"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023
DOIRA CHOLG'USI TARIXIGA BIR NAZAR
Kamoliddin Salimov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Doira cholg'usi qadimdan xalqimizning madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Tarixga nazar tashlasak, xoh u harbiy yurishlar bo'lsin, xoh xonlar saroyidagi bazmlar, to'y-tomoshalar, bayramlar, turli tantana va marosimlar bo'lsin, ularning hech biri doira ishtirokisiz o'tmagan. Ushbu maqolada doira cholg'usining tarixi, uning milliy san'atimiz hamda xalqimiz madaniy hayotidagi ahamiyati, ushbu cholg'u bilan bog'liq tarixiy ma'lumotlar ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: doira, tarix, cholg'u, zarb, xalq, an'ana, tovush
A GLANCE AT THE HISTORY OF THE CIRCULAR INSTRUMENT
Kamoliddin Salimov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The circle instrument has been closely connected with the cultural life of our people since ancient times. If we look at history, be it military campaigns, parties in the palace of the khans, weddings, festivals, various celebrations and ceremonies, none of them passed without the participation of the circle. In this article, the history of the circle instrument, its importance in our national art and cultural life of our people, historical data related to this instrument are scientifically analyzed.
Keywords: doira, history, instrument, percussion, folk, tradition, sound
Doira cholg'usining tarixi bir necha ming yillikka borib taqaladi. Arxeologik qazilmalar natijasi shuni ko'rsatadiki, Farg'ona vodiysining Saymalitosh g'orlaridan topilgan devoriy suratlarda doirasimon cholg'ularda ijro etayotgan sozandalar tasvirlakshb Niso shahridagi yodgorliklarda doirachi ayollar tasvirlari topilgan. Ajdodlarimiz bu tasvirlarni eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda chizganlar. Shuningdek, qadimgi Afrosiyob (hozirgi Samarqand) shahridan miloddan avvalgi II asrga oid qum soatga o'xshash ikki tomonli nog'ora va likopchalar topilgan. Ayritomda esa ibodatxonaning kiraverish peshtog'iga bo'rttirib ishlangan tasvirlarda qo'shnay, nog'ora, ud, arfa kabi cholg'ularni ijro etayotgan 14 sozandadan iborat cholg'uchilar ansamblini ko'rish mumkin. Ushbu dalillar urma zarbli cholg'ularning Sharq xalqlari musiqa madaniyatida, jumladan, yurtimizda qadimdan qo'llanib kelinganiga yana bir bor isbot bo'ladi.
Dunyoning har bir xalqida urub chalinadigan cholg'u asbobi alohida hurmat bilan e'zozlanadi. Chunki bu cholg'u qadimdan insonlarning bir joyiga jamlash, ularni hushyorlikka chaqirish va turli kasallik, xav-hatarlar oldini olishi uchun qo'llanib kelinadi. Masalan, Afrika, janubiy Amerika va uzoq shimoliy o'lkalarda yashovchi odamlar bu cholg'uni hozirga qadar muqaddas narsa sifatida ishlatib kelishmoqda. Chunonchi Shimoliy muz okeani Uzoq Sharqda yashovchi tunguslar, chukchalar, buryatlar va Oltoy o'lkasida yashavochi xalqlarning qabila sardorlari doira va unga o'xshash cholg'udan foydalanib kelishmoqda. Bunga shamon rahbarlarini sovuqni haydovchi, ochlikda qutqaruvchi va turli kasalliklarni haydovchi muqaddas cholg'u sifatida ishlatib kelishyotgani fíkrimizni dalilidir. "Sanikov yeri" nomli badiiy filmdagi qahramonlar bilan shamon o'rtasidagi kurash sarguzashtlari yaqqol misoldir.
O'zbek xalqi turkiy elning hozirgi qadar madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan xalqlar sifatida o'tmish an'analaridan zamonaviy turmush tarzi hamda sinalgan doiradan faol foydalanib kelayotgan eldur. Xalqimiz doira cholg'u haqida ko'plab qiziqarli va ibratli afsona, rivoyatlar yaratganlar. Chunki doira hozirgi kundan faqat zamonaviy qo'shiqchilik, ommaviy badiiy tomoshalar jarayonida qo'llanilib qolmay, ayrim tog'li va cho'l hududlarida baxshilar, ya'ni ruhiy kasallikni davolovchi kinnachilar, aytimchilar, mullalar, tomonidan, ruhiy kasalliklarni davolashda foydalanib kelishmoqda. Shu o'rinda biz quyidagi xalq rivoyatini e'tiboringizga havola qilamiz:
Qadimgi zamonlarda bit karvon savdo-sotiq qilishi uchun cho'l va saxrolar osha o'zga yurtlarga safarga chiqibdi. Ularning sarboni ozgina adashgani tufayli karvon yo'lini boshqa tomonga burib yuboribdi. Karvon yana uzoq yo'l yura boshlabdi. Biroq manzilning daragi yo'q edi. Shunda ular dam olish uchun baland qum barxani yoniga to'xtashibdi. Chunki ularning issiqlikdan madori qurub, olgan suv zaxiralari tugay boshlabdi. Karvondagi odamlar tuya otlarni yonlariga soyalab, zo'rg'a jon saqlashdi. Kun qizigandan qizib, odamlar chanqoqlar chanqoqlarini bosish uchun karvondagi hayvonlarni so'yib, qonlarini ichib, bazor jon saqlay boshlagan edilar. Karvondagi bir yigit so'yilgan qoramolni terisini ag'darilib yotgan aravaning g'ildiragiga yopib, uning soyasida o'limini kutib yota boshlabdi. Shunda yigitning toqati tog' bo'lib yonidagi qamchini olibdida aravagubchasiga yopilgan tarang tortilgan terining ustiga be ehtiyor ravishda urubdi. Undan chiqqan sado holdan toya boshlayotgan odamlarni va hayvonlarni bir sergag tortishibdi. Undan zavqlangan yigit tarang tortilgan terini qayat-qayta ura boshlabdi. O'sha mahal bular yotgan barxanning narigi tomonga boshqa karvon o'tayotgan bo'ladi. Ular saxro qarisidan chiqayotgan bu tovushni eshitib barxanning orqa tomoniga o'tishibdi va qarasalar, yuzlab odam va hayvonlar holdan toyib yotgan ekan. Yordamga kelgan karvon adashganlarning bu fojeasidan qutqardi. Suv, oziq-ovqat berib oyoqqa turgazdi. Ma'lum bo'libdiki g'alati tovush chiqarilgan ulkan doira sifat cholg'u butun boshli karvonni o'limdan halos etgan edi. Shu-shu
I ícclT^^^^H 88^ http://oac.dsmi-qf.uz
malum bo'libdiki o'zi bilmagan holda doira yasagan yigit xalq orasida hurmat qozonibdi va arava gubgagiga yopishgan teri, ya'ni doira xalqning mehriga tushib, ular doirani insoniyatni turli xav-hatarlardan ogoh qiluvchi, yomonliklarni, jin, shaytonlarni quvadigan cholg'u asbob sifatida e'zozlay boshlagan ekanlar.
Qadimda urma zarbli cholg'ulardan turli maqsadlarda jumladan, signal vositasi sifatida, marosim raqslarida, urush marosimlarida hamda diniy marosimlarda foydalanib kelingan.
Urma zarbli cholg'ularning paydo bo'lishi bilan bog'liq turli rivoyatlar bor. Bir kuni Iskandar Zulqarnayn Aflotunga: "Sen shunday bir cholg'u yasaginki, uning ovozi o'n to'rt chaqirim uzoqdan eshitilsin, dushman yuragiga qo'rquv va dahshat solsin", debdi. Aflotun o'ylab-o'ylab oxiri katta qasqonning ikkala tomoniga mol terisini qoplabdi-da, uni tarang torttirib, ko's nog'ora yasabdi. Nog'orani bir tomonidan urilgan zarb, ikkinchi tomonidagi teriga ta'sir qilgan holda aks-sado berib, "Iskandar! Iskandar!" - degandek dahshatli ovoz chiqarar emish. Hozirgi davrdagi ikki tomoniga teri qoplangan barcha cholg'ular, xususan, do'l nog'ora, dovul kabi cholg'ularning yaratilishi shundan qolgan ekan.
Shuningdek, ushbu kitobda Iskandar Zulqarnayn davrida ko'plab cholg'ular singari urma zarbli cholg'ulardan keng foydalanilgani ta'kidlanadi: "O'tmishda Iskandar Zulqarnayn saroyida mug'anniylar tomonidan nog'ora, doira, dap kabi cholg'ular ishtirokida turli xil marosimlar o'tkazib kelinganligi haqida ma'lumotlar bor. Hamsanavis ijodkor Xusrav Dehlaviy "Iskandar Zulqarnayn" dostonida ana shu cholg'ular sirasiga kiruvchi "nauba" haqida ma'lumot berib, saroydagi shohona marosimlar shu cholg'ularda o'tkazilganligi haqida hikoya qiladi.
Ilk bor Iskandar saroyida foydalanilgan naubalardan, keyingi hukmdorlari saroylarida ham qo'llanib kelingan. Masalan, Muhammad Xorazmshoh o'z saroyida Iskandar naubasini quyosh chiqishi va botishi vaqtida ijro qilishni yo'lga qo'ygan. Bunga asosiy sabab, inson umrining quyosh chiqishi va botishi oralig'ida kechishi, umrning qisqaligidan ogohlantirish timsoli edi.
Qadimda shohlarning mavqelariga qarab naubalar ijro etilgan. Masalan, Sulton Malikshoh amakisi Usmon sharafiga 3 nauba ijro etishga ruxsat beradi. Markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko'targan shahzoda Barqiyoruq Muhammad 1102 yilda Rayda tantanali suratda 5 sulton naubasini ijro ettira boshlaydi. Sulton Sanjar 1119 yilda jiyani Sulton Muhammad bilan yarashuv chog'ida uning sharafiga 5 nauba ijro etishni buyuradi.
O'tmishi uzoq zamonlarga borib taqaladigan nauba cholg'usi, turli xalqlar ma'naviyati va diniy marosimlarida hamon o'z ahamiyatini saqlab qolgan. Sharq mamlakatlarida hozir ham oliy martabali mehmonlarni kutib olishda zamonaviy naubalar ijro etilishining shohidi bo'lamiz.
Tarixiy rivoyatlardan yana birida aytilishicha, qadimda meshkobchilarning suv tashiydigan meshlarining tubiga suv solganda tekis turishi uchun gardish o'rnatilgan bo'lib, suvdan bo'shagan paytda yoz kuni quyoshda terining qattiq qizishi natijasida u tarang tortilgan va barmoq bilan chalgan paytda hozirgi doira cholg'usining ovoziga o'xshash tovush chiqargan.
Hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyda, shuningdek, Imom Muslimda kelgan bir hadisda shunday naql qilinadi: «Hazrati Abu Bakr Siddiq Oysha onamizning uylariga kelgan ekanlar. Qarasalar. hazrati Oyshaning huzurlarida ikki joriya ashula aytib o'tirgan ekan. Qo'llarida soz ham bor. Abu Bakr Siddiq aytubdularki: «Bu qanaqasi bo'ldi: hazrati Rasulullohning uylarida bu xil shaytonning cholg'usi yangrab turibdimi?». Shu payt uyga Rasululloh sallollohu alayhi vasallam kirib qoldilar. Ul zot aytdilarki: «Qo 'ying, ashula aytaversinlar, chunki bugun hayit - bayram!». Kitoblarda aytilishicha, Abu Bakr Siddiq shundan keyin biron joyda ham ashula harom deb aytmagan ekanlar. Demak, hayit, bayram, shodiyona kunlari yaxshilikka da'vat qiluvchi ashulalar aytilsa, hech qanday zarari yoki yomon tomoni yo'q ekan. Shuning uchun azaldan islom olamida musiqa san'ati taraqqiy etib kelgan. Hadislar musiqa san'atining bir joyda to'xtab qolmay, taraqqiy etishiga va uni sog'lomlashtirishga da'vat etib turgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va Hayot» kitobida ham Payg'ambarimizning musiqa bilan bog'liq suhbatlari shunday keltiriladi. 2136. «Bir ayol Nabiy sallollohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning rasuli men sizning boshingiz uzra turib daff (halqachalari yo 'q childirma) chalishni nazir qilgan edim «dedi. U zot: «Naziringga vafo qil» dedilar. U ayol: «falon joyda (tuya) so 'yishni nazir qilgan edim», - dedi. Uzot:
«Sanamgami?» dedilar u zot.
«Yo'q», - dedi ayol.
«Vasangami?», - dedilar u zot.
«Yo'q», - dedi ayol.
«Nazringga vafo qil», - dedi u zot.
Ana shu ayol va Nabiy sollallohu alayhu vasallamning suhbatidan so'ng, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf suhbatni shunday sharhlaydi:
«Avvalo, hadisi sharifda kelgan ba'zi so'zlar bilan yaxshiroq tanishib olaylik.
«Daff», hadisning o'zida ham aytib o'tilganidek, shildirog'i yo'q childirma. Ushbu omilga, ya'ni childirmaning shildirog'i yo'qligiga alohida e'tibor berish lozim. Chunki ba'zi bir kishilar hukm chiqarishda bu omilga alohida ahamiyat beradilar.
Boshqa qabilalarni haqorat qilmaslik maqsadida shildirog'i yo'q childirma chalingan.
«Sanam» - bosh yuz qismi insonga o'xshash but.
«Vasan» - insonga o'xshamagan but. Ushbu hadisning Imom Termiziy rivoyat qilgan matnida boshqa tafsilotlar ham bo'lib, o'shani ham o'rganishimizning katta foydasi borligi uchun avval uni ham keltirib olaylik. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam o'zlarining ba'zi g'azotlariga chiqdilar. U zot qaytib kelganlarida huzurlariga bir qora joriya kelib:
-Ey, Allohning Rasuli, Alloh sizni salomat qaytarsa, huzu- ringizda childirma chalishni nazr qilgan edim», - dedi. «Naziringga vafo qil», - dedilar. Joriya o'rnidan turib childirma chalishni boshladi. Abu Bakr kirib keldi, u chalaverdi. So'ng Umar kirib keldi. U childirmasini tashlab, ustiga o'tirib oldi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Sendan shayton ham qo'rqsa kerak deb o'ylayman, ey Umar», -dedilar.
Bundan ko'rinib turibdiki, musulmon olamida boshqa cholg'ularga qaraganda, urma zarbli cholg'ular daf, doira va tabla chalish qo'llab-quvvatlangan.
Markaziy Osiyo hududlarida olib borilgan qazishmalar natijasida olingan ma'lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi zamonlarda doiraga asosan ayollar jo'r bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Sohibqiron Amir Temur va uning vorislari saroylarida ayol san'atkorlar ham o'z iste'dodlarini ko'rsatishlariga izn berilgan. O'z navbatida, bu iste'dod sohibalari doira chertish, qo'shiq aytish va raqsga tushish san'atlaridan xabardor bo'lganlar.
Rustam Abdullayev Boysunda qadimdan qo'llaniladigan cholg'ularga o'zining «Boysun" nomli kitobida shunday ta'rif beradi. Jumladan, dap-doiraga o'xshash bo'lib, yagona nusxasi Xomkon qishlog'ida topilgan. Gardishi o'rik yoki yong'oq yog'ochidan (doira gardishidan ingichkaroq, diametri radius bo'yicha 400- mm va 420 mm, kengligi-100 mm, qalinligi-6 mm) yasalgan. O'tmishda qishloq aholisi orasida dappning turli shakldagi namunalari-kichik, o'rta va katta dapplar tarqalgan bo'lib, bir tomoni eski terisi bilan qoplangan. Gardishda xalqachalar osilmagan. Tovush chiqarishi va tembri bir oz jarangsiz, past. Asosan baxshilar o'z aytishlari ijrosida dapp cholg'usidan foydalangan deb yozadi.
Doira sadolari esa insonlarning ruhiy madadiga aylanib, kayfiyatini ko'taradi. Kayfiyatni ko'taradigan musiqiy ohanglar ruhiy ustuvorlikni keltirib chiqaradi. Usta doirakash ustozlar doira cholg'usini doimo uni pok joyiga qo'yib va imonli, e'tiqodli odamlar qo'ligagina berishi xalqimizni an'anasidan biridir. Doira hozirgi kun -Yangilanayotgan O'zbekiston madaniy hayotidan ham o'zining benazir cholg'usi sifatida ishlatib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abu Homid G'azzoliy. "Kimyoi saodat" - Toshkent: "Adolat" nashriyoti, 2005-y. - 355-356-b.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023
2. Akbarov I. "Doiraning zarblari". O'zbekcha usullar to'plami - Toshkent, 1952-
y.
3. Islomov D. "Maxsus cholg'u" - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2015-y.
4. Islomov D. "Doira san'ati darg'alari" - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2019-y.
5. Islomov D. "Moziydan sado" - Toshkent: "Ekstremum press" nashriyoti, 2015-
y.
6. Vizgo T.S. "Музыкальние инструменты Средней Азии" - Moskva, 1980-y