CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH FUQAROLAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDAGI
ROLI
Bozorova Munisa Abdusalom qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quvkursi 312-guruh kursanti G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X https://doi.org/10.5281/zenodo.14607823
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 2ndJanyary 2025 Accepted:4th January 2025 Published:7th January 2025 KEYWORDS
jamoat xavfsizligi, huqubuzarlik, xavfsizlik
tartibi, fuqarolar profilaktika inspetori, normativ-huquqiy hujjat,
profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashdagi faoliyati hamda urni jamoat tartibini fuqarolar xavfsizligini taminlashga oid muammo va ularni yechish buyicha takliflar, yuridik fanda mavjud konseptual yondashuvlar va ilmiy-nazariy qarashlaryoritib o'tilgan.
KIRISH
Yurtimizda jinoyat ishlarini adolatli hal etish hamda huquqbuzurliklarni oldini olishga ortiqcha rasmiyatchilikka yo'l qo'ymaslik, zamon talablariga mos ish yurituvi jadalligini va samaradorligini ta'minlash, shuningdek jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun huqubuzarliklar faoliyatining asoslari, zaruratidan kelib chikib ish yuritish tartibi belgilanishi muxim ahamiyat kasb etadi. jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda, o'z vaqtida qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilinishiga erishish, huqubuzarliklar sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik hamda shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashda soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, jamiyatga xavf solayotgan illatlarga barham berish dolzarblashib bormoqda. Jamiyat xar doim rivojlanishda bo'lganidek, jinoyatchilik ham rivojlanib , murakkablashib va ko'payib bormoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish va ochish borasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari, qolaversa barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini takomillashtirish davr talabidir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirish, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni jazolashdan afzaldir.1
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, jamoat xavfsizligini ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchiliktuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligi yo'lga qo'yildi.
Y3P MMB AKageMMfl MHKM Mw.nap opraH.napM npo4>M.naK™ 4>ao.nMflTM-yKyB Ky-^aHMacM
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas'ul davlat tuzilmalariga o'z faoliyatini «Barcha sa'y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g'oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.2
ASOSIY QISM
Profilaktika inspektorlarining kundalik bajarayotgan vazifalari ichida ishni ekstremal sharoitda xizmatni olib borish uni tashkil etish, juda katta bilimni, tajribani, javobgarlikni his qilishni, boshqaruvchilik san'atini qay darajada egallagandigini bildiradi. Bunday holatda profilaktika inspektoridan qattiq intizomli bo'lishini, ruhan va jismonan chiniqganlikni talab qiladi.
Profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash faoliyati o'zining muayyan huquqiy asoslariga ega. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni ularning yuridik kuchiga ko'ra, qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlariga ajratish mumkin.3
Jamoat tartibi sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishda asosiy o'rinni konstitutsiyaviy normalar egallaydi. Ushbu normalar davlat hokimiyati organlari, mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va ularning birlashmalariga O'z Res Konstitutsiyasiga rioya qilish majburiyatini yuklaydi.
Profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash faoliyati juda muhim bo'lib, u jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu faoliyat quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
1. Qonunbuzarliklarning oldini olish: Profilaktika inspektorlari jamoat joylarida, masalan, parklarda, ko'chalarda, bozorlarda va boshqa ommaviy jamlanish joylarida jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida nazoratni amalga oshiradi. Ular jamoat tartibini buzishga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlarga o'z vaqtida aralashishadi.
2. Profilaktik suhbatlar va targ'ibot: Profilaktika inspektorlari fuqarolarga qonunlar, jamoat tartibini saqlash va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida suhbatlar olib boradi. Bu yoshlar va ayniqsa, ijtimoiy jihatdan xavfli tobora aniqlanadigan toifalar bilan ishlashga qaratilgan.
3. Havfsizlik va huquqiy tartibni saqlash: Ushbu faoliyatga yo'l harakati qoidalariga amal qilishni, jamoat joylaridagi jinoyatlarning oldini olish, turli xil ommaviy tadbirlarda tartibni saqlash va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish kiradi.
4. Tinchlikni saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash: Profilaktika inspektorlari jamoat joylarida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun turli tadbirlar ko'radi, masalan, patrul qilish, odamlar bilan tinchlikni saqlash bo'yicha ish olib borish.
5. Fuqarolar bilan ishlash: Profilaktika inspektori fuqarolarning xavotirlariga e'tibor qaratgan holda, ularga muammolarini hal qilishda yordam ko'rsatish va huquqiy masalalar bo'yicha konsultatsiyalar berishga harakat qiladi.
6. Jamoat ishlari va tartibga solish: Profilaktika inspektori ommaviy tadbirlar (masalan, mitinglar, yarmarka va boshqalar) o'tkaziladigan joylarda tartibni saqlash, va buning natijasida jamoat joylarida buzilishlarning oldini olishni ta'minlaydi.
Shuningdek, profilaktika inspektorining vazifasi jamoat tartibini saqlashga qaratilgan har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishga va ularning ijtimoiy oqibatlarini kamaytirishga yo'naltirilgan. Ular jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun jinoyatchilikka qarshi kurashni, hamda fuqarolarni huquqiy madaniyatga targ'ib qilishni o'zlarining asosiy vazifasi deb hisoblashadi.
Har qanday jamiyatda fuqarolar xavfsizligi — asosiy ustuvorliklardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda ham jamoat xavfsizligini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida
2 2021 Mn 29 H0fl6pb,ni>-27-C0H
3 ХомиеeЭ. flaBnaT 6owK,apyBM. MnMMM-oiwMa6on pucona.-171- 6eT
profilaktika inspektorlari mas'ul bo'lib, ularning faoliyatining muhimligi har kuni oshib boradi. Profilaktika inspektorining fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdagi faoliyati jamiyatda tartib va xavfsizlikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga yo'naltirilgan.
Profilaktika inspektorining jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdagi asosiy vazifalari:
1. Jinoyatchilikning oldini olish
Profilaktika inspektori fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda jinoyatchilikning oldini olishga katta e'tibor qaratadi. U har xil profilaktik tadbirlar, leksiyalar, seminarlar va boshqa ma'rifiy ishlarni o'tkazish orqali aholi orasida jinoyatchilikka qarshi munosabatni shakllantiradi. Inspektorlar maxsus patrul xizmatini olib borish, huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik uchun qonuniy choralar ko'rishadi.
2. Tartibni saqlash va monitoring
Inspektorlar jamoat joylarida va yo'llarda tartibni saqlash, ommaviy tadbirlar va yig'ilishlarda xavfsizlikni ta'minlashga mas'uldir. Ular jamoat tartibini buzgan shaxslarga qarshi profilaktik va ma'muriy choralar ko'radi. Shuningdek, yo'l harakati qoidalarini buzgan shaxslarni aniqlash va jazo berish orqali yo'llarda xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan ishlarni olib boradilar.
3. Huquqiy ma'lumot berish
Profilaktika inspektori fuqarolarga qonunlarning muhim jihatlari bo'yicha to'liq va aniq ma'lumotlar berishga mas'uldir. Bu yo'nalishda inspektorlar aholiga jinoyatchilikning oldini olish, yo'l harakati qoidalari, huquqlarni himoya qilish va qonunlardan xabardor bo'lishga oid ma'lumotlarni berish uchun turli tadbirlar tashkil etadilar. Bu fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga yordam beradi va ularning huquqiy madaniyatini shakllantiradi.
4. Jamoat bilan hamkorlik
Jamoat bilan hamkorlik qilish profilaktika inspektorining eng muhim vazifalaridan biridir. Inspektorlar jamoat tashkilotlari, mahalliy boshqaruv organlari, oilaviy va ishchi guruhlar bilan hamkorlik o'rnatib, xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtiradi. Fuqarolar bilan dialog o'rnatish orqali ularning xavfsizlikka bo'lgan munosabatini yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olishga ko'maklashish, tartibni saqlash maqsadida profilaktik ish olib borish kerak.
5. Jinoyatlar va huquqbuzarliklarni tergov qilishga yordam berish
Profilaktika inspektorlari jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarliklarni tergov qilishda ham ishtirok etadilar. Ular jinoyatlarning ehtimoliy joylarini aniqlash, ularni oldini olish va qonuniy choralar ko'rish borasida tergovchilarga yordam beradilar.
Profilaktika inspektorining faoliyatining ahamiyati
Profilaktika inspektorining fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdagi faoliyati fuqarolarning
kundalik hayotidagi turli xavflar va jinoyatlardan saqlanishga yordam beradi. Ularning ishi
jamiyatdagi jinoyatchilikni kamaytirish, ommaviy xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklarni
oldini olish va fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga yo'naltirilgan.
Inspektorlar jamoat xavfsizligini ta'minlashda muhim roliga ega bo'lib, fuqarolarni
jinoyatlarga qarshi muhofaza qilish, ularning huquqlarini himoya qilish va qonunlarning
ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etadilar. Buning natijasida jamiyatda xavfsizlik va tartib
saqlanib, jinoyatchilik kamayib, fuqarolarning huquqiy ongi yuksalib boradi.
Jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda profilaktika inspektorlarining roli:
kamchiliklar va takliflar
Kamchiliklar
1. Moddiy-texnikta'minotyetarli emasligi;
• Profilaktika inspektorlarining faoliyatida zamonaviy texnik vositalar, transport, aloqa va kuzatuv tizimlari bilan ta'minlanish darajasi ba'zan talabga javob bermaydi. Bu jinoyatlarning oldini olish va ularga tezkor munosabatbildirishni qiyinlashtiradi.
2. Kadrlar yetishmovchiligi;
• Ba'zi joylarda profilaktika inspektorlari soni aholi soniga nisbatan kam bo'ladi. Bu ularning ish hajmini ortishiga olib keladi va sifatli faoliyat yuritishga to'sqinlik qiladi.
3. Mutaxassislik darajasi va malaka masalalari;
• Inspektorlarning malaka oshirish kurslari barcha hududlarda tizimli tashkil qilinmagan. Ayrim inspektorlar zamonaviy profilaktika usullari va texnologiyalaridan xabardor emas.
4. Aholi bilan muloqot kamchiligi;
Aholi va inspektorlar o'rtasida ishonchli aloqa yetishmasligi sababli fuqarolar ko'pincha o'z muammolari haqida xabar berishmaydi. Bu ayniqsa maishiy zo'ravonlik va mayda huquqbuzarliklar bo'yicha uchraydi.
5. Hududiy muammolar;
• Qishloq joylarida profilaktika inspektorlarining qonuniy vazifalarini bajarishiga yo'l infratuzilmasi va masofalar bilan bog'liq qiyinchiliklar xalaqitberadi.
Takliflar
1. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
• Inspektorlarni zamonaviy texnika va transport vositalari bilan ta'minlash.
• Hududlarda kuzatuv kameralari va elektron xavfsizlik tizimlarini kengaytirish.
2. Kadrlar salohiyatini oshirish;
• Profilaktika inspektorlarining malakasini oshirish kurslarini muntazam o'tkazish.
• Inspektorlarni zamonaviy psixologiya, huquqiy texnologiyalar va muloqot metodlari bo'yicha tayyorlash.
3. Fuqarolar bilan ishonchli aloqa o'rnatish;
• Aholi bilan muntazam uchrashuvlar o'tkazish, ularning muammolarini tinglash va hal etish bo'yicha tezkor choralar ko'rish.
• Maxsus mobil ilovalar va onlayn platformalar orqali aholidan shikoyatlar va takliflarni qabul qilish.
4. Inspektorlar sonini oshirish;
• Har bir hududga zaruriyatga muvofiq profilaktika inspektorlarini jalb qilish.
• Qishloq joylarida inspektorlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun maxsus sharoitlar yaratish.
5. Jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
• Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish.
• Hududiy fuqarolar yig'inida profilaktika masalalari bo'yicha muntazam muhokamalar o'tkazish.
Profilaktika inspektorlari faoliyatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish orqali jamiyatda xavfsizlikni ta'minlash yanada samarali bo'ladi. Moddiy-texnik ta'minotni yaxshilash, kadrlarning malakasini oshirish, aholi bilan ishonchli muloqot o'rnatish va hududlarda infratuzilmani rivojlantirish profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirishi, jinoyatchilik darajasini kamayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
XULOSA
Yuqorida bayon etilganlar asosida aytish mumkinki, davlatdagi jamoat tartibi jamiyatning bazasi bilan bog'liq ijtimoiy-huquqiy kategoriya bo'lib, ijtimoiy normalarga rioya etish natijasida qaror topgan ijtimoiy munosabatlar tizimini aks ettiradi.
Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda profilaktika inspektorlarining roli qonun ustuvorligini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular o'z ish faoliyatini
mas'uliyat bilan olib borgan holda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga ko'maklashadilar. Shu bois, profilaktika inspektorlarining moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanishi davlat va jamiyat uchun ustuvor vazifalardan biri bo'lib qoladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. G'aniev F. T. Turkiya respublikasi: tabiyati, madaniyati va an'analari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101-116.
2. G'aniev F. T. O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy preventiv mexanizmi //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 8490.
3. Ganiyev F., Ganiyeva G. O'g'irlik haqida tushuncha, o 'g 'irlikning psixologik genezisi va mehanizmlari //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.
4. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.
5. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.
6. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.
7. Ганиев Ф. Т. Угрилик жиноятининг жиноят-хуцуций жих,атлари ва олдини олишга доир фикр-мулох,азалар //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.
8. Ганиев Ф. Профилактика инспекторлари томонидан угриликларнинг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш йуналишлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.
9. Ганиев Ф. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойилига асосланган тизимни жорий этишда фуцоролар йигинларини фаолиятини тизимли йулга цуйиш //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 96-98.
10. Ганиев Ф. Ахборот хавфсизлиги х,амда мух,офазаси таъминланганига царамасдан содир этиладиган жиноятлар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.
11. Qushboqov S. X., Usipbekov N. J. Yurtimizda mahkumlarni ozodlikka tayyorlashda amalga oshirilgan islohotlar va ulardan kutilayotgan natijalar //Models and methods in modern science. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 179-182.
12. Qushboqov, S., & Tilabov, S. (2023). Kiber jinoyatlardan saqlanishda umumiy profilaktikani o 'rni. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(18), 67-69.
13. Кушбоцов, Ш. (2023). Юртимизда тадбиркорликни жазони ижро этиш тизимидаги истицболи. Models and methods in modern science, 2(5), 114-117.
14. Охунов, З., & Кушбоцов Ш, Т. Т. С. Э. (2022). Хуцуцбузарликларни олдини олишга оид айрим мулох,азалар. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(11), 34-39.
15. Qushboqov S., Isroilov D. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida adliya organlari bilan xamkorligining tashkiliy asoslari //Development of pedagogical technologies in modern sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 9. - С. 16-24.
16. Qushboqov S., Isroilov D. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida adliya organlari bilan xamkorligi tushunchasi //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 23. - С. 96-103.
17. Qodirjonovich J. Z., O'G'Li Q. S. X. Bir guruh shaxslar tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va o 'g 'rilik jinoyatlarining sodir etish usullari va ularni tergov qilishga oid ayrim mulohazalar //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 5. - С. 137-144.
18. Киличев Х.М. Вояга етмаган болаларнинг исмга булган ху;ук;ларини х,имоя ;илиш масалалари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2023. - Т. 2. - №. Maxsus son. - С. 63-67.
19. Маматович КД. Фу;аролар йигинлари уни ;айта ташкил этишга оид мулох,азалар //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - С. 764-769.
20. Миршарапов А.Г. Мини-футбол как вид спорта и средства физического воспитания //Conferencea. - 2024. - С. 18-21.
21. Миршарапов А.Г. Jismoniy tayyorgarlik mashg 'ulotlarida chigalyozdi mashqlarining zarurati //Conferencea. - 2024. - С. 159-162.
22. Chorshanbiev B. B. Куролликучлар цушинларида сув таъминотининг ах,амияти //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 11. - С. 163-167.
23. Ахмедова С.Т., Охунов З.М. Особенности применения административных взысканий за управление автотранспортом в состоянии опьянения //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2024. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 48-54.
24. Qushboqov S. X., Usipbekov N. J. Yurtimizda mahkumlarni ozodlikka tayyorlashda amalga oshirilgan islohotlar va ulardan kutilayotgan natijalar //Models and methods in modern science. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 179-182.
25. Qushboqov, S., & Tilabov, S. (2023). Kiber jinoyatlardan saqlanishda umumiy profilaktikani o 'rni. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(18), 67-69.
26. Кушбо;ов, Ш. (2023). Юртимизда тадбиркорликни жазони ижро этиш тизимидаги исти;боли. Models and methods in modern science, 2(5), 114-117.
27. Охунов, З., & Кушбо;ов Ш, Т. Т. С. Э. (2022). Хукуцбузарликларни олдини олишга оид айрим мулох,азалар. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(11), 3439.
28. Qushboqov S., Isroilov D. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida adliya organlari bilan xamkorligining tashkiliy asoslari //Development of pedagogical technologies in modern sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 9. - С. 16-24.
29. Qushboqov S., Isroilov D. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida adliya organlari bilan xamkorligi tushunchasi //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 23. - С. 96-103.
30. Qodirjonovich J. Z., O'G'Li Q. S. X. Bir guruh shaxslar tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va o 'g 'rilik jinoyatlarining sodir etish usullari va ularni tergov qilishga oid ayrim mulohazalar //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 5. - С. 137-144.
31. Киличев Х.М. Вояга етмаган болаларнинг исмга булган ху;ук;ларини х,имоя ;илиш масалалари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2023. - Т. 2. - №. Maxsus son. - С. 63-67.
32. Маматович К.Х. Фу;аролар йигинлари уни ;айта ташкил этишга оид мулох,азалар //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - С. 764-769.
33. Миршарапов А.Г. Мини-футбол как вид спорта и средства физического воспитания //Conferencea. - 2024. - С. 18-21.
34. Миршарапов А.Г. Jismoniy tayyorgarlik mashg 'ulotlarida chigalyozdi mashqlarining zarurati //Conferencea. - 2024. - С. 159-162.
35. Chorshanbiev B. B. Куролликучлар цушинларида сув таъминотининг ах,амияти //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 11. - С. 163-167.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
36. Ахмедова С.Т., Охунов З.М. Особенности применения административных взысканий за управление автотранспортом в состоянии опьянения //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2024. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 48-54.