"PRIDE AND PREJUDICE" ROMANIDAGI ELIZABETNI BAXTGA
YETAKLAGAN QAT'IYAT
Z. H. Sayitqulova
Tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Jeyn Ostinning "Pride and Prejudice" (Andisha va g'urur) romanidagi syujetlardan foydalanib romandagi ijobiy qaxramonlar hayoti, ularning nikohga, oilaga bo'lgan munosabatlari o'rganilgan. Roman bosh qaxramoni Elizabet Bennetning nikoh masalasida o'z qarashlariga ega ekanligi va bu qarashlarga to'sqinlik qiluvchi har qanday qiyinchiliklarni qat'iyat bilan yengib o'tib baxtga erishgani muhokama qilingan Elizabetning boshqa qaxramonlar bilan bo'lgan munosabati tahlil qilingan Shunindek, maqolada XVIII asr xotin-qizlariga xos an'analar ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: realistik roman, dvoryan va pomeshchiklar, jamiyat, oilaviy munosabatlar, nikoh, tarbiya, qadimiy qadriyat.
ELIZABETH'S DETERMINATION IN "PRIDE AND PREJUDICE"
ABSTRACT
This article uses the plots of Jane Austen's Pride and Prejudice to explore the lives of the protagonists and their relationship to marriage and family. The protagonist of the novel, Elizabeth Bennett, has her own views on the issue of marriage, and Elizabeth's relationship with other protagonists is analyzed. traditions specific to women are shown.
Keywords: realistic roman, noblemen and landlords, society, family relations, marriage, upbringing, antique values.
Kirish. Badiiy asarlar inson ruhiyati, o'ylari, tuyg'ulari va kechinmalari asosida bayon etilgan, go'zallik va haqiqat dunyosidagi hayotning ifodasidir [1: B.9]. "Tarixdagi eng yaxshi 100 ta kitob" [9] sirasiga kirgan Jeyn Ostin ijodining gultoji hisoblangan "Pride and Prejudice" (Andisha va g'urur) romani ana shunday go'zallik va haqiqat dunyosini tarannum etuvchi asarlardan biridir. 1813 - yilda nashr qilingan, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo'lgan mazkur asar, o'zining samimiyat, kulgu va satiraga boy tili bilan kitobxonlar qalbidan allaqachon mustahkam o'rin egallab olgan, dunyo adabiyotshunoslari va tanqidchilari tomonidan bir necha bor tahlil etilgan, tarjimonlar tomonidan esa hanuzgacha tarjima qilib kelinmoqda. O'sha paytdagi "Britanya tanqidchisi" jurnali ushbu asarning shu paytgacha o'quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turishini ta'kidlagan edi [6: B.4]. Asarning jo'n va go'zal tasviri har qanday o'quvchini o'ziga rom eta oladi.
Roman nafaqat o'quvchiga zavq beradi, balki uning bilimini kengaytiradi, aqlini charxlaydi va o'sha davrdagi kishilar hayoti haqida xabardor qiladi [4: B.4]. Oddiy xalqning kundalik hayotini hikoya qiluvchi [2: B.709] mazkur asar o'zi yaratilgan XVIII asr oxiri va XIV asr boshlaridagi Angliya dvoryan va pomeshchiklarining hayotidagi kundalik voqealar, ichki kurashlarni real tasvirlashi, qiziqarli, chiziqli xronologik tuzilishi, ingliz jamiyatida ayollar duch keladigan qiyinchiliklarni va baxtli nikoh yaratilishidagi bir necha to'siqlarni tandqid qilishi, bilan birgalikda o'sha davrdagi insonlar o'rtasidagi munosabatlarni, ularning muhabbatga, oilaga, do'stlikka va boylikka bo'lgan qarashlarini, o'sha davrdagi axloqiy me'yorlarni, an'ana va qadriyatlarni ham mohirlik bilan tasvirlab beradi. Tanqidchilar J.Ostinning qahramonlarni hayotga tadbiq etish qobilyatini yuqori baholaydilar. Jumladan, Jorj Genri Lyus J. Ostin o'z qahramonlarini, ularning nimani his qilayotganini aytib berish o'rniga drammatik unsurni odamlarga taqdim etganini va ro manda kamyob va murakkab bo'lgan o'z o'zini fosh etish san'atidan foydalanganini e'tirof etadi [7: B.64 -65]. Shu sababli o'quvchilar qahramonlarning individual belgilari va eskizlari haqida juda aniq qarashlarga ega bo'ladilar. J. Ostin ijodiga munosib baho bergan yana bir tanqidchi Valter Skot ham insoniy munosabatlarni o'ta odob nazokat bilan anglab yetish, shunday nazokat bilan xarakter yaratish mahoratini yuksak darajada baholaydi.[8]
Asosiy qism. J. Ostin o'zining markaziy obrazlari bilan haqiqiy muhabbat jamiyatdan ajralib turadigan va eng qiyin sharoitlarni ham yengib o'tishga qodir kuch ekanligini ta'kidlaydi. Roman klassik komediya bilan yakunlanadi va ijobiy qahramonlar baxt va porloq kelajak bilan taqdirlanadi. Janob Gardiner va Gardiner xonim, Bingli va Jeyn, Darsi va Elizabet romandagi ijobiy qaxramonlar bo'lib,ular baxtli nikoh namunasi sifatida xizmat qiladi. Quyida ular o'rtasidagi munosabatlarga va ularning atrofdagilarga ta'siri xususida to'xtalamiz.
Janob Gardiner va Gardiner xonim o'rtasidagi er-xotin munosabatlari o'zaro hurmat, sevgi, bir-birini tushunish, bir-biriga bo'lgan ishonch va mehr-shafqatga asoslangan. Gardiner xonim turmush o'rtog'ini har qanday vaziyatda to'g'ri tushunadi, uning fikrlarini hurmat qiladi. Buni biz uni turmush o'rtog'ini advokat sifatida ishlashiga qarshilik qilmasdan, aksincha uni qo'llab-quvatlaganida ko'rishimiz mumkin. Chunki o'sha vaqtlarda ingliz jamiyatida yuqori va o'rta tabaqa vakillarining ishlashi ijtimoiy jihatdan uyat hisoblangan ular ota-onasidan qolgan meros bilan kun kechirishgan. Faqatgina past tabaqa vakillarigina ishlashlari odatiy hol bo'lgan. Ledi Ketrin singari jamiyatning yuqori tabaqa vakillarining bu holatga tanqidiy nuqtai nazar bilan qarashlari ularni hech qachon hijolatli holatga solmagan. Aksincha ularni bir-biriga bo'lgan ishonchi hurmati va sevgisi ularning hayotini baxt va xursandchilika to'la bo'lishini ta'minlagan. Qolaversa bunday baxtiyor nikoh atrofdagilarning, jumladan jiyanlarining taqdirida o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatgan. Ular Jeyn va Elizabetning baxtli
bo'lishiga, Lidiyaning sharmandalikdan qutilishiga, va u tufayli Bennetlar oilasiga keladigan isnoddan xalos bo'lishiga hissa qo'shgan. Ular nafaqat o'z farzandlariga, balki jiyanlariga ham yaxshi ota-ona bo'lishgan. Haqiqiy baxtli oilagina ana shunday sog'lom fikrlaydi, atrofdagilar taqdiriga befarq bo'lmaydi. Va mana shu narsa jamiyatda insonlar o'rtasida mehr, oqibat, ezgulik tuyg'ularining yuksalishiga, sog'lom va baxtli oilalar ko'payishiga va eng muhimi jamiyatning yanada taraqqiy etishiga sabab bo'ladi.
Yana bir baxtli, dunyoga faqat yaxshilik nigohi bilan boquvchi jutliklardan biri bu Bingli va Jeyn juftligidir. Romanning dastlabki bobida ular bosh qahramonlar sifatida namoyon bo'lib, ularning munosabati boshqa qahramonlar tomonidan muhokama va munozaralarga sabab bo'ladi. Aynan ana shu munozaralar vositasida boshqa qahramonlarning ichki dunyosi ochib beriladi. Yani ularning Bingli va Jeynga bo'lgan qarashlari o'zlarining ichki dunyosini fosh etadi. Ularning har ikkisi ham tabiatdan mehribon oq ko'ngil, samimiy, va hamma insonda faqat yaxshlikni ko'ruvchi, ichki go'zalligi va tashqi go'zalligi bir-biriga uyg'un personajlardir. Ammo, ularning o'ta soddadilligi, andishaliligi, osonlik bilan boshqalar ta'siriga berilishi ularning uzoq muddatli ayrilig'iga sabab bo'ladi. Ularning munosabatlari haqidagi dastlabki xulosani Sharlotta va Elizabet o'rtasidagi suhbatdan olishimiz mumkin.
"Not as you represent it. Had she merely dined with him, she might only have discovered whether he had a good appetite; but you must remember that four evenings have also been spent together-andfour evenings may do a great deal."
"Yes; these four evenings have enabled them to ascertain that they both like Vingt-un better than Commerce; but with respect to any other leading characteristic, I do not imagine that much has been unfolded."[3: B.27]
Garchi, Jeyn Bingliga befarq bo'lmasada, u bilan odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda munosabatda bo'ladi. Ko'nglidan kechayotgan tuyg'ularni, yigitga bo'lgan qiziqishini unga aslo sezdirmaydi. Jeyn yigitga yoqish uchun ortiqcha harakat qilmaydi. Bu esa qizning go'zal hulq soxibi ekanidan dalolat beradi. Jeynning Bingli bilan bo'lgan bu to'rt uchrashuvida ularning qiziqishlaridan boshqa hech narsa ma'lum bo'lmadi. Bu uchrashuvlar har ikalasiga ham xarakteridagi muhim tomonlarni ochishga imkon bermaydi. Bingli esa boshqalarning fikri ta'sirida o'zi uchun, muhabbati uchun mustaqil qaror qila olmaydi. Natijada, ularning ikkalasi ham uzoq vaqt ayriliq, hijron azobini chekishiga to'g'ri keldi. Ammo, ayriliq azobi ularning muhabbatini so'ndirmadi, aksincha uni yanada kuchayishiga, mustahkamlanishiga va o'zlari uchun eng munosib bo'lgan juftni tanlashiga olib keldi. Ularning munosabatlari beg'araz sevgiga asoslangan bo'lib, chin sevgi hamma vaqt g'alaba qilishini ko'rsatadi.
Yana bir-biriga munosib bo'lgan, o'z muhabbati bilan butun romanga joziba baxsh etgan juftlik, shubhasiz, Elizabet Bennet va Fitsuliam Darsi juftligidir. Ularning dastlabki munosabatini nafratning muhabbatga aylanishi, yohud yolg'onchi taasurotlar
deya baholashimiz mumkin. Avvalo ularning romanda tutgan o'rniga qisqacha e'tibor qaratsak.
"Pride and Prejudice" (Andisha va g'urur) romanininig bosh qahramoni Elizabet, Bennetlar oilasining ikkinchi qizi. U aqlli, zukko, sinchkov va insonlar tabiatini kuzatadi. Asar voqealari, personajlar xarakteri uning nuqtai nazaridan hikoya qilinadi. Roman o'quvchilari yangi ma'lumotlarga faqat u ega bo'lgandagina ega bo'lishadi. U ko'p kitoblar o'qiydi, ulardan olgan xulosalari uni sog'lom fikr yuritishga undaydi. Shu sababdan, uning o'ziga ishonchi baland va hamma joyda o'zini erkin tuta oladi. Uning tili va dili bir bo'lib, faqat o'ylaganlarini tiliga chiqaradi. U xushomadgo'ylik va soxta mulozamatdan yiroq. Jamiyatdagi bunday munosabatlarni kulgu orqali tanqid ostiga oladi. Lekin shu bilan birgalikda u o'z jamiyatidan butkul uzilib ketgan emas. U ham boshqa qizlar singari baxtga to'la turmushni istaydi. U baxtli turmush o'zaro ishonch, hurmat va sevgi asosiga qurilishi kerak deb hisoblaydi. Ammo, uning o'tkir tili, shoshilinch qaror chiqarishga moyilligi, qaysarligi uning adashishiga sabab bo'ladi. Buni biz uning janob Darsi va Uikxem bilan bo'lgan munosabatlarida yaqqol sezishimiz mumkin.
Asar boshida u Darsini mag'rurligi tufayli, uni o'ta ketgan dimog'dor, ijobiy insoniy xususiyatlardan holi degan xulosaga keladi, undagi yaxshi fazilatlarni ko'rmaydi va o'quvchilarga ham buni ko'rishga imkon bermaydi. Uikxemga yoqishni istagani sababli o'quvchini ham uni yoqtirishga undaydi. Romanning oxiriga kelib, Elizabet odamlarning ko'p o'lchovli bo'lishi mumkinligini va birinchi taasurotlarni qayta baholash uchun yangi ma'lumotlardan foydalanish muhimligini tushunadi. U xarakteridagi ushbu o'zgarish tufayli, o'zi xoxlagandek, uni chinakam sevadigan va hurmat qiladigan inson bilan baxtli turmush quradi.
U erkin va sog'lom fikrlovchi qiz. Shu sababdan ham otasi uni yaxshi ko'radi, fikr-mulohazalarini u bilan o'rtoqlashadi. U oila qurishda juftliklarning bir-birlarini sevishi, tushunishi va hurmat qilishini muhim omil deb hisoblaydi. O'z qarashlarida qat'iy turadi va shu qat'iyati tufayli baxtga erishadi. Muallif uning qa'tiyatga to'la harakatlarini asar qhramonlari bilan bo'lgan munosabatlaridan argumentlar keltirib dalillaydi. Elizabet va Bennet xonim, Elizabet va janob Kolinz, Elizabet va Kerolin Bingli, Elizabet va Darsi, Elizabet va ledi Ketrin o'rtasidagi munosabatlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Quyidagi parchada qizining janob Kolinzning taklifini rad etg anidan, uning qaysarligidan azob chekayotgan Bennet xonimning Elizabetga bo'lgan munosabatini ko'rishimiz mumkin.
"Aye, there she comes," continued Mrs. Bennet, "looking as unconcemed as -may be, and caring no more for us than if we were at York, provided she can have her own way. But I tell you, Miss Lizzy - if you take it into your head to go on refusing every offer of mariage in this way,you will never get husband at all - and I am sure I do not know who is to maintain you when your father is dead. I shall not be able to keep you -
and so I wam you. I have done with you from this every day. I told you in the library, you know, that I should never speak to you again, and you will find me as good as my word. I have no pleasure in talking to undutifull children..."[3: B.142]
Janob Kolinz jamiyatda o'z o'rniga, doimiy mablag'iga, qolaversa janob Bennet vafotidan so'ng Longborndagi yer-mulkka ham ega. U har qanday qiz o'zining turmush qurish taklifini qabul qilishiga ishonadi. U dastlab, Longbornga kelganida Bennetlar oilasining eng go'zal to'ng'ich qizi Jeynning qo'lini so'rashni rejalashtiradi. Ammo Jeynning yaqinda unashtirilishi haqidagi gap-so'zlardan keyin u fikrini o'zgartirib, unchalik chiroyli bo'lmasada, aqlli bo'lgan Elizabetning qo'lini so'raydi. J anob Kolinz uchun turmush o'rtog'i kim bo'lishining farqi yo'q. U o'z manfaatlari yo'lida yani uy yumushlari uchun ortiqcha mablag' sarflamaslik maqsadida, qolaversa ledi Ketrinning maslahatiga ko'ra uylanmoqchi. Shu sababdan uning Elizabetdan olgan rad javobi unga hech qanday ta'sir qilmadi. Ertasi kuniga u Elizabetning yaqin dugonasi Sharlottaga turmush qurishni taklif etdi. Chunki u shunday hissiz inson. Tabiiyki, Elizabet aqlli qiz. U bunday inson bilan turmush qurishni xoxlamaydi, albatta. Ammo hayotdagi maqsadi faqatgina qizlarini turmushga berish bo'lgan Bennet xonim bundan g'azablanmoqda. U qizini jilovlay olmaganidan, uni o'z xoxish irodasiga ko'ra egib ololmaganidan darg'azab bo'lib, asablari taranglashmoqda. Qilgan ishi uning kelajagi uchun yomonligini otasi vafotidan keyin hech kim unga g'amo'rlik qilmasligini uqtirishga urinmoqda. Onaning qizi uchun qilgan barcha xatti-harakatlari bekor ketdi. Sababi Elizabet o'z qarorida qat'iy turgandi.
"I do assaure you, sir, that I have no pretensions whatever to that kind of elegance which consists in tomenting a respectable man. I would rather be paid the compliment of being belived sincere. I thank you again and again for the honour you have done me in your proposals, but to accept theme is absolutely impossible. My feelings in every respect forbid it. Can I speak plainer? Do not consider me now as an elegant female, intending to plauge you, but as a rational creature, speaking the truth from her heart."[3: B.136-137]
Janob Kolinz uning javobini qizlarga xos erkatoylikka yo'ygan bo'lsada, Elizabet unga balog'atga yetgan aqlli ayol sifatida qat'iy rad javobini bergan edi. Kolinzning taklifi Elizabetning baxtli nikoh qurish mezonlariga mos kelmasdi. U o'z zamonasidagi ba'zi qizlar kabi, farovon hayot uchun emas, balki uni chin dildan sevadigan, uni hurmat qiladigan insonga turmushga chiqishni xoxlardi. Onasi Elizabetni o'z qarashlaridan qaytarishga urinsada, otasi uning tarafdori edi.
"An unhappy alternative is before you, Elizabet. From this day you must be stranger to one of your parents. Your mother will never see you again if you do not marry Mr. Collins, and I will never see you again if you do." [3: B. 140]
Otasining Elizabetni qo'llab-quvvatlashi unga yanada kuch berdi. Ham onasi ham otasiga qarshi turish Elizabetga oson bo'lmas edi. Otasi Elizabetni qizlari ichida aqllisi
deb hisoblardi, uni o'zi kabi baxtsiz bo'lishini xoxlamas edi. U janob Kolinzning hissizligi, xushomadgo'yligini, yaxshi bilardi. Qizining bunday inson bilan baxtli bo'la olmasligiga fahmi yetardi. Shu sababli rad javobidan u faqat xursand bo'ldi. Elizabet onasi va Kolinzning xoxishiga qarshi o'z qarashlarida qat'iy turishi uning baxti tomon qo'ygan birinchi qadami edi.
Bundan tashqari, Elizabetning har qanday davrada, yuqori sinf vakillari oldida ham o'zini erkin tutishi, o'z fikrini bildira olishi Kerolin Binglini ham xavotirga sola oldi.
Miss Bingley was then sorry that she had dropposed the delay, for her jealously and dislike of one sister much exceeded her affection for the other. [3: B.72-73]
Jeyn va Elizabetning Nezerfilddagi so'ngi kunlarida Elizabetning Darsi bilan suhbatlari, Darsining o'zi bilmagan holda Elizabetga intilishi va e'tiborini sezayotgan Kerolin Bingli o'zi hech qachon nazarga ilmagan bu qizni Darsi uchun o'ziga raqib deb bila boshladi. Miss Binglining xavotirlari o'rinli edi. Sababi janob Darsi qizlar o'rtasidagi farqni allaqachon sezgan edi. Darsi dastlab Elizabetning opasi uchun uch mil (4.83km) masofani piyoda yurib kelganidan hayratda edi. U yetib kelganida, uning yuzlari qizarib ketgan, charchagan va kiyimlari loy bo'lib ketgan edi. Elizabet ularga shunday ko'rinishdan uyalmadi. Uning uchun eng muhimi opasining sog'ligi edi. Bu vaqtda Darsi birinchi bor uning chaqnagan ko'zlarini payqadi. Keyinchalik uning aqlliligini ham tushuna boshladi.
Kerolin Binglida esa bu xususiyatlarning hech biri yo'q edi. Faqat uning kiyinishi, qaddi-qomati kiborlarga xos bo'lsada, uning o'zini tutishi, noo'rin gap -so'zlari uning qanchalik tor fikrlashini ko'rsatib turar edi. U Darsiga mulozamat va xushomadgo'ylik qilishdan boshqa hech narsani bilmasdi. Uning xatti-harakatlari, kelishgan qaddi-qomati janob Darsini o'ziga torta olmasdi.
Elizabetning Xansfordga tashrifi Darsining unga bo'lgan muhabbatini yanada kuchaytirdi. Darsi boshida Elizabetni kelishgan qiz deb hisoblamasdi, balda unga e'tibor ham bermagandi. Kelasi safar do'stlariga qizning kamchiliklarini aytayotganda, uning chiroyli ko'zlari yuziga samimiyat va yoqimtoylik baxsh etishini seza boshladi [5: B.30]. Uning tashqi ko'rinishi unchalik chiroyli bo'lmasada, uning ko'zlarida odamni o'ziga tortadigan nimadir borligini angladi. Qizning o'zini tutishi oliy tabaqa vakillarinikidek bo'lmasada, uning o'zini erkin tutishi Darsini rom qilgan edi. Darsi ham hayotda o'z qarashlariga ega inson edi. U qizning oilasi va qarindoshlarini o'ziga munosib emas deb hisoblardi. U qalbi bilan uzoq vaqt kurashdi va qanchalar qiyin bo'lmasin, o'z tuyg'ularini oshkor qildi.
"In vain I have struggled. It will not do. My feelings will not be repressed. You must allow me to tell you how ardently I admire and I love you. "[3: B.236]
Darsi dil izhori bilan birga o'zini qiynayotgan narsalar haqida o'ziga xos bo'lmagan qiziqqonlik bilan gapirdi. Uning qalbini ehtirosli muhabbat bilan birgalikda
shikastlangan g'urur tuyg'usi ham qiynayotgan edi. U qalbidan kechayotgan tuyg'ularni boricha aytdi. Uning tuyg'ulari tabiiy va samimiy edi.
"In such cases as this, it is, I believe, the established mode to express a sense of obligation for the sentiments avowed, however unequally they may be returned. It is natural that obligation should be felt, and if I could feel gratitude, I would now thank you. But I cannot - I have never desired your good opinion, and you have certainly bestowed it most unwillingly. I am sorry to have occasioned paint to anyone. It has been most unconsiciously done, however, and I hope will be of short duration. The feelings which, you tell me, have long prevented the acknowledgment of you regard, can have little difficulty in overcoming it after this explanation."[3: B.237]
Elizabetdan rad javobini olgach, uni butunlay unutishga qaror qildi, ammo qalbi bunga yo'l qo'ymadi. Elizabet unga qo'ygan ayblarni qayta ko'rib chiqdi, ularni tahlil qildi va tuzatishga urindi. Uning o'z xatolarini anglashi, qalbidagi g'ururni butkul chiqarib yuborishiga, hammaga nisbatan birdek oliyjanob bo'lishga undadi. Uning bu yo'ldagi dastlabki qadamini biz uning Gardinerlar oilasi bilan bo'lgan munosabatida ko'rishimiz mumkin. Asar boshida Darsi o'ta ketgan dimog'dor bo'lib, u o'zidan past tabaqadagi insonlar bilan hatto suhbatlashishni ham xoxlamas edi. U Elizabet va uning qarindoshlari Gardinerlarni Pemberlida tasodifan uchratib qoldi, ularga iliq munosabatda bo'ldi va ular bilan do'stlik aloqalarini o'rnatdi.
Darsining muhabbati tomon qo'ygan keyingi qadami bu Bennetlar xonadoni uchun ularning kenja qizi Lidiyaning nomusini saqlab qolish bo'ldi. U buni hech narsadan umid qilmagan holda, faqatgina Elizabetga bo'lgan pok sevgisi uchungina qildi. Darsi Uikxemning vijdonsiz va pastkash insonligini yaxshi bilardi. Uikxemning Lidiyaga uylanish niyati yo'q edi. Chunki u o'zi uchun ajratilgan pularni allaqachon ishlatib bo'lgan, Lidiya ham hech qanday katta merosga ega emas edi. U faqatgina Lidiyaning ahmoqligidan foydalanib, qolaversa uning iltimosiga ko'ra va qarzlaridan qutulish uchun u bilan qochib ketgan edi. Darsi Uikxemni moliyaviy jihatdan ta'minlaydi va Lidiyaga uylanishga ko'ndiradi. Bu bilan u nafaqat Lidiyaning, balki butun Bennetlar oilasining or-nomusini saqlab qoladi.
O'sha vaqtlarda insonlar hozirgi ingliz jamiyatidan farqli o'laroq or-nomus masalasiga jiddiy qarashgan. Lidiyaning nomussizlarcha qilgan bu ishlari butun oilaning boshi egilishiga, qolaversa boshqa qizlarning baxtli bo'lishiga ham to'siq bo'lar edi. Lidiyani xatti-harakatlarining nikoh bilan yakunlanishi oilasini bunday sharmandalikdan saqlab qoldi.
Darsidan olgan maktubi Elizabetning hayotini ham butunlay o'zgartirib yubordi. U insonlarning o'zini tutishi, harakatlariga ko'ra berilgan baho har doim ham to'g'ri bo'lavermasligini, har doim ham insonlarning tashqi va ichki dunyosi hamohang bo'lmasligini, birinchi taasurotlar ba'zan yolg'onchi bo'lishini tushunib yetdi. U qilgan ishlaridan qalbi oldida qattiq uyaldi. U qalbida kechayotgan hislar bilan bir o'zi
kurashdi, eng yaqin sirdoshi bo'lgan opasi Jeynga ham, uning diliga ozor bermaslik uchun, ko'nglidan kechirayotganlarini ayta olmadi. Ayniqsa, Lidiyaning Uikem bilan qochib ketish voqeasidan so'ng Darsi undan voz kechadi deb o'ylasada, unga bo'lgan muhabbati kun sayin oshib borar edi. Va u bu muhabbatni pinxona tutardi. Darsining xolasi ledi Ketrin ham uni muhabbatidan voz kechishiga majburladi. Oilaviy bid'atlarni sabab qilib ularni ajratishga urindi. Lekin bu oson emas edi, chunki ular allaqachon ko'rinmas, uzilmas va mustahkam muhabbat rishtasi bilan bog'langan edi. Oqibatda, ledi Ketrinning harakatlari o'zi istamagan holda, ularni tezroq baxtga erishishlariga sabab bo'lib qoldi. Elizabet va Darsi o'rtasidagi sevgi munosabatlari samimiyat, to'g'riso'zlik, tabiiylik asosiga qurilgan. Shu sababli ularning muhabbati barcha sinovlarni yengib, baxtli nikoh bilan mukofotlandi.
Elizabetning yuqoridagi qahramonlar bilan munosabatini quyidagicha baholashimiz mumkin. Bennet xonim ona va qiz munosabatida qiz har qanday sharoitda, hatto o'ziga umr yo'ldosh tanlayotganda ham onaning so'zidan chiqmasligi, ona yetakchi, qiz esa yetaklovchi bo'lishi kerak deb biladi. Janob Kolinz esa iqtisodiy jihatdan barqaror bo'lgan insonga har qanday qiz qarshiliksiz turmushga chiqishi kerak deb qaraydi. Kerolin Bingli esa o'zidan chiroyli bo'lmagan, past tabaqadagi qizning hamma joyda o'zini erkin tutishi, fikrlarini chiroyli ifoda etishi va barcha qizlar orzu qilganidek mukammal yigitning ko'nglini zabt eta olganidan darg'azab. Ledi Ketrin esa yuqori tabaqa vakillariga jamiyat ustuni sifatida qaraydi va past tabaqadagi insonlar ularga bo'ysunishi, ularning fikri va qarashlari har doim to'g'ri ekanligiga ishonishi kerak deb hisoblaydi.
Elizabet va Darsi juftligi ularning qarashlari noto'g'ri ekanini isbotladi va atrofdagilarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa bu o'smir qizlar Kitti va Jorjinaning tarbiyasida sezildi: Kitti jizzakilikni tashladi, tabiati yaxshi tomonga o'zgardi, savodli va harakatchan bo'lib qoldi, Jorjina esa ancha quvnoqlashdi va oilada qiz bola va ayol o'rtasidagi farqni anglab yetdi.
Asarni o'qish jarayonida kitobxon o'quvchi o'sha davr muhiti, insonlar xarakteri va qarashlari ular o'rtasidagi munosabatlar bilan birgalikda o'sha davr qadriyatlari haqida ham ma'lumotga ega bo'ladi. Romandan anglashiladigan nozik qadriyatlardan bir bu turmush qurmagan qizlarga bo'lgan e'tibor. Jamiyatdagi o'rinlariga ko'ra ular doim nazoratda bo'lishgan. Turmush qurmagan qizlar yolg'iz sayohat yoki mehmondorchiliklarga bormasdi. Ularning sayohatdagi hamrohi yoki taklif qilgan mezboni turmushga chiqqan ayol bo'lishi kerak edi. Bu qadriyat ledi Ketrin nuqtai nazarida ham quyidagicha izohlanadi.
"Mrs. Collins, you must send a servant with them. You know I always speak my mind, and I cannot bear the idea of two young woman travelling post by themselves. It is highly improper. You must contrive to send somebody. I have greatest dislike in the
world to that sort of thing. Young women should always be properly guarded and attended, according to their situation life"[3: B.264]
O'z fikrlarini turmushga chiqmagan qizi va jiyanini misol keltirib tasdiqlaydi. "When my niece Giorgiana went to Ramsgate last summer, I made a point of her having two men-servants go with her. Miss Darcy, the daughter of Mr. Darcy, of Pemberley, and Lady Anne, could not have appeared with propriety in a different manner... "
"My uncle is to send a servant for us."
"Oh! Your uncle! He keeps a man-servant, does he? I am very glad you have somebody who thinks of these things."[3: B.264]
Bu qadriyat ijrosini biz asaning boshqa qaxramonlarida ham ko'rishimiz mumkin. Jeynni Londonda mehmon bo'lish uchun uni Garddiner xonim taklif qiladi. Elizabet turmushga chiqqan dugonasi Sharlottaning taklifiga ko'ra Xansfordga tashrif buyuradi. Lidiya Forster xonimning taklifi bilan Braytonga boradi. Elizabet Derbishr grafligiga Gardinerlar hamrohligida sayohat qiladi.
Er-xotin o'rtasidagi munosabat o'zaro hurmatga asoslangan. Biz buni ularning bir-birlariga "xonim" va "janob" so'zlari bilan murojat qilishidan ham bilishimiz mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, roman keng qamrovli bo'lib, iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy qadryatlarni o'zida mujassamlashtirgan. Mazkur maqolada romandagi ijobiy qarashlar va ularga sodiqligi tufayli baxtga erishgan qaxramonlar hayoti muhokama qilingan. Roman bosh qahramoni Elizabetning nikoh masalasida o'z qarashlariga ega ekanligi, bu yo'lda qat'iyat bilan harakat qilishi, o'z mezonlaridan qaytarishga uringan har qanday to'siqni yengib o'tishi, barcha davralarda o'zini erkin tutishi va xatolarini anglab ulardan to'g'ri xulosa chiqarishi orqali baxtga erishganini ko'rsatilgan. Bir-birini tushunish, hurmat qilish, sevish nikohning muhim omili ekanligi va baxtiyor nikoh atrofdagilarga ijobiy ta'sir etishi, jamiyatda mehr-oqibat tuyg'ularining yuksalishiga sabab bo'lishi isbotlangan. Maqolada shuningdek turmushga chiqmagan qizlar va ayollarga xos jihatlar ko'rsatilgan.
REFERENCES
1. Esten Mursal. Kesusateraan (Pengantar Teori dan Sejarah). Bangdung: Angkasa, 1978.
2. Gwinn R. P., Norton P. B. and Goetz P. W. The New Encyclopedia Britanica. -Chicago: Encyclopedia Britanica Inc., 1989.
3. Jane Austen. Pride and Prejudice. Novel. Published / Update on: June 24, 2020. - 479 p.
4. Koesnosoebroto S. The Anatomy of Prose Fiction. - Jakarta: Depertemen Pendikikan dan Kebudayaan, Direktorat Jendral Perguruan Tinggi, 1998.
5. Andisha va g'urur. Jeyn Ostin / Rus tilidan Muhabbat Ismoilova tarjimasi. - T.: Yangi asr avlodi, 2019. - 404 b.
6. Nusratullo Jumaxo'ja. Muallif va muhtarjim haqida so'z. - T.: Yangi asr avlodi, 2019. - 404 b.
7. https: // gradesaver.com / pride - and - prejudice / study - guide /
8. www.kh - davron.uz / ma'suma - axmedova - azizim - jeyn/
9. theguardian.com