixi.

Dadayev, O. Kamolxo'jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.

Doiraning tuzilishi haqida: Doiraning asosiy qismi (ya'ni gardishi) tok zangi, so'nggi yillarda zarang, akatsiya, tol kabi daraxtlarda ishlanib kelinmoqda. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining o'shlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga o'xshash ma'dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo'l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholg'u ansambllarida jo'rnavoz cholg'u sifatida foydalaniladi.

Doirani chalishda qo'llaniladigan ritm birliklari haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat bo'ladi. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni cho'zib doiraning o'rtaroq qismiga uriladi.

Qadimgi cholg'ularimizdan yana biri Daff cholg'usi hisoblanadi. Daff — yog'ochdan yasalgan halqa bo'lib, uning ust qismiga bakrabaliq terisi tortilgan bo'ladi. Zamonaviy sharoitda namlikning oldini olish uchun sozning membranasi ham plastikdan tayyorlangan. Ba'zan daf chetiga 60-70 ta mis yoki metall halqalar biriktiriladi, chalganda ular jarangli ovoz chiqadi. Daff ijrochisi uni ikki qo'li bilan ushlab, barmoqda chaladi, bazida shapaloqlab uradi. Gaval tesnif va maqom an'anaviy ozarbayjon musiqa janri ijrochilari uchun zaruriy cholg'u asbobi bo'lib kelmoqda. Ozarbayjonda maqomni, ayrim joylarda sozandalar uchligi ijro etib kelmoqda, ular torchi, kamonchi va daffchilardir. Xonanda (qo'shiqchi), ko'pincha, bir vaqtning o'zida daffchi ham bo'laoladi.

Ozarbayjon va Armanistonda bu cholg'uni milliy bayramlar to'y marosimlarda chalishadi. Ozarbayjon musiqasida an'anaviy ansambl nog'ora chalayotgan xonanda va ikkita cholg'uchidan iborat: biri tor, ikkinchisi esa kamoncha chaladi.

Hozirgi vaqtda zarbli cholg'ularga bo'lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Zarbli cholg'ularni bolalarga yoshligidan mukammal o'rgatishimiz kerak. Bizning yurtimizda va qo'shni respublikalarda mahoratli sozandalarimiz tomonidan zarbli cholg'ularimizni butun jahon miqyosida targ'ib qilmoqdalar. Zarbli cholg'ularni o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishi ushbu guruh cholg'ularining nechog'lik ahamiyatli ekanini isbotlamoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qizi, S. X. F., & Shahnoza, A. (2022). MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG 'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 123-129.

2. Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT IBADLAYEV. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(6), 72-79.

3. qizi Shukurjonova, X. F. (2023). DUTOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(11 SPECIAL), 237-240.

4. qizi Shukurjonova, X. F., & Shahnoza, A. (2023, January). BOSHLANG 'ICH MUSIQIY TA'LIM TIZIMIDA BOLALARNING MUSIQIY RITM QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 1, pp. 257-262).

6. Djurayev, M., Husenov, J., & Qurbonova, C. (2024). GEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY O'YIN TEXNOLOGIYALAR. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 67-70.

7. Djurayev, M., Qurbonova, C., & Husenov, J. (2024). GEOGRAFIYA FANINING MAKTABLARDA O'TILISH SIFATI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 71-73.

8. Наримова, Г. А., Сиддикова, Н., & Саматова, Г. (2015). Различные подходы в преподавании иностранного языка студентам в неязыковых вузах. Научный альманах, (11-2), 292-296.

9. Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE CLT (COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

10. Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

11. АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".-2022, 23, 136139.

12. Shaimova, G. A., Shavkieva, D., & Abdukadyrova, N. (2014). The Importance of WebQuest Technologies in Formation of the Professional Speech in Future Specialists. In Young Scientist USA (pp. 160-162).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.