Научная статья на тему 'QADIMGI DUNYO ILK TARG‘IBOT SISTEMALARINING SHAKLLANISHI'

QADIMGI DUNYO ILK TARG‘IBOT SISTEMALARINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
252
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
targ’ibot / targ’ibot evolyusiyasi / qadimgi davr targ’iboti / voizlik san’ati / targ’ibot maqsadi / targ’ibot usuli. / propaganda / the evolution of propaganda / ancient propaganda / the art of preaching / the purpose of propaganda / the method of propaganda.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rustamov Ramz Rizoqulovich, To‘rayeva Sanobar Halimovna

Maqolada targ’ibotning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Muallifning fikriga ko’ra, targ’ibot sistemasi evolyusiyasi bir necha davrni bosib o’tgan va har bir davr targ’ib qilingan g’oyalari va targ’ibot vositalari bilan bir-biridan tafovutlananadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF THE FIRST PROPAGANDA SYSTEMS OF THE ANCIENT WORLD

The article analyzes the types of propaganda, its goals and objectives. According to the author, the main goal of any propaganda is to form public opinion and a life position that meets the interests of a particular subject.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DUNYO ILK TARG‘IBOT SISTEMALARINING SHAKLLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

R

QADIMGI DUNYO ILK TARG'IBOT SISTEMALARINING

SHAKLLANISHI

Rustamov Ramz Rizoqulovich QarMII. Falsafa doktori (PhD), dotsent To 'rayeva Sanobar Halimovna QarMII. Katta o'qituvchi

Annotatsiya: Maqolada targ'ibotning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Muallifningfikriga ko'ra, targ'ibot sistemasi evolyusiyasi bir necha davrni bosib o'tgan va har bir davr targ'ib qilingan g'oyalari va targ'ibot vositalari bilan bir-biridan tafovutlananadi.

Tayanch so'zlar: targ'ibot, targ'ibot evolyusiyasi, qadimgi davr targ'iboti, voizlik san 'ati, targ'ibot maqsadi, targ'ibot usuli.

Аннотация: В статье анализируется возникновение и эволюция пропаганды. По мнению автора, развитие пропагандистской системы прошло несколько эпох, и каждая эпоха отличается от идей и средств пропаганды.

Ключевые слова: пропаганда, эволюция пропаганды, древняя пропаганда, искусство проповеди, цель пропаганды, метод пропаганды.

Abstract: The article analyzes the types of propaganda, its goals and objectives. According to the author, the main goal of any propaganda is to form public opinion and a life position that meets the interests of a particular subject.

Keywords: propaganda, the evolution of propaganda, ancient propaganda, the art of preaching, the purpose of propaganda, the method of propaganda.

Qadimgi dunyo targ'iboti asosan ezgulik, ijtimoiy tenglik va adolat g'oyalarini jamoatchilik ongiga singdirish bilan bog'liq edi. Bu davr eramizdan avvalgi III ming yillikdan tortib eramizning VI-VII asrlariga qadar bo'lgan davmi qamrab oladi. Qadimgi dunyoda mavjud bo'lgan targ'ibot kurtaklarini yaxlit sistema deb bo'lmaydi, albatta. Biroq, shunga qaramasdan, bu davrda jamoatchilik fikrini shakllantirish, unga ma'lum g'oyani singdirish maqsadida yaratilgan asarlar kishilar dunyoqarashi va ruhiyatiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Targ'ibotning ilk izlarini eramizdan avvalgi III ming yillardayoq Qadimgi Misrdan topish mumkin. Manbalar tahlili shuni ko'rsatadiki, bu davrdagi targ'ibot asosan Misr hukmdorlari yoki a'yonlari tomonidan olib borilgan. Targ'ibot ob'ekti sifatida esa jamiyatdagi yuqori va quyi tabaqalar, yoshlar tanlangan. Qadimgi Misr targ'ibotining asosiy maqsadi jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarni saqlab

KIRISH

qolish, uni parokandalikdan asrashdan iborat. Buni eramizdan avvalgi III ming yillikda bitilgan "Ptaxotep nasihatlarida" ko'rishimiz mumkin.1 Ptaxotep o'z davrida mamlakatning jatisi (vaziri) bo'lib, butun ma'muriy-boshqaruv sistemasiga rahbarlik qilgan. U o'z nasihatlarida mamlakatdagi barqarorlikni saqlashga chaqiradi. Bun ing uchun quyi tabaqa vakillarini o'z farog'atlari yuqori tabaqalar irodasiga bog'liqligini chuqur anglashga, yuqori tabaqa vakillarini esa quyi tabaqa vakillarini xo'rlamaslikka targ'ib etadi.

«Gerakleopolitan podshohining o'z o'g'li Merikarga nasihatlari" nomli qo'lyozmada esa o'sha davrdagi davlat mafkurasining yoshlar orasidagi targ'iboti yaqqol namoyon bo'ladi.2 Podshoh Axtoy o'z o'g'liga davlatni boshqarish yuzasidan nasihatlar qilar ekan, siyosatni adolatli amalga oshirish bilan bog'liq qoidalarni bayon qiladi, a'yonlar va xalq vakillari bilan munosabatlarning o'ziga xos jihatlarini ochib beradi.

Targ'ibotning ilk namunalarini "Xammurapi qonunlari" majmuidan ham topish mumkin.1 Unda aytilishicha, mazkur qonunlar go'yoki mamlakatda adolatni qaror toptirish, muhtojlarni muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan emish. Biroq, tabiiyki, aslida barcha qonunlarning mazmuni hukmron doiralar va mulk egalarining manfaatlariga monand ravishda talqin qilib chiqilgan.

Qadimgi Hindistonda ham targ'ibotning bir qancha e'tiborga loyiq ko'rinishlari faoliyat ko'rsatgan. Ular orasida braxmanizm va buddizm diniy-falsafiy ta'limotlari bilan bog'liq targ'ibot alohida ajralib turadi. Ma'lumki, braxmanizm diniy-falsafiy ta'limot sifatida Qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi 1 ming yillikning o'rtalariga kelib qaror topgan. Ta'limotning asosiy g'oyalaridan biri jonning ko'chib yurishi g'oyasi ekanligini ham yaxshi bilamiz. Jon bir tanadan ikkinchisiga ko'chishida karmaning xarakteri muhim ahamiyatga ega. Agar karma hayot davomida yaxshi amallar bilan boyitib borilgan bo'lsa, u keyingi hayotning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlaydi. Shu bois inson umri ezgu amallar bilan o'tkazishga intilmog'i lozim. Braxmanizm targ'iboti aynan ana shu g'oyani jamoatchilik ongiga singdirishga qaratilgan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Qadimgi dunyo ilk targ'ibot sistemalarining shakllanishi obyektiv ochib berildi. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda falsafiy dunyoqarashning bosqichlarini mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.

^аранг: Брагинский И. Идеи гуманизма в литературах Востока.// Сборник статей.- М., 1967.- С.5-6. 2Кдранг: Поучения гераклеополитанского царя своему сыну царю Мерикару.// https:// ierei.livejoumal.com.

1 Кдранг: Законы Хаммурапи.- М.:ЛитРес,2015.

Tadqiqot jarayonida Braginskiy I. ning "Идеи гуманизма в литературах Востока" va Javaharlal Neruning asarlari metodologik manba sifatida olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Eng e'tiborlisi, braxmanizm negizida braxmanlar kastasi vujudga keldi. Ushbu kasta vakillarini ilk professional targ'ibotchilar sifatida baholash ham mumkin. Braxmanlarning eng asosiy burchi Krishnani yoddan chiqarmaslikdan iborat bo'lgan. Uning butun fikri-xayoli Krishna bilan band bo'lsa, ezgulik va yovuzlik haqidagi bilimlarni o'zlashtirishi oson kechadi, deb hisoblangan. Braxmanlarning bunday bilimlari doirasi boshqalarnikiga qaraganda kengroq bo'lgani bois ularning jamiyatdagi asosiy vazifalaridan biri boshqa tabaqa vakillarini ezgulikka chaqirish, donishmandlikka undash bilan bog'liq bo'lgan.1 Braxmanlar Qadimgi Hindiston aholisining 2 foizini tashkil etganini nazarda tutadigan bo'lsak, mamlakat targ'ibot sistemasi ancha keng ildiz otganiga, ular targ'ib etgan ta'limot bugunga qadar yetib kelganiga e'tiborni qaratsak, bu sistema ancha samarali faoliyat ko'rsatganiga ishonch hosil qilamiz.

Qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrda yuzaga kelgan va braxmanizmning muqobili bo'lgan diniy-falsafiy ta'limot -buddizm ham samarali targ'ibot yo'llaridan foydalangan. Buddizm ulug'lagan markaziy g'oya nirvana -osoyishtalik va xotirjamlikdir. Ta'kidlanishicha, inson o'z hayotida osoyishtalik va xotirjamlikka intilmog'i, unga erishishga xalal beruvchi omillarni bartaraf etishga urinmog'i lozim. Shuningdek, mazkur ta'limot uni ta'minlashga xizmat qiladigan ijtimoiy muammolarni muhokama qilishga, uni shu osoyishtalikdan mahrum qiladigan muammolarni atroflicha tahlil etishga ham intilgan. Shu tarzda davlat, hokimiyat vakillarini tanlash, ijtimoiy tuzumni tashkil etishga doir masalalarga ham munosabat bildirilgan.

Ta'limotning asosiy targ'ibochisi Siddxartxa Gautama, ya'ni Buddaning o'zi bo'lgan. Budda o'ttiz yoshiga qadar o'z ta'limotining asosiy jihatlarini shakllantirib bo'lganidan so'ng uni targ'ib qilish uchun shogirdlridan iborat kattagina jamoa tuzadi. Ustozidan puxta tahsil olgan bu jamoa kishilar orasida erkinlik va ijtimoiy tenglik g'oyalarini, axloqiy qadriyatlarni targ'ib qila boshlaydi, ularni o'g'rilik, yolg'on va zo'ravonlik kabi illatlardan saqlanishga chaqiradi. Mazkur g'oyalar targ'iboti samarali yo'lga qo'yilgani tufayli buddizm tez orada turli ijtimoiy qatlam vakillari orasida mashhur bo'lib ketdi va braxmanizmga muqobil bo'lgan kuchli ta'limot sifatida qaror topdi.

^арангДжавахарлал Неру. Открытие Индии.// Открытие Индии. Философские и эстетические воззрения Индии ХХ века. - М.: Художественная литература, 1987.- С. 61-63; Паршиков Ю.Четыре сословия общества (брахманы, кшатрии, вайшьи и шудры.//www.sambandha. т.

132

Braxmanizm va buddizm negizida shakllangan targ'ibot tajribasi butunlay yo'q bo'lib ketmadi. To'g'ri, mazkur tajriba hali yaxlit sistema sifatida shakllanmagan va o'z davrining kamchiliklaridan holi emas edi. Lekin, shunga qaramasdan, ushbu ta'limot vakillari o'z g'oyalarini targ'ib qilish bilan bog'liq ancha-muncha ilmiy-nazariy, metolologik va amaliy ahamiyatga molik malakalarni jamlashga muvaffaq bo'lishdi. U keyinchalik hinduizm tarkibiga kirgan qator an'anaviy ta'limotlar tomonidan o'zlashtirildi va boyitildi.

Qadimgi Xitoyda targ'ibot o'ziga xos tarzda shakllandi va rivojlandi. Bu mamlakatda ham vujudga kelgan turli ta'limotlar uning vakillari va tarafdorlari tomonidan faol targ'ib qilindi. Biroq, asosiy tafovut shundaki, Qadimgi Xitoyda ayrim falsafiy ta'limotlar o'z davrida davlat mafkurasi darajasiga ko'tarildi. Bu esa targ'ibotni ham davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylantirdi. Shu sababdan mamlakatda targ'ibot ancha tartibli ravishda amalga oshirildi, turli ta'limotlarni jamoatchilik orasida targ'ib qilishga xizmat qiluvchi risolalar paydo bo'ldi. Samarali targ'ibot sharofati bilan Qadimgi Xitoyning asosiy ta'limotlari davrimizga qadar yetib keldi.

Xitoyda davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilgan ilk diniy-falsafiy ta'limotlardan biri eramizdan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan dao-sizm bo'ldi. Daosizmning asosiy g'oyalari "Dao de szin" ("Yo'l va inoyat") deb nomlangan kitobda bayon qilingan. Falsafiy manbalarda uning muallifi sifatida Lao-szi tilga olinadi.1 Daosizmning asosiy kategoriyasi "dao" ekanligi bizga ma'lum. Dao -olamning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning ibtidosidir. Tabiiylik daosizmning asosiy prinsipi deb e'lon qilindi. Unga ko'ra, inson dao bilan uyg'un holda hayot kechirmog'i darkor. Tabiiylikka erishish uchun u har qanday maqsadga muvofiq faoliyat-dan voz kechmog'i kerak. Daosizm tabiiylikka erishish imkonini beradigan amallarni ham ishlab chiqdi. Unga ko'ra, hokimiyat ortiqcha soliqlarni joriy qilish orqali xalqqa zulm qilmasligi, xalq esa halol va samimiy bo'lishi, ota-ona va amaldorlarga izzat ko'rsatishi lozim. Eramizdan avvalgi V asrga kelib, daosizmning ushbu g'oyalari davlat mafkurasi darajasiga ko'tarildi, davlat organlari tomonidan qat'iy targ'ib qilina boshlandi.

Qadimgi Xitoyning yana bir ta'limoti eramizdan avvalgi VI asrda Konfusiy tomonidan ilgari surildi. Faylasuf uzoq muddat amaldor sifa-tida faoliyat ko'rsatgani bois davlat va huquq bilan bog'liq katta tajribani o'zlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Bu tajribani u umrining oxirgi yillarida "Lunyuy" ("Suhbatlar va izhorlar")1 nomli kitobida bayon etadi. Konfusiy davlatning patriarxal-paternalistik konsepsiyasi

1^аранг: Торчинов Е.А. Даосизм. "Дао-Дэ цзин".- Спб.: Азбука, 2004.

1 Каранг: Конфуций. Луньюй. Изречения. - М.: ACT Астрель, 2010.

133

tarafdori edi. Uning fikriga ko'ra, hukmdor xalq farovonligi va osoyishtaligi to'g'risida qay-g'urmog'i, davlatni boshqarish va aholiga ta'sir ko'rsatish vositalarini oqillik bilan tanlab olmog'i lozim. Konfusiy jazolash orqali boshqarish vositalarini samarali deb bilmaydi. Kishilarga ta'sir ko'rsatishning eng samarali vositasi sifatida axloq va an'analarni tilga oladi.

Konfutsiy ta'limoti faylasuf o'limidan 200 yil o'tgach, davlat mafkurasi sifatida e'tirof etildi va 1912 yilda imperiyaning yemirilishiga qadar o'z mavqe yini yo'qotmadi. Boz ustiga, bu davr mobaynida konfutsiychilikni targ'ib qilishning o'ziga xos uslublari va usullari shakllandi.

Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi V asrda keng tarqalgan uchinchi ta'limot-moizm2 daosizm va konfutsiychilik kabi davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilgani yo'q. Biroq ushbu ta'limot moistlar maktabi tomonidan dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar orasida faol targ'ib qilingani bois o'z davrining eng ahamiyatli ta'limotlaridan biriga aylandi. Uning asoschisi Mo-szi "o'zaro muhabbat" haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limot kishilar o'rtasidagi o'zaro xayrihohlikni, turli ijtimoiy taba-qalar orasidagi totuvlikni birinchi o'ringa qo'yar edi. Faylasufning fikriga ko'ra, barcha ijtimoiy muammolar o'zaro muhabbatning yetishmasligidan kelib chiqadi. Moistlar ushbu g'oyalarni dehqonlar, hunarmandlar va savdo-garlarning manfaatlariga mos fikrlar sifatida namoyish qilib bera oldi-lar. Oxir-oqibat moizm o'z zamonasi kishilarining dunyoqarashiga jiddiy ta'sir ko'rsatishga qodir ta'limotga aylandi va qariyb bir asr mobaynida o'z ijtimoiy ahamiyatini yo'qotmadi. Xalq turmush tarzi va qadriyatlari sistemasining o'zgarishigina moizm inqiroziga sabab bo'ldi.

Qadimgi Yunonistonda targ'ibot mutlaqo yangicha xarakter va ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Buning asosiy sababini Qadimgi Yunonistonda ma'lum muddat hukm surgan demokratik boshqaruv shaklidan izlamoq zarur. Uzoq yillar Tiraniyaga qarshi kurashgan Klisfen eramizdan avvalgi 510 yilda Afinada keng islohotlarni amalga oshirdi. Uning sharofati bilan mamlakatda demokratik boshqaruv shakli joriy qilindi. Afina polisining har bir fuqarosi Xalq yig'inida ishtirok etish, muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirish, o'z g'oyalarini keng targ'ib qilish imkoniga ega bo'ldi.1

Har o'n kunda bir bora o'tkazilgan Xalq yig'inida turli ijtimoiy masalalar atrofida bahs-munozaraning avj olishi odatiy bir hol edi. Unda ishtirok etgan har bir fuqaro o'z fikrini asoslab berishga, uning tarafdor-larini ko'paytirishga intilardi. Shu

2 Каранг: Кобзев А.И., Еремеев В.Е., Карапетьянц А.М., Рыков С.Ю. Мо цзин.// Духовная культура Китая. Энциклопедия в 5-и томах. Том 5./ под. ред. М. Л. Татаренко.- М.: Восточная литература, 2009.- С.750-766.

1 Каранг: Оствальд М. Реформы Клисфена.// Персия, Греция и Западное Средиземноморье около 525-479 гг. до н.э./ Под ред. Дж. Бордмэна.- М.: Ладомир, 2011.- С. 368-416.

134

munosabat bilan o'z fikrini izchil va asosli bayon qilib berishga ehtiyoj yuzaga keldi. Bu ehtiyojga javoban so-fistlarning bir guruhi targ'ibotning ta'sirchan usuli - notiqlik san'atini o'rgatuvchi maktablarni (ritor maktablari) yuzaga keltirdilar. Bu maktablarda ritorika - notiqlik san'atidan tahsil berilardi. Siyosiy fao-liyat bilan shug'ullanishga tayyorlanayotgan yoshlar maktabda falsafa, tarix, adabiyot asoslarini o'rganishar, shundan so'nggina notiqlik san'ati asosla-rini o'zlashtirar edilar. Qadimgi Yunonistonda o'nlab ritorlik maktablari faoliyat ko'rsatganlar. Ulardan bittasini tilga olib o'tish bilan cheklansak.

XULOSA

Mustaqilligimiz tufayligina millatimiz va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan Sharq uyg'onish davrini ilmiy, xolis o'rganish, baholash imkoni ochildi.

Eramizdan avvalgi V asrda Gorgiy shogirdi Isokrat Afinada ritorik maktabga asos soldi. Uning o'zi notiqlik bilan shug'ullanmas, shogirdlar tayyorlash va nutqlar yozish bilan kifoyalanardi. Maktabda tinglovchilarning e'tiborini uzoq muddat tortib turishga yordam beradigan nutqlar tuzishga alohida e'tibor berilgan. Tinglovchilar turli mavzularda deklamatsiyalar - suazoriyalar (biror bir siyosiy mavzuga bag'ishlangan nutq) va kontroversiya-lar (sud jarayonida qilinadigan nutq) tuzishni mashq qilishar, uni ijro etishga odatlanishar edi. Bundan tashqari, Isokratning yozgan nutqlari ham katta ta'sirchan kuchga ega edi. U o'z nutqlarida yurtdoshlarini hamjihatlik-ka chaqirar, ijtimoiy barqarorlikka xizmat qiluvchi g'oyalarni targ'ib qilardi.1 Ritorlik maktabida tahsil olgan oratorlar o'z zamonasining pro-fessional targ'ibotchilariga aylanar edi, desak yanglish bo'lmas. Lisiy, Isey, Esxin, Filokrat va ayniqsa Demosfen nutqlari o'zining mazmundorligi, yorqinligi bilan ajralib turardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Брагинский И. Идеи гуманизма в литературах Востока.// Сборник статей. -М., 1967.- С.5-6.

2. Поучения гераклеополитанского царя своему сыну царю Мерикару.// https:// ierei .livej ournal .com.

3. Законы Хаммурапи.- М.:ЛитРес,2015.

4. Джавахарлал Неру. Открытие Индии.// Открытие Индии. Философские и эстетические воззрения Индии ХХ века. - М.: Художественная литература, 1987.- С. 61-63; Паршиков Ю.Четыре сословия общества (брахманы, кшатрии, вайшьи и шудры.//www. sambandha. ru.

5. Торчинов Е.А. Даосизм. "Дао-Дэ цзин".- Спб.: Азбука, 2004.

6. Конфуций. Луньюй. Изречения.- М.: АСТ Астрель, 2010.

^аранг: Исаева В.И. Античная Греция в зеркале риторики. Исократ.- М.:Наука, 1994.

135

Scientific Journal Impact Factor

R

7. Кобзев А.И., Еремеев В.Е., Карапетьянц А.М., Рыков С.Ю. Мо цзин.// Духовная культура Китая. Энциклопедия в 5-и томах. Том 5./ под. ред. М. Л. Татаренко.- М.: Восточная литература, 2009.- С.750-766.

8. Оствальд М. Реформы Клисфена.// Персия, Греция и Западное Средиземноморье около 525-479 гг. до н.э./ Под ред. Дж. Бордмэна.- М.: Ладомир, 2011.- С. 368-416.

9. Исаева В.И. Античная Греция в зеркале риторики. Исократ.- М.:Наука, 1994.

10. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Vestnik nauki, 3(11), 5-8.

11. Buriev, I. I., & Mamasaliev, M. M. (2020). PATRIOTIChESKOE VOSPITANIE MOLODOGO POKOLENIYa. Vestnik nauki i obrazovaniya, (22-2 (100)).

12. Kurbonova, M. B., & Mamasaliev, M. M. (2020). STRUKTURA SOTSIALNOGO STATUSA MOLODEJNOGO SOOBЩESTVA.

In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa (pp. 210-213).

13. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZO VANIYa (pp. 106-109).

14. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZO VANIYa (pp. 204-206).

15. Mamasaliev, M. M., & Nematov, D. S. (2019). VOPROSI ISPOLZOVANIYa INFORMASIONNIX TEXNOLOGIY V VISShEM OBRAZOVANII. Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire, (4-4), 70-72.

16. Ochilova, N. R., Mamasaliev, M. M., & Astanov, A. R. (2020). VNIMANIE VOSPITANIYu GARMONIChNO RAZVITOGO MOLODOGO POKOLENIYa. International Independent Scientific Journal, (14-2), 18-20.

17. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2016). Struktura obraza jizni molodeji Uzbekistana na sovremennom etape razvitiya. Molodoy ucheniy, (5), 587-588.

18. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRIShNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

19. Mamasaliev, M. M., & Bo'riev, I. I. (2019). INFORMASIONNAYa BEZOPASNOST UChA^PIXSYa-ODNO IZ OSNOVNIX NAPRAVLENIY

Scientific Journal Impact Factor

DEYaTELNOSTI PEDAGOGA. In FUNDAMENTALNIE OSNOVI INNOVASIONNOGO RAZVITIYa NAUKIIOBRAZOVANIYa (pp. 188-190).

20. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2021). XARAKTERISTIKI VOSTOChNOY I ZAPADNOY SIVILIZASII V PROTSESSE GLOBALIZASII. Problemi nauki, 43.

21. G.A.Ochilova. PROBLEMI VOSPITANIYa DETEY I SOTSIALNAYa SREDA. VESTNIK NAUKI» № 11 (32) Tom 5 NOYaBR

22. Ochilova G. SOTRUDNIChESTVO UZBEKISTANA I YuNISEF I GUMANITARNIE IDEI. Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii 17 noyabrya 2020 g., Yekaterinburg, 30 let konvensii o pravax rebenka: sovremennie vizovi i puti resheniya problem v sfere za^iti prav detey, ISBN 978-5-8050-0705-8. Yekaterinburg RGPPU 2020, str -150. RINS.

23. Ochilova.G. VOSPITANIYa DETEY I SOTSIALNAYa SREDA. Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii 17 noyabrya 2020 g., Yekaterinburg, 30 let konvensii o pravax rebenka: sovremennie vizovi i puti resheniya problem v sfere za^iti prav detey, ISBN 978-5-8050-0705-8. Yekaterinburg RGPPU 2020, str -242. RINS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.