Научная статья на тему 'AFLOTUN QARASHLARIDA ERKINLIK TUSHUNCHASINING TASNIFI'

AFLOTUN QARASHLARIDA ERKINLIK TUSHUNCHASINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3912
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkinlik / davlat / qonun / tobelik / jamiyat / ideal jamiyat va davlat / tiraniya / aristokratiya / xalq / adolat / свобода / государство / закон / подчинение / общество / идеальное общество и государство / тирания / аристократия / люди / справедливость.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raximdjanova Dilnavoz Sunnat Qizi

Maqolada antik davr faylasuflaridan biri Aflotunning erkinlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari o‘rganilgan. Qadimgi yunon jamiyatidagi erkinlik dinamikasi ko‘rib chiqilgan. Erkinlikning qonun va davlat bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Erkinlikning salbiy holatlari talqin etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КЛАССИФИКАЦИЯ КОНЦЕПЦИИ СВОБОДЫ В ВЗГЛЯДАХ ПЛАТОНА

В статье исследуются идеи одного из античных философов Платона о концепции свободы. Рассмотрена динамика свободы в древнегреческом обществе. Показано, что свобода связана с законом и государством. Интерпретируются негативные аспекты свободы.

Текст научной работы на тему «AFLOTUN QARASHLARIDA ERKINLIK TUSHUNCHASINING TASNIFI»

AFLOTUN QARASHLARIDA ERKINLIK TUSHUNCHASINING

TASNIFI

Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

tayanch doktoranti

ruzmatova.dilnavoz@gmail.com +998 90 805 71 80

Annotatsiya. Maqolada antik davr faylasuflaridan biri Aflotunning erkinlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari o'rganilgan. Qadimgi yunon jamiyatidagi erkinlik dinamikasi ko'rib chiqilgan. Erkinlikning qonun va davlat bilan bog'liqligi ko'rsatilgan. Erkinlikning salbiy holatlari talqin etilgan.

Kalit so'zlar: erkinlik, davlat, qonun, tobelik, jamiyat, ideal jamiyat va davlat, tiraniya, aristokratiya, xalq, adolat.

Аннотация. В статье исследуются идеи одного из античных философов Платона о концепции свободы. Рассмотрена динамика свободы в древнегреческом обществе. Показано, что свобода связана с законом и государством. Интерпретируются негативные аспекты свободы.

Ключевые слова: свобода, государство, закон, подчинение, общество, идеальное общество и государство, тирания, аристократия, люди, справедливость.

Kirish

Falsafa tarixini o'rganish falsafaning ijtimoiy ong shakllari o'rtasidagi o'rnini aniqlash va u jamiyat moddiy hayotining ijtimoiy amaliyotga bog'liqligi, nisbiy mustaqilligi, shuningdek, ichki taraqqiyotida, ichki mantiqqa egaligini aniqlashni taqozo etadi. O'tmish falsafiy ta'limotlar tarixi bosib o'tilgan bosqich sifatida qaralib, uni o'rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini o'rganish doimo dolzarb masala bo'lib qoladi. Shuning uchun ham ijtimoiy bilimlar sohasida ijod qiluvchi olimlarimiz falsafiy merosini, g'arbu-sharq olimu-fuzalolari yaratib ketgan babaho ma'naviy qadriyatlarni o'rganish ishiga asosiy e'tiborni kuchaytirmoqdalar. Buning uchun esa hozirgi falsafiy qarash durdonalari bilan qurollanishimiz kerak. «Dunyo tan olgan ko'p ulug' faylasuflarning asarlari hanuzgacha o'zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g'oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Sokrat va Platon, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet

el faylasuflarining kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o'zbek tilida chop etish nahotki mumkin bo'lmasa? ... Mana, misol uchun Freydning nazariy qarashlari, pragmatizm va ekzistensializm g'oyalari, Berdyaev va boshqalarning falsafasini o'rgansak, foydadan xoli bo'lmaydi... Biz ko'p masalalarda g'arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e'tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur" [29]. Mana shundagina falsafiy fikrlar taraqqiyotiga, diyorimizda yaratilgan tafakkur taraqqiyotiga, hozirgi zamon falsafasining asosiy muammolariga to'g'ri va xolisona baho bera olamiz. Shuning uchun ham falsafa muammolarini, falsafiy merosni tadqiq qilish doimo kun tartibida turuvchi dolzarb masalalardan biri bo'lib qolaveradi.

Mavzu bo'yicha adabiyotlar sharhi

Antik davr falsafasining yirik namoyandasi, yunon faylasufi Aflotunning ijodi falsafiy, ijtimoiy, tarixiy adabiyotlarda, jumladan, falsafa tarixida ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan o'ziga xos uslubda, o'z zamonasiga mos ravishda atroflicha tahlil qilib berilgan. Bunga ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin va ularning durdona fikrlaridan bugungi kun talabiga to'liq javob bera oladigan yechimlarni ham topishimiz mumkin. Shuningdek, Aflotunning ijodini har tomonlama yorituvchi A.F.Losev [4], G.V.Drach [1], V.S.Solovev [20], L.I.Shestov [25], Ye.Bravn [26], G.Murray [28] va boshqa tadqiqotchilar ishlarini, risolalarini, maqolalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Antik sotsiumni tarixiy dinamika jrayonida erkinlik haqidagi tasavvurlar kundalik ongdagi doimiylik darajasida ham, huquqlar tizimida hamda falsafiy ta'limotlarda biriktirilgan nazariy darajada ham ma'lum bir o'zgarishlarga duchor bo'lgan. Aynan antik falsafada inson erkinligi va huquqlari o'rtasidagi prinsipial o'zaro aloqadorligi, ushbu tushunchaning normativ va regulyativ xarakteri ko'rsatib berilgan.

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, o'z ustozi Suqrotdan farq qilgan holda Aflotun Afinaning demokratik tuzumidan, shu bilan birga, yunon polisi o'z fuqarolariga taklif qilgan huquq va erkinliklar sohasidan havsalasi pir bo'lgan. Hamda ushbu

sharoitda Suqrot o'limidan so'ng Aflotun Yunonistonning boshqa shaharlaridan tubdan farq qilgan Spartaga o'z e'tiborini qaratadi.

Sparta tashqi siyosati harbiy faoliyat bo'lgan ustuvorlikdan biri sifatidagi polisni o'zida namoyon etardi. Inson erkinligi hayotining ilk daqiqalaridanoq chegaralanar edi: oqsoqollar kengashi yangi tug'ilgan chaqaloqni yashash yoki o'lishini aniqlab berardilar. Oilada tarbiya topish muddati o'g'il bolalarda ham, qizlarda ham faqat yetti yoshgacha etib belgilangan. Yetti yoshdan keyin ular harbiy san't to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishlari uchun maxsus qo'shinlarga -"agela"larga yuborilardi. Lekin Spartada boshqa polislardan farqli tomoni ayollarning o'rni tan olinardi. Spartalik ayollar qizlik paytlaridanoq yigitlar bilan bir qatorda harbiy saboqlarni o'zlashtirar edilar. Balog'at yoshida esa shahar hayotida faol faoliyat olib borardilar.

Plutarx Spartada shakllangan ijtimoiy tizimni quyidagicha tasvirlagan: "Likurg... hamfuqarolarni boshqalardan alohida yashashni bilmaslik va istamaslikni o'rgatdi, aksincha, ular asalarilarga o'xshab har doim birga o'zlarining boshqaruvchilari atrofida yashashlari zarur edi..." [18, 116].

Shuning uchun ham Suqrotning o'limiga olib kelgan afinaliklar qo'zg'alonidan keyin Aflotun o'zining e'tiborini uning oldida ideal davlat ko'rinishida turgan: bosh ko'tarishlarsiz, tub burilishlarsiz hamda qo'zg'olonlarsiz bo'lgan Spartaga qaratganini hayron qolarli joyi yo'q. Aflotun o'zining "Davlat" nomli asarida inson erkinligining chegaralanishini ko'rsatadi, fuqarolarni esa uch turkumga bo'lishga qaror qiladi: soqchilar, jangchilar va oddiy insonlar. Yolg'on Aflotun bo'yicha hukumatning imtiyozli huquqi sanaladi. Faqat yolg'on tufayli fuqarolar tomonidan davlatning asosiy dogmati qabul qilinadi. Xudo insonlarni uch xil turdan bunyod etgan: "eng yaxshilari oltindan ishlangan, sal kamroq yaxshilari - kumushdan va oddiy xalq - mis va temirdan. Oltindan qilinganlari soqchi bo'lish uchun yaroqli, kumushdan ishlanganlari jangchilar bo'lishi kerak, qolganlar esa jismoniy mehnat bilan shug'ullanishlari zarur" [15, 629].

Aflotun "Davlat"da davlat boshqaruvchilarini - soqchilar, faylasuflar - o'sib borishiga katta e'tibor qaratadi. Aynan faylasuflar narsalarning asl mohiyatini anglashga qodirdirlar. Shu tufayli ham o'z diologiga "G'or" allegoriyasini kiritadi. G'or tasviriga muvofiq u faylasuflarni bilan o'z navbatida asir sanalgan oddiy odamlar farqini ochib beradi. Ular g'orning asirlari, chunki ular noreal narsalarni, ya'ni ularni soyalarini qabul qiladilar. Faqat faylasufgina g'or tutqunligidan qutilib, quyosh bilan ilk uchrashuvdagi achishtiruvchi og'riqni yengan holda, yorug'likka chiqishga qodir.

Shunday qilib, Aflotun bo'yicha faylasuf boshqa davlat vakillariga nisbatan ko'p darajada erkindir. Haqiqatga intilish bo'yicha erkindir hamda bu haqiqatni o'zining ham fuqarolariga yetkazish qobiliyatiga ega. Ammo shu bilan bir qatorda, "soqchiga aylanuvchi faylasuf g'orga qaytib kirishi hamda haqiqat quyoshini hech qachon ko'rmaganlar orasida yashashi kerak" [28, 114].

Eslatib o'tish zarurki, turli davrlar, diniy e'tiqodlar va mamlakatlarga tegishli insonlar uchun ulkan qadriyatlardan biri har doim erkinlik bo'lgan. Hozirgi davr bu g'oyani, ayniqsa, yuqori cho'qqiga ko'tardi. Ammmo erkinlik tushunchasini mazmunini tushuntirish turli madaniyatlarda bir biriga sezilarli darajada to'g'ri kelmasligini ko'rish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, uning bir biriga mos ma'nosini aniqlash uchun Aflotun zamirida erkinlik ma'nosini shakllanishini ko'rish foydadan holi emas. Turli sohalarga aflotuncha an'anani ta'siri ko'rinarli masshtablarga yetishdi. Bertran Rassel sotsial davlat (SSSR) unga Aflotun utopiyasini yodga solishini aytib o'tgan [22, 428].

Agar asosiy e'lon qilingan zamonaviy g'arbiy jamiyat tamoyili - individning hususiy erkinligi g'oyasi bo'lsa, unda Aflotun o'zining "Davlat"ida birinchi o'ringa adolat g'oyasini qo'yadi. Zamonaviy va aflotuncha erkinlik tushunchasini o'xshash va farqli ma'nolarini aniqlashga, uning Aflotun qo'llagan asosiy aloqalarini, shuningdek, mutafakkirning ijodiy davrlari davomida qarashlarining o'zgarishini ochib berishga harakat qilamiz. Erkinlikni keng qamrovli tushunilishi tufayli bu masalani yangicha ko'rish Aflotunda ijtimoiy-siyosiy sohadagi erkinlik va adolat dialektikasi sifatida taklif qilinadi.

Erkinlik tushunchasining talqinini turli yo'nalishlarda berish joiz. Yaqinda, oldingi mafkura qulashidan avval erkinlik tushunchasi asosan, "apofatik", ya'ni jamoaviylikka, jamoaviy-administrativ tizimga, mafkuraviy senzuraga va boshqalarga qarshi bo'lgan ko'rinishda talqin etilgan. Yangi falsafiy lug'atdagi talqin bo'yicha, erkinlik - "bu faoliyat imkoniyatini va tashqi belgilangan maqsad bo'lmagan sharoitlarda xulqini aniqlovchi sub'ekt qatorining madaniyat universaliyasi sanaladi..." [6, 608].

Vl.Solovev fikri bo'yicha, tanlov erkinligi - bu mantiqan xususiy borliq bilan umumolamiy borliqning, individual mavjudlik bilan universal mavjudlikning chin munosabati haqidagi savolga olib borish mumkin bo'lgan bahsli masala. "...Ruhiy ezguliklar tabiatidan majburiy bo'lishi mumkin emas. Bu ezguliklar insonda ikkita: yaxshilik, ya'ni bizning irodamizning o'z-o'zidan ichki joylashuvi hamda chinlik (yoki huquqiylik), ya'ni bizning aqlimiz bilan qanday bo'lsa shunday qaqiqatning

ichki kelishuvi. Bu tasniflardan shuni tushunish mumkinki, erkinlik yoki nomajburiylik u yohud bu mavjudlikdagi ruhiy yoki ichki ezgulikka kiradi" [20, 455].

"Falsafiy lug'at"da quyidagi ta'rif berilgan: "Erkinlik va zaruriyat - inson faoliyati bilan tabiat va jamiyat ob'ektiv qonunlarining o'zaro munosabatini bildiruvchi falsafiy kategoriya sanaladi..." [24, 397].

Shunday qilib, antik davrda bir necha chegaralanishlar orqali erkinlik va taqdir tushunchalari mos keluvchi ko'rinishidagi dialektik ikkilik vujudga keladi. Ko'pincha G'arb sivilizatsiyasininig asosini tashkil qiluvchi g'oyalar sifatida Aflotunnning emas Arastuning g'oyalarini olib qarashlarini hisobga olish kerak.

Aflotunning o'zi erkinlik va tag'dirga talqin bermagan. Ammo biz ularni Aflotun maktablaridan olishimiz mumkin. "Ta'riflar"da o'qiymiz: "412 d. Erkinlik -hayot ustidan hukumronlikdir; har narsada mustaqillik, o'z holicha yashash imkoniyati; mulkdan foydalanishdagi va egalik qilishdagi sahiylik" [13, 615]. "411 b. Taqdir - mavhumlikdan mavhumlikkacha bo'lgan yo'l hamda qismat qilmishlarining o'zboshimcha sababidir" [13, 617].

Aflotunda tushunchadan foydalanish aspektlari jismoniy, tibbiy va boshqa sohalarda uchraydi. Buni sababiy-jismoniy olamda aniq qatiy insoniy narsalarni qo'shish deya hisoblash mumkin.

Arastu 10 ta kategoriyani ajratgan holda ular orasidan "egalik qilish" va "iztirob" kabilarni topadi. Chamasi, bu yerda ham olamni antropomorf ko'rish haqida gap ketadi.

Xaydeggerning mashhur fikrlarining "tayanch nuqtasi"dan olamiz: "Til -borliqning uyi" va kategoriyalarni qidirish Arastuda til orqali sodir bo'ladi. Agarda tushunchani mazmunini maksimal tarzda keng aniqlansa, unda uni nimanidir yoki kimnidir "o'z xohishiga" ko'ra, tashqi kuchlar ishtirokisiz yoki shu kuchlarni yengib o'tishga harakat qilish imkoniyati sifatida sharhlash mumkin. Agar kuzatuvchining nuqtai nazari bo'yicha ancha qadrli prinsip yoki kuchlar harakatlansa, unda vaziyat anchayin erkin baholanadi.

Endi ushbu mavzuni dunyoviy adabiyotlarda yoritishga e'tiborimizni qaratamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, masalani ilk qo'yilishidan boshlab, turli darajadagi nufuzlilarning baholashlarini qutbiy qarama-qarshiligiga uchrash mumkin. Jumladan, Karl Popper o'zining "Ochiq jamiyat va uning dushmanlari" nomli asarida Aflotunni to'g'ridan-to'g'ri totalitarizmning mafkurachilaridan biri deya ataydi. Shunga o'xshash bahoni aflotunchilik ta'sir ko'rsatgan uncha mashhur bo'lmagan mualliflar ham beradilar.

Immanuil Kant esa, aksincha, Aflotun respublikasi "...qonunga muvofiq tarzda har bir inson erkinligi qolgan boshqalarniki bilan to'la mos ko'rinishidagi anchayin insoniy erkinlik..." [2, 285]ka asoslangan deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu davlat tizimini istalgan davlat konstitutsiyasini tuzishda asos qilib olish zarur.

Bizning nazarimizda qiziq bo'lgan bir necha fikrlarni keltirib o'tamiz. Gotfrid Vilgelm Leybnis yozadi: "Aflotunda eng ajib narsa... uning ruh o'z o'zini harakatga keltiruvchi substansiyadir... materiyaga qarama-qarshi bo'lgan faollikni boshlang'ichidir degan ta'kidi sanaladi..." [3, 192].

Fridrix Nisshe o'zining "Insoniy, haddan ortiq insoniy" asarida yunon faylasuflarini "ruh tiranlari" deb ataydi. Albatta, Aflotunni ham hisobga olgan holda uni " qari odatiy sotsialist" [5, 446] deb ataydi.

V.S.Solovev Aflotun o'zining ijodida Suqrotning erkin fikr quyidan pastga, inson ustidan total nazoratni oqlovchi "Qonunlar"ga tushib ketgan deb hisoblagan [21, 624].

Lev Shestov yozadi, Aflotun soyalar chindek tuyuladigan g'ordan chiqib ketishni istaydi hamda xudolar o'zlarining hech qanday chegaralanmagan erkinliklari bilan yashaydigan sohasiga erishishni xohlaydi [25, 379].

Ushbu mavzuga aloqador zamonaviy qarashlardan, Aflotunda erkinlik tasodif sifatida tasavvur qilinadi deganini ajratib ko'rsatishimiz mumkin. "Fedr"da qalblar g'oyalar saltanatida yashagan holda "qandaydir tasodif ' orqali jismga tushib qoladilar. Shu tarzda qalb ontologik jihatdan tasodif bilan taminlanadi [23, 65].

A.F.Losev "Majusiylarning "Taqdir"i mistik va mifologik jihatlar o'chirib qo'yilganda sababiyat haqidagi yangi Yevropa ta'limotiga aylanashidir" [4, 114] deb hisoblaydi. Uning fikricha, yunonlar tasodifni ajratib ko'rsatgan joyda uni xuddi shunday deb nomlagan, yangi olimlar qandaydir koinot "uyg'unligi"ni tirkab qo'yamoqdalar. Aflotunning taqdir va erkinlik to'g'risidagi fikrlari o'sha davr an'anaviy tasavvurlaridan farq qilmagan. Shunda savol tug'iladi: Aflotun ta'limoti -bu erkinlikmi yoki totalitarizmmi? Javob quyidagi tezisda yotadi: Afinalik. Forslar, keragidan ortiq monarxiya boshlanqichini sevib qoldilar, afinaliklar esa - erkinlikni; shuning uchun ham na ularda va na bularda mo''tadillikyo'q [13, 693].

Aflotun erkinlik haqida tizimli ta'limot qoldirmagan. Erkinlik tushunchasi tarixiy o'zgarib borardi hamda Aflotunda savollar ta'rifi uning falsafiy qarashlari kontekstini hisobga olmagan holatda to'g'ri emas. Qalb unda jism zindoniga tashlangan, shuning uchun bu yerda, mana shu dunyoda erkinlik yetarlicha muammolidir.

V.S.Solovevning Aflotun qarashlari evolyusiyasi bahosi bo'yicha fikriga qo'shilish hamda unga qisqacha ta'rif berish mumkin:

a) ilk Suqrot bosqichi - erkinlik fuqaro ezguligi (qul darajasiga qarama qarshi holda) ko'rinishiga ega bo'ladi hamda ijtimoiy-huquqiy ahamiyat kasb etadi, tushunchaning ushbu aspekti Aflotunning butun bir ijodi davomida o'zgarmay qoladi. Faqat erkin inson o'zining shiddati ustidan hukumron bo'lishi mumkin [7, 201]. Jumladan, yunonlar davlati ushbu qadriyat orqali boshqa davlatlardan ajralib turadi [11, 100]. "Suqrot apologiyasi"da tushunchaning metafizik ma'nosini ajratish mumkin. Asosiy ozod bo'lish - bu qalbni tanadan ozod bo'lishidir, shu jumladan kechroq yozgan ko'plab dialoglarida ham shunday. Bu yerda G.V.Drach kabi izlanuvchi tomonidan e'tiborga olingan orfikchilik-pifogorchilik an'analari tasiri ko'rinib turibdi [1, 118]. Bu erkinlik tushunchasi ayrim variatsiyalar bilan, xuddi shu kabi Aflotunning butun bir ijodi davomida o'zgarmay qoladi. Qadriyat munosabatida erkinlik yuqori turadi;

b) yetuklik davriga o'tishda - o'rganilayotgan tushunchaga nisbatan salbiy baholar paydo bo'ladi. Sofistlar bilan bahsda Suqrot erkinlikni barcha narsa mumkinligi sifatida tanqid qiladi. Masalan, "Gorgiy"da [9, 29];

v) yetuklik davri - "Teetet"da falsafa bilan shug'ullanayotgan yoshlar huquqshunoslardan farqli ravishda o'zlarida erkinlikni ham tarbiyalaydi [16, 229]. Metafizik ma'noda tushuncha "Timey"da o'z aksini topadi: barpo etuvchi tafakkur zaruriyatni qo'lga oladi. "Davlat"da ideal jamiyatni qanday qurish haqida gap ketadi. Hokimyatni jamiyatning nisbatan erkin motivatsiyalashgan vakillari sifatida faylasuflar qo'lga kiritadilar [26, 295].

Suqrot ideal davlat poydevorlarini asoslagan holatda tezda erkinlik jamiyatga zarurdir, ammo bu shaxsiy erkinlik emas, balki butun bir davlatnikidir degan izoh beradi. Davlatning markaziy g'oyasi - adolatdir. Bu holat D.Lubke ishlarida ko'p uchraydi [27, 31]. Davlat erkinligi sifatida qonunlar nazarda tutilgan.

Ideal mamlakatlarda hukumdorlar xalqni qullar deb ataydilar. Ideal tuzumdan ilk bor chekinish - bu timokratiyadir. U boyishga intiladi hamda hokimyatda boylar turadigan oligarxiyaga aylanadi. Ezgulik o'rniga boylik ulug'lanadi. Bunday davlatda bir vaqtning o'zida ikki xil davlat paydo bo'ladi - boy va kambag'al.

Ba'zan kambag'allar boylar ustidan g'alaba qozonib, hammani fuqaroviy huquqlarda tenglashtiradilar. Shunday ko'rinishda, demokratiya paydo bo'ladi. Demokratik inson - hammasidan oldin erkin inson hamda davlatning o'zida ham butun boshli erkinlik, ochiqlik, va nima istasa shuni qilish imkoniyati tug'iladi.

Agar oligarxiya boylikni tugal ne'mat sifatida aniqlasa, unga to'ymasdan intilsa, oxir-oqibat o'zini barbod qilsa, unda demokratiyada tugal ne'mat va asosiy qadriyat - erkinlikdir.

"...Demokratik davlatda faqat erkinlik qanchalar ajoyiblgi va bu davlatda faqat o'z tabiati bo'yicha kim erkin bo'lsa, o'shagina yashashi darkorligi haqida eshitasan" [10, 250].

Erkinlik uy hayvonlariga va qullarga, otalar va farzandlar, ustoz va shogirdlar munosabatlariga va boshqalarga keng tarqaladi. Va bu haddan ortiq erkinlikdir, inson uchun ham, davlat uchun ham tiraniyaga aylanishi mumkin. Mulk egalariga qarshi qo'zg'olon ko'taruvchi omma tomonidan qo'yilgan oxir-oqibat xalqning bo'ysunishiga ko'nikib, tiranga aylanib boradi.

"Siyosat"da o'zga yurtlik hokimyatni uchga ajratadi:

• monarxiya (yana tiraniya va saltanat hukumronligiga bo'lish mumkin);

• kamchilik boshqaruvi - aristokratiya va oligarxiya;

• demokratiya.

Monarxiya boshqaruvga bog'liq bo'lgan holda ham o'ta og'ir, ham juda yengil bo'lishi mumkin. Demokratiya esa na og'ir va na yengil boshqaruvga qodir bo'lolmaydi.

Saltanat san'ati hammani atrofiga o'raydi - ham erkinlarni, ham tobelarni, ulardan to'g'ri foydalanib, ularni baxtli qiladi.

"Siyosat"da ontologik-kosmologik kontekstdagi erkinlik to'g'risida eslatma mavjud: "Xudo ba'zan Koinot harakatini unga o'zi aylanishini aytgan holda yo'naltiradi, ba'zan unga erkinlik taqdim etadi - qachonki Koinotning aylanmasi vaqt o'lchamiga munosib ko'rinishiga yetganda; keyin bu harakat Koinot - bu tafakkurga ega tirik mavjudot bo'lgani uchun o'z-o'zidan ortga qaytadi..." [14, 18]. Ammo Koinotning bu ko'rnishidagi erkinlik davrlar insonlarga falokatli tarzda ta'sir etadi;

g) so'ngi davr ("Qonunlar") - Aflotun u tomonidan "Davlat"da belgilangan chiziqni davom ettiradi. Individual erkinlik bu yerda undanda muammoli tarzda aks etadi. Davlatda boshqaruvchilar va bo'ysunuvchilarning bo'lishi shart sanaladi. Hokimyat o'zida turli ko'rinishlarni mujassamlashtiradi. Bu ham avlodlar ustidan ota-onalik hokimyati, ham kichiklar ustidan kattalar hokimyatidir. "Olijanoblar" ham "olijanob bo'lmaganlar"ni boshqarishi kerak. Shuningdek, qullar ham o'zlarining egalariga, nimjonlar kuchlilarga, bilimsizlar bilimdonlarga bo'ysunishlari zarur. Shu bilan birga, boshqa asoslardan tashqari kim boshqarishga loyiqligini qismat aniqlaydi.

Jismoniy mashqlar bilan barcha shug'ullanishi darkor. Otalarining fikriga qaramasdan farzandlar ham bajarishlari kerak, axir bolalar ota-onalariga qaraganda davlatga ko'proq tegishlidirlar.

Karl Popper individ qadriyatini ko'p marotaba ta'kidlab o'tadi. "Boshlanqich nuqta"ga mos bo'lgan holda o'sha individning o'zida shaxsiy erkinlik mavjud bo'ladi. Aflotun burchak boshiga umumiy yoki davlat manfaatlarini qo'yadi. Shu jumladan, ushbu vaziyatda davlat ham erkin bo'lishi zarur. Agar Popper erkinlikni individning jamoaga omadli ravishda qarshi turishida topsa [19], Aflotun bo'yicha bunday o'zaro munosabatlar kosmosga kiritilgan.

Aflotun to'g'ridan to'g'ri aytadi - eng yaxshi asos - tiraniyadir. Lekin ideal davlatda: "...Erkinlik va do'stlk idrok bilan bog'liq holda mavjud bo'lishi uchun unga ham, bunga ham shubhasiz aloqador bo'lish kerak" [17, 145]. Shuni e'tiborga olish kerakki, "tiran" so'zi Qadimgi Yunonistonda har doim ham yomon ma'noda qo'llanilmagan. Shu bilan Aflotun izlanishi tushuntirilmoqda.

Quyidagi tezis takroran: qonun - bu davlat erkinligidir. Aflotunning VIII maktubidan quyidagi satrlarini keltirish o'rinli bo'lar edi. "...Bo'ysunish kabi erkinlik ham, agar ular chegarani bosib o'tishsa, shu ulkan yovuzlikdir, shu miqdorda - ulkan ezgulik hamdir: xudolarga qullarcha bo'ysunish yaxshi, insonlarga esa yaxshimas. Idrokli insonlar uchun qonun - xudo, nodonlarga esa - lazzatlanishdir" [12, 507].

Shunday qilib, Aflotunning sof aql-idrokka asoslangan (rasionallik) va an'anaviy mifologiyadan tayanch izlovchi ob'ektiv-idealistik tendensiya o'zaro kurashadi. Ikkinchisi g'alaba qozonadi. Bu g'alabaga ruhning ko'chib yurishi haqidagi qadimgi sharq g'oyalari, shubhasiz ta'sir ko'rsatadi. Aflotunning ontologiya, kosmologiya, mifologiyaga va erkinlikka oid qarashlari sharq falsafiy ta'limotlariga yaqin turadi. Lekin gnoseologiya, etika va estetikaga oid ta'limotlarida o'ziga xos yunon ijtimoiy hayotining ta'sirini kuzatishimiz mumkin.

Tadqiqot doirasida, uning xulosalaridan ijtimoiy-falsafiy tafakkurni kengaytirishda, monografiyalar, o'quv qo'llanmalarning tegishli bandlarini yozishda, mustaqil fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga, bilish nazariyasiga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda foydalanish mumkin. Hozirgi kunda turli ta'limotlarni o'rganib, atroflicha tahlil qilib, zamonamiz talabiga binoan to'g'ri xulosa chiqarish va ulardan yoshlarimizni ilmiy-ma'naviy dunyoqarashlarini kengaytirishda, barkamol inson qilib yetishtirishda foydalanishda namoyon bo'ladi.

Xulosa va takliflar

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Драч Г.В. Рождение античной философии и начало антропологической проблематики. М., 2003

2. Кант И. Соч.: В 8 т. Т. 3. М., 1994

3. Лейбниц Г.-В. Соч.: В 4 т. Т. 1. М., 1982

4. Лосев А.Ф. Очерки античного символизма и мифологии. М., 1993

5. Ницше Ф. Соч.: В 2 т. Т. 1. М., 1990

6. Новейший философский словарь / Под ред. А.А. Грицанова. Минск, 1999

7. Платон. Алкивиад 1, 122 //Диалоги. М., 2000

8. Платон. Аристотель. Москва; Харьков, 1999

9. Платон. Горгий 452, 453//Философы Греции. Основы основ: логика, физика, этика.

10.Платон. Государство 562 b, с// Платон. Филеб. Государство. Тимей. Критий. М., 1999

11. Платон. Менексен 238 с, dZ/Диалоги. М., 2000

12.Платон. Письма// Платон. Политик. Законы. Послезаконие. Письма. Сочинения платоновской школы. М., 1999

13.Платон. Политик. Законы. Послезаконие. Письма. Сочинения платоновской школы. М., 1999

14.Платон. Политик 269 с, d|// Платон. Политик. Законы. Послезаконие. Письма. Сочинения платоновской школы. М., 1999

15.Платон. Сочинения в четырех томах /Под общ. ред.А.Ф. Лосева, В.Ф. Асмуса. - СПб.:2007.

16.Платон. Теэтет 172 d - 173 b// Платон. Федон. Пир. Федр. Парменид. М.,

17.Платон. Законы 693// Платон. Политик. Законы. Послезаконие. Письма. Сочинения платоновской школы. М., 1999

18.Плутарх. Избранные сочинения / Пер. с древнегреч.Т. Сидаш. - СПб.: Изд-во Санкт-Петербургского университета, 2008.

19.Поппер К. Открытое общество и его враги: В 2 т. Т. 1. М., 1992

20. Соловьев В.С. Соч.: В 2 т. Т. 1. М., 1990

21.Соловьев В.С. Соч.: В 2. т. Т. 2. М., 1988.

22. Социализм // Философский энциклопедический словарь. М., 2002

23.Философский и культурологический феномен восточнохристианской цивилизации / Под ред. А.Н. Ерыгина. Ростов н/Д, 2004

1999

24. Философский словарь / Под ред. М.М. Розенталя и П.Ф. Юдина. М., 1963

25. Шестов Л.И. Соч.: В 2 т. Т. 1. М., 1993.

26.Brown E. Minding the gap in plato's republic. Washington, St. Louis, 2004

27.Lubke D. Platon. Leipzig; Iena; Berlin, 1984

28.Murray G. Five Stages of Greek Religion. - New York:Mineola, 2002.

29.Rakhimdjanova D.S. Features of the freedom issues in the Plot's philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 28, No. 16. (2019), pp. 1560-1564. ISSN: 2005-4238 IJAST

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

30. Ruzmatova G. Eastern melodies in the text of Plato // International Journal of Recent Technology and Engineering. Vol. 8, Issue-2S6, July, (2019). -P. 444448. IJRTE. ISSN: 2277-3878.

31. Ruzmatova G. Comparativist analysis of Representations about Will in View of Friedrich Nitzsche and Jalaliddin Rumi // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020. ISSN: 1475-7192. -P. 3215-3227.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.