Научная статья на тему 'QADIMGI XITOYDA SUD-HUQUQ SOHASI HUJJATLARINING SHAKLLANISHI'

QADIMGI XITOYDA SUD-HUQUQ SOHASI HUJJATLARINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1696
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chjou davlati / qonunnoma / Susong fadian / Van-Mu / “Qonunlar sharhi” Vey podsholigi. / state of Zhou / legislation / Susong fadian / Wang Mu / Commentary on the Laws of the Wei Kingdom.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abduraxmanova, Zubayda Yuldash Qizi

Mazkur maqolada Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega bo‘lgan 诉讼法典 susong fadian jinoyat kodeksi – jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilganligi va undagi asosiy g’oyalar tahlil qilib o’tilgan. Qonunnomada aybni yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma alohida sud qarorlari yozuvi bo‘lganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi me’yorlari mustahkamlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF JUDICIAL DOCUMENTS IN ANCIENT CHINA

This article analyzes the main ideas of the Zhou Dynasty in the 10th century BC, when Wang Mu developed a 3000-point criminal code the Code of Punishment. The law deals with mitigating and aggravating circumstances and distinguishes between negligent and willful acts. It is possible that the law was a separate record of court decisions, in the first place, strengthened the norms of customary law.

Текст научной работы на тему «QADIMGI XITOYDA SUD-HUQUQ SOHASI HUJJATLARINING SHAKLLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

О

QADIMGI XITOYDA SUD-HUQUQ SOHASI HUJJATLARINING

SHAKLLANISHI

Abduraxmanova Zubayda Yuldash qizi

O'zDJTU

Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi Toshkent, O'zbekistan

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van - Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega bo 'lgan ШТШМ susong fadian jinoyat kodeksi -jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilganligi va undagi asosiy g'oyalar tahlil qilib o'tilgan. Qonunnomada aybni yengillashtiradigan va og'irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma alohida sud qarorlari yozuvi bo 'Iganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi me'yorlari mustahkamlangan.1

Kalit so'zlar: Chjou davlati, qonunnoma, Susong fadian, Van-Mu, "Qonunlar sharhi " Vey podsholigi.

В этой статье анализируются основные идеи династии Чжоу в 10 веке до нашей эры, когда Ван Му разработал уголовный кодекс из 3000 пунктов -Кодекс наказания. В законе рассматриваются смягчающие и отягчающие обстоятельства, и проводится различие между небрежными и преднамеренными действиями. Не исключено, что закон был отдельной записью судебных решений, в первую очередь, укреплял нормы обычного права.

Ключевые слова: государство Чжоу, законодательство, Сусонг фадянь, Ван Му, «Комментарий к законам» Вэйского королевства.

This article analyzes the main ideas of the Zhou Dynasty in the 10th century BC, when Wang Mu developed a 3000-point criminal code - the Code of Punishment. The law deals with mitigating and aggravating circumstances and distinguishes between negligent and willful acts. It is possible that the law was a separate record of court decisions, in the first place, strengthened the norms of customary law.

1 Книга правителя области Шан/ пер. с кит. Л. С. Переломова. М.: НИЦ Ладомир, 1993.-С. 133

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

0

Keywords: state of Zhou, legislation, Susong fadian, Wang Mu, Commentary on the Laws of the Wei Kingdom.

Xitoyda yozma qonunlarning bir muncha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI-V asrlarga to'g'ri keladi. Bu qadimgi xitoy jamiyatining tabaqalashuvi kuchayishi bilan bog'liq. Miloddan avvalgi VI asrda Lu podsholigida qabul qilingan yer solig'i haqidagi jamoa yer egaligining tugatilganligi va xususiy yer egaligining o'rnatilganligi ham bejiz emas.

Qadimgi Xitoyda ayniqsa Chjango davrida qonunchilik faoliyatining juda tez rivojlanishi eslatib o'tiladi. Bu miloddan avvalgi V-III asrlarda alohida Xitoy podsholiklari o'rtasidagi og'ir va tinimsiz kurashlar sharoitida siyosiy ahvolni barqarorlashtirish maqsadlarida qonunlardan foydalanish zaruriyati bilan bog'liq.

Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 536 yilga taalluqli "Qonunlar sharhi" ilk yozma qonunlarga yorqin misol bo'la oladi. Unda jinoyatlar uchun jazolarning quyidagi beshta turi: tamg'a bosish, burnini kesish, bitta yoki ikkala oyog'ini kesish, kastratsiya (axtalash, bichish) va o'lim jazosi berish nazarda tutilgan edi. Bu jazolar keyinchalik eng ko'p tarqalgan jazo turlari bo'lib qolgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Miloddan avvalgi V-IV asrlarda legistlarning ilg'or vakillaridan biri Li Kuy tomonidan tuzilgan "Vey podsholigi qonunlari kitobi" qadimgi Xitoydagi ilk qonunlar to'plamlaridan muhimi hisoblanadi. U quyidagicha oltita bob: o'g'rilar haqidagi, bosqinchilar haqidagi, zindonda saqlash haqidagi, jinoyatchilarni tutish haqidagi, qatl etish va qiynash qurollari haqidagi qonunlardan iborat.

Bu to'plam kelajakda shunday qonunlar to'plamlari ishlab chiqish tajribasini boshlab bergan. Miloddan avvalgi III-II asrlarda Xan davrida Xitoyda qadimgi qonunlarni bayon qilish, yozish, sharhlash va qayta tiklash bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilgan. Bu vaqtga kelib "Vey podsholigi qonunlari kitobi" qator boblar bilan, jumladan, harbiy ishlar haqidagi, davlat ot-ulovi haqidagi va moliya haqidagi huquq me'yorlari bilan to'ldirilgan.

M caifuquan mulk huquqi Xitoy an'anaviy huquqida xususiy huquq me'yorlari mustaqil rivojlanmagan. Shan (In) va g'arbiy Chjou davrida yerlar podsho (van)ning mulki hisoblangan. Podshodan mukofot, in'om tariqasida yer olganlar undan faqat foydalanish huquqiga ega bo'lganlar. g'arbiy Chjou davrida egalikdagi yerlarning xususiy mulkka aylanishi tendensiyasi sezila boshlangan. Miloddan avvalgi I asr o'rtalaridan qator podsholiklar yer olish-sotish haqida bitimlar tuza

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

boshlaganlar. Yerlar sotiladigan va sotib olinadigan, mayda uchastkalarga bo'linadigan yoki ayrim shaxslar qo'lida to'planadigan bo'lgan. Lekin yerdan foydalanish xususiy bo'ladimi yoki jamoa asosida bo'ladimi, unga egalik qay tarzda bo'lishidan qat'i nazar, yer baribir davlatniki bo'lgan. Yer undan foydalanuvchilarga - vaqtincha egalik qilib turuvchilarga to'liq xususiy mulk bo'lib o'tmagan. Sin davriga kelib yerlarni qayta taqsimlash va uning yangi zodagonlar qo'liga o'tishi hisobiga xususiy mulkka asoslangan yer egaliklari jadal rivojlangan.

Qadimgi Xitoyda yerlar bilan birga mulk huquqining muhim ob'ekti qullar bo'lgan. Shan (In) davrida qullar chorvaga tenglashtirilgan. Ular davlat mulki hisoblangan, qullar garchi xususiy shaxslar egaligida bo'lsa-da, hali ularni olish-sotish bo'lmagan. Chjou davrida esa qul ayirboshlash, olish-sotish mumkin edi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda ikki toifadagi qullar: davlat qullari va xususiy qullar mavjud edi. Bu vaqtda xususiy qul egaligi tobora katta ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa Sin davrida qul savdosi juda keng tarqalgan. Milodning I asrida imperator U di barcha davlat qullarini ozod qilish haqida yorliq chiqargan. Xitoyning qator viloyatlarida ochlik tufayli o'zini qullikka sotganlar va majburan qulga aylantirilganlar, shuningdek, zo'rlab sotilgan ayollar ozod qilingan.

Qadimgi Xitoyda qishloq jamoasi tez yemirila boshlagan bo'lsada, miloddan avvalgi I asrda jamoa hali o'z yer egaligini saqlab qolgan, yer bilan bog'liq shartnoma munosabatlarida ishtirok etgan.

Xitoyda eng qadimgi vaqtlardan boshlab dehqonchilikning rivojlanishini rag'batlantirish maqsadlarida har kimda egasiz va tashlandiq yerlarni egallash huquqi mavjud bo'lgan. Ma'lum muddat o'tganidan so'ng bunday yerlar ularni ishlovchilarining xususiy mulki sifatida kadastrga yozib qo'yilgan. Shunday qilib, qadimgi Xitoyda yerga nisbatan davlat, jamoa va xususiy mulkchilik shakllari mavjud bo'lib, vaqt o'tishi bilan mulkka egalikning oxirgi shakli tobora rivojlanib borgan. Bu davrga kelib majburiyatlarni anglatuvchi sharnoma terminlarining shakllanishi kuzatiladi.

Qadimgi Xitoyda majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turi keng tarqalgan. Huquqiy manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o'tilgan. Dastlabki shartnomalardan biri ^ ^ M ^ maimai qiyue oldi-sotdi shartnomasi bo'lgan. Yerni olish-sotish bilan bog'liq shartnomalar keng tarqalgan. Manbalarning xabar berishicha, milodning I asrida ayollar va davlat qullari ham yerlarni olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin bo'lgan. ^b^M^ zengsong qiyue Hadya shartnomasi ham juda ko'p uchraydigan shartnomalardan edi. Yerlarni, qullarni, aravalarni, qurol-yarog' va boshqa mulklarni hadya qilish tez-tez bo'lib

472

Scientific Journal Impact Factor

o

turadigan hodisa edi. Chjango davrida zhaiwu qiyue qarz shartnomasi

bo'lganligi ma'lum, sudxo'rlik rivojlangan. Qarz shartnomasi qarzdorlik tilxati bilan rasmiylashtirilgan. To'lov muddatini kechiktirish, garovga qo'yish, yozma majburiyatlar berish hollari ham ma'lum. Qarz shartnomasining rivojlanishi qarzdorlik qulchiligining paydo bo'lishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi V-III asrlarda zuchu tidi qiyue yerni ijaraga berish shartnomasi ayniqsa tez-

tez tug'ilib turgan. Bundan keyingi vaqtlarda shuningdek fAWM^ siyou qiyue shaxsiy ijara shartnomasi keng tarqalgan edi. Ularning shartlari asosan odat huquqi bilan tartibga solingan.

M ^ X jicheng quan meros huquqida avvalo bolalar, nabiralar va ular bo'lmasa boshqa qarindoshlar qonuniy merosxo'rlar sifatida chiqqanlar. Oilada katta o'g'il meros olishda katta imtiyozga ega bo'lgan. Ota o'lganidan so'ng oila mulki unga o'tgan va u oila boshlig'iga aylanib, boshqa oila a'zolari ustidan hukmronlik qila boshlagan.

Yuqorida keltirilgan barcha terminlar tarkibidagi ^ ^ qiyue shartnoma komponenti hozirgi kunda qo'llanilmaydi, uning o'rnini ^ ^ hetong termini egallagani aniqlandi.

Qadimgi Xitoyda huquqning rivojlanishi ko'proq jinoyat huquqi rivojlanishi bilan bog'liq edi. Qadimgi Xitoyda jinoyat tushunchasi inson jinoiy irodasining namoyon bo'lishi bilan bog'lanadi. Huquqbuzar shaxsga "pastkash inson" sifatida qaralgan. Uning "pastkashligi" shu bilan belgilanganki, u o'zining halokatli, jinoiy irodasi bilan o'zi yashab turgan, o'zi taalluqli bo'lgan ijtimoiy guruhdagi, jamiyatdagi, tabiatdagi uyg'unlikni, tartibni va hatto sodir etgan jinoyati xarakteriga qarab butun dunyoni buzib yuborish mumkin, deb hisoblangan. Axloq-odob me'yorlarining ustunligini tan olishdan shu narsa kelib chiqadiki, aybdorlik darajasi va jazoning og'irligi xatti-harakatning xarakteriga emas, jinoyatchining ma'naviy holatiga, jinoiy harakatning og'irligiga emas, jinoiy irodaning qanchalik shiddatli ekanligiga mos bo'lishi lozim edi.

Xan davrida "agar iroda erkin bo'lsa, inson qonunni buzmaydi" degan konfusiylik tamoyiliga asosan Xitoyda ayb shakli haqidagi maxsus ta'limot yuzaga kela boshlagan, jazo choralarini belgilashda jinoiy iroda hisobga olina boshlangan. Jinoyatchining irodasini hisobga olishni talab qilish miloddan avvalgi 120 yilgi qonunda ham mustahkamlangan. Bu talab asosida Xitoy hududida qasddan va ataylab, g'araz maqsadlarda sodir qilingan jinoyatlar va bularsiz, shuningdek xato natijasida sodir etilgan jinoyatlar bir-biridan ajratila boshlangan. Tan jarohati yetkazganlik

Scientific Journal Impact Factor

O

uchun jazoning og'irligi jarohat "yovuz maqsadda" yetkazilganmi yoki urishish-yoqalashish natijasida yetkazilganmi shunga bog'liq bo'lgan.2 Qasddan qilingan tuhmat uchun nisbatan og'irroq jazo belgilangan bo'lsa, tasdiqlanmagan chaqimchilik uchun esa ancha yengil jazo nazarda tutilgan.

Qadimgi Xitoy jinoyat huquqida tugallangan jinoyat va suiqasd o'rtasidagi farq ham ajratilgan. Jinoyatga suiqasd qilish jinoiy irodaning namoyon bo'lishi sifatida ko'rilib, ancha yengilroq jazo bilan ta'qib qilingan. Biroq jinoyat huquqining ko'pgina umumiy tamoyillari aniq harakat qilmagan. Natijada konfusiylarning qistovi bilan suiqasd ko'pincha tugallangan jinoyat deb atalgan. Masalan, yaqin qarindoshini o'ldirishga suiqasd qilish tugallangan jinoyat deb hisoblangan.

"Jinoiy iroda" konsepsiyasi jinoyatda ishtirokchilik va guruh jinoyatchiligi kabi institutlarning mazmunini ham belgilagan. Yangi era arafasida jinoyat huquqida maxsus me'yor paydo bo'lib, unga ko'ra, jinoyat qilishga bevosita qasd qilgan, uni rejalashtirgan shaxs jinoiy guruh boshlig'i hisoblangan. Agar jinoyat oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, guruh shaxslar tomonidan qilingan jinoyat deb tan olingan, aks holda jinoiy guruh ishtirokchilarining har biri alohida jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan. Jinoiy guruh ishtirokchilari orasidan aybi boshqalarga nisbatan ayniqsa og'ir bo'lgan guruh boshlig'ining - jinoyat tashkilotchisining ajratilishi konfusiylarning legistlar ustidan g'alabasi edi. Zero, yuqorida eslab o'tilgan miloddan avvalgi 120 yilda paydo bo'lgan qonun legistlarning jazolar universalligi haqidagi g'oyalariga asoslangan edi.

Jinoyat huquqida aybni yengillashtiradigan va og'irlashtiradigan holatlar haqidagi huquqiy qoidalar konfusiylarning quyidagi pand-nasihatlarida ham belgilangan: "Ota-onalarni va qarindosh-urug'larni boshqalar oldida ko'proq sevish, keksalarga har jihatdan hurmat ko'rsatish, nogironlarga hamdard va bolalarga rahmdil bo'lish lozim". Shu muqaddas burchlar nuqtai nazaridan 8 yoshdan kichik bolalar va 70 yoshdan katta keksalar tan jazolaridan ozod etilganlar. Biroq Xitoy an'anaviy huquqi o'z harakatini idrok eta olmaganligi yoki o'z harakatlarini idora qila olmaganligi tufayli javobgarlikdan ozod etish hollarini bilmaydi.

U yoki bu huquqqa xilof xatti-harakatni jinoyatlar ro'yxatiga qo'shish, ular uchun jazolarning og'ir-engilligini belgilash imperatorning sub'ektiv xohish-irodasiga, konfusiylar va legistlarning ustunlik mavqeiga va shu kabi kator holatlarga bog'liq bo'lgan. Jinoyatlar ro'yxati juda mayda bo'laklarga bo'lingan va noaniq edi.

2 Yma MaHÖa-C. 138

Scientific Journal Impact Factor

0

Masalan, qarzini to'lamagan qarzdorlar, ichkilikbozlik bilan shug'ullanuvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortilganlar.

Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga karaganda, ^ Chjou davrida Mu kodeksida ko'rsatilganidek, 3000 turdagi jinoyat mavjud bo'lgan. Bularning orasida davlatga qarshi (isyon, fitna), dinga qarshi (sehrgarlik bilan shug'ullanish, kulni ko'chaga tashlash), shaxsga qarshi (odam o'idirish, tan jarohati yetk azish), mulkka qarshi (o'g'rilik, talonchilik, birovning chorvasini so'yish), harbiy (qo'shin yig'iladigan joyga belgilangan muddatda yetib kelmaslik, jangda qo'rqoqlik qilish) jinoyatlar muhim o'rin tutgan. Davlatga qarshi jinoyatlarga og'ir jinoyat sifatida qaralgan. Sin podsholigida konfusiylarning taqiqlangan adabiyotlarini saqlash davlatga qarshi og'ir jinoyatlardan biri hisoblangan.

Miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid amaldorlar uchun mo'ljallangan qo'llanmalarda ibodatxonalardagi o'g'rilik, diniy marosimlarga tegishli narsalarni o'g'irlash, jarohat yetkazish, tuhmat, armiyadan qochish kabi jinoyat ishlarini ko'rish haqida ko'pgina misollar keltirilgan. Konfusiylarning axloq qoidalari asosida otaga, oila kattasiga bo'ysunmaslik kabi jinoyatlar ham juda erta ajralib chiqqan edi. Qadimgi vaqtlardayoq yuqori va quyi chinovniklarning xizmat bo'yicha qilgan xatolari yoki nojo'ya qilmishlari uchun an'anaviy javobgarlik o'rnatilgan edi. Miloddan avvalgi III asrda o'z xizmatdoshining aybini bilgan va bu haqda xabar bermagan chinovnikning jinoiy javobgarligi joriy qilingan. Qadimgi Xitoy jinoyat huquqi bo'yicha soliq to'lashdan bosh tortish jinoyat sifatida ko'rilgan, ichkilikbozlik bilan shug'ullanuvchi shaxslarga nisbatan o'lim jazosi nazarda tutilgan.

Qadimgi Xitoyda # bao degan termindan sodir etilgan jinoyat uchun o'ch (qasos) olish degan ma'noda foydalanilgan. Jinoyat huquqida ibtidoiy jamoa tuzumining qoldig'i sifatida qonli qasos olish odati uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Xitoy jamiyatida sinfiy kurashning keskinlashib borishi natijasida bu odat asta-sekin jazolarning boshqa turlari tomonidan siqib chiqarilgan, bevosita davlat hokimiyati organlari tomonidan qo'llaniladigan tan jazolari va o'lim jazosi keng tarqala boshlagan.

Jazo turlari turli davrlarda bir-biridan juda kam farq qilgan. In davlatida tayoq bilan urish, burnini kesish, olovda kuydirish, mayda bo'laklarga bo'lish, boshini kesish, tiriklayin yerga ko'mish, oyoqlarini, qo'llarini uzish, ko'zini o'yish jazolari qo'llanilgan. Podsho Mu Qonunnomasida jazolarning quyidagi besh turi ajratib ko'rsatilgan: 1) Sff'J moxing (tatuirovka yo'li bilan yuzga tamg'a bosish) - bu 1000 xil turli ayblar uchun qo'llangan; 2) bixing (burunni kesish) - bu ham

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1000 xil turli ayblarga nisbatan berilgan; 3) feixing (oyog'ini kesish) - 500 xil turli ayblar uchun; 4) i® quzheng (erkaklar uchun kastratsiya va ayollar uchun qulga aylantirish) - 300 turli ayblar uchun; 5) ^^ff'J da nixing (boshini kesish) -200 turli ayblar uchun3. Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari Qonunnomada tayoq bilan kaltaklash, qamchi bilan savalash, quloqlarini kesish va boshqa jazolar ham ko'rsatilgan.Jinoyat qonunlari jazolarning juda og'irligi bilan xarakterlanadi. Sin davrida qo'rqitish tamomila jazoning asosiy maqsadi bo'lib qolgan. O'lim jazosi xilma-xil ko'rinishlarda juda keng qo'llangan. Qatl etilgan shaxsning jasadi ko'pincha hammaga ko'rinadigan joylarga - bozorda yoki katta yo'lda daraxtga osib qo'yilgan. Mahkumni belidan ikkiga bo'lib tashlash tez-tez qo'llanib turgan.

Ayniqsa siyosiy, davlatga qarshi jinoyatlar uchun juda og'ir jazolar nazarda tutilgan. Bunday hollarda nafaqat aybdorning o'zi, balki uning otasi, onasi va xotini tarmog'i bo'yicha uch avlod qarindosh-urug'lari ham javobgar hisoblangan. Xan imperiyasining dastlabki davrida maxsus farmon chiqarilib, bunga ko'ra, davlatga qarshi jinoyat sodir etgan shaxsning uch avlodi qirg'in qilinishi nazarda tutilib, "so'nggi avlodga dastlab tatuirovka yo'li bilan tamga bosilgan, so'ngra ularning burunlari va oyoqlari kesilgan, undan keyin ularni tayoq bilan o'lguncha urish lozim bo'lgan. Ularning boshlarini uzib, suyaklari va go'shtlarini tanalaridan ajratib olib, bozor maydonlariga osib qo'yganlar. Agar kimda-kim bundan norozilik bildirib, hukumatni tanqid qilsa, uning tili kesilgan, so'ngra uning xotini ham shunday jazolangan". Jazo aybdorning otasiga, onasiga, bolalariga, aka-ukalariga, opa-singillariga ham, yoshlaridan qat'i nazar, qo'llanavergan. Juda yosh bolalarni va o'ta keksa kishilarni qiynoqlar bilan qatl etish hollari ko'p bo'lgan. Mavjud tuzumga qarshi fitna va isyonlarda ishtirok etgan shaxslar qaynab turgan suvda yoki yonib turgan gulxanda kuydirilgan. Bundan tashqari o'lim jazosining tiriklayin ko'mib yuborish, bo'laklarga bo'lib tashlash va hokazo usullari keng qo'llanilgan.

Shuningdek tan jazolari ham ko'p hollarda berilgan. Davlat quliga aylantirish odatda aybdor shaxslarning uch avlodiga nisbatan qo'llangan.

Yuqoridagilardan tashqari ma'lum muddatga katorga ishlariga jo'natish jazosi bo'lib, uning berilishi uchun maxsus tartib o'rnatilgan edi. Bunda mahkumning ko'zi atrofi doira shaklida yashil rangga bo'yalib, sochi tagidan olib tashlangan va bo'yniga temir halqa taqib qo'yilgan. Ba'zan bunga tayoq bilan kaltaklash jazosi ham qo'shib berilgan. Bambuk tayog'i bilan urish mustaqil jazo turi sifatida ham qo'llanilgan. Uni

3 Ишкуватова Л.М. Ткаченко А.В. Категории «ЛИ» и «ФА» в правовом поле традиционного Китая// Гуманитарная исследования 2015 №3(7). С. 20.

476

Scientific Journal Impact Factor

о

barmoqlarni kesish jazosi bilan almashtirish mumkin edi. Qamchi bilan urishning soni 500 ta, 300 ta, 200 ta va alohida davrlarda undan kamroq bo'lishi mumkin edi.

Jazolarning surgun, mansabidan bo'shatish va jarima kabi turlari ham mavjud edi. Tan jazolari jarima to'lashga almashtirilishi mumkin bo'lgan. Bunda albatta mulkdorlarning manfaatlari nazarda tutilgan edi.

O'lim jazosi hukmi darhol yoki ma'lum muddat o'tgach ijro etilgan. Gap shundaki, bahorda va yozda, ya'ni tabiat uyg'onayotgan davrda tirik mavjudotni o'ldirish tabiat va jamiyatdagi uyg'unlikning buzulishiga olib kelishi va buning oqibatida suv toshqinlari, qurg'oqchilik va boshqa tabiiy ofatlar kelib chiqishi mumkin deb hisoblangan (Konfusiy ta'limoti asosida). Shu sababli o'lim jazosi ijrosi kuzda yoki qishda amalga oshirilgan. Lekin sinfiy kurashning keskinlashgan davrlarida bu qoida tez-tez buzilib turgan, albatta.

REFERENCES

1. ft^&o i98i0 - 43 б.

2. ШШШ ШШ ЖШШШШМ, II. - 1Ш, 1992.- 56 б.

3. Чжан Чжигун. Сяньдай ханьюй (Замонавий хитой тили), 1 том. - Пекин, 1993. -38 б.;

4. Ишкуватова Л.М. Ткачнеко А.В. Категории «ЛИ» и «ФА» в правовом поле традиционного Китая / Гуманитарные исследования 2015 №3 3 (7) С. 20.

5. Переломова Л. С. М.: Книга правителя области Шан/ пер. с кит. НИЦ Ладомир, 1993.-С. 133

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.