Научная статья на тему 'O‘RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA ASTRONOMIYANI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI'

O‘RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA ASTRONOMIYANI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

375
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik / fizika / texnika / mehnat / kompetensiya / texnologiya / astronomiya / trigonometric funksiya / ecological / physics / engineering / labor / competence / technology / astronomy / trigonometric function

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Abdurazzoq Nizamiddinovich Ernazarov

Maqolaning mazmuni shundan iboratki, Fizika va astronomiyani o„qitishning kasbiy yo„naltirilishi muammosi hal etishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning ahamiyati ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF BASIS AND SCIENCE COMPETENCES IN PROFESSIONAL TEACHING OF PHYSICS AND ASTRONOMY IN SECONDARY EDUCATION SCHOOLS

The content of the article is that the importance of basic and scientific competencies in solving the problem of professional orientation of physics and astronomy teaching is revealed

Текст научной работы на тему «O‘RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA ASTRONOMIYANI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI»

O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA ASTRONOMIYANI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI

Abdurazzoq Nizamiddinovich Ernazarov

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti ernazarov_abdurazzoq@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolaning mazmuni shundan iboratki, Fizika va astronomiyani o'qitishning kasbiy yo'naltirilishi muammosi hal etishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ekologik, fizika, texnika, mehnat, kompetensiya, texnologiya, astronomiya, trigonometric funksiya.

THE IMPORTANCE OF BASIS AND SCIENCE COMPETENCES IN PROFESSIONAL TEACHING OF PHYSICS AND ASTRONOMY IN

SECONDARY EDUCATION SCHOOLS

Abdurazzoq Nizamiddinovich Ernazarov

Master student of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ernazarov_abdurazzoq@mail .ru

ABSTRACT

The content of the article is that the importance of basic and scientific competencies in solving the problem of professional orientation of physics and astronomy teaching is revealed.

Keywords: ecological, physics, engineering, labor, competence, technology, astronomy, trigonometric function.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan so'ng barcha yo'nalishlar qatori ta'lim sohasoida ham katta islohotlar amalga oshirildi. "Ta'lim to'g'risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonunlar shular jumlasidandir.

Davlat ta'lim standartlarida o'quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish ko'zda tutilgan. Tayanch kompetensiyalar - inson qanday kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi uchun ega bo'lishi kerak bo'lgan layoqatlar, qobiliyatlar va faoliyat turlaridan iboratdir. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo'lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo'lishi, umummadaniy xislatlarga ega hamda matematik jihatdan savodxon bo'lishi nazarda tutiladi.

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida, fizika fani izchil rivojlanib borayotgan shu asrimizda biz yangiliklar yaratishimiz kerak bo'ladi. Shu munosabat bilan o'quv-tarbiya jarayonining darajasini ancha oshirish zarurati tug'ildi, yoshlarga umumkasbiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarning fan asoslarini chuqur egallashini ta'minlash, ularga kasbiga e'tiqod, mexnatsevarlik, axloqiy soflik kabi xislatlarni shakllantirish, Vatanimizga muhabbat va uning kelajagi uchun o'zining xissasini qo'shishga tayyor turadiga va komil inson ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo'lib. Shu bilan birga mavzuning insoniyat xayotidagi rolini o'quvchilarga yetkazishdan iborat.

Fizikani predmet sifatida o'qitishda kasbiy yo'naltirish o'qitishning maqsadlaridan biri sifatida ham, bilimlar sifatini oshirishning muhim faktori sifatida ham xizmat qiladi. Fizikani kasbiy yo'naltirib o'qitish faqatgina kasbiy chaqqonlikni oshiribgina qolmay, shu bilan birga o'quvchilarning ma'naviy kuchlarini va qobiliyatlarini ham rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni shakllantirishga ham imkon beradi.

Ma'lumki, fan va texnika taraqqiyoti ta'lim va tarbiyaning mazmuni va metodlariga bevosita ta'sir etadigan quyidagi bir qator belgilar bilan xarakterlanadi:

- fan, texnika va ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarning birga qo'shilib ketishi natijasida fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib ketishi;

- ishlab chiqarish kuchlari hamma elementlarini sifat jihatdan qaytadan qurish;

- mehnat xarakteri va mazmunining o'zgarishi, unda ijodiy elementlar rolining o'sishi;

- ishchilar umumiy va maxsus ta'limi, hamda madaniyatining o'sish darajasi;

- ekologik muammolarning paydo bo'lishi va shunga bog'liq bo'lgan boshqa masalalar.

Kasbiy yo'naltirib o'qitish ham albatta didaktik tamoyillarga tayanadi. Fizikani kasbiy yo'naltirib o'qitish asosan "ko'rgazmali" bo'ladi, chunki uning manbai texnika ob'ektlari hisoblanadi. Shu tufayli, fizika o'qitishda politexnik tamoyilni ketma-ket amalga oshirish ko'rgazmalilik tamoyili vositalarini boyitish bilan birga fizikadan o'quv jihozlariga aniq talablar qo'yadi.

Kasbiy yo'naltirib o'qitish insonning mehnat va ishlab chiqarish - texnik faoliyatida shakllanadi va aniq ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shu sababli, o' qitishni ishlab chiqarish va o'quvchilarning mehnati bilan bog'lanishi ular tomonidan bilimlarni o'zlashtirishning zaruriy sharti bo'lib xizmat qiladi. O'quvchilarni kasbga tayyorlash fan asoslarini, mehnat ta'limini o'rganish jarayonida, texnika, texnologiya va ijtimoiy - foydali, ishlab chiqarish mehnati bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshiriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fizikani o'qitishning kasbiy yo'naltirilishi muammosi bugungi kunda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi, chunki hozirgi paytda texnika kirib bormagan sohaning o'zi yo'q. Bunda uning mazmun va jarayonual tomoni farqlanadi. Mazmun tomoni esa o'qitishning metodlariga va shakllariga qo'yilgan talablar hisoblanadi.

Fizikani o'rganishda qarab chiqilayotgan qonuniyatlar xalq xo'jaligining muhim sohalaridagi texnik qo'llanishlarni ham kiritish kerakligini talab etadi. Bu esa fizika kursining nazariy va amaliy qismlarini aniqlab olishga imkon beradi.

O'rta umumta'lim maktablarini tugatgan o'quvchilarning bir qismi ishlab chiqarish sohasiga boradi. Shu munosabat bilan ular mehnat tarbiyasini olgan bo'lishlari zarur. Mehnat tarbiyasi masalasini hal etishda fizika o'qituvchisi ham ma'lum darajada ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi yoshlarni hamkasblarga, mehnat jamoalarga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun zarur va foydali ishlarni bajarishga tayyorlash, mehnat natijasiga javobgarlik hissini, jamoa qiziqishini o'zining qiziqishlaridan ustun qo'yishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo'lish hislariga erishishga yoshligidan tayyorlab borishdan iborat. Agar, o'qitish ishlab chiqarish mehnati bilan qo'shib olib borilsa, yaxshi samara beradi.

NATIJALAR

O'rta umumta'lim maktablarida mehnat tarbiyasi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. O'rta umumta'lim maktablarida barcha fan o'qituvchilari buni amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Fizika o'qituvchisi ham har bir darsida faqat fan asoslarini o'rgatib qolmasdan mehnat tarbiyasini ham amalga oshirishi kerak.

Fizika o'qituvchisining o'quvchilarni mehnat tarbiyasi va kasbga yo'naltirish bo'yicha ish metodini aniqlovchi tamoyil bo'lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Fizika o'qituvchisi o'z darslarida avvalambor o'z faniga o'quvchilarni qiziqtira olishi

zarur, aks holda u hozirgi ishlab chiqarishning ilmiy asoslari haqida, novator va ijodkorlar haqida har qancha chiroyli so'zlab bersa ham o'quvchida mehnatga ijodiy munosabat shakllanmaydi. O'rta umumta'lim maktablarida ishlayotgan fizika o'qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o'z darslarida fizikani o'quvchilarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko'rsatib bera olishi va bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo'ladi. O'qituvchi shu yo'l bilan o'quvchilarni fizika faniga bo'lgan qiziqishini oshirish bilan birga o'z kasbiga muhabbat tuyg'usini ham uyg'ota oladi. Fizika o'qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda texnika taraqqiyotini belgilovchi faktor fizikaning qonunlari ekanligiga o'quvchilarda ishonch hosil bo'lsin.

MUHOKAMA

Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya'ni yutuqlaridan xalq farovonligi yo'lida foydalanish o'quvchilarning politexnik saviyasini, hamda kasbga yo'naltirish bo'yicha qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi.

Fizikani o'rganish o'quvchilarning fizikadan olgan oldingi bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. Masalan, mexanika, tebranish va to'lqinlarni o'rganish uchun matematika kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro fizikasini o'rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarga, issiqlik va elektr haqidagi ta'limotlarni tushuntirishda XIX asrdagi sanoat talablari haqidagi tarix kursidan olgan ma'lumotlar, atmosfera, konvensiya, yer magnetizm hodisalarini o'rganishda geografiyadan olgan bilimlardan foydalaniladi.

XULOSA

O'rta umjumta'lim maktablarida fizika fanini kasbiy sohalarga yo'naltirib o'qitish o'qituvchidan yuksak bilim va oliy darajadagi pedagogik mahorat talab etadi. O'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va dars mobaynida egallagan bilimlarini kelajakda o'z mexnat faoliyatlari davomida qo'llay olishlarini ta'minlashda kasbiy yo'naltirib o'qitishning ahamiyati katta.

REFERENCES

1. X.Mahmudova, B.Nurillayev , R.Isyanov, O.Rajabova. Fizika fanini kasbiy sohalarga yo'naltirib o'qitish (O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma) - T.: 2012 y.

2. Ж. Усаров. Физика укитиш жараёнида укувчиларда компетенцияларни ривожлантиришнинг дидактик жихдтлари. - T.: "MASHHUR-PRESS" , - 2019.192 бет.

3. Usarov. J., (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies.

4. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

5. Jabbor Eshbekovich Usarov, Kabilova. Sh., (2021). Inklyuziv ta'limning nazariy va kontseptual mаsаlаlаri. Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi, 02(02), 37-46.

6. Mamadazimov, M., Tillaboyev, A., & Nurmamatov, Sh. (2019). Astronomiya kursidan masalalar to'plami.

7. Nurmamatov, Sh. (2020). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida astronomiya fanidan "Osmon sferasi, uning asosiy nuqtalari, aylanalari va chiziqlari" mavzusiga doir masala yechish metodikasi. Fizika, matematika va informatika, 01(1), 37-44.

8. Nurmamatov, Sh. (2020). Astronomiya kursining astrofizika bo'limiga doir masalalar yechish metodikasi. "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi respublika 16-ko„p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari

9. Gafurjan Isroilovich Muxamedov, Sheroz Eraliyevich Nurmamatov & Ibrohim Ulug'bek o'g'li Sapayev. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida astronomiyadan masalalar yechish usullari. Academic research in educational sciences, 02(01), 664667.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.