PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZALIKLAR PROFILAKTIKASIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN
HAMKORLIGI
Ibrohimova Mohigul Nozimjon qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quvkursi 311-guruh kursanti G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X https://doi.org/10.5281/zenodo.14604972
ARTICLE INFO
Received: 2ndJanyary 2025 Accepted:4th January 2025 Published:6th January 2025 KEYWORDS Huquqbuzarliklar profilaktikasi, adliya, dudlangan cho'chqa go'shti, muammo, takliflar, milliy qonunchilik, hamkorlikni ta'minlash
ABSTRACT
Ushbu maqolada profllaktika inspektorining Huquqbuzarliklar profllaktikasida Adliya organlari bilan xamkorligining o'ziga xos xususiyatlari, hamkorlikning tashkiliy hamda huquqiy asoslari, o'zaro hamkorlik qilishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklar, shuningdek, ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bir qator takliflar, ilg'or xorijiy tajribasi va milliy qonunchiligimizning o'xshash va farqli tomonlari, hamkorlikni takomillashtirish yo'nalishlari yoritilgan.
Profilaktika inspektorlari respublikada istiqomat qilayotgan xalqimizning xuquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularning turli mazmundagi murojatlarini milliy va ma'naviy qadryatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan xolda xal qilish, fuqarolarning xuquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, ma'naviy muhit barqarorligini taminlash, oila va maxallalarda tinch osoyishta hamjixatlikda yashashiga ko'maklashish, yosh avlodni sog'lom, vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan xolda keng targ'ib etish orqali ma'naviy muhit barqarorligini taminlashga ko'maklashish, xududda ma'naviy asoslarni mustahkamlash, tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni asrab avaylash, xalqimiz ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona vatanga muxabbat, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruxini singdirish, millatlararo do'stlik va hamjixatlikni mustaxkamlash borasida o'tkazilyotgan ommaviy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlarning amalga oshirilishiga ko'maklashish, xududda aniq yo'naltirilgan asosda aholining xuqukiy himoyaga muxtoj qatlamlarini qo'llab - quvatlash bo'yicha chora - tadbirlarning amalga oshirilishida Adliya organlari bilan xamkorligi o'rinli va tug'ri tanlanganligini bugungi xayotning o'zi isbotlamoqda. Ushbu xamkorlik bugungi kunda xuquqbuzarliklar profilaktikasida o'zining ijobiy samarasini berayotganligi hech kimga sir emas. O'tgan yillar davomida Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorligini islohqilish va kuchaytirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar mamlakatimiz fuqorolarining ichki ishlar organlariga bo'lgan ishonchini mustaxkamlash uchun zarur shart - sharoitlarni
18-apreldagi PQ2896-sonli Qarorida vakolatlari sifatida huquqbuzarliklar profilaktikasi, madaniyatini oshirish, ularga qonunga hurmat xissini
yaratdi. Bu esa o'z navbatida Ichki ishlar organlariga kuch-qudrat bag'ishlab, ularning
ishonchli faoliyat yuritishini ta'minlamoqda". O'zbekiston Respublikasining "Xuquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi 2014 yil 14 maydagi qonunining 13 moddasida xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-sonli farmonida Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlarida aholi o'rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ'ibot bo'yicha faoliyatni amalga oshirish hamda muvofiqlashtirib borish orqali xuquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki belgilab berilganligi profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari bilan hamkorligini huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi. Profilaktika inspektorlari va Adliya organlari hamkorlikdagi faoliyati jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni xal qilishda katta axamiyat kasb etadi.
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati doirasida Adliya organlari bilan hamkorligini tashkil etish fuqarolarning jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qilishida, huquqbuzarliklar profilaktiasida, sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishni amalga oshirishda Adliya organlarining roli va o'rni oshishiga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil profilaktika inspektorlarining fuqarolarning huquqiy ongi va singdirish bo'yicha tadbirlarni, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda, o'tkazish kiritilgan.
Umuman olganda profilaktika inspektori fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda Adliya organlari bilan xamkorlik olib borishi muximdir. Birlamchi tushuncha sifatida profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faoliyati namoyon bo'ladi. Mazkur faoliyat deganda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimidir.
Huquqiy ong murakkab ijtimoiy hodisadir. Sub'ektlar nuqtai nazaridan huquqiy ong, odatda, individual, guruhiy va jamoaviy (ommaviy) ongga bo'linadi. Shu o'rinda huquqiy ongning individual va ijtimoiy shakllari keng tarqalganligini alohida ta'kidlash lozim. Individual huquqiy ong - bu har bir shaxs, alohida insonga xos huquqiy bilimlar, baholar, hissiyotlar va tuyg'ular majmui hisoblanadi. Individual huquqiy ong doimo noyob va betakrordir. Huquqiy madaniyat haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'zining deyarli barcha ma'ruzalarida to'xtalib, xuquqiy madaniyatning axamiyatiga, uni yuksaltirish masalalariga e'tibor qaratadi. Masalan, 2016 yil 7-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzasida shunday dedi: "Qonun ustuvorligini ta'minlashda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga xurmat ruxida tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi". Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo'lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi:
- birinchidan, yuridik normalar tizimi bo'lmish huquq;
- ikkinchidan, huquqiy munosabatlar, ya'ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi;
- uchinchidan, huquqni muxofaza qilish va ta'minlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo'lmish yuridik muassasalar;
- to'rtinchidan, xuquqiy ong ya'ni huquqiy voqelikni ma'naviy jixatdan
- aks ettiruvchi tizim;
- beshinchidan, huquqiy xatti- xarakat.
Profilaktika inspektorlari Adliya organlari bilan xuquqiy ahamiyatga ega bo'lgan tadbirlarni o'tkazishda, fuqarolarning xuquqiy masalalarini hal etishda, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, noqonuniy diniy xamda boshqa tashkilotlar faoliyatiga chek qo'yish choralarini ko'rishda, fuqarolarning konstitusiyaviy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish xamda bular bo'yicha fuqarolarning xuquqiy ongi va xuquqiy madaniyatini oshirishda hamkorlik qiladilar.
Bugungi kunda profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatining eng muhim o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu uni amalga oshirish tizimidir va undagi faoliyatning amaliy tashkil qilinishini takomillashtirishdir.
Shu bois, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyati tashkil etishdagi mavjud tahlildan avval uning o'ziga xos tizimi va faoliyatining asosiy yo'nalishlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri bu targ'ibotni samarali xamda xamkorlikda tashkil eta olishdir. Targ'ibot qanday ko'rinishda bo'lmasin, kishi ongi, dunyoqarashi kaliti hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T-2024 yil.
2. O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 14-maydagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonun // URL: http://www.lex.uz.
3. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabr kuni qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonuni // URL: http://www.lex.uz.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. T-2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son.
5. G'aniev F. T. Turkiya respublikasi: tabiyati, madaniyati va an'analari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101-116.
6. G'aniev F. T. O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy preventiv mexanizmi //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 8490.
7. Ganiyev F., Ganiyeva G. O'g'irlik haqida tushuncha, o 'g 'irlikning psixologik genezisi va mehanizmlari //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3.
- №. 4. - С. 43-47.
8. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.
9. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.
10. Ганиев Ф. Т. Угрилик жиноятининг жиноят-хукуций жих,атлари ва олдини олишга доир фикр-мулох,азалар //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.
11. Ганиев Ф. Профилактика инспекторлари томонидан угриликларнинг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш йуналишлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.
12. Ганиев Ф. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойилига асосланган тизимни жорий этишда фу;оролар йигинларини фаолиятини тизимли йулга ;уйиш //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 96-98.
13. Ганиев Ф. Ахборот хавфсизлиги х,амда мух,офазаси таъминланганига ;арамасдан содир этиладиган жиноятлар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.
14. Taxirjanovich G. F., Qizi M. F. M. EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING O 'ZIGA XOSLIGI //Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 8-10.
15. Ganiyev F., O'zoqboyev S. ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЖИНОЯТЧИЛИГИГА КАРШИ КУРАШИШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ-ДАВР ТАЛАБИ //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 125-130.
16. Ganiyev F., Ganiyeva G. O 'G 'IRLIK JINOYАTI TUSHUNCHASI VA PROFILAKTIKASI //Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 173-177.
17. G'aniyev F. PREVENTION OF OFFENSES RELATED TO RELIGIOUS EXTREMISM //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 125-128.
G'Aniyev, F. "DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG'LIQ BO'LGAN QONUNBUZARLIKLARNING PROFLAKTIKASI." Science and innovation 1.C7 (2022): 125-128.
18. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024.-Т. 3.-№. 3.-С. 84-90.
19. Нарзиев Ш. З. и др. КИБЕР-ЖИНОЯТЧИЛИК ВА УНГА КАРШИ КУРАШИШ //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВATSIОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. - 2024. - Т. 44. - №. 2. - С. 9-13.
20. Нарзиев Ш. З. Профилактика инспекторларининг илгари судланган шахслар билан ху;ук;бузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси чора-тадбирларини амалга ошириш фаолияти х,а;ида айрим масалалар //zamonaviy fan, ta'lim va ishlab chiqarish muammolarining innovatsion yechimlari. - 2022. - С. 159-162.
21. Нарзиев Ш., Абдумаликов Р. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ ХУКУКБУЗАРЛИКЛАРДАН жабрланган шахслар билан ишлаш фаолиятининг УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ //Инновatsiонные исследования в науке. - 2024. - Т. 3. - №. 4. - С. 63-70.
22. Нарзиев Ш., Омонов Н. ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТАЯНЧ ПУНКТЛАРИ НЕГИЗИДА ХАМКОРЛИКНИ ХУКУКИЙ ТАЪМИНЛАШНИ ТАШКИЛ ЭТИШ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 7. - С. 184-188.
23. Нарзиев Ш., Кодирова И. БАРКАМОЛ, ЖИСМОНИЙ ВА РУХИЙ СОГЛОМ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШДА ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН УКУВ-ТАРБИЯ МУАССАСАЛАРИНИНГ УРНИ //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 20. - С. 152-155.
24. Нарзиев Ш., Зокиров Н. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЖАМОАТ ТАРТИБИНИ САКЛАШ ВА ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ БУЙИЧА ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ТУГРИСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 20. - С. 156-164.
25. Нарзиев Ш., Абдул^акимов Ж. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ АХБОРОТ ТАХЛИЛ ВА РЕЖАЛАШТИРИШ ФАОЛИЯТИ //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 14. - С. 80-87.
26. Нарзиев Ш., Ибадуллаев Д. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ НАЗОРАТСИЗ ВА ТАРБИЯСИ ОГИР БУЛГАН ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ ХАМДА УНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ АХАМИЯТИ //Инновatsiонные исследования в науке. - 2024. - Т. 3. - №. 5. - С. 125-131.
27. Нарзиев Ш., Усмонов М. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ СУРИНКАЛИ ИЧКИЛИККА РУЖУ КуЙГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИ //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 19. - С. 5-12.
28. Нарзиев Ш., Мирзаикромова Ф. ЭКОЛОГИЯ СОХ.АСИДАГИ ХУКУКБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТИЛИШИ САБАБЛАРИ ВА УЛАРГА ИМКОН БЕРГАН ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 20. - С. 147-151.