Научная статья на тему 'PRОFЕSSIОNAL TA’LIMDA KASBIY SOHALAR TAHLILI VA ULARNING JAMIYATDAGI O’RNI'

PRОFЕSSIОNAL TA’LIMDA KASBIY SOHALAR TAHLILI VA ULARNING JAMIYATDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

292
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PRОFЕSSIОNAL TA’LIMDA KASBIY SOHALAR TAHLILI VA ULARNING JAMIYATDAGI O’RNI»

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

PROFESSIONAL TA'LIMDA KASBIY SOHALAR TAHLILI VA ULARNING JAMIYATDAGI O'RNI

O. D. Suvonova

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

Professional ta'limda o'qitiladigan o'quv predmetlari qatorida fizika kursi Yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Mutaхassislarning salohiyati va sifati faqatgina ular tanlagan yo'nalish bo'yicha bilimlari, malaka va ko'nikmalari bo'yicha belgilanmasdan, olgan bilimini teхnikada qo'llanish darajasi, ilmiy fikrlash usullari, dunyoqarashni qanday darajada shakllanganligi bilan ham belgilanadi. Bo'lg'usi mutaхassislarga fizika bo'yicha chuqur bilim byerish, ularning mahoratini tabiat bilan moslashtirishga imkon yaratadi.

Ma'lumki, fan va texnika taraqqiyoti ta'lim va tarbiyaning mazmuni va metodlariga bevosita ta'sir etadigan quyidagi bir qator belgilar bilan xarakterlanadi:

- fan, texnika va ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarning birga qo'shilib ketishi natijasida fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib ketishi;

- ishlab chiqarish kuchlari hamma elementlarini sifat jihatdan qaytadan qurish;

- mehnat xarakteri va mazmuninining o'zgarishi, unda ijodiy elementlar rolining o'sishi;

- ishchilar umumiy va maxsus ta'limi, hamda madaniyatining o'sish darajasi;

- ekologik muammolarning paydo bo'lishi va shunga bog'liq bo'lgan boshqa masalalar.

Kasbiy yo'naltirib o'qitish ham albatta didaktik tamoyillarga tayanadi. Fizikani kasbiy yo'naltirib o'qitish asosan "ko'rgazmali" bo'ladi, chunki uning manbai texnika ob'ektlari hisoblanadi. Shu tufayli, fizika o'qitishda politexnik tamoyilni ketma-ket amalga oshirish ko'rgazmalilik tamoyili vositalarini boyitish bilan birga fizikadan o'quv jihozlariga aniq talablar qo'yadi.

Kasbiy yo'naltirib o'qitish insonning mehnat va ishlab chiqarish - texnik faoliyatida shakllanadi va aniq ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shu sababli, o'qitishni ishlab chiqarish va o'quvchilarning mehnati bilan bog'lanishi ular tomonidan bilimlarni o'zlashtirishning zaruriy sharti bo'lib xizmat qiladi. O'quvchilarni kasbga tayyorlash fan asoslarini, mehnat ta'limini o'rganish jarayonida, texnika, texnologiya va ijtimoiy - foydali, ishlab chiqarish mehnati bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Fizikani o'qitishning kasbiy yo'naltirilishi muammosi bugungi kunda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi, chunki hozirgi paytda texnika kirib bormagan sohaning o'zi yo'q. Bunda uning mazmun va jarayonual tomoni farqlanadi. Mazmun tomoni esa o'qitishning metodlariga va shakllariga qo'yilgan talablar hisoblanadi.

Fizikani o'rganishda qarab chiqilayotgan qonuniyatlar xalq xo'jaligining muhim sohalaridagi texnik qo'llanishlarni ham kiritish kerakligini talab etadi. Bu esa fizika kursining nazariy va amaliy qismlarini aniqlab olishga imkon beradi.

Kasb-hunar kollejlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sohasiga boradi. Shu munosabat bilan ular mehnat tarbiyasini olgan bo'lishlari zarur. Mehnat tarbiyasi masalasini hal etishda fizika o'qituvchisi ham ma'lum darajada ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi yoshlarni hamkasblarga, mehnat jamoalarga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun zarur va foydali ishlarni bajarishga tayyorlash, mehnat natijasiga javobgarlik hissini, jamoa qiziqishini o'zining qiziqishlaridan ustun qo'yishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo'lish hislariga erishishga yoshligidan tayyorlab borishdan iborat. Agar, o'qitish ishlab chiqarish mehnati bilan qo'shib olib borilsa, yaxshi samara beradi.

Professional ta'limda mehnat tarbiyasi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Kollejlarda barcha fan o'qituvchilari buni amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Fizika o'qituvchisi ham har bir darsida faqat fan asoslarini o'rgatib qolmasdan mehnat tarbiyasini ham amalga oshirishi kerak.

Fizika o'qituvchisining talabalarni mehnat tarbiyasi va kasbga yo'naltirish bo'yicha ish metodini aniqlovchi tamoyil bo'lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Fizika o'qituvchisi o'z darslarida avvalambor o'z faniga talabalarni qiziqtira olishi zarur, aks holda u hozirgi ishlab chiqarishning ilmiy asoslari haqida, novator va ijodkorlar haqida har qancha chiroyli so'zlab bersa ham talabada mehnatga ijodiy munosabat shakllanmaydi. Professional ta'limda ishlayotgan fizika o'qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o'z darslarida fizikani talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko'rsatib bera olishi va bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo'ladi. O'qituvchi shu yo'l bilan talabalarni fizika faniga bo'lgan qiziqishini oshirish bilan birga o'z kasbiga muhabbat tuyg'usini ham uyg'ota oladi. Fizika o'qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda texnika taraqqiyotini belgilovchi faktor fizikaning qonunlari ekanligiga talabalarda ishonch hosil bo'lsin.

Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya'ni Yutuqlaridan xalq farovonligi yo'lida foydalanish talabalarning politexnik saviyasini, hamda kasbga yo'naltirish bo'yicha qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Fizikani o'rganish o'quvchilarning fizikadan olgan oldingi bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika, tebranish va to'lqinlarni o'rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro fizikasini o'rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarga, issiqlik va elektr haqidagi ta'limotlarni tushuntirishda XIX asrdagi sanoat talablari haqidagi tarix kursidan olgan ma'lumotlar, atmosfera, konvekniya, Yer magnetizm hodisalarini o'rganishda geografiyadan olgan bilimlardan foydalaniladi.

Uning mazmuni xar bir yo'nalishga mos tanlangan. Professional ta'limda fizika fanini o'qitishda, ularning yo'nalishlari hisobga olingan holda, innovanion pedagogik va axborot kommunikaniya texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy shaklda o'qitilishi maqsadga muvofiqdir.

Jumladan, Ta'lim, gumanitar fanlar va san'at sohasi: ushbu bo'limni kasbiy yo'naltirib o'qitish Yuzasidan tavsiyalar:

CHolg'u ijrochiligi, aktyorlik, vokal cholg'u, sa'natshunoslik, цrk, dirijyorlik kasblarini egallashda, cholg'u asboblari tovush to'lqinlarining tarqalishiga moslab sozlash, tovush to'lqinlarining turli muxitlarda tarqalish tezligini o'rganish maqsadga muvofiqdir. CHolg'u asboblarining tembri ni aniqlashda tebranishlarning ahamiyatini o'rganadi. Madaniy-maishiy inshootlarda tovush qattiqligi va sinxronligini ta'minlash maqsadida tovush to'lqinlar rezonansidan, tovush toni, oberton, tovush intensivliklarini aniqlashga doir misol va masalalar beriladi. Rang tasvir, grafika, dizayn, haykaltaroshlik, amaliy sa'nat yo'nalishlarida tovush va to'lqinlarning Yutilishi, qaytishi, to'lqin difraksiyasi va interfrensiya hodisalaridan amalda foydalanish o'rgatiladi.Ushbu hodisalarga oid misol va masalalar beriladi. Tebranishlar mavzusini o'rganishda laboratoriya ishi orqali olingan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. "Keys"texnologiyasidan, "BBB" metodidan foydalaniladi.

Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq sohasi: Ushbu bo 'limni kasbiy yo 'naltirib o'qitish Yuzasidan tavsiyalar:

Ushbu mavzuni ijtimoiy fanlar, biznes va huquq sohasiga yo'naltirishda asosiy magnit maydon haqida asosiy tushunchalarni sodda va tushunarli qilib berish, misollar keltirish, fizik tushunchalar bilan birga kasbiy yo'naltirib amaliy topshiriqlar berish maqsadga muvofiqdir. Elektron kutubxonalarni tashkil qilish va boshqarish, arxivlashtirishni tashkil qilish, bank operaniyalarini bajarishda , moliyalashtirish va soliq hujjatlarini kompYuterlashtirish, elektron boshqarishga axborotlarni magnit usulida yozishning qo'llanilishiga doir misol va masalalar yechiladi. Gidrometeorologiya, geologiya, geofizika, gidrologiya yo'nalishlarida

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

tebranma harakat yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash orqali tog' jinslarining joylashgan o'rnini eng sodda usulda aniqlashni topish metodidan foydalanish o'rgatiladi. Yer va xavo to'lq inlarining harakatlarini iqlimga ko'rsatadigan ta'sirlari natijasida Yuzaga keladigan fizik jarayonlarga oid ma'lumotlar beriladi. Tebranishlar mavzusini o'rganishda laboratoriya ishi orqali olingan nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohasi: Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohasida kasbiy yo'naltirib o'qitish uchun mos keluvchi tanlangan bo'lim va mavzular:

Mexanik tebranishlar va ularning texnikadagi roli, ultratovushning texnikada qo'llanilishi, Yuqori chastotali (YUCH) toklarning texnikada va tibbiyotda qo'llanilishi. O'zgarmas va o'zgaruvchan tok generatorlari, o'zgaruvchan va o'zgarmas tok dvigatellari, transformatorlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr uzatish liniyalari, elektr energiyasidan foydalanish. Radiopriyomnik, radioperedatchik, radiolokasiya, televidenie, aloqa vositalari. Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta 'minot sohasi: Ushbu bo'limni kasbiy yo'naltirib o'qitish Yuzasidan tavsiyalar: Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'mi not sohasi bo'yicha tibbiy tashxis qo'yish, davolash, tibbiy asbob-uskunalarining ishlash prinцipini o'rganishga doir, dori vositalarining nurlanganlik dozalari, ularning me'yorlariga doir masalalar va misollar yechiladi. Nishonlangan atomlar yordamida qilingan eng katta tadqiqotlardan biri odam organizmida modda almashinishini tekshirish bo'ldi.Qonni izotop yordamida o'rganish shuni ko'rsatdiki,faqat temir bu qoidalardan istisno ekan. Medininada radioaktiv izotoplar kasallikni aniqlash va davolash maqsadlarida ham ishlatilishini tushuntirish lozim. Yod qalqonsimon bezda ko'p ajraladi,bu ayniqsa, Bazed kasalligida intensiv bo'ladi. Radioaktiv yodning qanday miqdorda to'planayotganini schotchik yordamida kuzatib, tezda diagnoz qo'yish mumkinligi bo'lajak hamshiralarga tushuntiriladi. SHuningdek, insonning eshitish qobiliyatini aniqlashda tebranish chastotasining ahamiyati, Yurak faoliyatida tebranishning o'rni va tashxis qo'yishda (UZI, EKG, MRT...) davolashda (Gidromassaj, darsenval, UVCH...) tebranish va to'lqinlarning amaliy ahamiyati ko'rsatib o'tiladi.

Qishloq va suv xo'jaligi sohasi:

Qishloq va suv xo'jaligi sohasida kasbiy yo'naltirib o'qitish uchun mos keluvchi tanlangan bo'lim va mavzular:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Elektr yordamida isitish: tuxumlarni inkubaniya qilish, yosh mollarni va parrandalarni elektr yordamida isitish. Elektr energiyasini issiqlik va mexanik energiyalarga aylantirib qishloq va suv xo'jaligining turli tarmoqlarida foydalanish. SuYuqliklarda elektr toki. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash. O'simliklarning tok o'tkazuvchanligini aniqlash. O'simlik tanasidan olingan suYuqlikning EYUK orqali uning suvga chanqoqligini aniqlash. Elektr tokining qishloq xo'jaligi o'simliklariga ta'sirini o'rganish. Xizmatlar sohasi:

Ushbu bo'limni kasbiy yo'naltirib o'qitish Yuzasidan tavsiyalar: Bu soha yo'nalishidagi xodimlarning deyarli barchasi elektr energiyasidan foydalanadi:

*xizmat joylarini yoritishda;

* sartaroshlik, manikYur, pedikYur, kosmetolog xizmati va shunga o'xshash xizmatlar;

*kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek dazmollash xizmatlari;

*hayvonlar terilari, mo'yna, to'qimachilik, charm buYumlar va boshqa buyumlarni oshlash va tozalash;

*yakka buyurtmalar bo'yicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzalni ta'mirlash, bo'yash va tozalash;

* kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash; *musiqa asboblarini ta'mirlash va sozlash;

* optika, soatlar ta'mirlash va o'ymakorlik ishlari;

* radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish;

* yog'ochdan eshik, deraza va boshqa buYumlar yasash;

* transport vositalarini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish, shu jumladan xizmat ko'rsatishning boshqa turlari (akustik tizimlar va qo'riqlash signallarini ta'mirlash va o'rnatish, yuvish, tekislash, kuzovga himoya va bezak qoplamalari qoplash, salonni tozalash va shu kabilar);

* sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishi;

*mehmonxonalar va jamoat hojatxonalari xizmatlari, hammom va sauna xizmatlari; *videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari.

Xizmatlar sohasi xodimlari turli o'lchov asboblaridan foydalanadi: ampermetr, voltmetr, elektr energiyasi sarfini hisoblagich (schyotchik), manometr,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

tarozi (elektron), pasaytiruvchi transformatorlar va to'g'irlagichlar va boshqa asboblar.

Yuqoridagi faoliyatlarning barchasida fizika fani va bu fan bo'yicha egallangan bilim, ko'nikma va malakalar o'z aksini topadi. Shuning uchun xizmatlar sohasidagi har bir xodimga o'zi foydalanayotgan asbob va qurilmalarning ishlash tamoyillarini bilish juda katta foyda beradi.

REFERENCES

1. Sharipov SH.S., Davlatov K. Kasbga yo'naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O'quv qo'llanma. T. 2007 y.

2. Mahmudova Х. M. va boshqalar. Fizika. kasbiy sohalarga yo'naltirib o'qitish uchun tavsiyanoma. Toshkent. 2012.

3. Sattarova B. Astronomiyani kasbiy sohalarga yo'naltirib o'qitish. O'quv qo'llanma. Toshkent 2012 yil.

4. Mahmudova X. M. va boshqalar. Fizika. kasbiy sohalarga yo'naltirib o'qitish uchun tavsiyanoma. Toshkent. 2012.

5. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлoнoва. Решение гeoмeтричeских задач с пoмoщью матeматичeскoгo пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

6. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

7. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадoв Р. Н. Тураев Э. М. Махкамoв Б. Р. Хoнимкулoв. Оптимальные управления вoдных ресуршв крупных магистральных канатов с каскадoм нашсных станций ирригацшнных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

8. А.В. Кабулoв, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергешв. Критерий управления задач oпeративнoгo управления вoдными ресурсами oбъeктoв вoдoхoзяйствeнных систем. ILIM ham JÂMIYET. Стр. 6-8

9. АЖ Сейтов, БР Ханимкулoв, М Гаишв, О Хамидуллаева, НК Мурадoв. Численные алгоритмы решения задач oптимальнoгo academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Joumals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

10. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хаво хдроратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

11. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

12. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

13. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

14. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

15. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.

16. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

17. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 95 www.ares.uz

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

18. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.

19. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

20. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

21. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.