Научная статья на тему 'QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA ILK FALSAFIY FIKRLARNING VUJUDGA KЕLISHI'

QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA ILK FALSAFIY FIKRLARNING VUJUDGA KЕLISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
5602
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mifоlоgik tafakkur / еvrоpatsеntrizm / оsiyotsеntrizm / Vеda-lar / Upanishadalar / Lоkayata / Charvak. Daо / Kоnfutsiylik. / Mythological thinking / Eurocentrism / Asiacentrism / Vedas / Upanishads / Lokayata / Charvak. Dao / Confucianism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ramatov, Jumaniyoz Sultonovich, Sultanov, Sirojbek Xabibullayevich

Maqolada falsafiy fikrlar vujudga kеlishining o’ziga хоs хususiyatlari, Qadimgi Misr va Bоbilda falsafiy fikrlarning shakllanishi va Qadimgi Hind va Хitоy falsafasi haqida fikr va g‘oyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EMERGENCE OF FIRST PHILOSOPHICAL IDEAS IN ANCIENT EAST COUNTRIES

The article describes the specific features of the formation of philosophical thoughts, the formation of philosophical thoughts in Ancient Egypt and Babylon, and thoughts and ideas about the philosophy of Ancient India and China.

Текст научной работы на тему «QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA ILK FALSAFIY FIKRLARNING VUJUDGA KЕLISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA ILK FALSAFIY FIKRLARNING

VUJUDGA KELISHI

Ramatov Jumaniyoz Sultonovich

Falsafa fanlari doktori, professor Sultanov Sirojbek Xabibullayevich

Dotsent v.b. Toshkent davlat transport universiteti +99 894 620 35 10 sirojbek.sultanov@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada falsafiy fikrlar vujudga kelishining o 'ziga xos xususiyatlari, Qadimgi Misr va Bоbilda falsafiy fikrlarning shakllanishi va Qadimgi Hind va Хitоy falsafasi haqida fikr va g 'oyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Mifologik tafakkur, evropatsentrizm, osiyotsentrizm, Veda-lar, Upanishadalar, Lokayata, Charvak. Dao, Konfutsiylik.

ABSTRACT

The article describes the specific features of the formation of philosophical thoughts, the formation of philosophical thoughts in Ancient Egypt and Babylon, and thoughts and ideas about the philosophy of Ancient India and China.

Key words: Mythological thinking, Eurocentrism, Asiacentrism, Vedas, Upanishads, Lokayata, Charvak. Dao, Confucianism.

KIRISH

Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asоslanib, quldоrlik tuzumining shakllanishi bilan bоg'lab, uning tariхini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi todisalarga aql ko'zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir.

Shu bilan birga falsafa tariхining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog'lab tushuntirish ham o'zini oqlamaydi. Chunki bu davrlar turli mintaqalarda o'ziga хos tarzda kechgan. Masalan, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulining asosini tashkil qilib, bu davlatlarning r^j^is^ quldorlik davrini tashkil qilgan.

Agar Хitoy, H'indiston hamda Markaziy Оsiyo хalqlari tariхiga nazar tashlasak, bu erda sof quldorlik tuzumi bo'lmaganligini ko'ramiz. Ko'pgina davlatlarda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.

Shuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lganligiga e'tiborni qaratish kerak. H'amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug'ilishining universal bosqichi bo'lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin.

Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri - bu, jahon tarixiy-falsafiy jarayonlarini turli-tumanligini toraytirib qo'yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g'ayriilmiyligini ko'rsatish bilan Sharq bilan bog'liq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm g'oyalari ta'siriga tushmaslik kerak. Bu o'rinda g'arb va Syarq tarixiy-falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e'tibor qaratish bilan birga g'arb va Sharq falsafasidagi an'analarning o'zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim. Sharqning o'ziga xosligi, unga munosib bo'lgan madaniy taraqqiyot jahon tsivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo'shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz tsivilizatsiyasining Sharq tsivilizatsiyasining quchog'ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o'zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta'sir ko'rsatganini doimo esda tutish darkor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Falsafiy g'oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta'sirida, ma'lum tarixiy-madaniy manba'lar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo'lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o'tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashni rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi.

Falsafa fani o'ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo'lishning o'zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o'ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan, degan savolga javob berishga imkon tug'diradi. Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo'lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo'q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o'rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi haqida bilimni farqlash ehtiyoji tug'iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.

Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf-odatni, an'anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubha bilan qaraydi, buni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

u shu an'analarning kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. Shundan uning bor bo'lishining o'zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi.

Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljishlar ta'sir qiladi? degan savollar tug'ilishi tabiiydir. Qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma'nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog'liq bo'lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o'z ahamiyatini yo'qotganda, endi nima qilish kerak? degan savol tug'iladi.

Qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o'sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik-afsonaviy tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf-odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog'liqdir.

Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasining beshiklaridan bo'lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to'rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi.

Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo''jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko'rsatadigan ta'sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan.

Bu o'sha davrlardan qolgan yozma manba'larda, xususan, «Xo'jayinning o'z quli bilan hayotning mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo'shig'i». «O'z xayotidan xafsalasi pir bo'lgan kishining o'z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo'lgan. Bizning eramizgacha bo'lgan 1 ming yillikning o'rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o'chogi - Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o'zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug'ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o'tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.

Hindiston bashariyat tarixida tsivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o'zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qadimgi Hind falsafasini o'rganishda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

«Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manba'lar bo'lib xizmat qiladi.

Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to'g'riso'zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy g'oyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan.

Falsafiy qarashlarning kurtaklari Hind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar - tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to'plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, Yashurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo'limdan iborat.

Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb hisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt haqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba'lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta'kidlanishicha, tana jonning qobig'i bo'lib, jon esa dunyoviy ruxning bir bo'lagidir.

Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo'lgan manba'larda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma'noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi.

«Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.

Eramizgacha bo'lgan VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayata (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta'limot shakllana boshladi. Bu ta'limotning asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi hayotning bo'lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar.

Lokayataning eng rivojlangan oqimi Charvaklar (er.avv. VI-asr) ta'limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo'lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning rolini bo'rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo'lishi mumkin, deb hisoblaganlar.

Xitoydagi dastlabki falsafiy ta'limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur - olov, suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat xodisalari TSI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob'ektiv tabiiy qonuniyatga bo'ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari dunyo moddiydir, degan ta'limotiga bog'liqdir. Dao xaqidagi ta'limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.

«Daosizm» «Dao» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «yo'l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» ma'nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-tszi bo'lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog'liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari o'z-o'ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Ta'kidlanishicha, go'zallik va yomonlik, borliq va yo'qlik, uzun bilan qisqalik bir-birini to'ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bog'liq bo'ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o'z ichiga oladi.

Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o'rtaga qo'yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo'rttirib yuborganlar.

Eramizdan oldingi VI-V asrlarda Xitoyda konfutsiychilik kabi falsafiy oqim bo'lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo'lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik g'oyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo'lib olg'a surdi. U o'zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e'tibor beradi. Odamlar o'z tabiatiga ko'ra, bir-birlariga o'xshaydilar, faqat tarbiyaga ko'ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha bo'lishi kerak, insonlar o'rtasida o'zaro muhabbat, hurmat tamoyillari hukmron.

REFERENCES

1. Kadamovich, Y. J., Muzaffarovna, I. G., Maxmudovich, Y. B., Boxtiyarovna, S. S., & Xabibullayevich, S. S. (2020). Social justice as a condition of socio-spiritual stability in society. Journal of Critical Reviews, 7(5), 816-818.

2. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султашв, С.Х,., MypaToBa, Д.А., Хасашв, М.Н., & Эрниёзoв, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

3. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султашв, С.Х,., Кушагав, Файзулла Абдyллаeвич., Валшв, Л.А., & Хасашв, М.Н. (2022). ХОЗИРГИ ДАВРДА ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ХАКИДАГИ ИЛМИЙ-ФАЛСАФИЙ КАРАШЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ТАЛКИНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 647-656.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

4. Исмоил Саифназаров, & Сирожбек Хабибуллаевич Султанов (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТНИ МУСТАХКАМЛАШДА ИЖТИМОИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ УСТУВОР ЖИХАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 71-76.

5. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

6. Раматов, Ж. С., Эрниёзов, У. К., Султанов, С. X., & Хасанов, М. Н. (2022). САНЪАТНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ АСОСЛАРИНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ АХАМИЯТИ. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

7. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

8. Журабоев, Н. Ю., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X., & Хасанов, М. Н. (2022). ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. World scientific research journal, 9(2), 43-48.

9. RAMATOV, J., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., KHASANOV, M., & VALIEV, L. THE PLACE AND ROLE OF WOMEN IN THE RAILWAY TRANSPORT SYSTEM OF UZBEKISTAN. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12), 49-52.

10. RAMATOV, J., UMAROVA, R., BARATOV, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. WAYS OF REGULATING FAMILY RELATIONS AND PREVENTING CONFLICTS (IN THE EXAMPLE OF THE STATE OF UZBEKISTAN). ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 45-48.

11. РАМАТОВ, Д., УМАРОВА, Р., СУЛТАНОВ, С., НАЗАРОВА, Н., & ХАСАНОВ, М. ФИЛОСОФИЯ И БУДУЩЕЕ. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития ",(12).

12. Султонов, С. (2017). Взгляды Амира Темура на нравственное и интеллектуальное воспитание. Молодой ученый, (4), 626-627.

13. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. LEADERSHIP FACTOR IN PROVIDING YOUTH COMPETITIVENESS. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 40-44.

14. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. THE IMPORTANCE OF FORMING HIGH MORALITY AND SPIRITUALITY IN YOUNG PEOPLE. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12), 78-81.

15. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. THE ROLE OF THE SCIENCE OF PROFESSIONAL ETHICS IN THE TRAINING OF SPECIALISTS AND RELATIONSHIP WITH OTHER DISCIPLINES. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 2326.

16. РАМАТОВ, Д., СУЛТАНОВ, С., НАЗАРОВА, Н., ЭРНИЯЗОВ, У., ХАСАНОВ, М., & ВАЛИЕВ, Л. ПРАГМАТИЗМ ПРОТИВ ФИЛОСОФИИ ОБЩЕСТВА. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12).

17. RAMATOV, J., BARATOV, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., ERNIYOZOV, U., & VALIEV, L. THE ROLE OF AUROBINDO GHOSH'S CONCEPT OF EDUCATION. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 57-60.

18. Sultanov, Sirojbek Habibullayevich (2023). YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 698-709.

19. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х,., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ KИЁФACИ ВA УМУМИНШНИЙ KAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУН-МOXИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

20. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). K^^O^ AДOЛAТ ВA KAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

21. Sultanov, Sirojbek Habibullayevich (2023). IJTIMOIY ADOLATNI TUSHUNISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1-2), 136-142.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

22. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим тизими шаклланишининг тарихий асослари // Илм сарчашмалари. - Ургенч, 2020. - №3. - Б. 49-54. (09.00.00; №17).

23. Жуманиёзова Н.С. Хорижий давлатлар таълим тизими тараккиёти (Сингапур мисолида) // Имом Бухорий сабоклари. - Бухоро, 2020 - №2. - Б. 144-147. (09.00.00; № 9).

24. Jumaniyazova N.S. Reforms in improving the quality of higher education and its philosophical and legal basis // International Journal of Psychosocial Rehabilitation: Vol. 24, Issue 08, 2020. - P. 6499-6505. (№3; Scopus).

25. Jumaniyazova N.S. Modern education system and personnel policy in Uzbekistan // International Journal of Research Available at: 2019 - P. 478-484. (№23; SJIF, 5.7).

26. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим сиёсати модернизацион боскич // Демократлаштириш ва инсон хукуклари. - Тошкент, 2020. - № 1.(84) - Б. 14-18. (09.00.00; №5).

27. Jumaniyazova N.S. Principles of state policy in the area of education // The scientific heritage Budapest, Hungary, 2021. - Б. 46-48 (№23 SJIF, 5)

28. Жуманиёзова Н.С. Современная система образования: интеграция и пропорциональность национальных процессов // International Multidisciplinary Scientific Practical Conference on Applied Science and Humanities. Archive of Conferences, USA, Boston, 2021. - С. 48-49.

29. Жуманиёзова Н.С. Вопросы повышения эффективности духовно-нравственного воспитания в системе образования // Халыкаралык гылыми-тэжiрибелiк конференциясы: Международная научно - практическая конференция. - Астана, 2018. - Б.127-129.

30. Жуманиёзова Н.С. Таълим тизимида талаба-ёшларда танкидий тафаккур кобилиятини шакллантириш // Глобаллашув шароитида тинчлик ва баркарорликка тахдид солувчи гоявий, мафкуравий ва ахборот хуружларига карши курашишнинг замонавий усулларини яратиш: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент, 2019. - Б.204 -207.

31. Жуманиёзова Н.С. Янги Узбекистон олий таълими тизимидаги узгаришлар талкини // Учинчи ренессанс маънавияти: Республика илмий-амалий конференция материаллари. - Тошкент, 2021. - Б. 176-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.